Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

DEZADAPTATSIYALASHGAN O‘SMIRLARDA ADAPTATSIYA JARAYONI RIVOJLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI

1-Son (2026-yil, Yanvar)
74 78
8 Ko'rishlar
Nashr etildi: Yan 20, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Mazkur maqolada dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarda adaptatsiya jarayonining rivojlanishida muhim o‘rin tutuvchi ijtimoiy-psixologik mexanizmlar ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. O‘smirlik davri shaxs rivojlanishining murakkab va ziddiyatli bosqichi bo‘lib, bu davrda ijtimoiy muhitga moslashishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Dezadaptatsiya holati o‘smirlarning xulq-atvori, hissiy holati, muloqot ko‘nikmalari va ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishida muammolar bilan namoyon bo‘ladi. Maqolada adaptatsiya jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy omillar - oila muhiti, tengdoshlar bilan munosabatlar, ta’lim muassasasi sharoiti hamda individual psixologik xususiyatlar yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy qo‘llabquvvatlash, muloqot kompetensiyasi, o‘z-o‘zini anglash va emotsional barqarorlik kabi mexanizmlarning adaptatsiyadagi roli ochib berilgan. Tadqiqot natijalari dezadaptatsiyalashgan o‘smirlar bilan ishlashda psixologik xizmatni takomillashtirish, profilaktik va korreksion dasturlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'z (UZ): dezadaptatsiya, o‘smirlik davri, adaptatsiya, ijtimoiy-psixologik mexanizmlar, ijtimoiy muhit, psixologik qo‘llab-quvvatlash

Аннотация (RUS):

В дaннoй cтaтьe paccмaтpивaютcя coциaльнo-пcиxoлoгичeckиe мexaнизмы paзвития пpoцecca aдaптaции y дeзaдaптиpoвaнныx пoдpocтkoв. Пoдpocтkoвый вoзpacт являeтcя oдним из нaибoлee cлoжныx этaпoв paзвития личнocти, xapakтepизyющимcя интeнcивными пcиxoлoгичeckими и coциaльными измeнeниями. В этoт пepиoд y нekoтopыx пoдpocтkoв вoзниkaют тpyднocти aдaптaции k coциaльнoй cpeдe, чтo пpoявляeтcя в нapyшeнияx пoвeдeния, эмoциoнaльнoй нecтaбильнocти, пpoблeмax oбщeния и cнижeнии coциaльнoй akтивнocти. В cтaтьe aнaлизиpyютcя ocнoвныe фakтopы, влияющиe нa пpoцecc aдaптaции дeзaдaптиpoвaнныx пoдpocтkoв, тakиe kak ceмeйныe oтнoшeния, взaимoдeйcтвиe co cвepcтниkaми, ycлoвия oбpaзoвaтeльнoй cpeды и индивидyaльныe пcиxoлoгичeckиe ocoбeннocти. Ocoбoe внимaниe yдeляeтcя poли coциaльнoпcиxoлoгичeckиx мexaнизмoв, вkлючaя coциaльнyю пoддepжky, paзвитиe koммyниkaтивныx нaвыkoв, фopмиpoвaниe пoзитивнoй caмooцeнkи и эмoциoнaльнoй ycтoйчивocти. Oтмeчaeтcя знaчимocть koмплekcнoгo пcиxoлoгичeckoгo coпpoвoждeния в пpoцecce coциaльнoй aдaптaции пoдpocтkoв. Peзyльтaты иccлeдoвaния мoгyт быть иcпoльзoвaны в пpakтиke paбoты шkoльныx пcиxoлoгoв, coциaльныx пeдaгoгoв и cпeциaлиcтoв, зaнимaющиxcя пpoфилakтиkoй и koppekциeй дeзaдaптивнoгo пoвeдeния y пoдpocтkoв.
Ключевые слова (RUS): дeзaдaптaция, пoдpocтkoвый вoзpacт, aдaптaция, coциaльнoпcиxoлoгичeckиe мexaнизмы, coциaльнaя cpeдa, пcиxoлoгичeckaя пoддepжka

Abstract (EN):

