Anotatsiya (UZ):
Ushbu maqolada Integratsiya, ta'limda integrativ yondashuv, Oliy ta'lim tizmida integrativ yondashuvning o'rni va ta'lim sifati hamda samaradorligi, integrativ yondashuvni amalga oshirishda mavjud bo'lgan to'siqlar va uni ham etish yo'llari borasidagi fikrlarga to'xtalinib o'tilgan.
Kalit
so'z (UZ):
integratsiya, Ta'lim, oliy ta'lim muasassalari, ta'lim samaradorligi, integrativ ta'lim, integrativ ta'limni amalga oshirishdagi to'siqlar
Аннотация (RUS):
Annotatsiya rus tilida mavjud emas.
Ключевые
слова (RUS):
интeгpaция, Oбpaзoвaниe, вyзы, эффekтивнocть oбpaзoвaния, интeгpaтивнoe oбpaзoвaниe, бapьepы нa пyти peaлизaции интeгpaтивнoгo oбpaзoвaния
Abstract (EN):
This article is full of ideas about integration, integrative approach in education, role of integrative approach in higher education system and quality and efficiency of education, obstacles in implementation of integrative approach and ways to achieve it. checked.
Keywords
(EN):
integration, Education, higher education institutions, educational effectiveness, integrative education, obstacles in the implementation of integrative education
Maqola Mazmuni
Kirish. Zamonaviy ta’lim jarayonida sifatli ta’limni ta’minlash va universitetlar faoliyatini samarali boshqarish nafaqat milliy ta’lim tizimining rivojlanishi, balki mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotida ham muhim ahamiyatga ega. Oliy ta’lim muassasalari (OTMlar) zamonaviy jamiyatda bilim, innovatsiya va kadrlar tayyorlash markazi sifatida xizmat qiladi. Shu sababli, ularning faoliyatini samarali boshqarish va ta’lim sifatini oshirish masalalari bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi.
Integrativ yondashuv - bu ta’lim jarayonini boshqarishda turli komponentlar va tizimlarni birlashtirgan kompleks yondashuv bo‘lib, u o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot faoliyati, pedagogik kadrlar malakasi, texnologik vositalar va universitet ichidagi hamda tashqi hamkorlikni o‘zaro uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi. Integrativ yondashuvning asosiy maqsadi OTMlarda ta’lim sifatini oshirish va talabalar, o‘qituvchilar hamda rahbariyat o‘rtasidagi interaktiv muloqot orqali o‘quv jarayonini samarali boshqarishdir.
Bugungi kunda global ta’lim bozoridagi raqobat, xalqaro akkreditatsiya standartlari va innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish universitetlar faoliyatini yanada murakkablashtirgan. Shu sababli, integrativ yondashuv orqali ta’lim sifatini boshqarish universitetlar uchun strategik ahamiyat kasb etadi. Bu yondashuv OTMlar faoliyatida bir nechta omillarni birlashtirishni talab qiladi: pedagogik jarayonning samaradorligi, o‘quv dasturlarining zamonaviy talablarga mosligi, o‘qituvchilarning malaka darajasi, texnologik va axborot tizimlari, talabalar motivatsiyasi va ularning bilimni qabul qilish qobiliyati, shuningdek, tashqi muhit bilan samarali aloqalar.
Integrativ yondashuvning afzalliklaridan biri shundaki, u ta’lim jarayonidagi turli omillarni tizimli tarzda baholash imkonini beradi. Masalan, o‘quv dasturlarining mazmuni va tarkibi, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi interaktiv muloqot, ilmiy-tadqiqot faoliyati va axborotkommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilishi bir-biri bilan uyg‘unlashtiriladi. Bu esa ta’lim
sifatini boshqarishda samaradorlikni oshirish, qaror qabul qilish jarayonlarini optimallashtirish va universitetning ijtimoiy hamda iqtisodiy obro‘sini mustahkamlash imkonini yaratadi.
Shuningdek, integrativ yondashuv talabalar ehtiyojlarini hisobga olish, ularning kognitiv, psixologik va ijtimoiy jihatlarini birlashtirishga yordam beradi. Bu esa ta’lim jarayonining individualizatsiyalangan va shaxsga yo‘naltirilgan shaklini yaratadi. Universitetlarda ta’lim sifatini oshirish faqat o‘qituvchilarning malakasiga bog‘liq emas, balki tashkilot ichidagi boshqaruv tizimining samaradorligi, resurslarni oqilona taqsimlash va strategik rejalashtirish bilan bevosita bog‘liqdir.
