Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

YANGI O‘ZBEKISTONDA OTA-ONALAR UNIVERSITETINING MAKTABGACHA TA’LIMDAGI TARBIYAVIY FUNKSIYALARINI KENGAYTIRISH MEXANIZMLARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

1-Son (2026-yil, Yanvar)
248 250
9 Ko'rishlar
Nashr etildi: Yan 20, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida ota-onalar universitetining maktabgacha ta’lim tizimidagi tarbiyaviy funksiyalarini kengaytirish, oilaning pedagogik jarayonda tutgan o‘rni, ota-onalar bilan hamkorlik mexanizmlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar yoritiladi. Tadqiqot davomida ta’limga oid hujjatlar, ilmiy adabiyotlar, xorijiy tajribalar va amaliy kuzatuvlar tahlil qilingan. Ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish orqali maktabgacha ta’lim sifatini yaxshilashning zamonaviy yondashuvlari asoslab beriladi.
Kalit so'z (UZ): ota-onalar universiteti, maktabgacha ta’lim, tarbiyaviy funksiyalar, pedagogik madaniyat, hamkorlik, oilaviy tarbiya, ta’lim sifati, innovatsion yondashuv

Аннотация (RUS):

В дaннoй cтaтьe paccмaтpивaeтcя pacшиpeниe вocпитaтeльныx фyнkций poдитeльckoгo yнивepcитeтa в cиcтeмe дoшkoльнoгo oбpaзoвaния в ycлoвияx Hoвoй Yзбekиcтaнa, poль ceмьи в пeдaгoгичeckoм пpoцecce, мexaнизмы coтpyдничecтвa c poдитeлями, cyщecтвyющиe пpoблeмы и пpeдлoжeния пo иx peшeнию. В xoдe иccлeдoвaния были пpoaнaлизиpoвaны oбpaзoвaтeльныe дokyмeнты, нayчнaя литepaтypa, зapyбeжный oпыт и пpakтичeckиe нaблюдeния. Oбocнoвaны coвpeмeнныe пoдxoды k пoвышeнию kaчecтвa дoшkoльнoгo oбpaзoвaния чepeз paзвитиe пeдaгoгичeckoй kyльтypы poдитeлeй.
Ключевые слова (RUS): poдитeльckий yнивepcитeт, дoшkoльнoe oбpaзoвaниe, вocпитaтeльныe фyнkции, пeдaгoгичeckaя kyльтypa, coтpyдничecтвo, ceмeйнoe вocпитaниe, kaчecтвo oбpaзoвaния, иннoвaциoнныe пoдxoды

Abstract (EN):

This article examines the expansion of the educational functions of the parent university within the preschool education system in the context of New Uzbekistan, the role of the family in the pedagogical process, mechanisms for cooperation with parents, existing challenges, and proposals for addressing them. The study analyzed educational documents, scientific literature, international experiences, and practical observations. Modern approaches to improving the quality of preschool education by enhancing parents’ pedagogical culture are substantiated.
Keywords (EN): parent university, preschool education, educational functions, pedagogical culture, cooperation, family upbringing, education quality, innovative approaches

