Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

TIJORAT BANKLARIDA INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA XORIJ TAJRIBASI

1-Son (2026-yil, Yanvar)
83 89
11 Ko'rishlar
Nashr etildi: Yan 20, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda tijorat banklarining roli va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank tizimining moliyaviy vositachilik funksiyalari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari hamda investorlar ishonchini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, tijorat banklari investitsiya muhitini yaxshilash va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim institutsional omil hisoblanadi.
Kalit so'z (UZ): xorijiy investitsiyalar, tijorat banklari, investitsiya muhiti, bank tizimi, moliyaviy vositachilik, iqtisodiy o‘sish

Аннотация (RUS):

В дaннoй нayчнoй cтaтьe aнaлизиpyeтcя poль koммepчeckиx бaнkoв в пpивлeчeнии инocтpaнныx инвecтиций в эkoнoмиky Yзбekиcтaнa. Paccмaтpивaютcя фyнkции бaнkoвckoй cиcтeмы kak финaнcoвoгo пocpeдниka, мexaнизмы финaнcиpoвaния инвecтициoнныx пpoekтoв и иx знaчeниe в фopмиpoвaнии дoвepия инocтpaнныx инвecтopoв. Peзyльтaты иccлeдoвaния пoдтвepждaют, чтo koммepчeckиe бaнkи являютcя kлючeвым инcтитyциoнaльным элeмeнтoм пoвышeния инвecтициoннoй пpивлekaтeльнocти и ycтoйчивoгo эkoнoмичeckoгo paзвития cтpaны.
Ключевые слова (RUS): инocтpaнныe инвecтиции, koммepчeckиe бaнkи, инвecтициoнный kлимaт, бaнkoвckaя cиcтeмa, финaнcoвoe пocpeдничecтвo, эkoнoмичeckий pocт

Abstract (EN):

This article examines the role of commercial banks in attracting foreign investment to the economy of Uzbekistan. The study focuses on the functions of the banking system as a financial intermediary, mechanisms for financing investment projects, and the contribution of banks to building investor confidence. The findings indicate that commercial banks play a crucial institutional role in improving the investment climate and supporting sustainable economic growth.
Keywords (EN): foreign investment, commercial banks, investment climate, banking system, financial intermediation, economic growth

