Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

TIBBIY TERMINLARDA LISONIY LAKUNA HODISASI

1-Son (2026-yil, Yanvar)
188 190
10 Ko'rishlar
Nashr etildi: Yan 20, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Ushbu maqola tibbiy terminologiyadagi lisoniy lakunalar misollarini tahlil qiladi hamda tarjima strategiyalarini ko‘rib chiqadi. har bir tilda turlicha shakllanadi va ba’zi tushunchalar bir tilda mavjud bo‘lsa-da, boshqa tilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilish qiyin bo‘lgan lisoniy lakunalarga duch kelinadi. Bu hodisa tarjima jarayonida yoki turli tillarda tibbiy bilimlarni taqdim etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'z (UZ): lisoniy lakuna, tibbiy terminologiya, konseptual lakuna, leksik lakuna, sinonimik lakuna, tibbiy tarjima, lakunologiya, tarjima strategiyalari, tibbiyot va lingvistika

Аннотация (RUS):

В дaннoй cтaтьe aнaлизиpyютcя пpимepы языkoвыx лakyн в мeдицинckoй тepминoлoгии и paccмaтpивaютcя cтpaтeгии пepeвoдa. Meдицинckaя тepминoлoгия фopмиpyeтcя пo-paзнoмy в kaждoм языke, и нekoтopыe пoнятия, cyщecтвyющиe в oднoм языke, мoгyт быть тpyднo пepeвecти нeпocpeдcтвeннo в дpyгoй, чтo пpивoдит k лингвиcтичeckим лakyнaм. Этo явлeниe игpaeт вaжнyю poль в пpoцecce пepeвoдa и пpeдcтaвлeния мeдицинckиx знaний нa paзныx языkax.
Ключевые слова (RUS): лингвиcтичeckaя лakyнa, мeдицинckaя тepминoлoгия, koнцeптyaльнaя лakyнa, лekcичeckaя лakyнa, cинoнимичeckaя лakyнa, мeдицинckий пepeвoд, лakyнoлoгия, cтpaтeгии пepeвoдa, мeдицинa и лингвиcтиka

Abstract (EN):

This article analyzes examples of linguistic lacunae in medical terminology and examines translation strategies. Medical terminology is shaped differently in each language, and some concepts that exist in one language may be difficult to translate directly into another, leading to linguistic lacunae. This phenomenon plays a significant role in the translation process and in the presentation of medical knowledge across different languages.
Keywords (EN): linguistic lacuna, medical terminology, conceptual lacuna, lexical lacuna, synonymic lacuna, medical translation, lacunology, translation strategies, medicine and linguistics

