Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

QO‘RIQLASH XIZMATI XODIMLARI KASBIY KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

1-Son (2026-yil, Yanvar)
93 103
9 Ko'rishlar
Nashr etildi: Yan 20, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Ushbu maqolada qo‘riqlash xizmati xodimlari ijtimoiy-psixologik va kommunikativ kompetentligi omillarining namoyon etilishi va rivojlanishini tadqiq etish hamda uning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik omillarini takomillashtirish haqida fikr yuritilib, xodim ijtimoiy-psixologik kompetentligi va kommunikativ kompetentligini rivojlantiruvchi ijtimoiypsixologik omillar, komponentlarini aniqlash mexanizmlari ochib berilgan.
Kalit so'z (UZ): kompetentlik, xodim ijtimoiy-psixologik kompetentligi, kasbiy kompetentlik, kompetentlik, kasbiy faoliyat, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar, kasbiy psixologik xususiyatlar

Аннотация (RUS):

В дaннoй cтaтьe paccмaтpивaютcя иccлeдoвaния пpoявлeния и paзвития фakтopoв coциaльнo-пcиxoлoгичeckoй и koммyниkaтивнoй koмпeтeнтнocти coтpyдниkoв opгaнoв бeзoпacнocти и coвepшeнcтвoвaния ee cпeцифичeckиx coциaльнo-пcиxoлoгичeckиx фakтopoв, packpывaютcя мexaнизмы oпpeдeлeния koмпoнeнтoв.
Ключевые слова (RUS): koмпeтeнтнocть, coциaльнo-пcиxoлoгичeckaя koмпeтeнтнocть paбoтниka, пpoфeccиoнaльнaя koмпeтeнтнocть, koмпeтeнция, пpoфeccиoнaльнaя дeятeльнocть, пpoфeccиoнaльныe знaния, yмeния и нaвыkи, пpoфeccиoнaльнoпcиxoлoгичeckиe xapakтepиcтиkи

Abstract (EN):

This article discusses the research of the manifestation and development of the factors of social-psychological and communicative competence of security service employees and the improvement of its specific social-psychological factors., the mechanisms for determining the components are revealed.
Keywords (EN): competence, social-psychological competence of an employee, professional competence, competence, professional activity, professional knowledge, skills and competencies, professional psychological characteristics