Maqola Mazmuni

Kirish. Zamonaviy ta’lim tizimi rivojlanishining muhim yo‘nalishlaridan biri – maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va oilani pedagogik jarayonda faol ishtirokini ta’minlashdir. Yangi O‘zbekiston sharoitida davlatning ta’lim sohasidagi islohotlari, milliy ta’lim strategiyasi va pedagogik innovatsiyalar ota-onalar universitetining maktabgacha ta’limdagi tarbiyaviy funksiyalarini kengaytirishning yangi mexanizmlarini yaratishni zarur qilmoqda. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim nafaqat bolaning bilim, ko‘nikma va ijtimoiy malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi, balki oilaning pedagogik salohiyatini oshirish va ota-onaning bolaga ta’lim jarayonida hamkorlik qilish qobiliyatini rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Ota-onalar universiteti – bu oilaning pedagogik madaniyatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metod va texnologiyalar bilan tanishtirish, bolalarning tarbiyaviy jarayonida ota-onaning faol ishtirokini ta’minlashga mo‘ljallangan maxsus institutdir. Ushbu institutning vazifasi nafaqat ota-onalarni ma’lumot bilan ta’minlash, balki ularning pedagogik kompetensiyalarini mustahkamlash, oilaviy tarbiyaga bilimli va ongli yondashuvni shakllantirishdir. Shu bois ota-onalar universiteti faoliyati maktabgacha ta’limning sifatini oshirishda muhim vosita sifatida qaraladi. Biroq amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ota-onalar universitetining tarbiyaviy funksiyalarini kengaytirish jarayonida bir qator muammolar mavjud. Ulardan eng asosiylari – ota-onalarning pedagogik madaniyati va bilim darajasining yetarli emasligi, innovatsion metod va texnologiyalar bilan tanishishning cheklanganligi, ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmlarining yetishmasligi. Shu bilan birga, pedagogik jarayonda otaonalarning ishtirokini rag‘batlantirish bo‘yicha strategik chora-tadbirlar yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi ham mavjud muammolardan biridir. Mazkur mavzuning dolzarbligi shundaki, Yangi O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sifatini oshirish nafaqat davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, balki oilaning tarbiyaviy rolini mustahkamlash va ota-onalar pedagogik madaniyatini oshirish orqali bolalarning shaxs sifatida rivojlanishiga bevosita ta’sir qiladi. Shu bois, ota-onalar universitetining tarbiyaviy funksiyalarini kengaytirish mexanizmlari, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish ilmiy va amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – Yangi O‘zbekiston sharoitida ota-onalar universitetining maktabgacha ta’limdagi tarbiyaviy funksiyalarini kengaytirishning samarali mexanizmlarini aniqlash, ota-onalar bilan hamkorlik jarayonidagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir. Tadqiqot davomida ta’limga oid normativ hujjatlar, ilmiy adabiyotlar, xorijiy tajribalar va amaliy kuzatuvlar tahlil qilinadi. Shu tariqa, ota-onalar universiteti faoliyatining samaradorligini oshirish va maktabgacha ta’lim sifatini yanada yaxshilashning ilmiy asoslangan mexanizmlari ishlab chiqiladi. Yangi O‘zbekiston sharoitida maktabgacha ta’lim tizimi tubdan isloh qilinayotgan bir davrda oilaning tarbiyaviy salohiyatini oshirish, ota-onalar bilan muntazam va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim vazifaga aylandi. Mamlakatda maktabgacha ta’lim qamrovi keskin kengaydi, zamonaviy dasturlar joriy qilindi, pedagog kadrlarga qo‘yilayotgan talablar yangilandi. Biroq bolalar rivojlanishida eng ta’sirchan omil bo‘lgan oilaning tarbiyaviy imkoniyatlari hali ham to‘liq ishga solinmagan. Shu bois ota-onalar universiteti tashabbusi bolalarning har tomonlama barkamol rivojlanishini ta’minlashda strategik ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar universiteti - bu ota-onalarga pedagogik, psixologik, kommunikativ va oilaviy tarbiya ko‘nikmalarini o‘rgatuvchi ta’limiy-ma’rifiy tizim bo‘lib, uning asosiy vazifasi oilaning tarbiyaviy savodxonligini oshirish va ota-onalarni ta’lim jarayonining teng hamkoriga aylantirishdir. Maktabgacha ta’lim tizimida aynan ota-onalarning faol ishtiroki bolalarning nutqiy, hissiy, ijtimoiy, kognitiv rivojlanish ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlangan.Gap hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilayotgan seminarlar, treninglar, psixologik mashg‘ulotlar, ochiq darslar mavjud bo‘lsa-da, ularning aksariyati tizimli emas, uzluksiz emas yoki faqat nazariy ma’lumotlar bilan chegaralanib qoladi. Ayrim hududlarda ota-onalar universiteti faoliyati tashkil etilgan bo‘lsa-da, uning mazmuni, metodik ta’minoti, o‘quv dasturlari va monitoring tizimi yetarli darajada takomillashmagan.Mavjud muammolar orasida otaonalarning pedagogik madaniyat darajasining turlicha bo‘lishi, vaqt yetishmasligi, bolalar tarbiyasida zamonaviy yondashuvlarni bilmaslik, oilada muloqot va emotsional qo‘llabquvvatlashning pasayganligi, MTTlarning metodik bazasidagi farqlar, hamkorlik tizimining sustligi kabi jihatlar mavjud. Bu esa bolalarning rivojlanishidagi uzviylikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onalar universitetining maktabgacha ta’limdagi tarbiyaviy funksiyalarini kengaytirish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin: bolalarning yosh xususiyatlariga mos pedagogik yondashuvlarni ota-onalar ongiga singdirish; sensor, kognitiv, nutqiy va emosional rivojlanishga oid amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish; oilada o‘yin faoliyati orqali tarbiya berish usullarini targ‘ib qilish; oilada xavfsizlik, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yichayo‘riqnomalar ishlab chiqish; bolaga nisbatan emotsional sezgirlikni oshirish. Xalqaro tajribada “Parent Academy”, “Family Education Center”, “Strong Families Program” kabi loyihalar ota-onalarni pedagogik hamkorlikning to‘laqonli ishtirokchisiga aylantirishda yuqori natijalar bergan. Bu tajribalar oilaning ta’lim jarayonidagi roli kuchaygan taqdirda bolalar rivojlanishidagi sifat ko‘rsatkichlari sezilarli oshishini ko‘rsatadi. Mazkur yondashuvlarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish ota-onalar universitetining imkoniyatlarini kengaytiradi.Otaonalar universitetini takomillashtirish uchun zamonaviy modul asosidagi o‘quv dasturlarini yaratish, ya’ni emotsional intellekt, ijtimoiy moslashuv, nutq rivoji, sezgi organlarini rivojlantirish, kreativ tafakkur, gigiyena va kundalik tartib kabi mavzularda bosqichma-bosqich treninglar yo‘lga qo‘yish zarur. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ota-onalar klubi”, “Psixologik inkubatsiya markazi”, “Oilaviy ta’lim resurs xonasi” kabi tashkiliy shakllar joriy qilinishi maqsadga muvofiqdir. Raqamli texnologiyalar yordamida ota-onalar uchun videoqo‘llanmalar, metodik tavsiyalar, interaktiv darslar, onlayn maslahatlar va mobil ilovalar yaratish orqali ularning ishtiroki yengillashtiriladi. Bu, ayniqsa, band ota-onalar uchun qulay imkoniyatdir. Shuningdek, pedagog va ota-ona o‘rtasida muntazam aloqa platformalarini yaratish, masalan, haftalik rivojlanish kundaliklari, bolalarning yutuqlari bo‘yicha elektron monitoring tizimi, oilaviy o‘quv topshiriqlari orqali hamkorlikni mustahkamlash mumkin. Ota-onalar universitetining samarali faoliyat ko‘rsatishi natijasida oilaning ta’lim jarayoniga ongli, mas’uliyatli, faol yondashuvi shakllanadi. Bu esa bolalarning maktabgacha yoshdayoq mustaqillik, muloqot, moslashuvchanlik, emotsional barqarorlik, tafakkur va ijodiylik ko‘nikmalarining rivojlanishiga kuchli turtki beradi. Mazkur tizim Yangi O‘zbekistonning maktabgacha ta’limda sifat va samaradorlikni oshirish bo‘yicha belgilagan maqsadlariga to‘liq mos keladi. Xulosa qilib aytganda, ota-onalar universitetini rivojlantirish va uning tarbiyaviy funksiyalarini kengaytirish orqali jamiyatda pedagogik madaniyat oshadi, oila va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanadi, bolalar rivojlanishi uchun qulay va sifatli ijtimoiy muhit yaratiladi. Bu esa raqobatbardosh, intellektual, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashning asosiy kafolatlaridan biridir.

