Maqola Mazmuni
Kirish. Jamiyatda nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘liq va teng huquqli hayot kechirishlari bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Maxsus ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning sog‘lom shaxslar bilan tengligini mashhur olim Stephen Havking ta’kidlab shunday deydi- “Nogironlik bu insonning imkoniyatlariga cheklov emas, balki turli yo‘llar bilan dunyoni o‘rganish usulidir.” Ularning ijtimoiy hayotga to‘liq qo‘shilishi, madaniy, ma’rifiy va axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlarining kengaytirilishi – inson huquqlari va adolat tamoyillarining muhim qismi hisoblanadi. Kutubxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni integratsiya qilish ularning jamiyatdagi o‘rnini ko‘rsatib beradi. Avvalo bilishimiz kerak-ki, ijtimoiy integratsiya nima? Ijtimoiy integratsiya - bu yangi kelganlar yoki ozchiliklarning mavjud jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga qoʻshilish jarayoni. Ijtimoiy integratsiya, iqtisodiy integratsiya va identifikatsiya integratsiyasi bilan birga, ularni qabul qilayotgan jamiyatda yangi kelganlarning tajribasining uchta asosiy oʻlchovidir12. Ijtimoiy integratsiyaning yuqori darajasi guruhlar oʻrtasidagi yaqinroq ijtimoiy masofaga va izchil qadriyatlar va amaliyotlarga yordam beradi. Til, tabaqa, eʼtiqod va hokazolardan qatʼi nazar, oʻzligini yoʻqotmasdan turli etnik guruhlarni birlashtirish jarayoni. Bu jamiyat
12 Alexander Thomas, Understanding Social Integration: Theory and Practice, Routledge, 2018, pp. 23-30.
hayotining barcha sohalariga kirish imkonini beradi va segregatsiyani yoʻq qiladi. Kengroq nuqtai nazardan, ijtimoiy integratsiya dinamik va tizimli jarayon boʻlib, unda barcha aʼzolar tinch ijtimoiy munosabatlarga erishish va saqlash uchun muloqotda ishtirok etadilar. Kutubxonalar esa nafaqat bilim olish joyi, balki madaniy va ijtimoiy muhit sifatida nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyatga integratsiya qilishda o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Ular yordamida nogironligi bo‘lgan odamlar nafaqat bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lishadi, balki ijtimoiy faoliyatda ishtirok etib, madaniy hayotning to‘laqonli ishtirokchilariga aylanishlari mumkin. Shu bois, kutubxonalar orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy integratsiyasi va madaniy hayotga qo‘shilishi masalasi keng ko‘lamda o‘rganilishi va rivojlantirilishi zarurdir.
Adabiyotlar tahlili. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy va madaniy hayotga qo‘shilishi masalasi BMT tomonidan qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyada” (CRPD, 2006) ham asosiy o‘rin tutadi. Ushbu hujjatda nogironligi bo‘lgan shaxslarning teng huquqliligi, ta’lim, madaniy hayot va ijtimoiy hayotga to‘liq kirish imkoniyatlari ta’minlanishi kerakligi ta’kidlangan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘liqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy xizmatlarga keng kirish imkoniyatlarini ta’minlash zarurligini ta’kidlaydi. Kutubxonalar ijtimoiy integratsiya va madaniy hayotda muhim o‘rin tutadi. Alaimo va O‘Brien tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, kutubxonalar nafaqat bilim olish joyi, balki jamiyatdagi barcha guruhlarni birlashtiruvchi, inkluziv madaniy muhit sifatida xizmat qiladi. Ular nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus moslashtirilgan resurslar - Braille kitoblari, audiokitoblar, elektron manbalarni taklif etish orqali ijtimoiy faoliyatda ishtirokni osonlashtiradi13. Shu bilan birga, zamonaviy kutubxonalar texnologiyalarni joriy etib, nogironlar uchun o‘qish va ma’lumot olish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kutubxonalarda inklyuziv xizmatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Almazova va Toshkhujaevalarning tadqiqotlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi markaziy kutubxonalarda maxsus rampalar, liftlar, Braille va audiokitoblar joriy qilinmoqda. Bu esa nogironligi bo‘lgan fuqarolarning madaniy va ta’lim resurslariga teng kirishini ta’minlashga xizmat qiladi14. O‘zbekistonda ham kutubxonalar infratuzilmasini yaxshilash, maxsus xizmatlar va elektron resurslarni kengaytirish orqali jamiyatdagi inklyuzivlik darajasini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.