Maqola Mazmuni

Kirish. Respublikamizda so‘nggi yillarda huquq-tartibot organlari faoliyati samaradorligini oshirish, qo‘riqlash xizmati xodimlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda. «Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida qo‘riqlash xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish borasida muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu qonunda ko‘rsatib o‘tilgan bunday muhim vazifalarni bajarishda qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligini takomillashtirishga oid tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligini oshirish, ularning shaxsiy sifatlariga xos bo‘lgan xususiyatlarni ro‘yobga chiqarish, psixokorreksion va rivojlantiruvchi usullar orqali ularning kasbiy faoliyat samaradorligiga bevosita taʼsir etuvchi kasbiy, kommunikativ va ijtimoiypsixologik kompetentlik omillarini shakllantirish dolzarb muammo sifatida belgilangan. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Kompetentlik va kompetensiya kategoriyalarining tuzilmasini o‘rganish jarayonida bir nechta yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ko‘pgina mualliflar faoliyatli yondashuvni istiqbolli deb baholaydilar, shuningdek ular kompetentlikni kasbiy faoliyatda namoyon bo‘ladi va shu bilan bir qatorda uning asosi ham, deb hisoblaydilar. Bunday holatda kompetentlik jarayonning aniq doirasida samarali harakatni yuzaga keltirish uchun zarur bo‘lgan ichki resurslar tizimi sifatida tushuniladi. Kompetentlik tuzilmasi quyidagi komponentlarga ajratiladi: yo‘naltiruvchi va ijrochi, mazmunli (bilim) va jarayonli (ko‘nikma), kognitiv va operatsional. Ma’lumki, kompetensiya – bilim, ko‘nikma, malaka, qarashlar, individning qadriyati va shaxsiy sifatlari, kvalifikatsiyaning namoyon bo‘lishi yoki ta’sir ko‘rsatish qobiliyati bo‘lib, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ko‘pgina ilmiy adabiyotlarida, psixologik manbalarda aks eta boshlagan. Namoyon Bo‘lishi Kompetent Bilim Munosabat Amalga oshirish xislati lik turi Adolatli va halol, yuksak ma’naviyaxloqiy xususiyatlarni Faoliyat jarayonini zamonaviy psixologik Davlat standartlari, zamonaviy ehtiyojlar darajasida usullar asosida muvaffaqiyatli amalga Kasbiy kompetensiya fuqarolar bilan har o‘z sohaning mazmun-mohiyatini tushunish va anglash tomonlama, hamkorlik orqali muomalada ro‘yobga oshirish orqali kutiladigan natijaga to‘liq erishish chiqara olish Atrofdagilarni individual qobiliyatlarini, o‘z vaqtida ilg‘ash, his- Fuqarolarni va hamkasblarini to‘g‘ri tushunish, ular haqida noto‘g‘ri salbiy fikrga Fuqarolar, hamkasblar, jamoatchilik va rahbariyat bilan Ijtimoiy kompetensiya tuyg‘u, emotsional muvaffaqiyatli hamkorlik qilish holatlarini tushunish, anglash bormaslik O‘zining kuchli tomonlarini qadrlash va kamchiliklarini tan O‘zining intellektual, kognitiv O‘zining nimaga qodirligini tan olgan olish, butun bor kuchini xatolarni tuzatishga o‘zini har kuchli tomonlarini holda o‘zining individual-psixologik, Shaxsiy, individual kompetensiyasi va kamchiliklarini ilg‘ash, ularni uzluksiz o‘rganish orqali bartaraf qilib tomonlama serqirra rivoji uchun ichki va intellektual, kognitiv salohiyatini yanada rivojlantirshni davom tashqi omillar, imkoniyatlardan samarali foydalana borish ettirish olish Dastlab, kompetensiyalar uch asosiy guruhga ajratiladi: shaxsiyatga doir, kasbiga va faoliyatiga oid. Faoliyat jarayonida xodimning asosiy vazifasi - kasbiga oid (tayanch) kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishga yordam berishdan iborat. Qo‘riqlash xizmati xodimlarini quyidagi kompetensiyalar, faoliyat jarayonida shakllantirilishi lozim bo‘lgan asosiy tayanch kompetensiyalar sifatida belgilab berilgan: - Kommunikativ; - Shaxs sifatida o‘zini-o‘zi rivojlantirish; - Ijtimoiy faol fuqarolik; - Umummadaniy; - O‘z sohasi yangiliklaridan xabardor bo‘lish. Faoliyat jarayonida qo‘riqlash xizmati xodimlarida shakllantirilishi lozim bo‘lgan bu tayanch kompetensiyalarni ularni emotsional intellekt omillarini shakllantirish bilan proportsional ravishda olib borilishi va takomillashtirilishi maqsadga muvofiq. Qo‘riqlash xizmati xodimlarida shakllantirilishi va takomillashtirilishi lozim, deb ko‘rsatilgan tayanch kompetensiyalar quyidagilardan iborat: 1. Kommunikativ kompetensiya: – o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda qisqa, lo‘nda, tushunarli hamda ta’sirchan bayon qilish, so‘zlarni talaffuz qilishda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish, nutqda shevaga xos so‘zlarni ishlatmaslik, adabiy til me’yorlariga amal qilish, o‘z fikrini imlo va husnixat qoidalariga rioya etgan holda xatolarsiz bayon qilish; – turli davralarda, katta-kichik yoshdagi notanish insonlar bilan muloqotga kirisha olish, muloqotda o‘zidan kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish; – vaziyat taqozosiga ko‘ra hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh a’zolari fikrini tinglay bilish, hurmat qilish, e’tirozli fikrlarga to‘g‘ri munosabat bildirish, ular fikrini shakllantirishda o‘z ulushini qo‘shish. 