Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

FRANSUZ TILINI O'RGANISH JARAYONIDA AUDIOVIZUAL MATERIALLAR YORDAMIDA TALABALARNING OG'ZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISH

1-Son (2026-yil, Yanvar)
116 118
8 Ko'rishlar
Nashr etildi: Yan 20, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Mazkur maqolada fransuz tilini o'rganayotgan talabalarning og'zaki nutqini rivojlantirishda audiovizual materiallarning tutgan o'rni va samaradorligi tahlil qilinadi. Bu tilni o'rganishda audiovizual vositalar talabalarning muloqot kompeteniyasini rivojlantiradi va bu til egalari bilan bo'lgan amaliy suhbatlarga tayorlaydi.Tadqiqot davomida audiovizual materiallar,xususan,videoroliklar,filmlar,podkastlar,television ko'rsatuvlar va videoma’ruzalardan foydalanishning afzalliklari ko'rsatib beriladi.
Kalit so'z (UZ): Fransuz tilini o‘rganish, audiovizual materiallar, og‘zaki nutqni rivojlantirish, tinglab tushunish ko‘nikmasi, nutqiy kompetensiya, kommunikativ yondashuv, interaktiv ta’lim usullari, video va audio darslar, talabalarning nutq faolligi, chet tillarni o‘qitish metodikasi

Аннотация (RUS):

В дaннoй cтaтьe aнaлизиpyeтcя poль и эффekтивнocть ayдиoвизyaльныx мaтepиaлoв в paзвитии ycтнoй peчи cтyдeнтoв, изyчaющиx фpaнцyзckий языk. Ayдиoвизyaльныe cpeдcтвa в изyчeнии этoгo языka paзвивaют koммyниkaтивныe нaвыkи cтyдeнтoв и гoтoвят иx k пpakтичeckим бeceдaм c нocитeлями языka. Иccлeдoвaниe дeмoнcтpиpyeт пpeимyщecтвa иcпoльзoвaния ayдиoвизyaльныx мaтepиaлoв, в чacтнocти, видeopoлиkoв, фильмoв, пoдkacтoв, тeлeпpoгpaмм и видeoлekций.
Ключевые слова (RUS): Oбyчeниe фpaнцyзckoмy языky, ayдиoвизyaльныe мaтepиaлы, paзвитиe ycтнoй peчи, нaвыkи ayдиpoвaния, peчeвaя koмпeтeнция, koммyниkaтивный пoдxoд, интepakтивныe мeтoды oбyчeния, видeo- и ayдиoмaтepиaлы, peчeвaя akтивнocть cтyдeнтoв, мeтoдиka пpeпoдaвaния инocтpaнныx языkoв

Abstract (EN):

This article analyzes the role and effectiveness of audiovisual materials in the development of oral speech of students learning French. Audiovisual aids in learning this language develop students' communicative competence and prepare them for practical conversations with native speakers. The study shows the advantages of using audiovisual materials, in particular, videos, films, podcasts, television programs and video lectures.
Keywords (EN): Learning the French language, audiovisual materials, development of speaking skills, listening comprehension skills, speech competence, communicative approach, interactive teaching methods, audio and video resources, students’ speaking activity, foreign language teaching methodology