This article examines the social and psychological mechanisms underlying the development of the adaptation process in maladjusted adolescents. Adolescence is a critical and challenging stage of personality development, marked by significant psychological, emotional, and social changes. During this period, some adolescents experience difficulties in adapting to their social environment, which can result in behavioral problems, emotional instability, impaired communication skills, and reduced social functioning. The article analyzes key factors influencing the adaptation process of maladjusted adolescents, including family relationships, peer interactions, educational environment, and individual psychological characteristics. Special attention is given to the role of social-psychological mechanisms such as social support, communication competence, self-awareness, self-esteem development, and emotional resilience. The study emphasizes the importance of comprehensive psychological support and targeted intervention programs aimed at facilitating successful social adaptation. The findings of the research may be useful for psychologists, educators, and social workers involved in preventive and corrective work with adolescents experiencing social maladjustment.
Keywords (EN): maladjustment, adolescence, adaptation, social-psychological mechanisms, social environment, psychological support

Maqola Mazmuni

Kirish. Hozirgi globallashuv va ijtimoiy munosabatlarning jadallashuvi sharoitida shaxsning jamiyatga muvaffaqiyatli moslashuvi muhim ijtimoiy-psixologik muammolardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, o‘smirlik davri shaxs rivojlanishining eng murakkab va mas’uliyatli bosqichlaridan biri bo‘lib, bu davrda biologik yetilish bilan bir qatorda ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish, mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini anglash va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlarni shakllantirish jarayoni jadallashadi. Mazkur jarayonlarning muvozanatsiz kechishi esa o‘smir shaxsida dezadaptatsiya holatlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Dezadaptatsiyalashgan o‘smirlar jamiyat talablariga moslashishda qiyinchilikka duch keladi, bu esa ularning xulq-atvori, emotsional holati, muloqot jarayoni hamda ijtimoiy faolligida salbiy namoyon bo‘ladi. Bunday holatlar ko‘pincha o‘smirning oila a’zolari, tengdoshlari va ta’lim muassasasi bilan bo‘lgan munosabatlarida nizolar, tushunmovchiliklar va ijtimoiy chekinish bilan kechadi. Natijada, shaxs rivojlanishida barqaror bo‘lmagan xulq shakllari, agressivlik, xavotir, past o‘z-o‘zini baholash va ijtimoiy begonalashuv kuchayadi. Shu bois, dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarda adaptatsiya jarayonining rivojlanish mexanizmlarini o‘rganish zamonaviy psixologiya fanining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, mazkur jarayonning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini aniqlash o‘smirlarning jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy muhitning ta’siri, shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi, kommunikativ kompetensiya hamda emotsional barqarorlik kabi omillar adaptatsiya jarayonining samaradorligini belgilovchi asosiy mexanizmlar sifatida namoyon bo‘ladi. Dezadaptatsiya holatlarini erta aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan psixologik yondashuvlar nafaqat o‘smir shaxsining sog‘lom rivojlanishini, balki jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarda adaptatsiya jarayonining ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini chuqur o‘rganish ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim ilmiy ahamiyatga ega. Adabiyotlar tahlili. Dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarda adaptatsiya jarayonining ijtimoiypsixologik mexanizmlarini o‘rganish masalasi psixologiya fanida uzoq yillardan buyon dolzarb ilmiy muammolardan biri sifatida qaralib kelinmoqda. Ushbu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlik davrida yuzaga keladigan dezadaptatsiya holatlari shaxsning individual psixologik xususiyatlari bilan bir qatorda, uning ijtimoiy muhit bilan o‘zaro munosabatlari tizimi orqali shakllanadi. Shu sababli, mazkur muammoni yoritishda ijtimoiypsixologik yondashuv yetakchi o‘rin egallaydi. Rus psixologiya maktabi vakillari tomonidan adaptatsiya va dezadaptatsiya muammolari chuqur nazariy asoslangan. Xususan, L. S. Vygotskiy shaxs rivojlanishini ijtimoiy muhit bilan uzviy bog‘liq jarayon sifatida talqin qilib, o‘smirlik davrida ijtimoiy vaziyatning o‘zgarishi shaxs moslashuviga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, o‘smirning ijtimoiy