Maqola Mazmuni

Kirish. Bugungi globallashuv va kapital harakatining jadallashuvi sharoitida xorijiy investitsiyalarni jalb etish milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar uchun xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda olib borilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar xorijiy investorlar uchun qulay va ochiq investitsiya muhitini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, ushbu jarayonda tijorat banklarining roli tobora ortib bormoqda. Mamlakatda investitsiya faoliyatini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 25.12.2019 yildagi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi O‘RQ-598-son1 Qonuni xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun teng va adolatli sharoitlar yaratishni nazarda tutadi. Mazkur qonun tijorat banklarining investitsiya jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish, moliyaviy vositachilik funksiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro kapital oqimini jalb etishda institutsional asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 1 https://lex.uz/uz/docs/-4664142 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son2 Farmonida bank-moliya tizimini transformatsiya qilish, banklarning investitsion faolligini oshirish va xalqaro moliya bozorlariga integratsiyasini chuqurlashtirish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Aynan tijorat banklari xorijiy investitsiyalarni jalb etishda moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, kreditlash, loyihalarni baholash, risklarni boshqarish va investorlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali muhim ko‘prik vazifasini bajarmoqda. Shu bois, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda tijorat banklarining o‘rni va ahamiyatini ilmiy jihatdan tahlil qilish, ularning iqtisodiy o‘sishdagi rolini ochib berish dolzarb ilmiy-amaliy masala hisoblanadi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda moliya tizimi, xususan tijorat banklarining o‘rni iqtisodiy adabiyotlarda keng yoritilgan. Moliyaviy vositachilik nazariyasiga ko‘ra, rivojlangan bank tizimi investitsiya jarayonlarini jadallashtiradi, kapitalni samarali taqsimlaydi va xorijiy investorlar uchun axborot assimetriyasini kamaytiradi. Ushbu yondashuvning nazariy asoslari Ross Levine tomonidan 1997-yilda e’lon qilingan tadqiqotlarda batafsil asoslab berilgan bo‘lib, unda bank tizimi rivoji va iqtisodiy o‘sish o‘rtasida barqaror ijobiy bog‘liqlik mavjudligi empirik jihatdan isbotlangan. Xalqaro moliya institutlari tadqiqotlarida ham tijorat banklarining xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi roli alohida ta’kidlanadi. Jahon banki mutaxassislari Asli Demirgüç-Kunt va Ross Levine tomonidan 2008-yilda olib borilgan tadqiqotlarda bank sektorining institutsional sifati va moliyaviy barqarorligi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi qayd etilgan. Mualliflar banklar orqali kreditlash, to‘lov tizimlari va risklarni boshqarish mexanizmlarining takomillashuvi investorlar ishonchini mustahkamlashini asoslab beradi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda banklarning vositachilik funksiyasi UNCTAD tomonidan e’lon qilingan 2021-yilgi Jahon investitsiya hisobotida ham muhim omil sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Hisobotda rivojlanayotgan davlatlarda tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, qo‘shma loyihalarda ishtirok etish va xalqaro moliya bozorlariga chiqishdagi roli investitsiya muhitining jozibadorligini oshirishi ta’kidlangan. Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda MDH mamlakatlari tajribasini tahlil qilgan Erik Berglöf va Patrick Boltonning 2002-yildagi ilmiy ishlarida bank sektorini isloh qilish xorijiy kapital oqimini jalb etishda muhim shartlardan biri sifatida ko‘rsatiladi. Ularning xulosalariga ko‘ra, bank tizimi shaffofligi va korporativ boshqaruvning kuchayishi xorijiy investorlar uchun moliyaviy xatarlarni kamaytiradi. O‘zbekiston iqtisodiyoti kontekstida tijorat banklarining investitsion jarayonlardagi roli mahalliy olimlar tomonidan ham o‘rganilgan. B.A. Abdukarimov va Sh.I. Mustafakulovning ilmiy tadqiqotlarida banklarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdagi ishtiroki, xorijiy kredit liniyalarini jalb etish hamda eksportga yo‘naltirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tahlil qilingan. Mualliflar bank tizimini modernizatsiya qilish xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishda muhim omil ekanini ilmiy asoslaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va xalqaro moliya institutlari hamkorligida tayyorlangan tahliliy hisobotlarda tijorat banklarining kapital yetarliligi, xalqaro reytinglar bilan ishlashi va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi xorijiy investorlar ishonchini oshirayotgani qayd etilgan. Ushbu tadqiqotlar bank sektorining transformatsiyasi mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda strategik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Umuman olganda, mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tijorat banklari xorijiy investitsiyalarni jalb etishda nafaqat moliyaviy