Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

INSON HUQUQLARINI XALQARO HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI

1-Son (2026-yil, Yanvar)
159 162
8 Ko'rishlar
Nashr etildi: Yan 20, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Maqolada inson huquqlarini xalqaro darajada himoya qilish tizimining mohiyati, shakllanish jarayoni va zamonaviy ahamiyati ilmiy tahlil qilinadi. Inson huquqlari Ikkinchi jahon urushidan so‘ng xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biriga aylangan bo‘lib, BMT Nizomi va 1948-yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi ushbu tizimning huquqiy asosini yaratgan. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi, Oliy komissiya boshqarmasi, shartnomaviy qo‘mitalar hamda universal davriy ko‘rib chiqish mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, Yevropa, Amerika va Afrika mintaqaviy sudlarining qarorlari xalqaro standartlarni shakllantiruvchi samarali institutlar sifatida ko‘rib chiqiladi.
Kalit so'z (UZ): Xalqaro huquq, BMT, xalqaro konvensiyalar, universal standartlar, inson huquqlari kengashi, mintaqaviy, organ, samaradorlik, qo‘mita, Janubi-Sharqiy Osiyo,kafolat, muhofaza

Аннотация (RUS):

В cтaтьe пpoвoдитcя нayчный aнaлиз cyщнocти, пpoцecca фopмиpoвaния и coвpeмeннoгo знaчeния cиcтeмы мeждyнapoднoй зaщиты пpaв чeлoвeka. Пocлe Втopoй миpoвoй вoйны пpaвa чeлoвeka cтaли oдним из ocнoвoпoлaгaющиx пpинципoв мeждyнapoднoгo пpaвa, a Ycтaв OOH и Вceoбщaя дekлapaция пpaв чeлoвeka 1948 гoдa зaлoжили пpaвoвyю ocнoвy дaннoй cиcтeмы. Ocвeщaeтcя дeятeльнocть Coвeтa OOH пo пpaвaм чeлoвeka, Yпpaвлeния Вepxoвнoгo koмиccapa пo пpaвaм чeлoвeka, дoгoвopныx koмитeтoв, a тakжe мexaнизмoв yнивepcaльнoгo пepиoдичeckoгo oбзopa. Kpoмe тoгo, peшeния peгиoнaльныx cyдoв Eвpoпы, Aмepиkи и Aфpиkи paccмaтpивaютcя kak эффekтивныe инcтитyты, фopмиpyющиe мeждyнapoдныe cтaндapты в oблacти пpaв чeлoвeka.
Ключевые слова (RUS): мeждyнapoднoe пpaвo, OOH, мeждyнapoдныe koнвeнции, yнивepcaльныe cтaндapты, Coвeт пo пpaвaм чeлoвeka, peгиoнaльныe opгaны, эффekтивнocть, koмитeт, Югo-Вocтoчнaя Aзия, гapaнтии, зaщитa

Abstract (EN):

This article provides a scholarly analysis of the essence, formation process, and contemporary significance of the international human rights protection system. Following the Second World War, human rights became one of the fundamental principles of international law, with the UN Charter and the 1948 Universal Declaration of Human Rights establishing the legal foundation of this system. The activities of the UN Human Rights Council, the Office of the High Commissioner for Human Rights, treaty bodies, and the Universal Periodic Review mechanisms are examined. In addition, the decisions of regional courts in Europe, the Americas, and Africa are considered effective institutions contributing to the development of international human rights standards.
Keywords (EN): international law, United Nations, international conventions, universal standards, Human Rights Council, regional bodies, effectiveness, committee, Southeast Asia, guarantees, protection

