Ilmiy Maqola #38

GIDRONIMLARDA GEOGRAFIK VA TARIXIY OMILLARNING AKS ETISHI

Maqola Mazmuni

“ACADEMIC SPECTRIUM” ilmiy-metodik jurnal www.fanistiqbollari.uz 33 2-Son 2026-yil Bobomurodova Mahzuna Ortiq qizi Termiz davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs magistri GIDRONIMLARDA GEOGRAFIK VA TARIXIY OMILLARNING AKS ETISHI Annotatsiya. Maqolada gidronimlar – daryolar, ko‘llar va buloq nomlarini geografik va tarixiy omillar bilan bog‘liqligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Gidronimlar hududning tabiiy sharoiti, etnik tarkibi va madaniy merosi haqida qadimiy ma’lumotlarni saqlaydi. Tadqiqotda O‘zbekiston gidronimlari, ularning morfologik, leksik va semantik xususiyatlari, tarixiy manbalardagi roli tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqot ishi gidronimlarning ilmiy, etnolingvistik va tarixiy ahamiyatini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: gidronimlar, daryo, ko‘l, buloq, geografik omillar, tarixiy omillar, etnogidronimlar, morfologiya, semantika, O‘zbekiston, tilshunoslik, madaniy meros. Аннотация. Данное исследование посвящено гидронимам — названиям рек, озёр и родников — и их связи с географическими и историческими факторами. Гидронимы сохраняют древние сведения о природных условиях, этническом составе и культурном наследии региона. В работе анализируются гидронимы Узбекистана, их морфологические, лексические и семантические особенности, а также роль в исторических источниках. Исследование демонстрирует научное, этнолингвистическое и историческое значение гидронимов. Ключевые слова: гидронимы, река, озеро, родник, географические факторы, исторические факторы, этногидронимы, морфология, семантика, Узбекистан, языкознание, культурное наследие. Annotation. This study focuses on hydronyms — names of rivers, lakes, and springs — and their relation to geographic and historical factors. Hydronyms preserve ancient information about natural conditions, ethnic composition, and cultural heritage of the region. The research analyzes Uzbek hydronyms, their morphological, lexical, and semantic features, as well as their role in historical sources. The study highlights the scientific, ethnolinguistic, and historical significance of hydronyms. Key words: hydronyms, river, lake, spring, geographic factors, historical factors, ethnohydronyms, morphology, semantics, Uzbekistan, linguistics, cultural heritage. Kirish. Olam yaralibdiki, insoniyat sivilizatsiyasi tarixini suv obyektlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Dunyo xaritasidagi har bir daryo, ko‘l yoki buloq nomi o‘zida uzoq o‘tmish sirlarini va tabiatning o‘ziga xos xususiyatlarini mujassam etadi. Toponimika fanining ajralmas tarmog‘i hisoblanadigan gidronimiya suv obyektlari nomlarini o‘rganish orqali nafaqat tilshunoslik, balki geografiya, tarix, etnografiya va arxeologiya fanlari uchun ham beqiyos ma’lumotlar taqdim etadi. Gidronimlar yer yuzidagi eng barqaror nomlar hisoblanadi; hatto shahar yoki qishloq nomlari o‘nlab marta o‘zgarganda ham, katta daryo va ko‘l nomlari ming yillar davomida saqlanib qolishi mumkin. Bu hodisa tilshunos olim V.A. Nikonov tomonidan gidronimlarning "konservativligi" deb atalgan [1. 