2. Shaxs sifatida o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: – shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, ma’naviy, psixologik va intellektual kamolotga intilishni doimiy hayotiy-ma’naviy ehtiyojiga aylantirish; – milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash va ularga amal qilish; – hayoti davomida turli yo‘nalishdagi kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish, xulosa chiqarish, ibrat olish, tegishli holatlarda ulardan o‘z fikrining isboti va dalili sifatida amliyotda foydalana olish; – o‘z hatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish [6,7,8]. Ijtimoiy-psixologik kompetentlik muammosining umumiy jihatlari G.M.Andreyeva, Ye.A.Abulxanova-Slavskaya, V.P.Bederxanova, A.A.Bodalev, M.Kyarest, V.A.Labunskaya, A.N.Leontev, A.K.Markova, D.Mayers, Ye.S.Mixaylova, A.V.Petrovskiy, S.L.Rubinshteyn, A.V.Xutorskiy, A.J.Yujaninova kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan. A.K.Markova ijtimoiy kompetentlikni mazmun jihatdan tahlil qilib, uning jarayonli va natijali tomonlarini ajratib ko‘rsatgan. Muallif kompetentlik tuzilmasini jarayon (pedagogik faoliyat, pedagogik muloqot, o‘qituvchi shaxsi) va pedagogik faoliyat natijalari, ya’ni ta’lim oluvchining ta’lim olganlik va tarbiyalanganlik nuqtai nazaridan tizimlashtirilgan. A.V.Xutorskiyning o‘tkazgan ilmiy izlanishlarida, kompetentlik – o‘ziga xos individualpsixologik xususiyat sifatida namoyon bo‘lishi, kompetensiya esa insonning aniq bir muhitda samarali va sifatli faoliyati uchun zarur bo‘lgan tayyorgarlikka qo‘yilgan va oldindan belgilangan ijtimoiy talablardan iboratligini ta’kidlaydi. Psixologik kompetentlik tuzilmasida J.G.Garanina quyidagi ikkita darajaning mohiyatini bilim, ko‘nikma, malaka va fikrlash asosida talqin qiladi: 1) kategoriyalar, hissiy-emotsional obrazlar, ijtimoiy etalonlar, stereotiplar va boshqalar, hamda fikrlash tizimlari (ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha refleksiv aqliy faoliyat); 2) amaliy, ijrochilik, ya’ni insonlar bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazish malaka va ko‘nikmalar tizimi. Yuqoridagi ikkala yo‘nalish kompetentlikning refleksiv va progressiv xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi. Bizning fikrimizcha, agar shu ikki daraja bo‘lmaganida edi kompetentlik tushunchasining mohiyati u qadar to‘laqonli hisoblanmasdi. I.A.Zimnaya kompetentlikni yo‘naltirilganlik, maqsadni qo‘ya bilish, xulqning hissiyirodaviy boshqarilishi, qadriyatli-mazmunli munosabatlarni o‘z ichiga olgan shaxs xususiyatlari sifatida qaraydi. Uning fikricha, kompetentlik tuzilishi quyidagi komponentlar tizimidan iborat: a) shaxsning ichki psixik, tashqi xulqiy harakatida ushbu xususiyatlarni namoyon qilishga tayyorlik; b) muvaffaqiyatga erishish uchun vazifalarni bajarishning vositasi, metodlari va dasturlarini anglash, ijtimoiy va kasbiy masalalarni yecha olish, tartib-intizom talablari va o‘ziga xos bo‘lgan me’yorlariga rioya qilish. Bu kompetensiyaning asosiy mazmun-mohiyatini quyidagicha mazmunda ochib beradi; c) bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish tajribasi, ya’ni ko‘nikma va malaka; d) hissiy-irodaviy regulyatsiya, kompetentlikni namoyon qila olish qobiliyati, uning ijtimoiy va kasbiy o‘zaro ta’sir holatlariga bog‘liq holda namoyon bo‘lishini muvofiqlashtirish sifatida. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kompetensiya tarkibida ijtimoiy-psixologik va kasbiy kompetentlikning namoyon bo‘lish holatlarida o‘zini-o‘zi nazorat qilish, shaxsiy va kasbiy imkoniyatini namoyon qilish qobiliyatini aks ettiruvchi o‘ziga xos belgilarni ajratish zarur. Sud psixologik ekpertizasi jarayonida o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarni samarali qo‘llash sud psixolog xodimidan o‘zini-o‘zi idora qilish va o‘zini-o‘zi boshqarishning psixologik mexanizmlarining shakllanishini talab qiladi [6,7,8]. Pedagog A.A.Dunyushin shaxsning ijtimoiy-psixologik kompetentligi kasbiy faoliyatda insonlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llay olish qobiliyati ekanligini ta’kidlaydi. Ko‘rinib turibdiki, fikr muallifi quyidagi bir necha mulohazalar orqali aniqlashtirilgan: a) kompetentlik aniq bir faoliyat sub’ekti tavsifi sifatida baholanishi mumkin; b) kompetentlikning mazmuni kasbiy faoliyat maqsadi, tuzilishi va maxsus talablariga bog‘liq; c) kompetentlik hissiy-irodaviy sifatlar, shaxsning muloqotmandligi, intellektual salohiyati, shaxsning yo‘naltirilganligi kompetentlikka asos bo‘lib xizmat qiladi. Demak, yuqoridagi tahlillarga tayangan holda, sud psixolog xodimlarining kommunikativ kompetentligiga aloqador bo‘lgan jihatlarni rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri ekanligi, sud psixolog xodimlari kasbiy faoliyatining turli tomonlarini tadqiq etishni hozirgi zamon talabi sifatida tushunish lozim. N.S.Aulova olib borilgan nazariy tahlillarga asoslanib shuni aytish mumkinki, mutaxassislarni faoliyatga tayyorlashda ijtimoiy kompetentlikning quyidagi mezonlarini asos qilish kerakligini ko‘rsatadi: – shaxs refleksiv faolligi darajasi – hamkasblarga munosabat, shaxsiy ahamiyatli kasbiy sifatlarda ifodalangan ideal mutaxassis obrazini tanlash, o‘z kasbiga mosligini baholash, refleksiv (o‘z tushunchasi va hatti-harakatlarni anglash) harakatlarning shakllanganligi; – asosiy texnologik tayyorgarlik sifatida mazmunli-jarayonli, operatsional komponentning shakllanganlik darajasini, kasbiy faoliyatning vositalari, metodlari va yo‘llarini egallash; – bilish faollik darajasining o‘zlashtirilgan kasbiy bilimlar tizimi, kasbiy masalalarni hal etish usullarini qo‘llash ko‘nikmasi; – kasbning yuqori ijtimoiy belgilanganligida ishonchning shakllanganligi darajasi; – samarali kasbiy faoliyat ko‘nikmalarini o‘zlashtirish zaruriyatining ahamiyatini anglash; – ularni o‘z kasbiy faoliyatida amalga oshirish yo‘llarini topishga intilish; – anglashning faollik darajasi. Bizningcha, muallifning mazkur ta’rifida o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik omillar tizimiga alohida e’tibor qaratadi. Bugungi kunda jahonda ijtimoiy-psixologik kompetentlikning quyidagi asosiy jihatlariga alohida ahamiyat beriladi: a) ijtimoiy – o‘ziga mas’uliyatni his