Anotatsiya (UZ):
Bugungi globallashuv davrida ingliz tili faqatgina oddiy muloqot vositasi emas, balki butun dunyoni bog‘lovchi tilga aylangan. Ushbu maqolada ingliz tilining dunyo tili sifatida shakllanish sabablari, uning tarixiy ildizlari hamda sabablari, uning tarixiy ildizlari hamda zamonaviy jamiyatdagi o‘rni yoritilgan. Aynan shu til orqali xalqlar o‘rtasida bilim almashinuvi, madaniy yaqinlashuv va xalqaro hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Kalit
so'z (UZ):
ingliz tili, globallashuv, dunyo tili, xalqaro muloqot
Abstract (EN):
In today’s era of globalization, the English language is not merely a simple means of communication, but has become a language that connects the entire world. This article examines the reasons behind the formation of English as a global language, its historical roots, and its role in modern society. Through this language, the exchange of knowledge between nations, cultural rapprochement, and international cooperation are actively carried out.
Keywords
(EN):
english language, globalization, global language, international communication, cultural integration
Maqola Mazmuni
Kirish. Bugungi rivojlanayotgan davrda tillar insonlar o‘rtasida muhim va yetakchi o‘rin egallaydi. Shular orasida ingliz tili alohida kasb etib, bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida asosiy xalqaro aloqa vositasi sifatida qo‘llanilmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra ushbu tilde so‘lashuvchilar soni 1,5 milliarddan oshib, u dunyodagi eng keng tarqalgan tillardan biriga aylangan. BMT, Yevropa Ittifoqi, Jahon savdo tashkilotlari kabi yirik xalqaro tuzilmalarda ingliz tili asosiy ish tillaridan biri sifatida qo‘llanishi uning global nufuzini yaqqol namoyish etadi. Bugungi ilmiy maqolalarning kata qismi, zamonaviy texnologik ishlanmalar va internet kontentining asosiy qismi ham aynan ingliz tili yaratilmoqda.
Mashhur tilshunos olim Devid Kristal ingliz tili haqida so‘z yuritar ekan, “Qaysi til kuchli siyosiy va iqtisodiy markazlar bilan bog’liq bo‘lsa, aynan o‘sha til global miqyosda yetakchilik qiladi”, deya ta’kidlaydi. Shuningdek, ingliz tilining tuzilish jihatdan nisbatan oson va sodda, moslashuvchan ekani uni o‘rganishni boshqa tillarga nisbatan qulay qilgan.
O‘zimizning o ‘zbek adabiyotimizda ham tilning kuchi va ahamiyati haqida alohida ta’kidlanadi. Buyuk mutafakkir olim Alisher Navoiy “Tilga e’tibor – elga e’tibor” mazmunidagi g’oyalarni ilgari surib, tilni millatning asosiy boyligi sifatida ko‘rgan. Bugungi kunda ingliz tilini ham o‘rganish aynan bilim olish, dunyoni anglash va millatlararo muloqotni rivojlantirish yo ‘lidagi muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Zero, til o ‘rganish, til bilish inson uchun hech qachon ortiqcha yuk bo‘lmaydi. Inson qancha ko‘p til bilsa, gaplasha olsa, shuncha dunyoqarashi keng bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar sharhi:
1. David Crystal (2003) -- English as a Global Language asarida ingliz tilining dunyo tili bo‘lishiga Buyuk Britaniya imperiyasi va AQSHning siyosiy-iqtisodiy ustunligi asosiy sabab bo ‘lganini ta’kidlaydi
2. Robert McCrum (2003) – The Story of English kitobida ingliz tilining moslashuvchanligi va yangi so‘zlarni tez qabul qilish uni global til bo ‘lishiga turtki berganini aytadi.
3. Ethnologue tadqiqotlari (2022) – ingliz tili butun dunyoda 1,4 milliard inson tomonidan ona tili yoki ikkinchi til sifatifa ishlatilishini ko‘rsatadi.
4. UNESCO hisobotlari – ilmiy maqolalarning 60-70 foizi ingliz tilida chop etilishini, bu esa ingliz tili ilm-fan sohasida ham ustun turishini ko‘rsatadi.
5. Graddol, David (2006) – English Next asarida ingliz tili internet, texnologiya va xalqaro ta’lim tili sifatida yetakchilik qilayotganini dalillar orqali isbotlab beradi.
Tadqiqot metadologiyasi. Mazkur tadqiqot ingliz tilining jahon miqyosida dunyo tili sifatida shakllanish jarayoni, uning tarixiy ildizlarini va jamiyatdagi o‘rnini ilmiy asosda o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot jarayonida nazariy-tahliliy metod qo‘llanildi. Ushbu metod orqali ingliz tilining global til sifatida shakllanishiga oid ilmiy adabiyotlar, tilshunos olimlarning qarashlari hamda zamonaviy tadqiqotlar chuqur o‘rganildi.
Shuningdek, sotsiolingvistik yondashuv asosida ingliz tilining bugungi jamiyatdagi funksional vazifalari – xalqaro muloqot, ilm-fan, ta’lim, madaniy almashinuv va axborot texnologiyalari sohalaridagi o‘rni o‘rganiladi. Bu yondashuv ingliz tilining turli xalqlar va madaniyatlar o‘rtasida bilim almashinuvi hamda o‘zaro tushunishini ta’minlovchi muhim vosita ekanini asoslab berishga xizmat qiladi.
Tadqiqotda qiyosiy-taqqoslash metodi ham qo‘llanilib, ingliz tili boshqa keng tarqalgan tillar bilan solishtiriladi. Bu orqali ingliz tilining soddaligi, moslashuvchanligi va global miqyosda tez o‘zlashtirilish xususiyatlari ilmiy jihatdan yoritiladi.
