Ilmiy Maqola
#32
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING CHET TILINI O‘QITISH METODIKASIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI
Sahifalar: 10-12
Maqola Mazmuni
“ACADEMIC SPECTRIUM” ilmiy-metodik jurnal www.fanistiqbollari.uz 10 2-Son 2026-yil Xusanova Gulasal Shuhratjon qizi Farg‘ona davlat universiteti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi Husanboyeva Xurshidabonu Muhammadamin qizi Farg‘ona davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-kurs talabasi AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING CHET TILINI O‘QITISH METODIKASIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI Annotatsiya. Ushbu maqolada chet tillarini o‘qitish metodikasida zamonaviy axborot texnologiyalarining tutgan o‘rni va pedagogik ahamiyati yoritiladi. Hozirgi zamonaviy ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari chet tillarini samarali o‘qitishning ajralmas qismiga aylanib bormqoda. Kompyuter texnologiyalari, internet resurslari, mobil ilovalar, onlayn platformalar orqali til o‘rganish va o‘rgatish jarayonlari qiziqarli va samarali tashkil etilmoqda. Ayniqsa, ushbu texnologiyalar o‘quvchilarning nafaqat nazariy bilim, balki tinglab tushunish, muloqot qilish va yozma nutq kabi amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga zamonaviy texnologiyalrdan foydalanish dars jarayonlarini interaktiv, o‘quvchiga har tomonlama qiziqarli va tushunarli holda tashkil etishga, hamda o‘quvchilarning faolligini oshirishga, individual yondashuvni ta’minlashga yordam beradi. Raqamli ta’lim vositalari, interaktiv doskalar, vizual sinflar hamda elektron adabiyotlar kabi onlayn resurslar o‘quvchiga o‘rganish jarayonini osonlashtiradi. Shuningdek, o‘quvchilar axborot texnologiyalari yordamida o‘quvchilar til materiallarini vizual va audio shaklda qabul qilib , nutq faoliyatining barcha turlarini bir vaqtda rivojlantirish imkoniyatini beradi. Bunga qo‘shimcha ravishda hozirda sun’iy intelleketga asoslanga dasturlar, adaptiv o‘quv platformalar va raqamli tahlil vositalari orqali o‘quvchilarning bilim darajasi, qiziqishlari va ehtiyojlariga mos individual ta’lim yo‘nalishlarini yaratish yuzaga kelmoqda. Bunday yondashuv o‘quvchilarning o‘zlashtirish jarayonini tezlashtiriab, til o‘rganishga bo‘lgan ichki motivatsiyalarini kuchaytiradi. Raqamli hikoyalash, virtual o‘yinlar va interaktiv topshiriqlar orqali til o‘rganuvchilarning ijodiy fikrlashida rivojlanish ham kuzatilmoqda. Xulosa qilib ayganda, ushbu maqolada chet tillarini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanish zamonaviy ta’limning muhim bir talablaridan ekanligi asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, onlayn platformalar, mobil ilovalar, raqamli ta’lim, interaktiv darslar, masofaviy ta’lim Abstract. This article highlights the role and pedagogical significance of modern information technologies in the methodology of teaching foreign languages. In today’s modern educational process, information and communication technologies have become an integral part of effective foreign language teaching. Through computer technologies, internet resources, mobile applications, and online platforms, the processes of learning and teaching languages are being organized in an engaging and efficient manner. In particular, these technologies contribute not only to the development of theoretical knowledge but also to the improvement of practical skills such as listening comprehension, communication, and written speech. At the same time, the use of modern technologies helps to organize lessons in an interactive, learner-centered, engaging, and comprehensible way, increasing students’ activity and ensuring an individual approach. Digital educational tools, interactive whiteboards, virtual classrooms, and online resources such as electronic textbooks facilitate the learning process for students. Moreover, through information technologies, learners can perceive language materials in visual and audio formats, enabling the simultaneous development of all types of speech activities. In addition, today artificial intelligence-based programs, adaptive learning platforms, and digital analytical tools make it possible to create individualized learning paths tailored to students’ knowledge levels, interests, and needs. Such an approach accelerates the learning process and strengthens learners’ intrinsic motivation to study foreign languages. The development of creative thinking among language learners is also observed through digital storytelling, virtual games, and interactive tasks.