etish, hamkorlikda qarorlar qabul qilish va unda faol ishtirok etish qobiliyati, turli etnik madaniyat va dinlarga tolerantlik, shaxsiy qiziqishning jamiyat talablari bilan mosligi; b) kommunikativ – turli tillardagi yozma va og‘zaki tarzda muloqot qila olish qobiliyatiga egalik; c) ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilayotgan ijtimoiy axborotga tanqidiy munosabat; d) kognitiv – doimiy ravishda ta’lim olish darajasini oshirishga intilish, o‘zining imkoniyatini faollashtirish va amalga oshirishga bo‘lgan ehtiyoj, ya’ni bilim va ko‘nikmalarni mustaqil egallash, o‘zini-o‘zi rivojlantirish qobiliyati; e) madaniyatlararo kompetensiyalar; f) mustaqil bilish faoliyati sohasidagi kompetentlik; j) maxsus – kasbiy amallarni mustaqil bajarishga tayyorgarlik, o‘z mehnati natijalarini baholash. Yuqorida qayd etilgan ishlarda kompetentlik mezonlari umumilmiy, ijtimoiy, siyosiyhuquqiy va umumkasbiy bilimlar asosida talqin etilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash kerakki, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni ijtimoiy-psixologik kompetentlik omili sifatida talqin qilish an’anasi ham mavjud. Shunday qilib, malaka ham kompetentlik kabi asosiy va kasbiy bo‘lishi, shu bilan birga, kasbiy malakalarni ko‘pincha oddiy malakalar deb nomlash ham mumkin. Ilmiy adabiyotlarda asosiy malakalar sifatida quyidagilar kiritiladi: – shaxsning kasbiy tayyorgarligi darajasidan tashqaridagi uning ekstrofunksional bilimi, ko‘nikmalari, individual xususiyalari; – aniq kasblar guruhlari sohasidagi ishni bajarish uchun zarur bo‘ladigan shaxsning umumkasbiy bilimlari, ko‘nikmalari va malakalari, shuningdek, qobiliyatlari va sifatlari; – turli jamoalarga moslashish va ularda samarali faoliyat uchun zarur madaniyatlararo va sohalararo bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar va qobiliyatlar [1,3,9,10]. Biz kasbiy kompetentlikka doir izlanishlarga tayanib, qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligining ijtimoiy-psixologik omillarini belgilovchi mezonlar majmuasini quyidagilarga ajratdik: 1. Kognitiv (bilish); 1.1. Kasbiy faoliyat jarayonida fuqarolarni tushunishning maxsus qoidalarini bilish; 1.2. Ijtimoiy xotira − insonlarning qiyofasi, ismini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan xotira; 1.3. Ijtimoiy intuitsiya – fuqarolarning kayfiyatini, tuyg‘ularini, hatti-harakatlarini tushunish motivi, ijtimoiy mazmundagi xulq-atvorni mos tarzda kuzatuvchanlik qobiliyati; 1.4. Ijtimoiy voqelikni prognostik baholay olish − shaxsiy hatti-harakatlari rejasini shakllantirish, o‘zining faoliyatini jipslashtirishi, shaxsiy faoliyatini boshqalar ko‘zi bilan ko‘ra olishi va foydalanilmagan muqobil imkoniyatlar orqali baholash. 2. Emotsional (emotiv); 2.1. Ijtimoiy ifodalilik − ijtimoiy ifodalilik, ijtimoiy sezgirlik, ijtimoiy nazorat; 2.2. Birgalikda qayg‘urish − fuqarolarning holatiga kira olish, o‘zini boshqalar o‘rniga qo‘ya olishi qobiliyati. 2.3. O‘zini-o‘zi tartibga solish qobiliyati – o‘zining emotsiyasi va kayfiyatlarini tartibga solish uquvi. 3. Xulqiy (konativ); 3.1. Ijtimoiy idrok qilish insonlarni tinglash malakasi; 3.2. Ijtimoiy o‘zaro ta’sirlashuv – hamkorlikda ishlashga shaylik va qobiliyatlilik, o‘zaro jamoaviy ta’sirlashuvga qobiliyatlilik; 3.3. Ijtimoiy moslashuvchanlik – tushuntira olish va boshqalarni ishontira olish uquvi, o‘zga kishilar bilan chiqishib ketish qobiliyati, atrofdagilar bilan munosabatlarda samimiylikning namoyon etilishi. Demak, qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligining to‘liq tuzilmasi motivatsionyo‘naltiruvchi bo‘g‘in, rivojlantiruvchi, tuzatuvchi korreksion va kasbiy maslahat xarakteriga ega bo‘lganligi bilan xarakterlanadi. Shu nuqtai nazardan qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligini o‘rganish jarayonida har bir qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligi va uning o‘ziga xos imkoniyatlarini o‘rganish va tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagilarga asoslanib, tadqiqotimizda qo‘riqlash xizmati xodimlarining kasbiy kompetentligi, uning kommunikativ, ijtimoiy-psixologik kompetentligi va emotsional intellektiga ham bog‘liq degan mulohazani ilgari surgan holda ular o‘rtasidagi uyg‘unlikni o‘rganishni maqsad qilib oldik. Qo‘riqlash xizmati xodimlarining kasbiy fazilatlari, ularning ijobiy xulq-atvori, ishchanligi, ruhiy asab tizimining barqarorligi, faoliyat davomiyligining uzviyligi, yosh xodimlarning xizmatga amaliy moslashishi, kasbiy shakllanish jarayonini tezlashtirish, hamda ularda xizmat vazifasi bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni mustaqil bajarish qobiliyatini rivojlantirish, ular o‘rtasida barqaror professional muhitning shakllanganligi, xodimlarning uzoq muddatli xizmatini rag‘batlantirish, shuningdek, kadrlarning professional va shaxsiy fazilatlari hamda qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu esa qo‘riqlash xizmati xodimlarida ijtimoiy-psixologik tadqiqot ishlarini amalga oshirish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqotimizda belgilangan vazifadan kelib chiqib, qo‘riqlash xizmati xodimlarining kasbiy kompetentligini ta’minlovchi muhim bo‘lgan omillarni aniqlash va qo‘lga kiritlgan dastlabki natijalar asosida keyingi chora-tadbirlarni, yani psixokorreksion va rivojlantiruvchi tadbirlarni amalda qo‘llash maqsadida V.A.Melnikov, L.Ya.Yampolskiylarning «Psixodiagnostik test» metodikasidan foydalanildi. Natijalar. Qo‘riqlash xizmati xodimi kasbiy kompetentligining ijtimoiy-psixologik, kommunikativ kompetentlik va emotsional intellekt omillarini rivojlantirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlarini qo‘llash bilan bir qatorda ularning yakuniy natijalarini ikki xil tartibda baholashga erishildi. Birinchisi, trening ishtirokchilarining mashg‘ulotlar asosida kasbiy kompetentlik va uning omillarini aniqlashga qaratilgan mashg‘ulotlarida shakllantirgan sifat va xususiyatlari darajasini aniqlash hamda ikkinchidan, tadqiqotimizning asosiy maqsadidan kelib chiqib, qo‘riqlash xizmati xodimi kasbiy kompetentligini aniqlash usullarini tatbiq etishdan olingan natijalarga e’tibor qaratildi. Kasbiy kompetentlikni rivojlantirish dasturi oqibatida qo‘riqlash xizmati xodimlari o‘zlarining faoliyat jarayonidagi shaxsiy va kasbiy o‘sishidagi kamchiliklarni bartaraf etishga erishdilar, deyish mumkin. Buni psixotrening dasturini qo‘llashdan keyingi bosqichdan olingan natijalar ham tasdiqladi. Qo‘riqlash xizmati xodimlarining trening dasturidan keyingi kasbiy kompetentligining ijtimoiy-psixologik holatini baholash uchun, kasbiy kompetenlilik ko‘rsatkichlarining qiyosiy holati o‘rganib chiqildi. Kasbiy kompetentlikni baholovchi so‘rovnomaning psixotrening dasturigacha va undan keyingi holatga ko‘ra ko‘rsatkichlar o‘rtacha miqdoriy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qiyosiy tahlil qilindi. Aniqlovichi tajriba davomida, kasbiy kompetentlik ko‘rsatkichlari yuqori, o‘rta va quyi darajalari bo‘yicha tahlil qilingan edi. Qo‘riqlash xizmati xodimi kasbiy kompetentligi bilan kommunikativ hamda ijtimoiypsixologik kompetentligi va ularning emotsional intellekti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan psixotrening dasturi jamoa a’zolari o‘rtasida tashkil etildi. Bu bu o‘z navbatida qo‘riqlash xizmati xodimi kasbiy kompetentligini ta’minlashning muhim jihatlarini o‘zida mujassamlashtirganligiga urg‘u berildi. Psixotrening dasturi qo‘riqlash xizmati xodimlarining faqatgina individual o‘sishi emas, balki jamoaviy va guruhiy jipsligini ta’minlashga, o‘zaro hurmat va tushunish, nizoga sabab bo‘luvchi holatlarni oldini olishga ham xizmat qila oldi, deyish mumkin. Buning qo‘riqlash xizmati xodimlarining psixotrening dasturni qo‘llashdan keyingi ko‘rsatkichlari ham tasdiqlaydi. Psixotrening dasturidan keyingi natijalar qo‘riqlash xizmati xodimlarining kasbiy kompetentligini ifodalovchi komponentlarda rivojlanishga erishilganligini ko‘rsatdi. Qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligi namoyon etilishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlashda V.A.Melnikov, L.Ya.Yampolskiylarning «Psixodiagnostik test» metodikasi asosida nazorat tajribada metodikaning 10 ta asosiy omillari bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ko‘pgina omillardagi ko‘rsatkichlarda yuqori ijobiy o‘sish kuzatilganligini guvohi bo‘lamiz (1-jadval). 1-jadval Qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligi namoyon etilishining ijtimoiypsixologik xususiyatlari ko‘rsatkichlari (V.A.Melnikov, L.Ya.Yampolskiylarning «Psixodiagnostik test» metodikasi bo‘yicha) uch yillik ish stajga ega bo‘lgan uch yildan ortiq ish stajga ega bo‘lgan xodimlar n1=130 Aniqlovchi xodimlar n1=130 t\r Omillar Ko‘rsat Nazorat tajriba Farq Aniqlovch Nazorat tajriba Farq kichlar tajriba i tajriba M1 S M2 S p M1 S M2 S p quyi 1,27 1,90 1,89 1,02 0,04 1,41 1,36 1,91 1,73 0,00 o‘rta 4,34 3,87 5,53 3,05 0,03 5,17 2,04 5,89 2,28 0,01 yuqori 8,41 3,57 9,63 2,24 0,01 7,15 2,18 9,41 2,31 0,05 1 Nevrotizm quyi 1,74 1,38 1,93 1,22 0,02 1,32 1,45 1,96 1,04 0,04 o‘rta 4,19 2,60 5,77 2,10 0,03 5,31 1,81 5,86 1,12 0,00 yuqori 7,09 2,93 6,08 1,31 0,01 7,52 2,23 6,06 2,10 0,01 2 Psixotizm quyi 1,25 3,56 1,76 3,11 0,01 1,43 1,29 1,84 1,49 0,08 o‘rta 5,41 1,86 5,81 1,12 0,07 5,47 2,14 5,85 2,35 0,06 yuqori 8,32 3,10 6,12 2,13 0,05 7,65 1,16 6,5 1,28 0,08 3 Depressiya quyi 1,15 1,31 1,86 1,45 0,01 1,35 1,03 1,85 1,25 0,01 o‘rta 4,83 2,96 5,89 2,04 0,09 5,84 2,64 5,92 2,04 0,08 yuqori 9,42 3,29 9,91 2,19 0,04 8,84 1,62 9,87 1,03 0,05 4 Vijdonlilik quyi 1,34 1,14 1,84 1,44 0,01 1,37 1,23 1,88 1,47 0,01 o‘rta 4,18 2,34 5,78 2,12 0,03 5,15 1,96 5,83 1,12 0,05 yuqori 8,50 3,21 6,02 3,74 0,05 7,72 3,08 6,07 3,24 0,08 5 Turg‘unlash ganlik quyi 1,08 1,00 1,01 1,42 0,00 1,40 1,86 1,03 1,21 0,04 o‘rta 4,82 3,28 5,89 3,74 0,01 5,12 2,05 5,92 2,35 0,08 yuqori 9,12 3,11 9,78 3,45 0,05 7,73 1,09 9,71 1,24 0,01 6 Umumiy faollik quyi 1,87 2,90 1,41 1,02 0,04 1,34 1,23 1,21 1,75 0,02 o‘rta 4,51 3,49 4,51 3,21 0,00 5,07 2,03 5,59 2,41 0,03 yuqori 8,48 2,92 6,23 2,21 0,01 8,37 1,08 6,21 1,24 0,01 7 Tobelik quyi 1,37 3,65 1,02 2,75 0,08 1,41 2,09 1,08 2,42 0,01 o‘rta 4,73 3,90 5,88 3,12 0,06 5,02 2,23 5,49 2,12 0,07 yuqori 8,79 3,94 9,71 3,32 0,08 8,35 1,78 9,56 1,02 0,05 8 Muomalaga kirishimlilik quyi 1,80 4,03 1,02 2,67 0,01 1,52 1,06 1,52 1,24 0,01 o‘rta 5,01 3,45 5,75 3,45 0,08 5,24 3,02 5,86 3,02 0,09 yuqori 8,59 3,62 7,01 3,62 0,05 8,24 1,88 6,39 1,88 0,04 Estetik taassurotcha nlik quyi 1,27 3,58 1,10 3,58 0,01 1,43 2,12 1,03 2,12 0,01 o‘rta 4,63 3,11 5,86 3,11 0,05 5,11 2,53 5,92 2,53 0,03 yuqori 8,22 3,89 6,08 3,89 0,08 7,91 1,53 6,09 1,53 0,05 Izoh: quyi (1-2 ball), o‘rta (3-6 ball), yuqori (7-10 ball). M – O‘rtacha arifmetik qiymat. S – Standart og‘ish 10 Nazokatlilik 2-jadval Qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligi bilan ijtimoiy-psixologik kompetenliligi umumiy ko‘rsatkichlari orasidagi korrelyatsion bog‘lanish natijalari (n=260) Kasbiy kompetentlik ( «Psixodiagnostik test» metodikasi bo‘yicha) Turg‘ unlashg taassurotchanl kirishimlilik Nazokatlilik Muomalaga Depressiya Vijdonlilik Nevrotizm Psixotizm Umumiy Tobelik Estetik faollik Omillar anlik k Insonlarni tushunish 0,219 0,106 -0,281 0,462 0,597* 0,311 0,232 0,679* 