Maqola Mazmuni

Kirish. Bugungi kunda dunyoning ko'p joylarida fransuz tiliga bo'lgan qiziqish ortishi tufayli,bu tilni o'rganish jarayonida zamonaviy metodikalardan foydalanishni talab etmoqda.Ayniqsa, xorijiy tilida muloqot qilishning asosiy usuli bo'lmish gaprish konikmasini rivojlantirish dolzarb masalalardan biridir. Shu bois hozirda og'zaki nutq qobilyatini oshrish yuzasidan bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda.Biroq ularni amalda qo'llashda bir qancha muamolarga duch kelmoqdamiz. Mazkur maqolaning asosiy maqsadi bu fransuz tilini o'rganayotgan yoshlar ayniqsa mutaxasisligi shu til bo'lgan talabalar orasida og'zaki nutq qobilyatini yaxshilash, ularni jonli muloqtga tayorlash hamda fransuz tilda nafaqat gapirish,balki fikrlash ko'nikmasini shakllantirishda audiovizual materiallardan foydalnishning samarali jihatlarini tahlil qilishdan iborat. Ushbu tadqiqot natijalari fransuz tilini o'rganih jarayonida audiovizual vositlaridan to'g'ri va maqsadli foydalangan holda og'zaki nutqni rivojlantirish imkoniyatini beradi. Bugungi kunda zamonaviy pedagogika va ta’lim sohasida audiovizual materiallardan foydalanish dolzarb va qizg'in muhokamalar markazida bo'lgan masalalardan biridir. So'ngi yillarda bu mavzu yuzasidan ko'plab amaliy va nazariy tadqiqotlar olib borilib, bu vositalarning(audiovizual materiallar )o'quv jarayonida ayniqsa, gaprish ko'nikmasini rivojlantirishda foydali ekanligi o'z tastiqini topdi. B.Y.Karimovaning «Videodarslarning ta’lim jarayonidagi o'rni» nomi ilmiy maqolasida. Videodars va taqdimotlar mustaqil fikrlash va gaprish ko'nikmalarini rivojlantirishinishini ilmiy jihatdan asoslab bergan.Shuningdek, QarDU doktaranti Jo'rayeva Mohinaning «Talabalarning og'zaki nutqini rivojlantirishning Lingvodidaktasosalari» nomi ostidagi maqolasida audiovizual materiallarni og'zaki nutqni rivojlantirishning samarali usuli sifatida ta’kidlaydi. Jahon miqyosda esa Keeth Kthirvel va Harvati Hashim hamkorligi ostidagi «The Use of Audio-Visual Materials as Strategies to Enhance Speaking Skills among ESL Young Learners» maqolasida audiovizual vositalardan foydalanish strategialari va ularning samaradorligi haqida tadqiqot olib bordi. Maqolada videolar, podkastlar,audio-video vazifalar talabalarning og'zaki nutq qobilyatini oshrishi ilmiy asoslanib berilgan. Yuqoridagi tadqiqotlarni o'rganib chiqish natijasida bilib olishimiz mumkinki,audiovizual materiallarning ahamiyati chuqur tahkil qilingan bo'lishiga qaramasdan, bu vositalardan foydalanishda metodik yondashuv yetishmayotganini bilishimiz mumkin.Ushbu maqolada esa aynan mazkur masala yuzasidan o'rganishlar olib borilgan Tadqiqot Metodolari. Ushbu tadqiqotda audiovizual vositalardan foydalanib talabalarning og'zaki nutqini yaxshilash,ularni shu til egalari kabi mustaqil gapirish ko'nikmasini shakllantirish maqsadida amaliy va tadqiqiy yo'nalishda amalga oshirildi. Birinchi navbatda, mavzuga oid nazariy yondashuvlarni tahlil qilish uchun B.Y.Karimovaning «Videodarslarning ta’lim jarayonidagi o'rni», Jo'rayeva Mohinaning «Talabalarning og'zaki nutqini rivojlantirishning Lingvodidak asosalari» kabi muhim ilmiy maqolalari to'plandi va o'rganildi.Shu bilan birga dunyo miqyosdagi Keeth Kthirvel va Harvati Hashim hamkorligi ostida tayyorlangan «The Use of Audio-Visual Materials as Strategies to Enhance Speaking Skills among ESL Young Learners» maqolasi asosida xalqaro tajribalar umumlashtirildi. Amaliy bosqichda esa pedgogik kuzatish, taqqoslash va tajriba metodlaridan keng foydalanildi. Bu eksperiment davomida fransuz tili darslariga audiovizual materiallar (videorolik,kino,podkast va subtitrli videoateriallar)kiritildi. Dars mashg'ulotlari va imtihon davomida o'zgarishlar kuzatilib, chuqur tahlil qilindi. Bu kuzatishlarga ko'ra tanlangan metodlar tadqiqotning asosiy maqsadiga to'laqonli mos bo'lib, fransuz tilini o'rganayotgan talabalarning og'zaki nutqini rivojlantirishda audiovizual materiallarning ahamiyatini aniqlashda xizmat qiladi.Yakuniy bosqichda esa ushbu metodlarning foydali va zararli jihatlari to'liq o'rganilib yuqoridagi vositalardan maqsadli foydalanishda taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Tahlil va Natijalar. O'tkazilgan tajribalar natijalari shuni ko'rsatdiki audiovizual materiallardan muntazam va maqsadli foydalanish talabalarning og'zaki nutqini yahshilashda muhim ahamiyatga ega. .Bu to'xtamga esa quyidagi tajribaning foiz ko'rsatgichlarini hisobga olgan holda kelindi. Tajribaninng birinchi bosqichida bilim darajasi bir xil bo'lgan 1-kurs talabalaridan 2 guruh ya’ni oddiy va tajriba guruhlari tuzildi. Oddiy guruhlarda darslar an'anaviy tarzda o'tildi. Tajriba guruhida esa audiovizual materiallardan foydalangan holda o'tildi. 2 oy davomida bu guruhlarda o'zgarishlar nazoratga olinib chuqur kuzatildi. 2 oydan so'ng esa imtixon o'tkazilib ularning bilim darajasi baholanadi. Dastlabki natijalarga ko'ra oddiy guruhdagi talabalarning 30%i og'zaki nutq ko'nikmasini qoniqarli darajada namoyon etgan.48% da bu ko'rsatkich o'rtacha, 22% talabalar esa past natija ko'ratishgan.Tajriba guruhida esa natijalar sezilarli darajada yaxshilangan.Xususan talabalarning 50% qoniqarli,35% o'rtcha, 15% esa past darajani qayd etgan. Olingan natijalarga ko'ra audiovizual materiallardan foydalanilgan guruhda o'rganish samaradorligi yuqori va oddiy guruhga nisbatan samaraliroq bo'ldi.Jumladan,, qoniqarli natijaga erishgan talabalar 20 foizga yuqori, past natija ko'rsatgan talabalar esa 7 foizga kam bo'lgan.Bu raqamlar foizi audiovizual materiallarning og'aki nutqni rivojlantirishda foydali ekanligining yaqqol isbotidir.Mazkur tadqiqiot Fransuz tilini o'rganayotgan har bir talaba uchun audiovizual materiallar nihoyatda zarur va foydali ekanligini ko'rsatib berdi.Yuqoridagi raqamlar esa buning yaqqol isbotidir. Oddiy gruhda talabalarning katta qismi (58%) o'rtacha darajani 22% esa past natijani qayd etti.Bu natija esa an'anaviy o'qitish usullari talabalarning og'zaki nutqini rivojlantirishda yetarli emasligini ko'rsatadi.Bu xolat asosan dars jarayonida real muhit va eshitish-ko'rish orqali o'rganish imkoniyatlarining cheklanganligi bilan izohlandi Tajriba guruhida esa qoniqarli natija ko'rsatgan talabalar ulushning 50% ga yetgani audiovizual materiallar talabalarning nutqiy faolligini oshirdi.Videomateriallar va audio yozuvlar, turli kinofilmlar, podkastlar yordamida talabalar fransuz tilining talaffuzi,gapirish uslubi va nutq tezligini yaxshiroq o'zlashtiradi.Qolaversa, tajriba guruhida past natija ko'rsatgan talabalar ulushining 15 foizga kamayishi audiovizual materiallar og'zaki nutqni rivojlantirishning muhim pedagokik omillardan biri ekanligini ko'rsatdi Xulosa. Xulosa qilib aytganda,fransuz tilining tabiiy talaffuzi, gapirish uslubi hamda madaniy xususiyatlarini o'rganishda audiovizual materiallar muhim ahamiyat kasb etadi. Videomateriallar,podkastlar,filmlar,ko'rsatuvlar orqali talabalarning nafaqat talaffuzi balki so'z boyligi ham ortadi.Tadqiqot natijalaridan shuni bilishimiz mumkinki,audiovizual materiallardan dars jarayonida foydalanish,talabalarning darsga nisbatan qiziqishini oshiradi va erkin muloqot qilish ko'nikmasini shakllantiradi.Bu esa ularni real hayotiy muhitga tayorlashda muhim poydevor sifatida xizmat qiladi.

