Anotatsiya (UZ):
Ushbu maqola ta’lim psixologiyasi nuqtayi nazaridan zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning o‘quvchilarning psixologik holatiga ikki tomonlama ta’sirini tahlil qiladi. Adabiyotlar sharhiga asoslangan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki,ushbu texnalogiyalar to‘g’ri qo‘llanilganda motivatsiya va tushunishni oshirishi mumkin bo‘lsada, noto‘ģri loyihalanishi kognitiv yuklamasini oshishiga, diqqatning tarqoqligiga va psixoemotsional stressga olib kelishi mumkin . Tadqiqot natijasi shundan iboratki, zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning samaradorligi, psixologik xavfsizligi ularning o‘quvchilarning aqliy imkoniyatlari va individual psixologik hususiyatlariga mos ravishda qo‘llanilishi va dars jarayonlariga tadbiq etilishiga boģliqdir .Maqola muvozanatli yondashuvga asoslanib amaliy tavsiyalar taqdim etadi.
Kalit
so'z (UZ):
ta’lim psixologiyasi,pedagogik texnalogiyalar, kognitiv yuk, interfaol metodlar, raqamli ta’lim, muvozanatli yondashuv
Аннотация (RUS):
В дaннoй cтaтьe aнaлизиpyeтcя двoйcвeннoe влияниe coвpeмeнныx пeдaгoгичecиx тexнaлoгий нa пcиxoлoгичeckoe cocтaяниe yчaщиxcя c тoчkи зpeния пeдaгoгичeckoй пcиxoлoгии.Иccлoдoвaниe, ocнoвaннoe нa oбpoзe литepaтypы, пokaзывaeт, чтo пpи пpaвылнoм пpимeнeниe дaнныe тexнaлoгии cпocoбны пoвыcить мoтивaцию и пoнимaниe, oднako иx нekoppekтнoe пpoekтиpoвaниe мoжeт пpивecти k koгнитивнoй пepeгpyзke, pacceивaнию внимaниe и пcиxoeмoциaльнoмy cтpeccy.Kлючeвoй вывoд зakлючaeтcя в тoм, чтo eффekтивнocтoь и пcиxoлoгичeckaя бeзaпocтнocть тexнaлoгий зaвиcят oт тoгo, нackoльko иx дизaйн и пpимeнeниe cooтвeтcтвyют пoзнaвaтeльным вoзмoжнoтям и ьичнocтным ocoбeннocтям yчaщиxcя .Cтaтья пpeдлaгaeт пpakтичeckaя pekoмeндaции,oмнoвaнныe нa cбaлaнcиpoвaннoм пoдxoдe.
Ключевые
слова (RUS):
peдaгoгичeckaя пcиxoлoгия,пeдaгoгичeckиe тexнaлoгии,koгнитивнaя нaгpyзka, интepakтивныe мeтoды,цифpoвoe oбpoзoвaниe,cбaлaнcиpoвaнныx пoдxoд
Abstract (EN):
This article analyzes the dual impact of modern pedagogical technologies on student's psychologial state from the perspective of educational psychology .A literature reviewbased study shows that white t.hese technologies can .enhance motivation and understanding when applied correctly,poor design can lead to cognitive overload,fragmented attention, and psychoemotional stress. The key conclusion is that the effectiveness and psychological safety of technologies depend on how weel they are designed and implemented in accordance with student's cognitive abilities and personal characteristics. The paper offers practical recommendations based on a balanced approach.
Keywords
(EN):
educational psychology, pedagogical technologies, cognitive load, interaktive methods,digital education, balanced approach
Maqola Mazmuni
Kirish. Zamonaviy axborot texnalogiyalarning jadal sur'atlarda rivojlanishi hayotimizning barcha jabhalariga kirib kelganligi katta o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Jumladan bu o‘zgarishlar ta’lim sohasida ham sezilarlidir . Bu yangi o‘zgarishlar ta’lim jarayoni bilan bir qatorda o‘quvchilarning bilish jarayonlari va ruhiy dunyosiga ham qanday ta’sir etayotganligini chuqur tahlil qilishni taqozo etadi .Elektron doskalar, o‘yinlashtirilgan o‘quv dasturlari va interfaol metodlar o‘quv jarayonining ajralmas qismiga aylandi. Ayni vaqtda mamlakatimizda ham hozirgi zamon talablariga mos ravishda zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni qo‘llash muhim vazifalardan biridir.