Adabiyotlar

01

1. Abdullayeva Q., Mavlonova R. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021.

02

3.Hasanboeva O. Oilaviy tarbiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 4..Ilk qadam» Davlat o'quv dasturi. T. : 2018. 5.Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti. – Toshkent, 2020. 6.O'zbekiston Respublikasi Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari. T.: 2018.

03

7.O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 155-sonli qarori: T.: 2019 8.Yo'ldoshev J. «Ta’lim yangilanish yo'lida» T.: O'qituvchi. 2000 yil Yo‘ldosheva Sh., Karimova X. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.

04

9.Ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. – Toshkent, 2019. 10.Sh.Mirzoyoyev.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. - T.: «O'zbekiston», 2017. - 488 b.

BOSHQA TILLARDA

Mualliflar

D.P.A
DIANA PAK ALEKSANDROVNA

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti stajyor- oʻqituvchisi,

Z.Q.M
ZAMIRA QURBONOVA MAMAT QIZI

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi

Iqtibos olish

PAK, D. & QURBONOVA, Z. (2026). YANGI O‘ZBEKISTONDA OTA-ONALAR UNIVERSITETINING MAKTABGACHA TA’LIMDAGI TARBIYAVIY FUNKSIYALARINI KENGAYTIRISH MEXANIZMLARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR. ACADEMIC SPECTRUM, 1-Son (2026-yil, Yanvar), 248-250.