Adabiyotlar

01

1. Karimovan B. Y. Videodarslarning ta’lim jarayonidagi o‘rni // Zamonaviy ta’lim muammolari. – 2022. – №3. – B. 45–52.

02

2. Jo‘rayeva M. Talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishning lingvistik asoslari // Til va adabiyot ta’limi. – 2021. – №4. – B. 33–39.

03

3. Khirivel K., Hashim H. The Use of Audio-Visual Materials as Strategies to Enhance Speaking Skills among ESL Young Learners // International Journal of Language Education. – 2020. – Vol. 4, №2. – P. 120–128.

04

4.TV5 Monde. Apprendre le français avec des vidéos [Elektron resurs]. – Kirish rejimi: https://apprendre.tv5monde.com (murojaat sanasi: 25.12.2025).

05

5.RFI Savoirs. Le français par l’audio et la vidéo [Elektron resurs]. – Kirish rejimi: https://savoirs.rfi.fr

BOSHQA TILLARDA

Mualliflar

X.E.D
XILOLA ESHPO'LATOVA DAVRON QIZI

Samarqand Davlat chet tillar insituti Filalogiya va tillarni o'qitish fransuz tii fakulteti 1-kurs talabasi

Iqtibos olish

ESHPO'LATOVA, X. (2026). FRANSUZ TILINI O'RGANISH JARAYONIDA AUDIOVIZUAL MATERIALLAR YORDAMIDA TALABALARNING OG'ZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISH. ACADEMIC SPECTRUM, 1-Son (2026-yil, Yanvar), 116-118.