“ACADEMIC SPECTRIUM” ilmiy-metodik jurnal www.fanistiqbollari.uz 11 2-Son 2026-yil In conclusion, the article substantiates that the rational use of information technologies in foreign language teaching is one of the key requirements of modern education. Key words: information technologies, artificial intelligence, online platforms, mobile applications, digital education, interactive lessons, distance learning. Аннотация. В данной статье рассматриваются роль и педагогическое значение современных информационных технологий в методике преподавания иностранных языков. В современном образовательном процессе информационно-коммуникационные технологии становятся неотъемлемой частью эффективного обучения иностранным языкам. Использование компьютерных технологий, интернет-ресурсов, мобильных приложений и онлайн-платформ позволяет организовать процесс обучения и преподавания языка в интересной и результативной форме. В частности, данные технологии способствуют развитию не только теоретических знаний, но и практических навыков, таких как аудирование, устное общение и письменная речь. Одновременно применение современных технологий помогает сделать учебный процесс интерактивным, ориентированным на обучающегося, более наглядным и увлекательным, повышая активность учащихся и обеспечивая индивидуальный подход. Цифровые образовательные средства, интерактивные доски, виртуальные классы и онлайн-ресурсы, такие как электронные учебники, значительно облегчают процесс обучения. Кроме того, с помощью информационных технологий учащиеся воспринимают языковой материал в визуальной и аудиоформах, что дает возможность одновременно развивать все виды речевой деятельности. Дополнительно, в настоящее время благодаря программам на основе искусственного интеллекта, адаптивным образовательным платформам и цифровым аналитическим инструментам создаются индивидуальные образовательные траектории, соответствующие уровню знаний, интересам и потребностям учащихся. Такой подход ускоряет процесс усвоения знаний и усиливает внутреннюю мотивацию к изучению иностранных языков. Развитие творческого мышления у изучающих язык также наблюдается через цифровое сторителлинг, виртуальные игры и интерактивные задания. В заключение в статье обосновывается, что рациональное использование информационных технологий в обучении иностранным языкам является одним из важнейших требований современного образования. Ключевые слова: информационные технологии, искусственный интеллект, онлайнплатформы, мобильные приложения, цифровое образование, интерактивные уроки, дистанционное обучение. Bugungi rivojlanib borayotgan zamonda biror sohani zamonaviy texnologiyalar aralashuvisiz tasavvur qilish qiyin. Raqamli texnologiyalar, shubhasiz, hayotimizni yengillashtirib, bir muncha qulayliklar kasb etmoqda. Davrimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lgan axborot kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan uning imkoniyatlaridan foydalanib, ta’lim jarayoniga yangicha yondashish va uni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. XX1 asr — yuksak texnologiyalar asri bo‘lib, zamonaviy yoshlarimiz nafaqat davr ruhiga monand, balki elektron olamdagi taraqqiyotga muvofiq qadam tashlamoqdalar. Shu boisdan ham, yosh avlodga ta’lim berish jarayoniga boshqacha yondashishni talab etmoqda.[Parmonov.A] Darslarda o‘qituvchining o‘rni ham o‘zgarib bormoqda. O‘qituvchi endilikda asosan yo‘naltiruvchi vazifasini o‘tamoqdaAyniqsa, axborot texnologiyalardan foydalanish dars jarayonlarini samarali va interaktiv o‘tishini va o‘quvchi yoshlarning o‘rganish jarayonlarini yengillashtirishni ta’minlamoqda. Raqamli texnologiyalarning chet tillarini o‘rni juda yuqori. Avvalo, axborot-kommunikatsion aloqalar yordamida rivojlangan xorijiy mamlakatlarning o‘qitish metodlarini o‘rganib, uni amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyati mavjud. Va bu jarayonda xorijiy innovatsion metodlar, axborot texnologiyalari, kommunikativ yondashuvlar va mahalliy o‘quvchilarning psixologik, madaniy xususiyatlari hisobga olinadi. Xalqaro tajribalarda, masalan, Finlandiya, Yaponiya va Janubiy Koreyada chet tili ta’limi raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan holda olib boriladi.