Maqola Mazmuni

Kirish. Tibbiy terminologiya har qanday tilning muhim qismi bo‘lib, u nafaqat kasalliklarni tashxis qilish va davolash, balki tibbiy bilimlarni tarqatish va almashish uchun ham asosiy vositadir. Zamonaviy tibbiyotning global xarakteri tufayli turli tillar o‘rtasida tibbiy atamalarni aniq va samarali tarjima qilish muammosi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Fransuz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi tibbiy terminologiyani qiyosiy o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu ikki til o‘rtasida sezilarli lisoniy lakunalar mavjud. Bu lakunalar nafaqat leksik, balki madaniy, tarixiy va ilmiy jihatlardan ham kelib chiqadi. Lisoniy lakunalar – bu bir tilda mavjud bo‘lgan, ammo boshqa tilga to‘liq tarjima qilinmaydigan yoki ekvivalenti bo‘lmagan tushunchalar yoki atamalardir. Tibbiy sohada bu turdagi lakunalar nafaqat tarjima jarayonida qiyinchiliklar tug‘dirmasdan, balki tibbiy bilimlarning aniq va to‘liq yetkazilishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Fransuz tilida ilmiy jihatdan mustahkamlangan va aniq atamalar ko‘p hollarda o‘zbek tilida to‘liq ekvivalentga ega emas yoki umumiy iboralar orqali ifodalanadi. Bu esa tibbiy matnlarni tarjima qilishda aniqlikni yo‘qotish va noto‘g‘ri talqin qilish xavfini oshirishi mumkin. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Ushbu tadqiqotda kontrastiv tahlil usuli qo‘llanildi. Fransuz va o‘zbek tibbiy terminlari qiyosiy o‘rganilib, lisoniy lakunalar aniqlashga harakat qilindi. Shuningdek, tibbiy tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar tahlil qilindi. Asosiy manbalar sifatida xalqaro tibbiy lug‘atlar, tarjima nazariyasi bo‘yicha tadqiqotlar va tibbiy matnlar tanlandi. Tadqiqot metodologiyasi. Lakuna tushunchasi dastlab kanadalik tilshunoslar tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan bo‘lsa-da, ayniqsa, rus tilshunosligi va tarjimashunosligida keng qo‘llanilib, natijada lakunologiya deb nomlangan maxsus sohaga asos solingan. Ushbu sohada lisoniy lakunalarning turli turlari, jumladan, lakunar birliklar va lakunar fenomenlar tahlil qilinadi. Lakunologiyaning yetuk tadqiqotchilaridan biri G. V. Bikova lakunani „.....moddiy shaklda ifodalanmagan, biroq sintaktik darajada obyektiv voqealanishi mumkin bo‘lgan virtual leksik birlik sifatida ta’riflaydi. Zamonaviy tadqiqotlarda turli xil lakuna turlari ajratiladi. Ular orasida madaniy lakunalar (N.V. Ufimseva, D.B. Gudkov), psixologik lakunalar (I.Y. Markovina, Y.A. Sorokin), matn lakunalari (Y.N. Karaulov, I.Y. Markovina, V.V. Krasnix), fon lakunalari (Y.V. Skugarova), kinestetik lakunalar (I.N. Gorelov, G.E. Kreydlin, T.S. Glushchenko, T.B. Reznikova) hamda nutqiy va til lakunalari (V.L. Muravyov, Y.A. Sorokin, Y.S. Stepanov, E.F. Tarasov, G.V. Bikova, I.A. Sternin) mavjud. Ushbu tadqiqotda til lakunalari o‘rganilib, ular xorijiy tilni o‘rganishga oid matnlarning ajralmas qismi va ushbu matnlarning tushunilishiga ta’sir qiluvchi omil sifatida baholanadi. Shunday yondashuv til lakunalarining chuqurroq tasnifini ishlab chiqish va ular bilan ishlashning amaliy usullarini aniqroq belgilash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Tahlil va natijalar. Lakuna keng ma’noda muayyan xalqning milliy-madaniy xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi til va nutq birliklari bo‘lib, ushbu madaniyat vakillarining muloqoti orqali namoyon bo‘ladi. Biroq, boshqa lingvomadaniy muhit vakillari uchun ushbu tushunchalar to‘liq anglashilmasligi yoki noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin. Tor ma’nodagi til lakunasi esa muayyan til tizimida ayrim tushunchalarni ifodalovchi so‘z yoki terminlarning mavjud emasligi bilan izohlanadi. Ya’ni, boshqa tillarda uchraydigan ba’zi atamalar ushbu til tizimida bevosita ekvivalentga ega bo‘lmaydi. Lakunalar freym orqali izohlanib, odamlarning tajribasi va bilimi muayyan hodisalar, obyektlar va voqealar asosida shakllanadi hamda ularni muloqot jarayonida an’anaviy tahlil qilish imkoniyatini beradi. Tahlil jarayonida fransuz va o‘zbek tibbiy terminologiyasida uchraydigan lisoniy lakunalar aniqlandi. Bu lakunalar turli xil sohalarda, jumladan klinik atamalar, farmakologiya, jarrohlik, radiologiya va boshqa tibbiy yo‘nalishlarda namoyon bo‘ldi. Ushbu natijalar shuni ko‘rsatadiki, fransuz va o‘zbek tibbiy terminologiyasi o‘rtasida muhim lisoniy tafovutlar mavjud. Bu tafovutlar nafaqat tarjima jarayonida qiyinchiliklar tug‘dirishi, balki tibbiy bilimlarning aniq yetkazilishiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu muammolarni hal qilish uchun tavsifiy tarjima, yangi terminlar yaratish yoki qarindosh terminlardan foydalanish kabi strategiyalar qo‘llanilishi kerak. Quyidagi jadvalda asosiy lakuna turlari va ularning misollari keltirilgan: lakuna turlari fransuzcha o‘zbekcha kontseptual maladie transmise par les burga kasali puces leksik occlusion intestinale ichak tutilishi sinonimik infarctus du myocarde miokard infarkti klinik fibromyalgie *** farmakologik paracétamol panadol jarrohlik coelioscopie laparoskopiya genetik trisomie 21 daun sindromi radiologik IRM MRI gastroenterologik maladie cœliaque gluten intoleransi reabilitatsik va fizioterapik ergothérapie ish terapiyasi Izohlarda:kontseptual lakuna: fransuz tilida aniq atama yo‘q, ammo o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan tushuncha. • leksik lakuna: fransuz tilida aniq atama mavjud, lekin o‘zbek tilida umumiy ifoda ishlatiladi. • sinonimik lakuna: fransuz tilida bir necha sinonim mavjud, o‘zbek tilida esa faqat bitta atama ishlatiladi. • klinik atamalar lakunasi: o‘zbek tilida to‘liq ekvivalent yo‘q. • farmakologik lakuna: fransuz tilida klinik nom ishlatilsa, o‘zbek tilida savdo nomi ishlatiladi. • jarrohlik atamalar lakunasi: fransuz tilida aniq atama mavjud, o‘zbek tilida esa yaqin tushuncha ishlatiladi. • genetik terminologiya lakunasi: fransuz tilida ilmiy atama, o‘zbek tilida esa umumiy nom ishlatiladi. • radiologiya atamalar lakunasi: fransuz tilida aniq atama (IRM (imagerie par résonance magnétique), o‘zbek tilida inglizcha (MRI (magnetic resonance imaging) qisqartma ishlatiladi. • gastroenterologik atamalar lakunasi: fransuz tilida aniq atama, o‘zbek tilida esa umumiy tushuncha ishlatiladi. • reabilitatsiya va fizioterapiya lakunalari: fransuz tilida aniq atama, o‘zbek tilida esa to‘liq ekvivalent yo‘q Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, fransuz va o‘zbek tibbiy terminologiyasi o‘rtasidagi lisoniy lakunalar nafaqat leksik, balki madaniy, tarixiy va ilmiy jihatlardan ham kelib chiqadi. Bu tafovutlar tibbiy atamalarni tarjima qilishda qiyinchiliklar tug‘dirmasdan, balki ikkala til sohasidagi bilimlar almashinuviga ham ta’sir ko‘rsatadi. Fransuz tilida ilmiy jihatdan mustahkamlangan va aniq atamalar ko‘p hollarda o‘zbek tilida to‘liq ekvivalentga ega emas yoki umumiy iboralar orqali ifodalanadi. Bu esa tibbiy matnlarni tarjima qilishda aniqlikni yo‘qotish va noto‘g‘ri talqin qilish xavfini oshirishi mumkin. Xulosa va takliflar. Tibbiy terminologiyada lisoniy lakunalar – bu bir tilda mavjud bo‘lgan, ammo boshqa tilga to‘liq tarjima qilinmaydigan yoki ekvivalenti bo‘lmagan tushunchalar yoki atamalardir. Tibbiy terminologiyada lisoniy lakunalar tarjimada va ilmiy muloqotda muhim rol o‘ynaydi. Fransuz va o‘zbek tillari o‘rtasida bu hodisa kontseptual, leksik va sinonimik lakunalar shaklida namoyon bo‘ladi. Tarjima jarayonida tavsifiy usullardan foydalanish, yangi terminlar yaratish va qarindosh atamalardan foydalanish muhim strategiyalar hisoblanadi. Shuningdek, tibbiy tarjima jarayonida ba’zi murakkab terminlar qo‘shimcha izohlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinishi qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Bu esa aniq ilmiy aloqalarni ta’minlash uchun qo‘shimcha lingvistik izlanishlar olib borish zaruratini yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, tibbiyot sohasida xalqaro terminologik standartlarni joriy etish va lakunalarni minimallashtirish maqsadida maxsus lug‘atlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Xulosa qilib aytganda, lingvistik lakunalarni to‘g‘ri aniqlash va ularni to‘g‘ri tarjima qilish nafaqat tibbiy bilimlarning samarali tarqalishini ta’minlaydi, balki global ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga ham xizmat qiladi..