42-45]. Har bir gidronim muayyan hududning tabiiy-geografik sharoiti, tarixiy taraqqiyoti, etnik tarkibi va madaniy qatlamlari bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli gidronimlarni lingvistik jihatdan o‘rganish orqali nafaqat til taraqqiyoti, balki xalqning tarixiy xotirasi va geografik muhitini ham aniqlash mumkin. Gidronimiya-daryolar koʻllar dengizlar boʻgʻozlar sharsharalar nomlari. Barcha suv obyektlarining nomlari gidronimlar deyiladi [2.55]. Gidronimlarning lisoniy qurilishi va ma’no ko‘lami tarixan xalqlarning ko‘chishi (migratsiyasi), muayyan etnik guruhlarning o‘zaro madaniylisoniy ta’siri hamda ma’lum mintaqaning o‘tmishdagi geografik manzarasi haqida qimmatli "tarixiy guvohlik" beradi. Shu nuqtai nazardan, suv ob’ektlari nomlarini chuqur tahlil etish muayyan hududning til taraqqiyoti, etnik tarkibi va ma’naviy sivilizatsiyasini qayta tiklashda birlamchi ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi. “ACADEMIC SPECTRIUM” ilmiy-metodik jurnal www.fanistiqbollari.uz 34 2-Son 2026-yil Adabiyotlar tahlili va metodologiya. O‘zbekiston gidronimiyasining lisoniy va geografik tabiatini o‘rganish uzoq yillik ilmiy tadrijiy bosqichlarni qamrab oladi. Ushbu sohadagi tadqiqotlarni shartli ravishda geografik-tavsifiy va lingvistik-tahliliy yo‘nalishlarga ajratish mumkin. Gidronimlarning geografik asoslarini tizimlashtirishda professor P. Baratovning xizmatlari beqiyosdir. Olim o‘zining “O‘zbekistonning tabiiy geografiyasi” asarida mamlakatimizdagi yirik suv obyektlari — Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshonning gidrografik xususiyatlarini ularning tarixiy nomlari bilan uyg‘unlikda tahlil qilgan. Xususan, Sirdaryoning antik davrdan to bugungi kungacha bo‘lgan Yaksart, Sayhun, Silis, Sir kabi nomlanish variantlarini geografik ob’ektning tabiati bilan bog‘liq holda yoritib bergan. Bu yondashuv gidronimlarni nafaqat lisoniy birlik, balki hududning tabiiy-tarixiy pasporti sifatida ko‘rish imkonini beradi. XX asrning 80-yillariga kelib, gidronimiya sohasida maxsus monografik va maqolaviy tadqiqotlar ko‘lami kengaydi. Bu davrda N.Y. Mingboyev Mirzacho‘l hududi gidronimiyasini, T. Nafasov esa "jili" komponentli suv obyektlari nomlarini o‘rganib, gidronimlarning etimologik qatlamlarini ochib berdilar. Shuningdek, Y. Xo‘jamberdiyevning Amudaryo gidronimiga bag‘ishlangan izlanishlari daryo nomlarining semantik transformatsiyasini tushunishda muhim ahamiyat kasb etdi. Toponimikaning nazariy masalalari va gidronimlarning tasnifiy ko‘lamini belgilashda N. Oxunovning ilmiy qarashlari tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. Uning “Toponimlar va ularning nomlanish xususiyatlari” monografiyasida gidronimlar kengaytirilgan ma’noda talqin qilinadi. Muallif gidronimiya ob’ekti sifatida faqat tabiiy oqar suvlarni emas, balki insonning muhandislik faoliyati mahsuli bo‘lgan suv omborlari, kanallar, zovurlar, to‘g‘on va quvurlar nomlarini ham kiritadi. Bu esa gidronimiyaning ijtimoiy-iqtisodiy hayot bilan bog‘liqligini ko‘rsatuvchi muhim nazariy xulosadir. Gidronimlarni sof lingvistik jihatdan, ya’ni til tizimidagi o‘rni, yasalishi va leksik-semantik guruhlari bo‘yicha tadqiq etishda N. Begaliyevning Samarqand viloyati gidronimlariga bag‘ishlangan dissertatsiyasi alohida o‘rin tutadi. Tadqiqotchi mintaqadagi suv obyektlari nomlarini uchta asosiy