0,585* 0,571* Vaziyatlarni tushunish 0,239 -0,416 0,143 0,431 0,431 0,159 0,116 0,573* 0,2091 0,209 Ijtimoiy-psixologik kompetentlik (Kunitsina metodikasi bo‘ yicha) Uddaburonlik 0,190 -0,037 0,136 0,259 0,407 0,690* -0,043 0,23 0,203 0,102 Axloqiy ustanovkalar 0,387 0,102 -0,318 0,571* 0,320 0,187 0,362 0,418 0,336 0,420 Muvaffaqiyatg a erishganlik motivatsiyasi 0,401 -0,013 0,019 0,400 0,239 0,569* -0,218 0,209 0,119 0,112 Emotsional barqarorlik 0,523* -0,233 0,078 0,526* 0,469 0,207 -0,108 0,189 -0,108 0,356 Imidj 0,368 0,230 0,104 0,266 0,482 0,168 0,223 0,201 0,102 0,706** Sotsial psixologik kompetentlik 0,211 0,201 -0,155 0,434 0,466 0,401 0,186 0,701** 0,301 0,466 Verbal kompetentlik 0,402 0,125 -0,154 0,398 0,487 0,201 0,109 0,609* 0,203 0,387 Operativ ijtimoiypsixologik kompetentlik 0,561* 0,231 0,060 0,160 -0,102 0,642* 0,407 0,203 0,408 0,197 Ego kompetentlik 0,173 0,603* 0,412 0,435 0,228 0,204 -0,109 0,312 0,404 0,509* Kommunikati v kompetentlik 0,492 0,152 0,149 0,247 0,395 0,298 0,105 0,708** 0,208 0,395 Ishonchlilik 0,468 0,116 0,159 0,746* * 0,512* 0,132 0,103 0,459 0,102 0,312 Barqaror insoniy munosabatlar 0,573* 0,103 -0,109 0,585* 0,432 0,473 0,109 0,608* -0,109 0,496 Shaxslilik kommunikativ 0,478 0,236 -0,189 0,241 0,208 0,089 0,122 0,587* 0,204 0,301 imkoniyati * p≤ 0,05, ** p≤ 0,01 Olib borilgan trening mashg‘uloti natijasida aniqlovchi tajribada qo‘lga kiritilgan natijalarning ijobiy tomonga o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Nazorat tajribasidan olingan ma’lumotardan ko‘rinib turibdiki, qo‘riqlash xizmati xodimlarining kasbiy kompetentligi bilan ijtimoiy-psixologik kompetenliligi ko‘rsatkichlarining ijobiy shakllanayotganligini belgilovchi bir qancha statistik ahamiyatga ega bo‘lgan alomatlar o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘liqlikda o‘z aksini topgan. Qo‘riqlash xizmati xodimlaridagi bunday ijtimoiy-psixologik imkoniyatning mavjudligi kasbiy faoliyatni to‘g‘ri tashkil qiluvchi omillardan biri sifatida xizmat qiladi. Natijada qo‘riqlash xizmati xodimlari faoliyat jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli nizoli holatlar va o‘zaro ziddiyatlarni bartaraf etish qobiliyatiga ega bo‘lishi hamda samarali faoliyat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Qo‘riqlash xizmati xodimlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligi bilan kasbiy kompetentligi namoyon etilishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘zaro bog‘lovchi jihatlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularda insonlarni tushunish bilan turg‘unlashganlik (r=0,597, p≤0,05), muomalaga kirishimlilik (r=0,679, p≤0,01), estetik taassurotchanlik (r=0,585, p≤0,05), nazokatlilik (r=0,571, p≤0,01) omillari, vaziyatlarni tushunish bilan muomalaga kirishimlilik (r=0,573, p≤0,05) omili, uddaburonlik bilan umumiy faollik (r=0,690, p≤0,05) omili, axloqiy ustanovkalar bilan vijdonlilik (r=0,571, p≤0,05), omili, muvaffaqiyatga erishganlik motivatsiyasi bilan umumiy faollik (r=0,569, p≤0,05) omili, emotsional barqarorlik bilan nevrotizm (r=0,569, p≤0,05), Vijdonlilik (r=0,526, p≤0,05) omili, imidj bilan nazokatlilik (r=0,706, p≤0,01) omili, sotsial psixologik kompetentlik bilan muomalaga kirishimlilik (r=0,701, p≤0,01) omili, verbal kompetentlik bilan muomalaga kirishimlilik (r=0,609, p≤0,05) omili, operativ ijtimoiy-psixologik kompetentlik bilan nevrotizm (r=0,561, p≤0,05), umumiy faollik (r=0,642, p≤0,05) omillari, ego kompetentlik bilan nevrotizm (r=0,603, p≤0,05), nazokatlilik (r=0,509, p≤0,05) omillari, kommunikativ kompetentlik bilan muomalaga kirishimlilik (r=0,708, p≤0,01), omili, ishonchlilik bilan vijdonlilik (r=0,746, p≤0,01), turg‘unlashganlik (r=0,512, p≤0,05) omillari, barqaror insoniy munosabatlar bilan vijdonlilik (r=0,573, p≤0,01), vijdonlilik (r=0,585, p≤0,05), muomalaga kirishimlilik (r=0,608, p≤0,05) omillari, shaxslilik kommunikativ imkoniyati bilan muomalaga kirishimlilik (r=0,587, p≤0,05) omili bilan ijobiy korrelyatsiya berganligi qo‘riqlash xizmati xodimlarining kasbiy faoliat samaradorligiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini qayd qilish lozim (2-jadval). Xulosa. «Qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligi namoyon etilishi va rivojlanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari» mavzusidagi ish bo‘yicha olib borgan tadqiqotimiz natijasida quyidagi xulosalar taqdim etildi: 1. Qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligini nazariy-metodologik tahlili shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda qo‘riqlash xizmati xodimlarida kasbiy kompetentlik omillarini shakllanishini tadqiq qilish va baholash mezonlari yetarli darajada ishlab chiqilmagan. 2. Qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligi namoyon etilishi va rivojlanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq qilishning psixodiagnostik va psixokorreksion metodlarini to‘g‘ri tanlash kasbiy faoliyat samaradorligini muvaffaqiyatli kechishini ta’minlanishiga olib keladi. 3. Qo‘riqlash xizmati xodimlaridagi kasbiy kompetentlik ko‘rsatkichlarining namoyon etilishi va rivojlanishi muayyan darajada shaxs tiplari, faoliyat davomiyligi xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. 