Tadqiqotning metadologik asosi sifatida til va jamiyat o‘rtasidadi uzviy bog‘liqlik haqidagi qarashlar, shuningdek, o ‘zbek adabiyotida tilning millat va madaniyat hayotidagi o‘rni haqidagi g’oyalar ham inobatga olingan. Xususan, buyuk yozuvchi Alisher Navoiy tomonidan ilgari surilgan tilga e’tibor masalasi ingliz tilining zamonaviy dunyodagi ahamiyatini anlashda muhim nazariy qarash sifatida tilga olingan.
Tahlil va natijalar. Tahlil natijalari shuni ko ‘rsatadiki: 1. Ingliz tili global siyosiy va iqtisodiy ta’sir orqali dunyo tili bo‘ylab muloqot tili sifatida mastahkamlandi.
2. Ilm-fan, texnologiya va biznes sohalarida ingliz tilining ustunligi uni zarur xalqaro vosita sifatida tanitdi.
3. Madaniyat va media orqali ingliz tilining tarqalishi global ijtimoiy madaniyatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
4. Natijada, ingliz tili nafaqat rasmiy xalqaro til, balki ko‘plab sohalarda universal muloqot vositasi sifatida faol ishlatilib kelinmoqda.
Yuqorida olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilining dunyo tili sifatida shakllanishi tasodifiy jarayon emas, balki murakkab tarixiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va texnologik omillarning o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasidir. Ingliz tili dastlab Buyuk Britaniya imperiyasining mustamlakachilik siyosati orqali keng hududlarga tarqalgan bo‘lsa, keyinchalik AQShning global miqyosdagi siyosiy-iqtisodiy yetakchiligi bu tilning xalqaro mavqeini yanada mustahkamladi. Natijada ingliz tili XX–XXI asrlarga kelib, milliy til doirasidan chiqib, global muloqot vositasiga aylandi.
Bugungi kunda ingliz tili xalqaro diplomatiya, siyosat, fan, ta’lim, iqtisodiyot, biznes, aviatsiya, texnologiya va internet makonida asosiy aloqa tili sifatida faol qo‘llanilmoqda. BMT, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, NATO, YuNESKO kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarning ish yuritishida ingliz tili yetakchi o‘rin egallaydi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotlarning aksariyati, nufuzli jurnallar va xalqaro konferensiyalar ingliz tilida olib borilishi bu tilning fan tili sifatidagi rolini yanada kuchaytiradi.
Ingliz tilining dunyo tili maqomiga ega bo‘lishida uning lingvistik xususiyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Til grammatik jihatdan nisbatan soddaligi, so‘z tartibining barqarorligi va yangi so‘zlarni tez qabul qilish qobiliyati bilan ajralib turadi. Ingliz tili ochiq tizimga ega bo‘lib, boshqa tillardan so‘zlarni o‘zlashtirish orqali boyib boradi, bu esa uni zamonaviy ehtiyojlarga tez moslashuvchan tilga aylantiradi.
Shu bilan birga, ingliz tilining global tilga aylanishida axborot texnologiyalari va ommaviy madaniyat muhim rol o‘ynaydi. Internet kontentining katta qismi, dasturiy ta’minotlar, ijtimoiy tarmoqlar, filmlar, musiqalar va onlayn ta’lim platformalari asosan ingliz tilida yaratiladi. Bu esa ingliz tilini nafaqat rasmiy va ilmiy sohalarda, balki kundalik hayotda ham keng qo‘llanilishiga olib kelmoqda.
Ta’lim sohasida ham ingliz tili global raqobatbardoshlik omiliga aylangan. Xalqaro grantlar, akademik almashinuv dasturlari, xorijiy universitetlar va ilmiy resurslardan foydalanish ingliz tilini bilishni talab qiladi. Shu sababli ingliz tilini o‘rganish bugungi kunda shaxsning professional rivoji, ijtimoiy mobilligi va madaniy integratsiyasi uchun muhim shartlardan biri hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, ingliz tili bugungi globallashuv sharoitida xalqaro muloqot, bilim almashuvi va hamkorlikning universal vositasi sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda. U dunyo xalqlari o‘rtasidagi masofani qisqartirib, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, ingliz tilining dunyo tili sifatidagi roli boshqa milliy tillarning ahamiyatini kamaytirmasligi, aksincha, ko‘p tillilik va madaniy xilma-xillikni rivojlantirish bilan uyg‘un holda olib borilishi zarur. Ingliz tilini o‘rganish — bu nafaqat til o‘zlashtirish, balki global tafakkur va zamonaviy dunyoni anglash sari muhim qadamdir.
Xulosa. Ushbu maqolada ingliz tilining dunyo tili sifatidagi mavqei o‘rganildi. Ingliz tili hozirgi kunda global miqyosda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tillardan biri hisoblanadi. U xalqaro muloqot, ilm-fan, ta’lim va texnologiya sohalarida samarali aloqa o‘rnatishga xizmat qiladi. Ingliz tilini o‘rganish shaxsiy rivojlanish, kasbiy o‘sish va jahon maydonida raqobatbardosh bo‘lish uchun asosiy omildir. Maqolada tadqiqot muammosi – uning global tarqalishi va sabablarini aniqlash. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, siyosiy-iqtisodiy kuch, ilm-fan va texnologiyadagi ustunlik, shuningdek, madaniyat va media orqali tarqalish ingliz tilining xalqaro vosita sifatida shakllanishiga hissa qo‘shdi. Shu asosda, ingliz tili nafaqat xalqaro muloqotda, balki turli sohalarda ham samarali vosita ekani tasdiqlandi.