Ilmiy Maqola
#44
KASBIY QOBILIYAT TUSHUNCHASI VA UNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Sahifalar: 51-53
Maqola Mazmuni
“ACADEMIC SPECTRIUM” ilmiy-metodik jurnal www.fanistiqbollari.uz 51 2-Son 2026-yil Itolmasova Nafisa Furqatovna Turon universiteti magistri KASBIY QOBILIYAT TUSHUNCHASI VA UNING PSIXOLOGIK ASOSLARI Annotatsiya. Maqolada kasbiy qobiliyat tushunchasi va uning psixologik tahlili, kasbiy qobiliyat tushunchasi insonning tug‘ma layoqatlari, shaxsiy sifatlari, kognitiv resurslari, motivatsion tizimi hamda amaliy malaka va ko‘nikmalarining integratsiyalashgan holatini ifodalashi ochib berilgan. Tayanch tushunchalar: kasb, qobiliyat, kasbiy qobiliyat, qiziqish, ehtiyoj, motivatsiya, integratsiya, kognitiv jarayonlar. Аннотация. В статье представлена концепция профессиональных способностей и проведен ее психологический анализ, показано, что концепция профессиональных способностей представляет собой интегрированное состояние врожденных способностей человека, личностных качеств, когнитивных ресурсов, мотивационной системы, а также практических навыков и умений. Ключевые понятия: профессия, способности, профессиональные навыки, интерес, потребность, мотивация, интеграция, когнитивные процессы. Abstract. The article reveals the concept of professional ability and its psychological analysis, the concept of professional ability represents the integrated state of a person's innate abilities, personal qualities, cognitive resources, motivational system, and practical skills and abilities. Key concepts: profession, ability, professional skills, interest, need, motivation, integration, cognitive processes. Kirish. Kasbiy qobiliyat – bu shaxsning muayyan kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli, samarali va ijodiy tarzda bajarish imkonini beruvchi individual-psixologik xususiyatlar majmuasidir. Ushbu tushuncha insonning tug‘ma layoqatlari, shaxsiy sifatlari, kognitiv resurslari, motivatsion tizimi hamda amaliy malaka va ko‘nikmalarining integratsiyalashgan holatini ifodalaydi. Kasbiy qobiliyatlar kasb talablari bilan shaxsning psixologik imkoniyatlari o‘rtasidagi muvofiqlik darajasini belgilaydi va kasbiy muvaffaqiyatning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Kasb talablari bilan shaxsning psixologik imkoniyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik psixologik jihatdan ahamiyatlidir. Kasb talablari bilan shaxsning psixologik imkoniyatlari o‘rtasidagi o‘zaro moslik kasbiy muvaffaqiyat, professional barqarorlik va shaxsning ichki qoniqish darajasini belgilovchi asosiy psixologik omillardan biridir. Har bir kasb o‘zining ma’lum intellektual, emotsional, sensor-motor, kommunikativ yoki ijtimoiy-psixologik talablariga ega bo‘lib, shaxsning psixologik potensiali ushbu talablarni qay darajada qondira olishi uning kasbiy moslashuvi va samarali faoliyat yurita olishini aniqlaydi. Kasb bu insonning ma’lum bir ehtiyojlarini va manfaatlarini o‘zi tanlagan kasb faoliyatidagi bilimlari, layoqati, malakalariga xos xususiyatlari orqali namoyon bo‘lishidir. Shuningdek kasb – insonlarning turli darajadagi aqliy va jismoniy mehnatni talab qiluvchi ish faoliyati bilan doimiy shug‘ullanish orqali egallagan bilim ko‘nikma va malakalariga tayangan holda muayyan ish turi bilan mashg‘ul bo‘lish jarayonidir. Kasb maxsus ma’lumot yoki amaliy tajriba orttirish orqali o‘zlashtiriladi. Kasb bu tarixan rivojlanib boruvchi tizimdir. Kasblarning ahamiyati insonlarning yashash sharoitlariga qarab o‘zgarib boradi. Bu jarayonda mutaxassisda kasbiy mahorat shakllanib borishi lozim [3]. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Yoshlarni kasb – hunarga yo‘naltirish dolzarb muammo sifatida psixolog va pedagog olimlarning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelgan. Axmedova Sh. Rahimova N, Mirzaqulov O, Islomov D, Soatov A, Tokareva V, Karimova V, Sattorov Ye, M.G.Davletshin, E.G‘.Goziyev kabi respublikamiz olimlarining ilmiy izlanishlarida, ilmiy-tadqiqot ishlarida, darslik va o‘quv – qo‘llanmalarida kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishning usullari, mexanizmlari, yo‘l-yo‘riqlari, aspektlari, shaxs fenomenologiyasi masalalari, konseptual, metodik asoslari yoritib berilgan[1].