Shu bois, integrativ yondashuv asosida ta’lim sifatini boshqarish samaradorligini oshirish nafaqat pedagogik, balki ilmiy, texnologik va iqtisodiy omillarni ham birlashtirgan kompleks jarayon sifatida qaraladi. Ushbu maqolada integrativ yondashuvning asosiy tamoyillari, OTMlarda ta’lim sifatini oshirishda samaradorlik omillari, ularni amaliyotga tatbiq etish strategiyalari va muammolar batafsil tahlil qilinadi.
Oliy ta'lim tizimi uchnchi renessansda jadal rivojlanish yo'lidan borayotgan mamlakatimiz uchun ustuvor sohalardan biri hisoblanadi. Umuman ta'lim mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy hayotni tubdan takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ulug' ma'rifatparvar shoir Abdurauf Fitrat aytganidek- “Hayot yo'lida birinchi masala-maktab masalasidir”. Ta'lim tizmini rivojlantirish, jumladan Oliy Ta'lim tizimini, OTMlarda dars samaradorligini yanada oshirishda integrativ yondashuv alohida o'rin tutadi. Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish masalasi zamonaviy jamiyatning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ta'lim sifati nafaqat talabalarning bilim darajasi, balki ularning ijtimoiy va kasbiy rivojlanishiga ham bevosita ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli, OTMlarda ta'lim sifatini boshqarishni takomillashtirish masalasi doimiy e'tibor talab qiladi. Integratsiya lot. integratio-tiklash, to'ldirish, butun degan ma'nolarni anglatadi. Integratsiya tushunchasini turlicha tahlil qilish mumkin:
1) Biror bir sistema yoki tizimning ayrim tarkibiy qismlari hamda funksional vaizfalarining o'zaro aloqadorligini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha hisoblanadi.
2) Fanlarning yaqinlashishi hamda o'zaro aloqadorlikda rivojlanishi, ushbu holatda integratsiya tor ma'noli termin hisoblanib, differensiatsiya bilan birgalikda kechadi.
Integratsion yondashuvi ta'lim jarayonida turli yo'nalishlar, fanlar va metodologiyalarni birlashtirishga qaratilgan usuldir. Bu yondashuv o'quv jarayonining samaradorligini oshirish, talabalarning ko‘nikma va malakalarini kompleks rivojlantirish imkonini beradi. Integration yondashuvi ta'limda interfaol va innovatsion metodlarni qo'llash orqali nafaqat nazariy bilimlarni, balki ularni amaliyotda qo‘llashni ham kuchaytiradi. Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini boshqarish tizimi ko'p hollarda an'anaviy usullar bilan cheklanib qolmoqda. Bu esa ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalar va usullarni joriy etishni qiyinlashtiradi. O'qituvchilar va talabalarning o'zaro hamkorligi, ta'lim dasturlarining zamonaviy talablarga mosligi va innovatsion texnologiyalarni qo'llash muhim omillar bo'lib, ular ta'lim sifatiga bevosita ta'sir ko'rsatadi.
Bugungi kunda Oliy ta'lim tizimini jadal rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratilayotganiga qaramasdan O‘zbekistonda OTMlarda integrativ ta'limni amalga oshirishda bir qator to‘siqlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Ta'lim dasturlarining an'anaviyligi - O‘quv dasturlari ko‘p hollarda an’anaviy usullar va mazmun bilan cheklanib qoladi. Integrativ yondashuvni amalga oshirish uchun o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va fanlararo mavzularni kiritish talab etiladi.
- Innovatsion va interaktiv metodlarning o‘quv rejalari va dasturlariga to‘liq kiritilmagani sababli, integratsiya jarayoni qiyinchiliklarga uchraydi.
2. O‘qituvchilarning yetarli malakaga ega emasligi - Integrativ ta’lim yondashuvini amalga oshirish uchun o‘qituvchilardan fanlararo bilim va ko‘nikmalar talab etiladi. Ko‘pgina pedagoglar ushbu yondashuvlarni to‘liq egallamagan.