Biroq, bu jarayon bir qancha imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda pedagogik - psixologik muammolarni ham yuzaga keltiradi. Zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalanishdan asosiy maqsad bilim beribgina qolmay, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Ammo shu o‘rinda yana bir savolga javob bersin muhimdir : zamonaviy pedagogik texnalogiyalar o‘quvchilarning aqliy faoliyati bilan bir qatorda hissiy va ijtimoiy rivojlanishiga qanday ta’sir qilyapti va bu ta’sir ijobiy bo‘lishi uchun qanday ishlarni amalga oshirish zarur ?
Ushbu maqolaning asosiy maqsadi ta’lim psixologiyasi nuqtayi nazaridan zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning o‘quvchilar psixikasiga ijobiy va salbiy ta’sirini tahlil qilib, bu texnalogiyalarni xavfsiz va samarali qo‘llash mumkin bolgan shart - sharoitlarni aniq ma’lumotlar asosida belgilashdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar sharhi Ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning ta’sirini tushunish uchun bir nechta asosiy psixologik nazariyalar va ular asosidagi tadqiqotlarga tayaniladi .
2.Kognitiv yuk nazariyasi O‘quvchilarning ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini o‘rganuvchi kognitiv nazariya zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni tushunishda muhimdir.Jon Swellerning Kognitiv yuk nazariyasiga ko‘ra, insonni yangi malumotni qayta ishlaydigan ish xotirani cheklangan siģimga ega .Texnalogiyalar noto‘gri loyihalanganda o‘quvchilarning ish xotirasi keraksiz yuklarga tolib , asosiy mavzuni o‘zlashtirishga halaqit beradi .
Mening fikrimcha, zamonaviy pedagogik texnalogiyalar samaradorligi ularning murakkabligi bilan emas, balki o‘quvchining cheklangan aqliy siģimiga qanchalik mos kelishi bilan o‘lchanadi .O‘zbekiston ta’lim tizimida texnalogiyalarni joriy etishda ularning faqat texnik jihatini hisobga olibgina qolmay, balki kognitiv yuklama jihatdan ham baholanishi kerak.Maqsad esa, o‘quvchining aqliy imkoniyatlarini zo‘riqtirmasdan, o‘zlashtirish darajasini osonlashtirishdir.
2.Ijtimoiy konstruktivizm nazariyasi Bu nazariya L.Vigotskiy nazariyasi bo‘lib, uning fikriga ko‘ra, inson bilimi yakka holda emas, ijtimoiy o‘zaro ta’sir va suhbatlar orqali quriladi .Bu nazariyadagi asosiy tushunchasi- « Yaqin rivojlanish zonasi» . Bunga ko‘ra o‘quvchi o‘zi bajara oladigan ish bilan oqituvchi va tengdoshlari orqali erisha oladigan ish o‘rtasidagi farq. Oqituvchi esa bu o‘rindagi vazifasi o‘quvchini shu zonada qo‘llab quvvatlashdir.
Bu nazariya ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan debat, klaster kabi interfaol metodlarning psixologik ahamiyatini korsatib beradi .
Mening fimrimcha, texnalogiyalarning o‘zi emas, u orqali amalga oshirilayotgan muloqot va hamkorlikdir.Bu texnalogiyalar shunchaki bir vosita bolib, uning ahamiyatlisi o‘quvchilar o‘rtasidagi mazmunli fikr almashishni ragbatlantirishga bogliq .O‘zbekiston ta’lim tizimida ushbu metodlarni ishlatishda asosiy e'tiborni texnalogiyalarga qaratish emas, balki o‘quvchilarning o‘z fikrini erkin va ochiq bildira oladigan psixologik muhit yaratishga qaratishdir.
Tadqiqot metadologiyasi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi ta’lim psixologiyasi nuqtayi nazaridan zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning o‘quvchilarning psixologik holatiga qanday tasir qilishini tizimli va muvozanatli tahlil qilishdir.Maqsadga erishish uchun tadqiqotda sifatli tadqiqot uslubi qo‘llanilib, uning asosini adabiyotlar sharhi tashkil qiladi.Bu yondashuv mavzu bo‘yicha mavjud bo‘lgan barcha nazariy bilim va empirik dalillarni to‘plash, saralash, tahlil qilish va umumlashtirish orqali yangi bir xulosaga kelish imkonini beradi.
1) Tadqiqot dizayni va empirik manbalar : Tadqiqot mavzusi bilan boģliq ilmiy adabiyotlarni to‘plash va tahlil qilishga qaratilgan. Malumotlar ikki asosiy guruhdan olingan.