Maqola Mazmuni

Kirish. Har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy,siyosiy va ma’naviy hayotida inson huquqi muhim ahamiyat kasb etib,ushbu jamiyatning demokratik taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi asosiy me’zon, davlatning insoniyligini belgilovchi barometr bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy ma’nfaatlarini himoya qilish global miqiyosdagi masalardan biriga aylandi. Xalqaro huquq bu borada muhim ro‘l o‘ynaydi, chunki u inson huquqlarini universal standartlar asosida tan olish va himoya qilishga qaratilgan.Inson huquqi bo‘yicha xalqaro andozalar inson huquqini xalqaro va milliy darajada himoya qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi Xalqaro huquqning asosiy maqsadi-barcha insonlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularning qadr-qimmatini hurmat qilishdan iborat.Ushbu maqolada inson huquqlarini xalqaro huquq sohasidagi o‘rni, himoya qilish mexanizmlari yoritiladi. Inson huquqlari sohasida xalqaro huquq bir qator muhim vazifalarni bajaradi: 1.Universal standartlarni belgilash: Xususan, xalqaro huquq, inson huquqlari to‘g’risidagi xalqaro shartnomalar orqali inson huquq va erkinliklarining universal standartlarini belgilab beradi.Bu standartlar barcha davlatlar uchun majburiy bo‘lib, ularning ichki qonunchiligida aks ettirilishi kerak. 2.Davlatlar o‘rtasida hamkorlikni ta’minlash: xalqaro huquq davlatlar o‘rtasida inson huquqlarini himoya qilish borasida hamkorlikni ta’minlaydi.Davlatlar o‘z hududlarida inson huquqlarini himoya qilish, shuningdek, boshqa davlatlarning inson huquqlarini buzishiga yo‘l qo‘ymaslikka majbur. 3.Nazorat va monitoring mexanizmlarini yaratish:Xalqaro huquq inson huquqlariga rioya qilinishi ustidan nazorat va monitoring olib boorish uchun turli mexanizmlarni yoritadi.Bu mexanizmlar inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va boshqa tuzilmalarni o‘z ichiga oladi. Asosiy qism. Inson huquqlarini xalqaro darajada himoya qilish g‘oyasi tarix davomida bosqichma-bosqich shakllanib borgan bo‘lsa-da, uning to‘liq huquqiy tizim sifatida paydo bo‘lishi XX asrga to‘g‘ri keladi. Insoniyat boshidan kechirgan urushlar, mustamlakachilik siyosati, irqiy kamsitishlar va ommaviy qirg‘inlar xalqaro hamjamiyatni inson sha’ni, qadr-qimmati va erkinliklarini huquqiy kafolatlar bilan himoya qilish zarurligiga olib keldi. Shu asosda xalqaro huquqda inson huquqlarini himoya qilishning universal tamoyillari va tashkilotlari shakllandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti mazkur jarayonda asosiy global institut sifatida maydonga chiqdi. BMT Nizomida inson huquqlari xalqaro tinchlik va barqarorlikning asosiy mezoni ekani qayd etilgan bo‘lib, 1948-yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qabul qilinishi butun tizimning huquqiy-siyosiy poydevorini yaratdi. Keyingi yillarda fuqarolik-siyosiy, iqtisodiyijtimoiy huquqlar, ayollar huquqlari, bolalar huquqlari, nogironlar huquqlari, qiynoqlarning oldini olish kabi yo‘nalishlarda qator xalqaro konvensiyalar shakllantirildi. Mazkur hujjatlar inson huquqlarining konkret standartlarini belgilab, davlatlar uchun majburiy bo‘lgan me’yoriy tizimni yaratdi. Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish mexanizmlari nafaqat hujjatlar qabul qilish bilan cheklanmaydi, balki ularning amalda bajarilishini nazorat qiluvchi organlar faoliyati bilan mustahkamlangan. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi davlatlar tomonidan inson huquqlari sohasida yo‘l qo‘yilayotgan buzilishlarni o‘rganadi, maxsus ma’ruzachilar tayinlaydi va universal davriy ko‘rib chiqish jarayoni orqali davlatlarning majburiyatlarini baholaydi. Shartnomaviy qo‘mitalar esa mamlakatlar tomonidan imzolangan konvensiyalar ijrosini nazorat qiladi, ular tomonidan taqdim etilgan milliy hisobotlarni ko‘rib chiqadi va tavsiyalar beradi. Ayrim qo‘mitalarga jismoniy shaxslarning xalqaro shikoyat yuborish huquqi ham berilgan bo‘lib, bu fuqarolarga milliy sud himoyasi yetarli bo‘lmagan holatlarda xalqaro adolatga murojaat qilish imkonini yaratadi. Bugungi kunda inson huquqlarini himoya qilish faqat global darajada emas, balki mintaqaviy miqyosda ham keng rivojlangan. Yevropa, Amerika va Afrika qit’alarida inson huquqlariga oid sudlar faoliyat yuritib, davlatlar ustidan majburiy kuchga ega bo‘lgan qarorlar chiqaradi. Yevropa inson huquqlari sudi eng samarali mintaqaviy institutlardan biri sifatida tan olingan bo‘lib, uning ko‘plab prezident qarorlari xalqaro huquqning yangi standartlarini shakllantirgan. Osiyoda bunday sud turining yo‘qligi sababli, asosan BMT mexanizmlariga tayaniladi, lekin Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari o‘zaro hamkorlik doirasida inson huquqlariga oid institutlarni shakllantirishga harakat qilmoqda. Inson huquqlarining buzilishi ko‘pincha harbiy mojarolar bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda xalqaro gumanitar huquq normalari muhim ahamiyat kasb etadi. Jeneva konvensiyalari va ularning qo‘shimcha protokollari qurolli to‘qnashuvlarda tinch aholining, harbiy asirlar va muhofazaga muhtoj shaxslarning huquqlarini himoya qiladi. Xalqaro jinoiy sud esa genotsid, harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar kabi eng og‘ir huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshiradi. Sudning mavjudligi davlatlarning jazosizlikka yo‘l qo‘ymasligini, xalqaro huquqning ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, xalqaro nohukumat tashkilotlar ham inson huquqlari mexanizmlarida katta rol o‘ynaydi. Ular mustaqil monitoring, xalqaro axborot tarqatish, davlatlar ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi usullar orqali global darajadagi himoya tizimini boyitadi. Ularning faoliyati ko‘pincha xalqaro institutlar uchun mustaqil ma’lumot manbai vazifasini bajaradi. Inson huquqlarini himoya qilish uchun xalqaro huquqda bir qator mexanizmlar mavjud. Ular: 1.Xalqaro shartnoma va konvensiyalar: Birlashgan Millatlar Tashkilot va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan inson huquqlari to‘g’risidagi xalqaro shartnomalar va konvensiyalar inson huquqlarini asosiy manbai hisoblanadi. Bularga: Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi; Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g’risidagi Xalqaro pakt; Iqtisodiy, Ijtimoiy va Madaniy Huquqlar to‘g’risidagi Xalqaro pakt; Ayollar huquqlarini to‘g’risidagi konvensiya; Bolalar huquqlari to‘g’risidagi konvensiya va boshqa ko‘plab shartnomalar kiradi. 2.Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha organlari: Birlashgan Millatlar Tashkilot tarkibida inson huquqlarini himoya qilish va nazorat qilish bilan shug’illanadigan bir qator organlar mavjud.Bularga Inson Huquqlari Kengashi, Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissiya boshqarmasi va shartnomaviy organlar kiradi. 3.Mintaqaviy inson huquqlari mexanizmlari: Yevropa Inson Huquqlari Sudi, Amerika Inson Huquqlari Sudi, Afrika Inson Huquqlari Sudi kabi mintaqaviy sudlar inson huquqlarini himoya qilishda muhim ro‘l o‘ynaydi.Bu sudlar o‘z mitaqalari doirasida inson huquqlari buzilgan holatlarni ko‘rib chiqadi va tegishli qarorlar chiqaradi. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquq bir qator tamoyillarga asoslanadi: -Inson huquqlarining universalligi; -Inson huquqlarining ajralmasligi ; -Inson huquqlarining o‘zaro bog’liqligi: -Kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik; -Javobgarlik. Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish mexanizmlarining samaradorligini oshirish murakkab masala bo‘lib, bir qancha omillarga bog’liq. Ushbu mexanizmlar, jumladan, xalqaro shartnomalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining huquqni himoya qiluvchi institutlari va xalqaro sudlar samarali natijalar berishi mumkin. Biroq, ularning samaradorligi siyosiy irodaning yetishmasligi, davlatlarning o‘z majburiyatlaridan voz kechishi va amaliy yordamning noaniqligi kabi omillar tufayli cheklangan. Shuning uchun mexanizmlarning samaradorligini baholashda ularning kuchli va zaif tomonlarini ham inobatga olish kerak. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, inson huquqlarini xalqaro himoya qilish mexanizmlari ko‘p bosqichli, murakkab va institutsional tizim bo‘lib, u jahon xavfsizligining, barqaror taraqqiyotning va demokratik qadriyatlarning asosiy omillaridan biridir.Bu tizimning samaradorligi davlatlarning xalqaro me’yorlarga rioya qilishi, fuqarolik jamiyatining faolligi, xalqaro institutlarning mustaqilligi va jazosizlikka yo‘l qo‘ymaslik tamoyilining qat’iy amalga oshirilishiga bog‘liq. Bugungi global siyosiy muhitda inson huquqlarining kafolatli himoyasi nafaqat alohida davlatlar, balki butun insoniyatning umumiy mas’uliyati sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Adabiyotlar

01

1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqiy normalar sharhi. Toshkent, 2020.

02

2. O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi. Inson huquqlarining xalqaro kafolatlari. Toshkent, 2021.

03

3. Qodirov, Q., Rafiqov, B. Xalqaro huquq: nazariya va amaliyot. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2020.

04

4. Karimov, A. Xalqaro tashkilotlar va inson huquqlari. Toshkent: TDYU nashriyoti, 2019. 5. Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. BMT Bosh Assambleyasi, 1948.

05

6. Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt. Nyu-York, 1966.

BOSHQA TILLARDA

Mualliflar

N.X.S
NAZOKAT XASANOVA SHAVKATBEK QIZI

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Turizm fakulteti Turizm va mehmondo`stlik yo‘nalishi 24.2-guruhi talabasi

Iqtibos olish

XASANOVA, N. (2026). INSON HUQUQLARINI XALQARO HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI. ACADEMIC SPECTRUM, 1-Son (2026-yil, Yanvar), 159-162.