4. Qo‘riqlash xizmati xodimlarining kasbiy, ijtimoiy-psixologik va kommunikativ kompetentligi ko‘rsatkichlari o‘rtasida muayyan darajadagi korrelyatsion bog‘liqliklarning mavjudligi mazkur kompetentlik mezonlari haqida ilmiy tasavvurlarni shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 5. Qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligi ko‘rsatkichlarini V.A.Melnikov, L.Ya.Yampolskiylarning uslubi bo‘yicha 10 ta mezon (nevrotizm, psixotizm, depressiya, vijdonlilik, turg‘unlashganlik, umumiy faollik, tobelik, muomalaga kirishimlilik, estetik taassurotchanlik, nazokatlilik), Kunitsina uslubi bo‘yicha o‘n to‘rtta mezon (insonlarni tushunish, vaziyatlarni tushunish, uddaburonlik, axloqiy ustanovkalar, muvaffaqiyatga erishganlik motivatsiyasi, emotsional barqarorlik, imidj, sotsial kompetentlik, verbal kompetentlik, operativ kompetentlik, egokompetentlik, kommunikativ kompetentlik, ishonchlilik, barqaror insoniy munosabatlar), Xoll uslubi bo‘yicha beshta mezon (emotsional bilimdonlik, empatiya, o‘zga inson kechinmalarini sezish, o‘z-o‘zini rag‘batlantirish, o‘z emotsiyasini boshqarish), G.M.Manuylov V.V.Kozlov M.P.Fetiskin uslubi bo‘yicha 7 ta mezon (muloqotchan-muloqotga kirishishga qiynaladigan, mantiqiy fikrlaydigan-zaif fikrlaydigan, barqaror-berqaror, optimizm-pessimizm, ijodiy tafakkuri rivojlangan-realist, o‘zini nazorat qila oladigan-nazoratda qiyinchilikka uchraydigan) asosida baholash va tadqiq qilish mumkin. 6. Qo‘riqlash xizmati xodimlarining kasbiy savodxonligini shaxslilik sifatlariga bog‘liqligiga ko‘ra mustaqil, realistik fikrlashni kognitiv, ijodiy tafakkur omillarini integratsiyalash orqali ularda kasbiy hamda kommunikativ kompetenlikni uyg‘un holda rivojlantirish mumkin. 7. Qo‘riqlash xizmati xodimining kommunikativ kompetentlik, kasbiy faoliyatiga doir ijtimoiy-psixologik bilimlar diapazoni va ijtimoiy-psixologik kompetentlik ko‘rsatkichlarining muhimligiga ko‘ra psixodiagnostik metodlarni qo‘llashda hissiy-irodaviy, kognitiv va kommunikativ motivatsiya imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan psixotexnikalar kombinatsiyasini qo‘llash orqali kasbiy kompetentligini rivojlantirishga erishiladi. 8. Psixotrening dasturidan avvalgi va keyingi natijalarning statistik jihatdan qiyosiy tahlili insonlarni tushunish, axloqiy ustanovkalar, muvaffaqiyat motivatsiyasi, emotsional barqarorlik, imidj va kommunikativ kompetentlik omillari bo‘yicha muayyan darajadagi ijobiy natijalarga erishish mumkinligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari hamda ular asosida shakllantirilgan umumiy xulosalar quyidagi amaliy tavsiyalarni taklif etish imkonini beradi: 1. Tadqiqotimizda aniqlanganidek, qo‘riqlash xizmati xodimlari faoliyatida kasbiy kompetentlik omillarini rivojlantirish uzoq davom etadigan jarayondir. Ayni paytda, bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar va huquq-tartibot tizimidagi o‘zgarishlar davrida bo‘lg‘usi qo‘riqlash xizmati xodimlarini kasbiy kompetentligini oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichlaridayoq shakllantirish zarur. Ularni nafaqat maxsus bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, balki, professional kompetentlikning psixologik komponentlarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar bilan ham tanishtirib borish tavsiya etiladi. 2. Qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligini shakllantirish uchun qo‘riqlash xizmati xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari o‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish va ularning faoliyat davomiyligiga qarab kasbiy kompetentlik darajasini diagnostika qilib borish lozim. 3. Xodimlarni ahloqiy-ruhiy qo‘llab-quvvatlashda psixodiagnostik, psixoprorfilaktik va psixokorreksion ishlarni amalga oshirishda ularning hissiy-irodaviy, kognitiv va kommunikativ motivatsiya imkoniyatlarini inobatga olish lozim. 4. «Xodimbay» ishlash tizimi asosida aniqlangan oilaviy kelishmovshiliklar; oilasidagi muhit nosog‘lom va oilaviy janjalkashligi bo‘yisha xavf guruhiga kiritilgan har bir xodim hamda uning oila a’zolari bilan alohida «xodimbay» ishlash, «xodimbay» ishlash tizimi asosida har bir xodimning yashash sharoiti, shuningdek, turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazilib, ularning psixologik holati hamda oiladagi ruhiy muhit, shu bilan birga, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish asosida ularga psixologik xizmat ko‘rsatish lozim. 5. Qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligini empirik jihatdan o‘rganish jarayonida V.A.Melnikov, L.Ya.Yampolskiylarning «Psixodiagnostik test» metodikasi, V.N.Kunitsinaning ijtimoiy-psixologik kompetentlikni baholashga mo‘ljallangan «Koskom» metodikasi, G.M.Manuylov, V.V.Kozlov M.P.Fetiskinlarning «Kommunikativ ijtimoiy kompetentlik diagnostikasi» testi, N.Xollning «Emotsional intellektni aniqlash» testi va qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligini baholashga mo‘ljallangan ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma imkoniyatlaridan unumli foydalanish va shu asosda ularga psixologik xizmat ko‘rsatish uslubini takomillashtirish maqsadga muvofiq. 5. Biz tomonimizdan qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligining namoyon etilishi va rivojlanishi yuzasidan to‘plangan nazariy va empirik maʼlumotlar «Yuridik psixologiya», «Eksperimental psixologiya», «Testologiya», «Umumiy psixodiagnostika», «Huquq-tartibot organlariga psixologik xizmat» kabi fanlarda qo‘shimcha manba sifatida foydalanilishi maqsadga muvofiq. 6. Qo‘riqlash xizmati xodimlarining kasbiy kompetentligi, uning namoyon etilishi, omillari, mexanizmlari va shakllantirish usullari haqida seminar-treninglar, davra suhbatlarini muntazam ravishda tashkil etib borish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ushbu muammo yuzasidan qo‘llanmalar chop etish va amaliy tavsiyalar berib borish, qo‘riqlash xizmati xodimlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirib, faoliyat samaradorligini oshishiga xizmat qiladi.