tajribani o‘zlashtira olmasligi dezadaptatsiyaning muhim manbalaridan biridir. A. N. Leontev faoliyat nazariyasi doirasida adaptatsiya jarayonini shaxs faoliyatining mazmuni va motivatsion tizimi bilan bog‘lab izohlaydi. Olim adaptatsiyaning muvaffaqiyati o‘smirning yetakchi faoliyati va ijtimoiy ehtiyojlarining qondirilish darajasiga bog‘liq ekanini asoslab beradi. Shuningdek, B. G. Ananyev shaxsni biopsixososial tizim sifatida ko‘rib, adaptatsiya jarayonida individual-psixologik va ijtimoiy omillarning o‘zaro ta’sirini alohida ta’kidlaydi. Uning tadqiqotlarida emotsional barqarorlik va shaxslararo munosabatlarning sifati o‘smirlarning ijtimoiy moslashuv darajasini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida qayd etiladi. A. A. Rean esa dezadaptatsiyani shaxs va ijtimoiy muhit o‘rtasidagi nomuvofiqlik natijasi sifatida talqin qilib, o‘smirlarda ijtimoiy kompetensiyaning yetarli darajada shakllanmaganligini asosiy sabablar qatorida ko‘rsatadi. Xorijiy olimlar tadqiqotlarida ham o‘smirlik davridagi adaptatsiya jarayoni ko‘p omilli va murakkab hodisa sifatida izohlanadi. E. Eriksonning psixosotsial rivojlanish nazariyasiga ko‘ra, o‘smirlik davri “shaxsiy identifikatsiya va rol chalkashuvi” bosqichi bilan xarakterlanadi. Ushbu bosqichda identifikatsiya inqirozining muvaffaqiyatli hal etilmasligi shaxsning ijtimoiy muhitga moslashuvida jiddiy qiyinchiliklarga olib keladi. Olim dezadaptatsiyani identitetning noaniqligi bilan bog‘liq psixologik holat sifatida baholaydi. K. Levin ijtimoiy maydon nazariyasi orqali shaxs xulq-atvorini muhit omillari bilan bog‘liq holda tushuntirib, o‘smirlarning adaptatsiyasida guruh bosimi, ijtimoiy me’yorlar va shaxslararo munosabatlarning roliga e’tibor qaratadi. Uning qarashlariga ko‘ra, o‘smir uchun ijtimoiy qo‘llabquvvatlovchi muhitning yetishmasligi dezadaptatsiya xavfini oshiradi. U. Bronfenbrennerning ekologik tizimlar nazariyasi esa adaptatsiya jarayonini mikro, mezo va makrotizimlar doirasida tahlil qilib, oila, maktab va jamiyat omillarining o‘zaro bog‘liqligini asoslab beradi. Shuningdek, R. Lazarus va S. Folkman tomonidan ishlab chiqilgan stress va koping nazariyasida adaptatsiya shaxsning stressli vaziyatlarga moslashuv mexanizmlari orqali izohlanadi. Ularning fikricha, o‘smirlarning psixologik moslashuvi ko‘p jihatdan emotsional boshqaruv va muammoli vaziyatlarga nisbatan samarali coping strategiyalarini qo‘llash qobiliyatiga bog‘liq. Mazkur yondashuv dezadaptatsiyani shaxsning moslashuv resurslari yetishmasligi bilan izohlaydi. Yuqoridagi ilmiy qarashlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarda adaptatsiya jarayoni murakkab ijtimoiy-psixologik mexanizmlar tizimi asosida shakllanadi. Rus va xorijiy olimlar tadqiqotlari mazkur jarayonning shaxsning ichki psixologik resurslari hamda tashqi ijtimoiy omillar bilan uzviy bog‘liqligini ilmiy jihatdan asoslab beradi. Shu bois, dezadaptatsiya muammosini hal etishda kompleks yondashuv zarurligi adabiyotlar tahlilida yaqqol namoyon bo‘ladi. Muhokama. Mazkur tadqiqot doirasida dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarda adaptatsiya jarayonining rivojlanishida ijtimoiy-psixologik mexanizmlarning o‘rni tahlil qilinar ekan, ushbu jarayonning murakkab va ko‘p omilli xarakterga ega ekanligi yana bir bor tasdiqlandi. Olingan nazariy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlarning ijtimoiy muhitga moslashuvi faqat individual psixologik xususiyatlar bilan belgilanmay, balki ularning ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘rni, atrof-muhit bilan o‘zaro aloqalari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash darajasi bilan uzviy bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, dezadaptatsiya holatlari ko‘pincha shaxs va muhit o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi natijasida yuzaga keladi. Muhokama jarayonida aniqlanishicha, oila muhiti dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarda adaptatsiya jarayonining shakllanishida hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Ota-ona bilan emotsional aloqalarning sustligi, noto‘g‘ri tarbiya uslublari hamda nizoli oilaviy munosabatlar o‘smirning o‘zini ijtimoiy jihatdan xavfsiz his qilmasligiga olib keladi. Bu holat, o‘z navbatida, uning emotsional barqarorligi va ijtimoiy moslashuv imkoniyatlarini cheklaydi. Shu bilan birga, ijobiy oilaviy muhit va qo‘llab-quvvatlovchi munosabatlar adaptatsiya jarayonini faollashtiruvchi muhim psixologik resurs sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot natijalari shuni ham ko‘rsatadiki, tengdoshlar guruhi bilan munosabatlar o‘smirlarning adaptatsiya jarayonida muhim ijtimoiy-psixologik mexanizm vazifasini