• Xalqaro nazariy va empirik manbalar .Bular J.Swellerning Kognitiv yuk nazariyasi L.Vygotskiyning Ijtimoiy Konstruktivizm nazariyalari bo‘lib, ular asosidagi tadqiqotlar o‘rganildi.
• Mahalliy konteksdagi manbalar .
O‘zbekiston Respublikasu oliy muassasalari jurnallari va tegishli dissertatsiya ishlaridagi malumotlar tahlil qilindi.
2) Ma’lumotlarni izlash va tanlash strategiyalari. Malumotlarni izlash “pedagogical technology”, «psychology»,»cognitive load», «interactive methods», « ta’lim psixologiyasi «, « raqamli ta’lim « kabi kalit so‘zlar yordamida amalga oshirildi.
Tanlab olish jarayonida faqat zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning psixologik tasiriga to‘gridan-to‘gri yoki bilvosita aloqador manbalar, nashrlarning ilmiylik darajasi kabi mezonlar asos sifatida olindi
3) Ma’lumotlarni tahlil qilish va sintez usuli : to‘plangan adabiyotlar mazmuni nazariy asoslar, salbiy va ijobiy tasirlar, mahalliy konteks kabi toifalarga ajratilib, qiyosiy tahlil qilindi .
4) Empirik tadqiqot usullari. Tadqiqot Andijon viloyati Buloqboshi tumani 2 - umumta’lim maltabining 9- 10 sinflarning 60 nafaridan so‘rovnoma.va kuzatuv metodlari orqali olib borildi..Tadqiqotning nazariy xulosalarini amaliy tekshirish uchun maktab o‘quvchilardan so‘rovnoma : kognitiv yuk, motivatsiya va ijtimoiy ta’sir kabi jihatlarni o‘lchovchi 20 ta savoldan iborat anketa 60 nafar 9- 10sinf o‘quvchilarga berildi.
Kuzatish : So‘rovnoma javoblarini ob'ektivlashtirish va texnalogiyali dars jarayonlaridagi aniq hatti harakatlarni o‘rganish maqsadida tanlangan sinflarda 12 ta dars kuzatildi.Kuzatish texnalogiyalardan foydalanib olib borilgan darslarda o‘quvchilarning diqqatii, ulardagi sensor va aqliy charchoq, stress,faollik va o‘zaro hamkorlikka etibor qaratildi.
Cheklovlar .Natijalar bitta maktab doirasida olindi .Kelajakda esa bu tadqiqotlar kengroq o‘rganilishi tavsiya etiladi..
Natijalar. So‘rovnoma va kuzatish natijalariga ko‘ra zamonaviy pedagogik texnalogiyalar o‘quvchilarning psixologik holatiga ikki tomonlama ta’sir ko‘rsatadi.
Tadqiqotda 60 nafar ishtirokchi qatnashdi .Ular orasida qizlar 31 nafar, o‘ģil bolalar 29 nafar bolib, yoshi 15-16 yosh.Kuzatuv 12 ta dars davomida turli fanlardan amalga oshirildi.
1-jadval
Umumiy
Kuzatilgan
Qiz bolalar
O‘gil bolalar Yoshi
Ko‘rsatkichlar
bolalar
darslar
Fanlar
soni
soni
Miqdori 60 31 29 15-16 12 Turli fanlar 1-diagramma
1-diagramma qatnashchilar umumiy soni va jinsiy tarkibi foizlarda ifodalandi.Natijalarga ko‘ra, qizlar - 51,7 %, o‘ģil bolalar esa 48,3% ni tashkil etadi .Ushbu nisbat natijalarni tahlil qilishga jins omilining keskin farq qilmasligini ko‘rsatadi.
Zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning psixologik ko‘rsatkichlarga tasiri 2 - diagrammda aks etgan.
2-diagramma
Natijalarni tahlil qilish Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 15-16 yosh o‘quvchilar bilan olib borilgan 12 ta dars kuzatuvi zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning ta’lim jarayoniga ta’sirini baholash uchun yetarli empirik asos yaratdi. Ishtirokchilarning jinsiy tarkibining nisbatan teng bo‘lishi natijalarning ob'ektivligini oshiradi va gender omilining keskin ta’sirini kamaytiradi .
Kuzatishlar jarayonida zamonaviy pedagogik texnalogiyalar qo‘llangan darslarda o‘quvchilarning faolligi, dars jarayoniga jalb etilishi va motivatsiyasi sezilarli darajada oshgani qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim darslarda axborotning haddan tashqari ko‘pligi kognitiv yukning ortishiga olib kelgani kuzatildi. Bu holat kognitiv yuk nazariyasiga muvofiq ta’lim jarayonida texnalogiyalardan me'yorida va maqsadli foydalanish zarurligini ko‘rsatadi .