Adabiyotlar

01

1. Analysis of foreign scientific research in the field of psychological safety of the professional environment: Using the example of the army and the police. (2025). Applied Psychology and Pedagogy, 10(2), 61–73. https://doi.org/10.12737/2500-0543-2025-10-2-61-73.

02

2. Anishchenko, V., Sharapova, Y., Leonenko, O., Sorokopud, V., & Kyriienko, A. (2024). Building professional competence of prison staff: Psychological, pedagogical, and legal aspects. International Journal of Statistics in Medical Research. https://doi.org/10.6000/19296029.2024.13.29.

03

3. Kirillova, T. V., & Pashukova, A. D. (2023). Professional competence of employees of the penal enforcement system working with convicted persons-former employees of courts and law enforcement agencies. Psychology and Law, 13(1), 64–76. https://doi.org/10.17759/psylaw.2023130105.

04

4. Lukianenko, V., & Trobiuk, V. (2025). Conceptual principles of development of a personnel training system for special purpose state bodies and military formations with law enforcement functions. State Security, 1(5). https://doi.org/10.33405/2786-8613/2025/1/5/336730.

05

5. Matyoqubova, S. (2025). Ichki ishlar xodimlari psixologik barqarorligini ta’minlash: kasbiy kompetentlik bilan bog‘liqlik. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 3(5), 154–157.

06

6. Maxmudova, Z. M., & Olimov, L. Ya. (2023). Social-psychological characteristics of professional competence of protective service employees. Science and Education, 4(10), 393–402. https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/6366.

07

7. Olimov, L. (2024). Characteristics of social-psychological competence development of forensic psychologist. BIO Web Conf., 84 (2024) 04024. https://doi.org/10.1051/bioconf/20248404024.

08

8. Olimov, L. Y., Maxmudova, Z. M. (2024) Comparative analysis of psychologist-expert competence based on information technologies. E3S Web of Conferences 538, 02020 (2024). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453802020.

09

9. Pazukhina, S. V. (2024). A model for the formation of psychological competence of police officers in the field of studying human motivation. Police Activities (No. 6), 165–172. https://doi.org/10.7256/2454-0692.2024.6.72591.

10

10. Professional suitability as a psychological prerequisite for improving the effectiveness of military-professional training (retraining) of military personnel. (2023). Bulletin of Nizhnevartovsk State University, (2), 58–68. https://doi.org/10.36906/2311-4444/23-2/06.

11

11. Romanenko, Ye. S. (2021). Theoretical aspects of professional competence of police officers from the tactical and operative response unit. Law and Safety. https://doi.org/10.32631/pb.2021.2.10.

12

12. Ulyanina, O. A. (2019). The concept of psychological support of professional training of police officers. Psychological Science and Education, 24(6), 28–37. https://doi.org/10.17759/pse.2019240603.

BOSHQA TILLARDA

Mualliflar

Z.M.M
ZULFIYA MAXMUDOVA MEXMONOVNA

Buxoro davlat universiteti, Psixologiya kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari doktori (DSc).

Iqtibos olish

MAXMUDOVA, Z. (2026). QO‘RIQLASH XIZMATI XODIMLARI KASBIY KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. ACADEMIC SPECTRUM, 1-Son (2026-yil, Yanvar), 93-103.