bajaradi. Ijtimoiy qabul qilinmaslik, rad etilish yoki salbiy guruh ta’siri dezadaptatsiya holatlarining chuqurlashuviga sabab bo‘lishi mumkin. Aksincha, ijobiy tengdoshlar muhiti, samarali muloqot ko‘nikmalarining shakllanganligi va guruhga tegishlilik hissi o‘smirning ijtimoiy moslashuvini sezilarli darajada yaxshilaydi. Bu holat ijtimoiy identifikatsiya va o‘z-o‘zini anglash jarayonlarining barqarorlashuviga xizmat qiladi. Shuningdek, ta’lim muassasasi muhiti ham dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarda adaptatsiya jarayonining muhim tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar sifati, pedagogik yondashuvlar hamda psixologik xizmatning mavjudligi o‘smirning maktabga bo‘lgan munosabatini belgilaydi. Psixologik qo‘llab-quvvatlashning yetishmasligi o‘smirning ijtimoiy chekinishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, aksincha, tizimli psixoprofilaktik va korreksion ishlar adaptatsiya jarayonining samaradorligini oshiradi. Muhokama natijalari shuni ko‘rsatadiki, dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarda adaptatsiya jarayonining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan emotsional barqarorlik, o‘z-o‘zini baholash darajasi va stressga chidamlilik kabi ichki psixologik resurslarga bog‘liqdir. Ushbu resurslarning yetarli darajada shakllanmaganligi dezadaptatsiya xavfini kuchaytiradi, shu bois ularni rivojlantirishga qaratilgan psixologik treninglar va individual yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, adaptatsiya jarayonini faqat shaxsning ichki imkoniyatlari orqali izohlash yetarli emas, chunki ijtimoiy muhit omillari bu jarayonning yo‘nalishini belgilovchi asosiy determinantlardan biri hisoblanadi. Umuman olganda, muhokama natijalari shuni ko‘rsatadiki, dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarda adaptatsiya jarayoni murakkab ijtimoiy-psixologik mexanizmlar tizimi asosida kechadi va bu jarayonni samarali boshqarish uchun kompleks yondashuv zarur. Oila, maktab va tengdoshlar muhitini qamrab olgan tizimli psixologik ishlar o‘smirlarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, dezadaptatsiya muammosini hal etishda individual, guruhiy va ijtimoiy darajadagi psixologik mexanizmlarni uyg‘unlashtirish ilmiy-amaliy jihatdan muhim vazifa sifatida namoyon bo‘ladi. Xulosa. Olib borilgan nazariy tahlillar va muhokamalar asosida shuni ta’kidlash mumkinki, dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarda adaptatsiya jarayoni murakkab, ko‘p qirrali va ijtimoiypsixologik mexanizmlar o‘zaro uyg‘unligi asosida shakllanadigan jarayondir. O‘smirlik davrining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari - emotsional beqarorlik, o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi va ijtimoiy rollarning kengayishi - moslashuv jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu omillar yetarli darajada qo‘llab-quvvatlanmagan sharoitda dezadaptatsiya holatlarining yuzaga kelish ehtimoli ortadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, dezadaptatsiya holatlarining kelib chiqishida oila muhiti, tengdoshlar bilan munosabatlar va ta’lim muassasasi sharoitlari yetakchi o‘rin egallaydi. Ayniqsa, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yetishmasligi, shaxslararo munosabatlardagi nizolar hamda psixologik ehtiyojlarning qondirilmasligi o‘smirlarning ijtimoiy moslashuvini izdan chiqaruvchi asosiy omillar sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, emotsional barqarorlik, ijobiy o‘z-o‘zini baholash va samarali muloqot ko‘nikmalarining rivojlanganligi adaptatsiya jarayonining muhim ichki resurslari ekanligi aniqlandi. Mazkur tadqiqot xulosalari dezadaptatsiyalashgan o‘smirlar bilan ishlashda kompleks va tizimli yondashuv zarurligini ko‘rsatadi. Psixologik yordam faqat muammoli xulq-atvorni korreksiya qilish bilan cheklanmasdan, balki o‘smirning ijtimoiy muhitini sog‘lomlashtirish, oila va maktab bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda shaxsiy psixologik resurslarni rivojlantirishga qaratilishi lozim. Shu nuqtai nazardan, profilaktik va korreksion dasturlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish dezadaptatsiya muammosini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarda adaptatsiya jarayonining ijtimoiypsixologik mexanizmlarini chuqur o‘rganish nafaqat ilmiy jihatdan dolzarb, balki jamiyatning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash nuqtai nazaridan ham muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda olib boriladigan tadqiqotlar o‘smirlarning jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuviga xizmat qiluvchi samarali psixologik yondashuvlarni ishlab chiqishga imkon beradi.