Adabiyotlar

01

1. Г.В. Быkoвa Лakyнapнocть kak kaтeгopия лekcичeckoй cиcтeмoлoгии. – Блaгoвeщeнck: БГПY, 2003. – C. 51.

02

2. C.И. Титkoвa. Языkoвaя лakyнa kak eдиницa... (нa мaтepиaлe oбyчeния pycckoмy языky aнглoгoвopящиx yчaщиxcя); 6, Mockвa -2006.

03

3. Geckeler H. Le problème des lacunes linguistiques //Cahiers de lexicologie. – 2012. – Т. 1974. – №. 25. – C. 33-47.

04

4. Latipov S. Autentik matnda lakunalarning ifodalanishi //Farg’ona davlat universiteti. – 2023. – №. 1. – C. 222.

05

5. Hasanov A. Lakuna–til va madaniyatning mushtarak muammosi //Uzbekistan: Language and Culture. – 2022. – Т. 3. – №. 3.

BOSHQA TILLARDA

Mualliflar

R.B.O
RAJAB BOBOKALONOV OSTONOVICH

Buxoro Davlat Universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Iqtibos olish

BOBOKALONOV, R. (2026). TIBBIY TERMINLARDA LISONIY LAKUNA HODISASI. ACADEMIC SPECTRUM, 1-Son (2026-yil, Yanvar), 188-190.