genetik qatlamga (turkiy, fors-tojik va arabcha) ajratgan holda tahlil qiladi. Uning ilmiy xulosalari ariq, buloq, o‘zan (turkiy), arna, koriz, daryo (forsiy), nahr, hovuz (arabcha) kabi terminlarning hududiy dialektlardagi o‘rni va etimologik ildizlarini aniqlashda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, akademik S. Qorayevning toponimik lug‘atlari va tadqiqotlari gidronimlarning leksikografik talqinini boyitdi. Olim Toshkent va boshqa viloyatlar misolida Zaxariq, Tuyatortar, Qalqonrud kabi o‘nlab gidronimlarning xalq etimologiyasi hamda ilmiy etimologiyasi o‘rtasidagi farqlarni dalillab berdi. Muhokama va natijalar. Gidronimlarning shakllanishida geografik omillar birlamchi asos bo‘lib xizmat qiladi. Insoniyat ilk bor suv manbasiga duch kelganda, unga nom berishda ob’ektning fizikgeografik xarakteristikasidan kelib chiqqan. Suvning rangi, mazasi, oqish tezligi, havzaning chuqurligi yoki qirg‘oqlarining tuzilishi nom yaratishda asosiy komponent bo‘lgan. Masalan, O‘zbekiston gidronimiyasida juda ko‘p uchraydigan “Oqsuv” va “Qorasuv” nomlari shunchaki rangni bildirmaydi. Akademik S. Qorayev tadqiqotlariga ko‘ra, “Oqsuv” odatda muzliklardan erib tushadigan, tarkibida mineral zarralar bo‘lgan loyqaroq daryolarni, “Qorasuv” esa yer ostidan sizib chiqadigan, tiniq va tubi ko‘rinib turadigan, lekin chuqurligi tufayli qora bo‘lib tuyuladigan daryolarni anglatadi [3. 78-82]. Bu yerda geografik muhit va insonning vizual idroki uyg‘unlashib, aniq ilmiy asosga ega bo‘lgan nomni yuzaga keltirgan. Shu bilan birgalikda suvga xos ta’m bilan bog‘liq bo‘lgan “Sho‘rsuv”, “Achchiqsuv”, “Chuchuksuv” kabi gidronimlar hududning gidrokimyoviy holatidan dalolat beradi. Bu kabi gidronomik nomlar qadimda chorvador va dehqonlar uchun hayotiy muhim navigatsiya vazifasini o‘tagan. Geografik relief (hududning tuzulishi) ham gidronimlar tez-tez ko‘zga tashlanadi. Masalan, “Tog‘suv”, “Darasuv”, “Jarariq” kabi nomlar suv ob’ektining qanday geomorfologik sharoitda oqishini belgilab beradi. Daryo o‘zanining shakliga ko‘ra qo‘yilgan “Egriariq”, “Qayirma” yoki “To‘g‘ay” kabi nomlar esa hududning landshaft tuzilishini bugungi kunga qadar saqlab qolgan. “ACADEMIC SPECTRIUM” ilmiy-metodik jurnal www.fanistiqbollari.uz 35 2-Son 2026-yil E’tiborli jihati shundaki, gidronimlar faqatgina geografik ob’ektlar emas, balki "tarixiy arxiv" hamdir. Tarixiy omillar gidronimik birliklar tarkibida xalqlarning migratsiyasi, siyosiy hukmronligi va etnik tarkibi orqali namoyon bo‘ladi. Markaziy Osiyo gidronimiyasini qatlamlarga ajratganda, eng qadimgi qatlam — hind-eron tillariga mansub terminlarni ko‘ramiz. Masalan, “Amudaryo” va “Sirdaryo” nomlaridagi "daryo" so‘zi forscha bo‘lib, ungacha bo‘lgan qadimiy davrlarda bu daryolar “Vaxsh” va “Yaksart” deb atalgan. “Vaxsh” so‘zi qadimgi baqtriya tilida “o‘suvchi”, “shovqinli” ma’nolarini berib, daryoning shiddatli oqimi bilan bog‘liq tarixiy-etimologik asosga ega [4. 