- O‘qituvchilarni muntazam ravishda malaka oshirish kurslaridan o‘tkazish va ularni zamonaviy ta'lim metodlari bilan tanishtirish zarur.
3. Moddiy-texnik bazaning yetishmasligi - OTMlarda zamonaviy ta'lim jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash uchun kerakli texnologiyalar, jihozlar va resurslar yetarli emas. Bu esa, ayniqsa, virtual laboratoriyalar, onlayn platformalar va raqamli ta’lim vositalarini joriy etishda muammo tug‘diradi.
- Ta’lim jarayonida foydalaniladigan raqamli resurslar, ilmiy va o‘quv adabiyotlarining yetishmasligi integrativ yondashuvni tatbiq etishda muhim to‘siq bo‘lib xizmat qiladi.
4. O‘zaro hamkorlikning yetarli bo‘lmasligi - OTMlar o‘rtasida va turli ta’lim yo‘nalishlari orasida o‘zaro hamkorlik darajasi past. Bu esa fanlararo o‘quv dasturlari va loyihalarini amalga oshirishda qiyinchilik tug‘diradi.
- O‘qituvchilar va talabalarning birgalikda ishlashi, tadqiqotlar olib borishi va loyihalar ustida ishlashi uchun mos muhit yetarli darajada yaratilmagan.
5. Yangi yondashuvlarga qarshilik - Ko‘pgina o‘qituvchilar va ta’lim tizimidagi mutasaddilar yangi yondashuvlarga qarshilik ko‘rsatadi yoki ularga ishonchsizlik bilan qaraydi. Integrativ ta’lim yondashuvlarini qabul qilish va ulardan foydalanishni rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar ko‘rilmagan.
- Ta’lim tizimida mavjud bo‘lgan qattiq tartib va reglamentlar integratsion yondashuvlarni tatbiq etishni qiyinlashtiradi.
6. Moliyaviy resurslar yetishmovchiligi - Integrativ ta'lim jarayonlarini qo'llab-quvvatlash uchun yetarli moliyaviy resurslarning mavjud emasligi muhim to‘siqlardan biridir. Xususan, yangi ta'lim texnologiyalarini joriy etish, ilmiy va ta'limiy tadbirlar tashkil etish uchun qo‘shimcha mablag‘ talab etiladi.
- Talabalar va o‘qituvchilarning loyihaviy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, grantlar ajratish va rag‘batlantirish tizimlari ham yetarli darajada rivojlanmagan.
7. Raqamli ta’lim resurslarining kamligi - Integrativ ta’limni joriy qilish uchun raqamli resurslar, onlayn platformalar, virtual laboratoriyalar va boshqa innovatsion ta’lim vositalarining mavjud emasligi katta to‘siq hisoblanadi.
- Raqamli ta’lim vositalaridan foydalanishda texnik bilim va ko‘nikmalar yetishmasligi ham integratsion jarayonlarni qiyinlashtiradi.
Ushbu to‘siqlarni bartaraf etish uchun ta’lim tizimini isloh qilish, o‘qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur.
Ta'lim jarayonini integratsiyalash orqali sifatni oshirishda, eng avvalo, fanlararo aloqalarni mustahkamlash va o'quv jarayonini zamonaviy usullar bilan boyitish zarur. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar va interaktiv usullarni keng joriy etish talab etiladi. Misol uchun, virtual laboratoriyalar, onlayn kurslar va raqamli o'quv materiallari ta'lim jarayonini yanada samarali va qiziqarli qiladi. Ta'lim sifatini boshqarish samaradorligini oshirish uchun, avvalo, o'qituvchi va talaba o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, ta'lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda ta'lim dasturlarini yangilash kerak. Ta'lim sifatini baholash mezonlarini ham zamonaviy talablarga mos ravishda qayta ko'rib chiqish lozim.
Xulosa qilib aytganda Integratsion yondashuvi asosida ta'lim sifatini boshqarishni takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar ta'lim tizimining rivojlanishiga katta hissa qo'shadi. Ushbu maqola integration yondashuvi orqali ta'lim sifatini oshirish omillarini tahlil qiladi va OTMlarda ta'lim sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgan amaliy takliflarni ilgari suradi.