Maxsus ehtiyojlari bo‘lgan shaxslar jamiyatda qiyinchiliklarga duch keladilar bu qiyinchiliklar albatta shaxslarning ta’limiga, faoliyatiga hamda shaxsiy hayot va psixologiyasiga ta’sir qiladi. Ushbu qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun ularning individual holatidan kelib chiqib ularga shar-sharoitlar yaratish kerak. Ularning asosiy cheklovlari quydagilar:
Jismoniy to‘siqlar Ko‘pchilik joylarda nogironligi bo‘lgan odamlar uchun moslashgan infratuzilma yetishmasligi (rampa, lift, maxsus tualetlar yo‘qligi) ularning erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Axborotga cheklangan kirish Kitoblar, hujjatlar va boshqa ma’lumotlar ko‘pincha nogironligi bo‘lganlar uchun qulay formatda (Braille, audiokitoblar, katta shriftda) mavjud emas.
Ijtimoiy stereotiplar va diskriminatsiya Jamiyatdagi noto‘g‘ri tushunchalar, kamsitish va nogironlikni kamchilik sifatida ko‘rish odamlarning imkoniyatlarini kamaytiradi.
Ta’lim va ish o‘rni bilan bog‘liq muammolar Nogironligi bo‘lganlar uchun moslashgan ta’lim muassasalari kam va ish bilan ta’minlash imkoniyatlari cheklangan.
Ijtimoiy ajralish va yolg‘izlik
13 Alaimo, K., & O’Brien, E. Accessible Libraries and Inclusive Design, Journal of Library Innovation, 2018. 14 Almazova, N.& Toshkhujaeva, S. “Inklyuziv ta’lim va kutubxonalar: O‘zbekiston tajribasi,” O‘zbekiston Fanlari Akademiyasi Jurnali, 2022.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ko‘pincha ijtimoiy faoliyatlarda chetda qolishadi, bu ularning ruhiy salomatligiga ta’sir qiladi.
Sog‘liqni saqlash xizmatlarining yetishmasligi Maxsus tibbiy yordam, reabilitatsiya va psixologik qo‘llab-quvvatlash xizmatlari cheklangan bo‘lishi mumkin 15.
Kutubxonalar nafaqat kitoblarni saqlash va ulardan foydalanish joyi, balki jamiyatning ijtimoiy va madaniy hayotida muhim markaz hisoblanadi. Ular odamlarni bilim bilan boyitish, madaniy merosni asrash va tarqatish, shuningdek, ijtimoiy aloqalarni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Birinchidan, kutubxonalar turli yoshdagi va ijtimoiy qatlamdagi insonlarni birlashtiruvchi joydir. Bu yerda odamlar bir-birlari bilan fikr almashadi, muloqotda bo‘ladi va o‘zaro hamkorlik qiladi. Shu boisdan, kutubxonalar ijtimoiy integratsiyani rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, kutubxonalar madaniy hayotning markazi sifatida sanaladi. Ular turli madaniy tadbirlar - ko‘rgazmalar, adabiy kechalar, seminarlar va ta’limiy mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali jamiyatda madaniyat va san’atni rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Shu tariqa, kutubxonalar madaniy merosni saqlab qolish va yosh avlodga yetkazishda muhim o‘rin tutadi.
Uchinchidan, zamonaviy kutubxonalar faqat an’anaviy kitoblar emas, balki elektron resurslar, audiovizual materiallar va boshqa zamonaviy texnologiyalar bilan ham ta’minlangan bo‘lib, ta’lim va madaniyatga kengroq kirish imkonini yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, kutubxonalar jamiyatda bilim, madaniyat va ijtimoiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim ijtimoiy va madaniy markazlardir.