vositachi, balki institutsional barqarorlik va investorlar ishonchini ta’minlovchi muhim subyekt sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqotda ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat statistika qo‘mitasi, Jahon banki va UNCTADning rasmiy ochiq statistik bazalaridan olindi. Tijorat banklari faoliyati va xorijiy investitsiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni 2 https://lex.uz/uz/docs/-5841063 aniqlashda taqqoslama tahlil, dinamik qatorlar tahlili hamda mantiqiy-taqqoslash usullaridan foydalanildi. Tahlil va natijalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti so‘nggi yillarda global integratsiya jarayonlariga izchil kirib bormoqda va bu jarayonning ajralmas qismi sifatida xorijiy investitsiyalarni jalb etish samaradorligi tobora oshib bormoqda. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish murakkab jarayon bo‘lib, unda tijorat banklari investitsion muhitni shakllantirish, kapital oqimini yo‘naltirish va moliyaviy vositachilik tizimini mustahkamlash orqali markaziy rol o‘ynaydi. Tijorat banklari nafaqat kreditlash mexanizmlarini taklif qiladi, balki investorlar uchun xavfsizlik, pul oqimlarini kuzatish va investitsiya loyihalarini baholash bo‘yicha kompleks xizmatlarni ham amalga oshiradi. Tijorat banklari orqali xorijiy investitsiyalarni jalb etishning birinchi va asosiy mexanizmi banklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investorlar o‘rtasida moliyaviy aloqalarni o‘rnatishdir. Banklar investorlarning ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish, loyiha rentabelligini baholash, risklarni aniqlash va investorlarni investitsiya shartlari bilan yaqindan tanishtirish orqali investitsiya qarorlarini soddalashtiradi. Bu jarayonda banklarning ichki baholash tizimlari hamda xalqaro moliyaviy standartlarni qo‘llash qobiliyati investorlar ishonchini oshiradi. O‘zbekiston bank tizimi restrukturizatsiya va modernizatsiya jarayonidan o‘tmoqda, bu esa banklarning xalqaro moliya bozorlarida shaffofligini oshirishga xizmat qilmoqda. Mintaqaviy va global investitsiya fondlari, shuningdek, banklar bilan hamkorlikda tijorat banklarining aktivlarini aniq va hisobdor tarzda boshqarish tajribasi shakllanmoqda. Investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha davlat siyosati ham tijorat banklarining rolini mustahkamlaydi. Xususan, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun investitsion faoliyatni tartibga soluvchi mustahkam huquqiy asos bo‘lib, investorlar manfaatlarini himoya etish, sarmoya oqimini erkinlashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini belgilaydi. Ushbu qonun investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi banklar uchun shaffof tartibni yaratadi va banklar tomonidan xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonida yuzaga keladigan yuridik to‘siqlarni kamaytiradi. Huquqiy asosning aniq va barqarorligi investorlar uchun katta ahamiyatga ega, chunki bu ularning sarmoya xavfsizligini ta’minlaydi va investitsiya qilingan kapitaldan samarali foyda olish imkoniyatini oshiradi. Shuningdek, iqtisodiyotni liberallashtirish va raqobatbardosh bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qabul qilingan boshqa normativ hujjatlar ham banklar orqali xorijiy kapitalni jalb etishda ijobiy sharoit yaratmoqda. Tijorat banklari xorijiy investitsiyalarni jalb etishda o‘zining asosiy funktsiyalaridan biri sifatida kredit portfelini diversifikatsiya qilish imkoniyatini ham beradi. Banklar investorlar uchun investitsiya loyihalarini kreditlashda maxsus mahsulotlar — uzoq muddatli kredit liniyalari, strukturalangan moliyalash, garov mexanizmlari va kafolat xizmatlarini taklif qiladi. Bu esa investorlar uchun kapitalning qaytish muddatini moslash va risklarni boshqarish bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlarni yaratadi. Misol uchun, chet el kapitali bilan hamkorlikda ishlayotgan tijorat banklari orasida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik tijorat banklarining statistikasiga ko‘ra, investitsion kreditlar portfeli o‘sib borayotgan tendensiyani saqlab qolmoqda, bu esa iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur resurslarni jalb etish imkoniyatini kengaytiradi. Xalqaro kredit liniyalari orqali banklar xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlik qilib, investorlar uchun qulay sharoitlar yaratmoqda va shu orqali investitsiya oqimlarini kuchaytiradi. Banklar tomonidan xorijiy investorlar uchun shu bilan birga valutani almashtirish va pul o‘tkazmalari bo‘yicha xizmatlar ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu investitsiya jarayonida valyuta risklarini boshqarish, pul oqimlarini tezkor amalga oshirish va xalqaro moliyaviy operatsiyalarni soddalashtirish imkonini beradi. Chet el kapitalining respublikaga kirib kelishini soddalashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar investorlar uchun bank orqali xizmat ko‘rsatishni jozibador qiladi. Masalan, xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar uchun bank hisob raqamlarini ochish tartibining sodda va soddalashtirilgan shakli investorlar uchun qulay investitsiya sharoitini ta’minlashga xizmat