Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

FRAZEOLOGIK SINONIMLARNING STRUKTOR TURLARI

1-Son (2026-yil, Yanvar)
122 124
12 Ko'rishlar
Nashr etildi: Yan 20, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Mazkur maqolada frazeologik sinonimlarning lingvistik xususiyatlari, xususan, ularning struktor turlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda fe’l, ot, sifat, ravish va aralash strukturali frazeologik sinonimlar misollar asosida o‘rganildi. Frazeologik birliklarning maʼno jihatdan yaqinligi, emotsional-ekspressiv bo‘yoqlari hamda nutqdagi vazifasi ochib berildi. Tadqiqot natijalari frazeologik sinonimlarning til boyligini oshirishdagi ahamiyatini ko‘rsatadi.
Kalit so'z (UZ): frazeologiya, frazeologik sinonimlar, struktur turlar, semantika, uslubiy xususiyatlar

Аннотация (RUS):

В cтaтьe aнaлизиpyютcя лингвиcтичeckиe ocoбeннocти фpaзeoлoгичeckиx cинoнимoв, в чacтнocти, иx cтpykтypныe типы. В иccлeдoвaнии нa пpимepax изyчaлиcь глaгoльныe, имeнныe, пpилaгaтeльныe, нapeчия и фpaзeoлoгичeckиe cинoнимы cмeшaннoй cтpykтypы. Выявлeнa близocть фpaзeoлoгичeckиx eдиниц пo cмыcлy, эмoциoнaльнo-эkcпpeccивнoй okpacke и фyнkции в peчи. Peзyльтaты иccлeдoвaния пokaзывaют вaжнocть фpaзeoлoгичeckиx cинoнимoв в oбoгaщeнии языka.
Ключевые слова (RUS): фpaзeoлoгия, фpaзeoлoгичeckиe cинoнимы, cтpykтypныe типы, ceмaнтиka, cтилиcтичeckиe ocoбeннocти

Abstract (EN):

This article analyzes the linguistic features of phraseological synonyms, in particular, their structural types. The study examined verb, noun, adjective, adverb, and mixedstructure phraseological synonyms based on examples. The semantic proximity, emotionalexpressive coloring, and function of phraseological units in speech were revealed. The results of the study show the importance of phraseological synonyms in increasing the richness of the language.
Keywords (EN): phraseology, phraseological synonyms, structural types, semantics, stylistic features