Maxsus infratuzilma - bu nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatda teng va qulay ishtirok etishini ta’minlash uchun yaratilgan muhit va vositalar majmuasidir. Bugungi kunda zamonaviy kutubxonalar va jamoat joylari shunday infratuzilmaga ega bo‘lishi zarur, unda rampa, lift, maxsus hojatxonalar, ovozli ko‘rsatmalar, Braille yozuvlari, shuningdek, eshitish va ko‘rish imkoniyati cheklanganlar uchun mos texnologiyalar mavjud bo‘ladi. Maxsus infratuzilma nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatda teng va qulay ishtirok etishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega16. Bu infratuzilma nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini oshiradi, ularni ijtimoiy hayotga faolroq qo‘shilishiga yordam beradi va jamiyatdagi inklyuzivlik darajasini oshiradi. Shunday qilib, maxsus infratuzilma nafaqat nogironlar uchun qulaylik, balki butun jamiyatning barqaror va adolatli rivojlanishining ajralmas qismidir.
Braille, audiokitoblar va elektron resurslar: Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun imkoniyatlar:
Braille - bu ko‘rish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus yaratilgan, qo‘l bilan his etiladigan nuqtali yozuv tizimi. U yordamida ko‘rmaydiganlar matnni mustaqil o‘qishlari, bilim olishlari va ijtimoiy hayotda faolroq bo‘lishlari mumkin. Braille kitoblari, jurnallar va boshqa matnli materiallar nogironlar uchun bilim olishda muhim vositadir17.
Audiokitoblar - bu matnli kitoblarning ovozli yozuvi bo‘lib, ko‘rish qobiliyati cheklanganlar yoki o‘qishda qiyinchiliklarga duch keladigan shaxslar uchun juda qula18. Audiokitoblar mobil qurilmalar yoki maxsus audio o‘quv qurilmalari orqali tinglanadi va bilimga kengroq kirishni ta’minlaydi.
Elektron resurslar - zamonaviy kutubxonalar va ta’lim muassasalarida mavjud bo‘lgan raqamli materiallar to‘plami. Bu elektron kitoblar, maqolalar, video va audio darsliklar, shuningdek, maxsus o‘quv dasturlari bo‘lib, ularning ko‘pchiligi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus
15 Hannon, Elliott. "How Policies in Ireland and Chile Hit Disabled People's Job Prospects." Financial Times, 2024, pp. 14–15 16 World Health Organization & World Bank. World Report on Disability. World Health Organization, 2011, 170 pp. 2025 17 American Foundation for the Blind. “What is Braille?” AFB, 2023 18 LibriVox. “About Audiobooks.” LibriVox, 2024, 2025.
moslashtirilgan19. Masalan, ekranni o‘qish dasturlari, kattalashtirish imkoniyatlari va ovozli qo‘llanmalar elektron resurslardan unumli foydalanishni osonlashtiradi.
Bu vositalar nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olish, madaniy va ijtimoiy hayotga faol qo‘shilishlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Bugungi kunda kutubxonalar nafaqat bilim manbai, balki ijtimoiy va madaniy integratsiya markazlari sifatida rivojlanmoqda. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kutubxonalarning inklyuziv muhit yaratishi global miqyosda katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekistondagi kutubxonalar ham so‘nggi yillarda nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish borasida izchil ish olib bormoqda. Masalan, Toshkent shahridagi markaziy kutubxonalarda maxsus rampa, lift, Braille kitoblar va audiokitoblar joriy etilmoqda. Bu esa nogironligi bo‘lgan fuqarolarning madaniy va ta’lim resurslariga teng kirishini ta’minlaydi. Shuningdek, jahon tajribalariga nazar solganda, ko‘plab rivojlangan davlatlarda kutubxonalar inklyuzivlikni oshirish maqsadida yuqori texnologiyalar va maxsus xizmatlarni joriy qilgan. Masalan, AQShda kutubxonalar “Accessible Libraries”20 dasturi doirasida ko‘rish yoki eshitish qobiliyati cheklanganlar uchun maxsus elektron resurslar, ovozli qo‘llanmalar va adaptiv qurilmalar bilan ta’minlangan. Yevropada esa kutubxonalar nogironlar uchun interaktiv seminarlar, maxsus dasturlar va ijtimoiy tadbirlar tashkil etib, ularni jamiyatga faol qo‘shilishiga yordam beradi. Bu tajribalar ko‘rsatadiki, kutubxonalar faqat kitob saqlash joyi emas, balki nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy integratsiyasida muhim vositaga aylangan. O‘zbekistonda ham ushbu tajribalarni kengaytirish, zamonaviy infratuzilma va xizmatlarni rivojlantirish orqali jamiyatdagi inklyuzivlik darajasini oshirish mumkin.