112]. Tarixiy gidronimlar o‘zining nominatsiya (nom berish) motivlari, tamoyillari va gidronimik ma’nosiga ko‘ra, o‘zbek xalqining shakllanish jarayoni, etnik tarkibi, takomili hamda ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Ayniqsa, etnogidronimlar muayyan hududlarda yashagan etnoslarning yoyilish arealini aniqlab berishi bilan ahamiyatlidir. Masalan, Namangan viloyatidagi Qilchoqariq, Qalmoqariq, Andijondagi Uyshin arig‘i yoki Farg‘onadagi Urganji kabi nomlar o‘sha yerlarda istiqomat qilgan urug‘va qabilalarning tarixiy manzarasini ko‘rsatuvchi lisoniy dalillardir. Shu bilan birga, Vaysulqaran bulog‘i kabi nomlar xalqning madaniy va ma’naviy qarashlari gidronimlarda ham o‘z ifodasini topganini tasdiqlaydi. Tarixiy manbalarda Zarafshon daryosi va uning atrofidagi hududlar ko‘plab nomlar bilan tilga olingan. Masalan, Politimet, Nomiq, Rudi Mosaf, Haram Kom, Rudijarg‘, Somjan, Vodiy us-Sug‘d, Nahr ul-Buxoro, Daryoyi Ko‘hak kabi nomlar mavjud. Bu nomlar nafaqat geografik joylarni, balki hududning siyosiy, iqtisodiy va etnik xususiyatlarini ham yoritadi. Masalan, Rudi Mosaf va Rudijarg‘nomlari hududdagi sug‘orish va suv taqsimoti tizimlarining qadimiyligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Vodiy us-Sug‘d nomi sug‘d tilining hududiy izini, Nahr ul-Buxoro esa o‘sha davrdagi suv tizimining tarixiy belgisi sifatida qadrlanadi. Tarixiy manbalarni tahlil qilganda, har bir gidronim o‘z davri ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti bilan bog‘liq bo‘lib, hudud aholisi hayoti va qishloq xo‘jaligi faoliyati haqida ma’lumot beradi. Shu sababli, tarixiy nomlarning o‘rganilishi Zarafshonning madaniy va iqtisodiy rivojlanishini aniqlashda muhim ilmiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa. Gidronimlar geografik va tarixiy omillarning aks etishida muhim o‘rin tutadi. Ular nafaqat suv ob’ektlarini nomlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi, balki hududning tarixiy rivojlanishi, etnik tarkibi va madaniy merosi haqida qimmatli ma’lumotlarni saqlab qoladi. Tarixiy manbalardagi nomlar orqali o‘tmishdagi xalqlarning migratsiyasi, siyosiy hukmronliklari, qishloq xo‘jaligi va madaniy faoliyatlari haqida dalillar olish mumkin. Gidronimlarning morfologik, leksik va semantik tarkibi tilshunoslik nuqtai nazaridan qadimiy manba sifatida e’tiborga loyiqdir. Ular hududning tabiiy-geografik xususiyatlarini va inson faoliyati bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni aks ettiradi. Shuningdek, etnogidronimlar hududning etnik tarkibi, xalqlar aro aloqalari va madaniy o‘zaro ta’sirini o‘rganishda mustahkam ilmiy asos yaratadi. Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo va boshqa yirik suv obyektlarining tarixiy nomlari nafaqat geografik belgi, balki hududning iqtisodiy, madaniy va tarixiy ahamiyatini ko‘rsatadigan “tarixiy arxiv” sifatida ham qimmatlidir. Shu bois, gidronimlarni o‘rganish nafaqat tilshunoslik, balki tarix, etnografiya va etnolingvistika sohalarida ham muhim ilmiy ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. Никонов В.А. Краткий топонимический словарь. — Москва: Мысль, 1966. — С. 4245. 2. Хусаинова Лайло Икрамовна. Атоқли отларнинг лексик-грамматик гуруҳлари: диссертация. — Урганч, 2017. — С. 55. 3. Қораев С. Ўзбекистон топонимияси. — Тошкент: Фан, 2005. — С. 78-82. 4. Мурзаев Е.М. Словарь народных географических терминов. — Москва: Мысль, 1984. — С. 112. 5. Jorayev M. “O‘zbek o‘rin nomlarining etimologik tahlili”. – Toshkent: Fan nashriyoti, 2015. 6. Matyakubov N. “Buxoro viloyati gidronimlarining leksik-semantik xususiyatlari”. – Buxoro: BuxDU nashriyoti, 2020