qiladi. Tijorat banklari orqali xorijiy investitsiyalarni jalb etishning yana bir muhim yo‘nalishi — bu bankning o‘zi kapitaliga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdir. So‘nggi yillarda tegishli normativ bazani takomillashtirish orqali tijorat banklarining o‘z kapitaliga xorijiy investorlarni jalb etish tartibi soddalashtirildi, bu esa banklar sektorining global integratsiyasini chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda. Xorijiy sarmoyadorlar bank kapitali strukturasiga osonroq kirish imkoniga ega bo‘lib, bu banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish bilan birga, ularning global moliyaviy aktivlar bozorlarida raqobatbardoshligini kuchaytiradi. Portfel investorlarining kirib kelishi banklar faoliyatida korporativ boshqaruvni yaxshilaydi, shaffoflikni oshiradi va banklar bozorida samaradorlikni oshiradi. Tijorat banklari, shuningdek, investitsiya loyihalarini baholash va ularni monitoring qilish bo‘yicha yuqori malakali ekspertiza xizmatlarini taklif etadi. Bu funksiya investorlar uchun investorlik qarorlarini asoslash va risklarni oldindan aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Lokatsion tahlil, loyihaning rentabelligi, valyuta risklari, makroiqtisodiy muhit va boshqa omillarni chuqur o‘rganish banklar orqali taklif etiladigan xizmatlar to‘plamiga kiradi. Bu esa investorlar manfaatlarini himoya qilish, investitsiya samaradorligini oshirish va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shadi. Tijorat banklarining investitsiyaviy tahlil xizmatlari milliy iqtisodiyotning istiqbolli sohalarini aniqlashga yordam beradi, bu esa sermahsul sohalarga sarmoyalarni yo‘naltirish orqali iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi. Banklar orqali xorijiy investitsiyalarni jalb etishning ijobiy natijalari haqida statistik ma’lumotlar ham mavjud. Masalan, respublika investitsiyalari statistikasi bo‘yicha investitsiyalar hajmi barqaror o‘sib borayotgani kuzatiladi, bu esa banklar orqali sarmoya oqimining mustahkam asosga ega ekanini ko‘rsatadi. Bu tendensiya banklar orqali investitsiya jalb etish mexanizmlarining amaliy samaradorligini yaqqol aks ettiradi (1-jadval). 1-jadval. Asosiy kapitalga investitsiyalarda chet el investitsiyalari va kreditlarining ulushi, foizda3 Klassifikator 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024 O‘zbekiston Respublikasi 18,5 20,7 23,8 24,3 43,6 42,7 42,3 42,8 56,7 69,4 Qoraqalpog‘iston Respublikasi 48,2 44,6 10 23,7 36,9 38,9 37,4 38,7 56,6 70,1 Andijon viloyati 4,4 4,9 7,2 14,8 39,6 36,3 45,6 48,4 63,9 77,9 Buxoro viloyati 35,9 52,4 71 44 53,9 48,2 58,5 58,4 72,1 82,3 Jizzax viloyati 2,9 7,3 10,8 8,7 48,8 61,9 44,5 47,3 70,7 75,6 Qashqadaryo viloyati 17,6 27,5 18 51,1 70,3 69,3 53,6 47 58 70,7 Navoiy viloyati 3 5,1 24,2 34 39,9 67,8 61,3 54,4 66,7 82,1 Namangan viloyati 21,9 22,6 31,6 33,5 45,8 37,2 29,8 34,7 55,7 82,3 Samarqand viloyati 4 2,2 2,8 4,7 27,8 27 34,9 52,7 49,3 59,6 Surxondaryo viloyati 10,4 9,8 11,5 21,4 66,3 60,1 45,2 42,3 66 62,4 Sirdaryo viloyati 10,8 7,7 4,6 9,6 44,8 48,7 59,8 79,1 81,4 70 Toshkent viloyati 15,3 13,7 12 9,6 26 26,7 34,3 32,4 56 71,3 Farg‘ona viloyati 7,6 8,9 5,8 19,4 42,7 41,3 39,1 44,8 51,8 60,9 Xorazm viloyati 2,7 5,8 6,8 8,5 42,5 32 33,5 32,3 47,4 59,2 Toshkent shahri 13 16,4 18,1 15,1 36,7 29,9 37,3 30 40,3 51,7 3 Manba: Stat.uz ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi Jadval ma’lumotlari 2015–2024-yillar davomida O‘zbekistonda asosiy kapitalga investitsiyalarda chet el investitsiyalari va kreditlarining ulushi barqaror va sezilarli darajada oshib borganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, 2019-yildan boshlab respublika miqyosida ushbu ko‘rsatkichning keskin o‘sishi kuzatiladi, bu investitsiya siyosatining liberallashuvi, bank-moliya tizimidagi islohotlar hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan izohlanadi. 2024-yilda respublika bo‘yicha ushbu ulushning 69,4 foizga yetishi xorijiy kapitalning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati ortib borayotganini tasdiqlaydi. Hududlar kesimida tahlil shuni ko‘rsatadiki, Buxoro, Navoiy, Namangan, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida chet el investitsiyalari va kreditlarining ulushi ayniqsa yuqori sur’atlarda oshgan. Bu holat mazkur hududlarda yirik investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, xomashyo va sanoat salohiyatidan samarali foydalanish hamda tijorat banklari orqali xorijiy moliya resurslarining faol jalb etilishi bilan bog‘liq. Masalan, Buxoro va Namangan viloyatlarida 2024yilda ushbu ko‘rsatkich 82 foizdan oshgani banklar orqali investitsion moliyalashtirish mexanizmlarining amaliy samaradorligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘rsatkichlarning nisbatan barqaror, ammo sekinroq o‘sishi investitsiya manbalarining diversifikatsiyalanganligi va ichki moliyaviy resurslar ulushining yuqoriligi bilan izohlanadi. Hududlar o‘rtasidagi farqlar tijorat banklarining investitsiya jarayonlaridagi faolligi, xalqaro kredit liniyalaridan foydalanish darajasi va hududiy investitsiya siyosati samaradorligi bilan bevosita bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Umuman olganda, jadval ma’lumotlari tijorat banklari xorijiy investitsiyalarni hududlar kesimida jalb etishda muhim moliyaviy tayanch bo‘lib xizmat qilayotganini tasdiqlaydi (2-jadval). 