Maqola Mazmuni

Kirish. Tilning boyligi va ifodaviy imkoniyatlari, avvalo, uning frazeologik qatlamida namoyon bo‘ladi. Frazeologik birliklar nutqqa obrazlilik, taʼsirchanlik va emotsionallik bag‘ishlaydi. Ayniqsa, frazeologik sinonimlar bir maʼnoni turli ifoda vositalari orqali yetkazish imkonini yaratadi.Frazeologiya-bu frazeologik birliklarni o'rganadigan lingvistik fan (ularning nomi mualliflar yoki maktablarning nuqtai nazariga qarab o'zgaradi: frazeologik yoki idiomatik birliklar/ iboralar/iboralar, frazeologizmlar,frazeologlar. Frazeologik sinonimlarni struktor jihatdan o‘rganish tilshunoslikda muhim masalalardan biri bo‘lib, u frazeologik birliklarning grammatik tuzilishi va maʼno munosabatlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Ushbu maqolaning maqsadi frazeologik sinonimlarning struktor turlarini aniqlash va ularning nutqdagi o‘rnini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot davomida frazeologik sinonimlarning lingvistik xususiyatlarini chuqur tahlil qilish maqsadida bir nechta ilmiy metodlardan foydalaniladi Tavsifiy metod frazeologik sinonimlarning struktor tuzilishini qo'llashda foydalanildi. Ushbu metod yordamida frazeolgik birliklarning grammatik shakli yaʼni fe'l, ot va sifat strukturali turlari tavsiflanadi. Misol uchun “perdre la tête, perdre l nord” kabi frazeologik birliklar fe'l strukturali boʻlib, bir xil umumiy maʼnoni ifodalaydi. Qiyosiy - tahliliy metod ma’nosiga qarab bir - biriga yaqin boʻlgan frazeologik birliklarni oʻzaro solishtirish asosida amalga oshadi. Bu metod frazeologik sinonimlar orasidagi oʻxshashlikni va farqlarini aniqlashga yordam beradi. Misol uchun, “être au bout du rouleau va être épuisée” iboralarni charchoq holatini bildirib, birinchi birlik obrazli va emotsional boʻyoqqa ega. Semantik tahlil frazeologik sinonimlarning ma’no nozikliklarini ochib berishga xizmat qiladi. Bu metod orqali frazeologik birliklarning ifodalash darajasi, emotsional rang-barangligi va uslubiy xususiyatlari aniqlanadi. Masalan, « avoir le cœur brisé « iborasi « être triste « ga nisbatan kuchliroq hissiy holatni ifodalaydi. Misollar asosida tahlil qilish metodi badiiy asarlar va og‘zaki nutqdan olingan frazeologik birliklar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu metod frazeologik sinonimlarning real nutq jarayonidagi qo‘llanilishini ko‘rsatib beradi.Masalan, « mettre de l’eau dans son vin « iborasi kelishuv va murosaga kelish ma’nosida keng qo‘llaniladi. Foydalanilgan adabiyotlar sharhi. Frazeologiyaga mustaqil fan sifatida qarashni birinchi bo'lib mashhur rus tilshunos olimi E.D.Polivanov ilgari surdi, hamda bu masalaga ko'p marotaba qaytdi. Uning ta’kidlashicha, yangi shakllanadigan frazeologiya sohasi leksikologiyaga nisbatan xuddi sintaksis morfologiyaga nisbatan egallagan o'rinda bo'lishi lozim. «...Sintaksisga teng keluvchi yangi sohaning shakllanishiga ehtiyoj sezilmoqda, deb yozgan edi E.D.Polivanov. lekin sintaksis so'z birikmalarining umumiy tiplarini, xususiyatlarini o'rgansa, yangi shakllanadigan soha leksemalarning o'zaro munosabati asosida yuzaga keladigan birikmalarning konkret, individual (leksik) ma’no xususiyatlari bilan shug'ullanadi». Yangi shakllanadigan sohani E.D.Polivanov frazeologiya yoki idiomatika deb nomlagan edi. Frazeologik birikmalarning ifoda plani erkin birikmalar yoki gaplardan farq qilmasligini O.Nazarov xam ta’kidlaydi. Uning ta’kidlashicha, erkin sintaktik birikmalar strukturasidan farqlanuvchi, frazeologizmlarning o'zigagina xos bo'lgan struktur tuzilish bo'lishi mumkin emas. Tildagi barcha frazeologizmlar ular mansub bo'lgan muayyan tilda mavjud bo'lgan erkin sintaktik qurilmalar namunasida yasalgan bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, frazeologizmlar o'z tuzilishiga ko'ra odatdagi so'z birikmalari tuzilishidan farq qilmaydi Tahlil va natijalar. Asosiy komponentning morfologik ifodalanishiga ko'ra. Morfologik nuqtai nazardan FBlar u yoki bu so'z turkumiga bog'langan bo'ladi. Shu sababli ularni asosiy komponentning grammatik shakliga ko'ra guruhlarga bo'lish maqsadga muvofiq. FBning asosiy komponenti deganda grammatik jihatdan mustaqil, muayyan so'z turkumiga oid bo'lib, u yoki bu gap bo'lagi vazifasida kelgan komponent tushuniladi. Fransuz va o'zbek tilarida xarakter ifodalovchi frazeologik birliklarning struktur tahlili shuni ko'rsatdiki, qiyoslanayotgan tillarda quyidagi tuzilishdagi birliklar mavjud: 1. Otli frazeologik birliklar; 2. Fe'lli frazeologik birliklar; 3. Sifat (ravish) asosli frazeologik birliklar. Otli frazeologik birikmalarga ot so'z turkumidagi so'zlar bilan bir xil vazifani bajaruvchi va asosiy komponenti otdan tashkil topgan birikmalar kiritiladi. Fransuz tilida substantiv frazeologik birikmalarning aksariyat qismi ot so'z turkumi bosh bo'lak sifatida keladigan predikativsiz birikmalardan iborat. Qisman predikativ va predikativ bog'lanish asosida yasalgan frazeologik birikmalar ozchilikni tashkil etadi. So'z birikmalari komponentlarining o'zaro birikish usuliga ko'ra izofaning uch xil ko'rinishi mavjud. Birinchi tip izofali birikmalarning komponentlari hech qanday grammatik belgilarsiz bitishuv yo'li bilan qo'shiladi, ya’ni bunday birikmalarning o'zaro bog'liqligi «so'z tartibi va. birlashtiruvchi intonatsiya bilan belgilanadi. Misol uchun jouer des coudes - se frayer un chemin (o‘z yo‘lini ochmoq), perdre la tête - s’égarer (boshini yo‘qotmoq, adashmoq), avoir le cœur durêtre insensible (hissiz, rahmsiz bo‘lmoq) Ikkinchi tip izofali birikmada birinchi komponent bosh kelishik shaklida, ikkinchi komponent esa egalik qo'shimchasi bilan keladi. Misol uchun mettre de l’huile sur le feu - aggraver la situation (vaziyatni keskinlashtirmoq, olovga yogʻ sepmoq), Jeter de l’eau dans le vin - adoucir la situation (yumshatmoq, osonlashtirmoq), Tomber dans les pommes - s’évanouir (hushidan ketmoq) Uchinchi tip izofada har ikkala komponentning grammatik belgisi bo'ladi. Birikmaning strukturasi «ot qaratqich kelishigi qo'shimchasi ot egalik qo'shimchasi modelida ifodalanadi. Bunday tipdagi izofali birikmalar ikkinchi tipdagi izofadan grammatik jihatdan qaratqich kelishigining formal ifodalanishi bilan farq qiladi. Misol uchun le courage d’un lion - jasorat ramzi, la patience d’un ange - sabrli odam, l’œil du maître - nazorat qiluvchi odam, le caractère d’un coq - mag‘rur shaxs Ko'rinadiki, o'zbek tili frazeologik qatlamida uchala tip izofali birikmalar uchraydi. Ularning ichida ikkinchi tip izofali terminlar eng mahsuldor hisoblanadi. Sifat (adjectif) asosli frazeologik birliklar Tuzilishi: asosiy komponent sifat bo‘lib, boshqa so‘z bilan birga xarakter yoki sifatni ifodalaydi.Misol uchun dur à cuire - chidamli, qiyin shaxs (tenace), Fier comme un coq - mag‘rur shaxs (très orgueilleux) Muet comme une carpe - jim odam (silencieux), Têtu comme une mule - qattiqqo‘l, xo‘rozdek mag‘rur (obstiné) Bu birliklar grammatik belgisiz (I tip) yoki fe’lli yordamchi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Masalan: dur à cuire → I tipga yaqin, chunki grammatik qo‘shimchalar yo‘q. Ravish (adverbe) asosli frazeologik birliklar Tuzilishi: fe’lni yoki butun iborani sifat bilan qo‘llab, xarakter harakatini ifodalaydi. Misol uchun: parler haut et fort - baland va aniq gapirmoq, agir à toute vitesse - juda tez harakat qilmoq, réagir promptement - tezkor javob bermoq Ravish asosli birliklar fe’l bilan bog‘lanib, I tip yoki II tip izofaga yaqin tuzilishga ega bo‘lishi mumkin, ya’ni grammatik belgi va so‘z tartibi asosiy rol o‘ynaydi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, frazeologik sinonimlar tilning boyligi va ifodaviy imkoniyatlarini namoyon etuvchi muhim vositalardan biridir. Ularning struktur jihatdan o‘rganilishi frazeologik birliklarning grammatik tuzilishi, semantik nozikliklari hamda nutqdagi funksiyalarini chuqurroq anglash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari fransuz va o‘zbek tillarida frazeologik sinonimlarning otli, fe’lli hamda sifat (ravish) asosli turlari mavjudligini ko‘rsatdi. Bu birliklar nutqqa obrazlilik, emotsionallik va ta’sirchanlik bag‘ishlab, bir ma’noni turli ifoda vositalari orqali yetkazishga xizmat qiladi. Shu bois frazeologik sinonimlarni o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar

01

1. Bally, C. (1952). Le langage et la vie. Librairie d’Université, Georg & Cie S.A.edu/B 2. Hadži-Lega Hristoska, J. (n.d.). La place de la phraséologie dans une méthode de français langue étrangère. Academia.edu. https://www.academia.

02

3. Primova, M. M. (2025). Fransuz va o‘zbek tillarida xarakter ifodalovchi frazeologik birliklarning xususiyatlari. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari (20-may, 2025). Alfraganus University, Toshkent, O‘zbekiston.

03

4. Primova, M. (2024). INTERPRETABLE PHRASEOLOGICAL UNITS OF CHARACTER EXPRESSION IN FRENCH AND UZBEK LANGUAGES. Akaдeмичeckиe иccлeдoвaния в coвpeмeннoй нayke, 3(5), 130-134.

04

5. Rahmatullayev, S. (2022). O‘zbek tili frazeologik lug‘ati (sah. 15, 636 sah.). G‘afur G‘ulom nashriyoti.

05

6. Tuychiyeva, M. X. (2024). Tilshunoslikda frazeologik birliklarning o‘rganilishi. Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya materiallari. https://doi.org/10.5281/zenodo.14908630

BOSHQA TILLARDA

Mualliflar

D.A.M
DILDORA ABDULLAYEVA MUHIDDIN QIZI

Samarqand davlat chet tillar institute Roman German tillari fakulteti Filologiya va tillarni oʻqitish(fransuz) 2 - kurs talabasi

Iqtibos olish

ABDULLAYEVA, D. (2026). FRAZEOLOGIK SINONIMLARNING STRUKTOR TURLARI. ACADEMIC SPECTRUM, 1-Son (2026-yil, Yanvar), 122-124.