Ijtimoiy konstruktivizm nazariyasi nuqtayi nazaridan qaralganda guruhiy ishlarga asoslangan texnalogiyalar o‘quvchilarning ijtimoiy o‘zaro ta’sirini kuchaytirishi, bilimlarni birgalikda oshirishga xizmat qilishi kuzatuv jarayonida aniqlandi. .Biroq raqamli axborot vositalardan foydalanish imkoniyatlari teng bo‘lmagan o‘quvchilarda ayrim hollarda ijtimoiy tengsizlik hissi paydo bo’lgani ham ko‘rindi. Umuman olganda natijalar zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning ijobiy psixologik ta’siri ustun ekanligini ko‘rsatadi, lekin ularni qo‘llashda o‘quvchilarning yosh, individual psixologik hususiyatlari hamda kognitiv imkoniyaltlarini hisobga olish muhimligini tasdiqlaydi.
Xulosa. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi ta’lim psixologiyasi nuqtayi nazaridan zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning o‘quvchilarning psixologik holatiga qanday ikki tomonlama ta’sirini va bu ta’sirni muvozanatli tarzda amalga oshirishni o‘rganish edi .Tadqiqotning dolzarbligi O‘zbekistonda ta’lim tizimida texnalogiyalarni keng joriy etish jarayonida ularning faqat didaktik emas, balki psixologik oqibatlarini ham hisobga olish muhimdir.
Tadqiqot xulosalari esa, zamonaviy pedagogik texnalogiyalar o‘quvchilarning motivatsiyasi, faolligi va mustaqil fikrlash qobiliyatini sezilarli darajada oshiruvchi vositadir . Shu bilan birga ularning noto‘gri loyihalanishi yoki me'yordan ortiq qo‘llanilishi kognitiv yuklanish, diqqatning
parchalanishi va psixoemotsional stressga sabab bo‘lishi mumkin .Bu esa o‘rganish samaradorligiga ozining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi .Texnalogiyalarning yakuniy psixologik tasiri ularning qanday pedagogik kontekstda qo‘llangani va o‘qituvchining psixologik-pedagogik komletensiyasi bilan bevosita boģliq.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati esa, u global psixologik nazariyalar bilan mahalliy ta’lim amaliyoti o‘rtasidagi bogliqlikni empirik ma’lumotlar asosida ko‘rsatadi. Amaliy ahamiyati shundaki, darslarni faqat didaktik emas, kognitiv va emotsional omillarni hisobga olish, o‘qituvchilar malakasini oshirishda pedagogik psixologiya soahasidagi bilimlarini chuqurlashtirish muhimligini, zamonaviy pedagogik texnalogiyalar qo‘llayotganda foydalanuvchilarning yosh va individual hususiyatlarini ham.inobatga olish zarurligini ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy pedagogik texnalogiyalar - bu ijobiy o‘zgarishlar uchun muhim, lekin yuqoridagi holatlarni inobatga olib qo‘llanilishi zarur bo’lgan vositadir.Ulardan samarali foydalanishning kaliti - o‘quvchi markazlashgan, psixologik jihatdan asoslangan va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv doirasida integratsiya qilishdir. Shu holatda qo‘llanilganda pedagogik texnalogiya haqiqiy ta’lim motivatsiyasiga aylanib, nafaqat bilimli, ham soģlom, barqaror va ijodkor shaxsni tarbiyalashga xizmat qiladi
Amaliy tavsiyalar. Zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni qo‘llashda kognitiv yukni muvozanatlash tavsiya etiladi.Dars jarayonida ortiqcha vizual va axborot yuklamalaridan qo‘shish, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy etish zarur.
Interfaol metodlardan foydalanishda sensor charchoqning oldini olish choralarini ko‘rish lozim. Texnalogiyalarga asoslangan dars jarayonlarida dam beruvchi faoliyatlar, jismoniy harakatlar bilan uyg’unlashtirish tavsiya etiladi.
Zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni ijtimoiy tengsizlik tamoyili asosida tashkil etish muhimdir. Texnik imkoniyatlari cheklangan o‘quvchilar uchun alternativ o‘quv vositalari va barcha o‘quvchilar uchun teng ta’lim sharoitini ta’minlash lozim.
Texnalogiyalarning o‘quvchilarga psixologik ta’sirini muntazam monitoring qilish orqali stress, charchoq va motivatsiya pasayishini oldi olish mumkin.