Tadqiqot natijalari tahlili. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning kutubxonalar orqali ijtimoiy integratsiyasi va madaniy hayotga qo‘shilishida bir qator dolzarb muammolar mavjud. Avvalo, ko‘plab kutubxonalar maxsus ehtiyojlarga mos infratuzilma va xizmatlar bilan to‘liq ta’minlanmagan. Masalan, rampa, lift, maxsus tualetlar, Braille yozuvlari va audiokitoblar kabi qulayliklar yetarli darajada mavjud emasligi ularning kutubxonaga erkin kirish va foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi. Shuningdek, axborot resurslari ko‘pincha nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun moslashtirilmagan formatlarda bo‘lib, ularning bilim olish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda maxsus ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning madaniy hayotga qo‘shilishlarida ularga bo‘lgan noto‘g‘ri munosabatlardir. Ushu muammolarni hal qilish orqali biz maxsus ehtiyojlari bor shaxslarni ham jamiyatda o‘z o‘rnilarini tez topishlariga va hamma bilan teng holatda kutubxona ma’lumotlarni keng ko‘lamda ishlata olishlariga sabab bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan muammolarning yechimlari quydagicha bo‘ladi.
Maxsus infratuzilmani rivojlantirish: Kutubxonalar arxitekturasini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay qilish maqsadida rampa, lift, maxsus hojatxonalar, Braille va ovozli ko‘rsatmalar o‘rnatilishi zarur. Bu ularning kutubxonaga erkin kirishini ta’minlaydi.
Axborot resurslarini moslashtirish: Braille kitoblari, audiokitoblar, katta shriftli nashrlar va elektron resurslarni kengaytirish kerak. Shuningdek, kutubxonalarda nogironlar uchun mo‘ljallangan maxsus o‘quv dasturlari va texnologiyalarni joriy etish muhimdir.
Xodimlarni malakasini oshirish: Kutubxona xodimlarini nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus treninglar va seminarlar orqali tayyorlash lozim. Bu xizmat sifatini yaxshilaydi va nogironlar bilan muloqotni osonlashtiradi.
Xulosa. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning kutubxonalar orqali ijtimoiy integratsiyasi va madaniy hayotga qo‘shilishi jamiyatning inklyuziv va adolatli rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Kutubxonalar nafaqat bilim olish maskani, balki madaniy va ijtimoiy faollik uchun markaz bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga to‘liq qo‘shilishida katta rol o‘ynaydi. Biroq, ular oldida jismoniy to‘siqlar, axborotga cheklangan kirish, ijtimoiy stereotiplar va malakasiz xizmat kabi muammolar mavjud. Ushbu muammolarni hal qilish uchun maxsus infratuzilma
19 National Library Service for the Blind and Print Disabled. “Accessible Reading Formats.” 2025
yaratish, axborot resurslarini moslashtirish, xodimlarni tayyorlash, inklyuziv tadbirlarni tashkil etish va ijtimoiy ongni oshirish zarur. O‘zbekiston kutubxonalari so‘nggi yillarda nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratishda sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Biroq, xalqaro tajribalar asosida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va xizmat sifatini yanada oshirish muhimdir. Shu yo‘l bilan kutubxonalar nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy hayotga faol qo‘shilishi, madaniy va ma’rifiy resurslarga teng kirishi uchun mustahkam poydevor yaratadi.