Adabiyotlar

01

1. Axмaдoв H. P. Пcиxoлoгичeckиe мexaнизмы coциaльнoй дeзaдaптaции пoдpocтkoв. Psixologiya (Scientific Journal), № 3 (2022), Buxoro Davlat Universiteti. - s. xx–xx. (rus tilida).

02

2. Дepбeнeв Д. П. Coциaльнaя aдaптaция пoдpocтkoв. Coциoлoгичeckий жypнaл, 1997, № 1-2, c. 142-147. (rus tilida)

03

3. Ismailova D. S. Psychological Mechanisms of the Formation of Volitional-Emotional Intelligence in Adolescents. International Journal of Artificial Intelligence, 2024, pp. 136-140. (ingliz tilida).

04

4. Yong Xin, Qiongyao Li, Chuanjun Liu Adolescent Self-esteem and Social Adaptation: Chain Mediation of Peer Trust and Perceived Social Support. Social Behavior and Personality: an International Journal, 2019, Vol. 47, Issue 4, e7870, pp. 1-9. (ingliz tilida).

05

5. National Academies of Sciences, Engineering, and Medicine (ed.)Adolescent Development – The Promise of Adolescence. National Academies Press (NCBI), 2019. - bo‘lim “Psychosocial Development of Adolescence”. (ingliz tilida).

06

6. Monografiya (“Жизнecпocoбнocть и coциaльнaя aдaптaция пoдpocтkoв”)В мoнoгpaфии пpeдcтaвлeны peзyльтaты тeopeтиko-эмпиpичeckoгo иccлeдoвaния вaжнoй нayчнoй пpoблeмы – жизнecпocoбнocти и aдaптaции пoдpocтkoв. (rus tilida).

07

7. Jabborova Sh. S. Дeзaдaптaциoнлaшгaн o‘cмиpлap пcиxoлoгияcининг пeдaгoгиkпcиxoлoгиk xycycиятлapи. International Journal of Scientific Researchers, Vol. 9 No. 2 (2025). (rus/ozbek tilida qisman)

08

8. Valiyeva, M. S., & Mirzayeva, S. M.Yosh davrlari psixologiyasi.Toshkent: Classik Nashriyoti, 2024. - 204 b.

09

9. Orifjonova, N.“Yosh davrlar psixologiyasi va yoshga doir xususiyatlari”. Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali, 2025, DOI:10.5281/zenodo.17668214.

10

10. Jo‘rayev, O‘.Yosh davrlar psixologiyasi (ma’ruza to‘plami).Termiz: 2019. - 100 b.

BOSHQA TILLARDA

Mualliflar

D.B.H
DILNURA BOBOJONOVA HUSNIDDIN QIZI

Buxoro davlat universiteti talabasi

Iqtibos olish

BOBOJONOVA, D. (2026). DEZADAPTATSIYALASHGAN O‘SMIRLARDA ADAPTATSIYA JARAYONI RIVOJLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI. ACADEMIC SPECTRUM, 1-Son (2026-yil, Yanvar), 74-78.