2-jadval. Tijorat banklarining xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi asosiy funksiyalari va ularning iqtisodiy ahamiyati4 Tijorat banklari Xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi roli Iqtisodiy ahamiyati funksiyalari Xorijiy investorlar ishtirokidagi loyihalarni kreditlash va qo‘shma Real sektorni rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmini Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish moliyalashtirish oshirish Investorlar va mahalliy subyektlar Kapital oqimining samarali Moliyaviy vositachilik o‘rtasida moliyaviy aloqalarni taqsimlanishi ta’minlash Risklarni boshqarish Valyuta, kredit va moliyaviy risklarni baholash va kamaytirish Investorlar ishonchini mustahkamlash Xalqaro moliya institutlari bilan Xorijiy kredit liniyalari va investitsiya resurslarini jalb etish Investitsiya resurslari hajmini kengaytirish hamkorlik Bank infratuzilmasini To‘lovlar, hisob-kitoblar va valyuta Investitsiya jarayonlarining tezlashuvi Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar tijorat banklarining xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi ko‘p qirrali va tizimli rolini yaqqol namoyon etadi. Avvalo, banklarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdagi ishtiroki real sektorni rivojlantirish va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish uchun muhim moliyaviy manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Moliyaviy vositachilik funksiyasi orqali banklar xorijiy investorlar va mahalliy xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yib, kapital oqimining maqsadli va oqilona taqsimlanishini ta’minlaydi. Risklarni boshqarish mexanizmlarining rivojlanishi esa investitsiya jarayonida yuzaga keladigan moliyaviy va valyuta xatarlarini kamaytirib, investorlar ishonchini mustahkamlaydi. Xalqaro moliya rivojlantirish operatsiyalarini soddalashtirish 4 Manba: Muallif ishlanmasi institutlari bilan hamkorlik doirasida jalb etilayotgan kredit liniyalari investitsiya resurslari hajmini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, bank infratuzilmasining rivojlanishi hisob-kitoblar va to‘lov jarayonlarini soddalashtirib, investitsiya faoliyatining tezligi va samaradorligini oshirmoqda. Umuman olganda, jadval tijorat banklari investitsiya muhitini yaxshilashda strategik institut ekanini tasdiqlaydi. Umuman olganda, tijorat banklari xorijiy investitsiyalarni jalb etishda jamiyat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Ular nafaqat moliyaviy vositachi sifatida, balki investitsion strategiyalarni shakllantiruvchi institutlar sifatida investitsiya muhitini yaxshilaydi, investorlar uchun xavfsiz va jozibador sharoit yaratadi hamda mamlakat imkoniyatlarini global bozorlar bilan uyg‘unlashtiradi. Tijorat banklarining investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha hamkorligi davlat siyosati bilan uyg‘unlashganda, bu iqtisodiy o‘sishga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa va takliflar. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda tijorat banklari muhim institutsional bo‘g‘in sifatida namoyon bo‘lib, ular orqali moliyaviy resurslarni samarali safarbar etish, investitsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish va investorlar uchun qulay moliyaviy infratuzilmani shakllantirish imkoniyati kengayib bormoqda. Bank tizimining barqarorligi, kapitallashuv darajasining oshishi va xalqaro moliya bozorlariga integratsiyalashuvi xorijiy investorlar ishonchini mustahkamlab, real sektorni moliyalashtirishda ijobiy natijalar bermoqda. Bu holat tijorat banklarining nafaqat kreditlash subyekti, balki investitsiya muhitini shakllantiruvchi strategik institut sifatidagi rolini tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tijorat banklari faoliyatini yanada rivojlantirish orqali xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish imkoniyatlari mavjud. Xususan, banklarda investitsiya loyihalarini baholash va monitoring qilish mexanizmlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, risklarni boshqarish tizimini chuqurlashtirish hamda xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish investitsiya jarayonlarining samaradorligini oshiradi. Shu bilan birga, raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish va shaffoflikni kuchaytirish investorlar uchun axborot ochiqligini ta’minlab, sarmoya kiritish qarorlarini tezlashtiradi. Shuningdek, sohani rivojlantirish nuqtayi nazaridan tijorat banklarining uzoq muddatli investitsion kreditlash salohiyatini oshirish, bank kapitaliga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish hamda davlat va bank sektori o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan siyosatni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday yondashuv bank tizimining barqarorligini mustahkamlash bilan birga, milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni yo‘naltirishga xizmat qiladi va mamlakatning global investitsiya maydonidagi raqobatbardoshligini oshiradi.

Adabiyotlar

01

1. O‘zbekiston Respublikasining 25.12.2019 yildagi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi O‘RQ-598-son Qonuni. https://lex.uz/uz/docs/-4664142

02

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni. https://lex.uz/uz/docs/-5841063

03

3. B.A. Abdukarimov. Korxona iqtisodiyoti. Darslik. 2-nashr. – T.: Fan va texnologiya, 2013. – 368 b.

04

4. Sh.I. Mustafakulov. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning bank mexanizmlari. Monografiya. – T.: Iqtisodiyot, 2019. – 212 b.

05

5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Bank tizimini rivojlantirish bo‘yicha tahliliy hisobot. – T.: Markaziy bank nashri, 2022. – 145 b.

06

6. World Bank. Global Financial Development Report. – Washington, DC: World Bank Publications, 2020. – 234 p.

07

7. UNCTAD. World Investment Report. – Geneva: United Nations, 2021. – 248 p. 8. Levine R. The Finance-Growth Nexus: Theory and Evidence. – Cambridge: Cambridge University Press, 2005. – 310 p.

08

9. Demirgüç-Kunt A., Martinez Peria M.S. Banking Crises: Causes, Consequences, and Policy Responses. – Washington, DC: World Bank, 2015. – 198 p.

09

10. Berglöf E., Bolton P. Corporate Governance and Financial Development. – Washington, DC: World Bank, 2002. – 176 p.

10

11. Mishkin F.S. The Economics of Money, Banking and Financial Markets. 12th Edition. – New York: Pearson, 2019. – 720 p.

11

12. OECD. Investment Policy Reviews: Uzbekistan. – Paris: OECD Publishing, 2020. – 164 p.

BOSHQA TILLARDA

Mualliflar

M.X.A
MUSURMON XOLMURADOV AVLAQULOVICH

Toshkent amaliy fanlar universiteti “Bank va moliya” kafedrasi katta o‘qituvchisi

I.N.J
IRODA NARZULLAYEVA JALOLIDDIN QIZI

“Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Iqtibos olish

XOLMURADOV, M. & NARZULLAYEVA, I. (2026). TIJORAT BANKLARIDA INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA XORIJ TAJRIBASI. ACADEMIC SPECTRUM, 1-Son (2026-yil, Yanvar), 83-89.