“ACADEMIC SPECTRIUM” ilmiy-metodik jurnal www.fanistiqbollari.uz 12 2-Son 2026-yil O‘zbekistonda esa “Digital Uzbekistan-2030” strategiyasi doirasida AKTni ta’limga joriy etish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, til o‘rganishda raqamli kompetensiyalarni oshirishga xizmat qiladi. Xorijda, xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va Janubiy Koreyada chet tilini o‘rganish kommunikativ yondashuv, CLIL(Content and Language Integrated Learning ) va immersiya metodlariga asoslangan. Ya’ni o‘quvchilar amaliy mashg‘ulotlar, muhitga mos til o‘rganish, multimedia vositalari va interaktiv metodlardan faol foydalanadilar. O‘zbekistonda esa chet tilini o‘rganish ko‘proq grammatika-tajriba uslubiga tayangan bo‘lsada, so‘nggi yillarda kommunikativ va innovatsion uslublarga e’tibor kuchaymoqda. Chet tilini o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy mashg‘ulotlarni ham talab qiladi. An’anaviy darslarda asosan darslik va o‘qituvchi nutqiga tayaniligan bo‘lsa, hozirgi kunda multimedia materiallari, audio va video resurslar, interaktiv mashqlar hamda onlayn platformalar keng qo‘llanilmoqda. Misol uchun, talabalarga nazariy bilim berilgandan so‘ng dars davomida onlayn platformalarda “geopardic game”, “kahoot” kabi virtual o‘yinlar tashkil etilmoqda va bu olingan bilimlarni mustahkamlashga va ularni amliyotda qo‘llashni o‘rganishga yordam bermoqda. Shuningdek, bu kabi o‘yinlarni tashkil etish darslarni yanada qiziq va interaktiv o‘tishini ta’minlaydi, hamda talabalarning zerikishini oldini oladi. Axborot texnologiyalarining yana bir muhim jihati shundaki, ular ta’lim jarayonini individuallshtirish imkoniyatini beradi. Ya’ni o‘quvchilar raqamli platformalar orqali o‘zlarining bilim darajasi, qiziqishlari va o‘rganish sur’atlariga mos ravishda topshiriqlarni topib, bajarishlari hamda dars mashg‘ulotlariga qo‘shimcha ravishda bilim olishlari mumkin. Hozirda ko‘pgina tillarni o‘rgatuvchi ilovalar mavjud va ular foydalanuvchiga mashq, topshiriqlarni bajarish orqali tilni o‘rgatadi. Bunday ilovalarga Duolingo, Memorise yoki Quizlet kabi mobil ilovalarni misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, Google Tarjimon esa to‘g‘ri yozish va kiritilgan matnni aynan o‘sha tilda ravon va to‘g‘ri o‘qilishiga yordam beradi. Audio tugma orqali speaker matni 2 xil formatda tez yoki sekin o‘qishni boshlaydi. Google tarjimonda, shuningdek, so‘z va jumlalarni terib kiritish, qo‘lda yozish va gapirish orqali tarjima qilish mumkin. Hamda chet tillarini o‘rganishda ChatGPT kabi sun’iy intellekt asosidagi platformalarning ham roli katta. AI bilan chet tilida suhbatlashib, o‘quvchilar kommunikatsiya skillarini rivojlantirishlari mumkin. Ya’ni agarda buyruq to‘g‘ri berilsa, chatgpt qayerlarda qanday xatolarga yo‘l qo‘yganingiz, talaffuz va ma’noviy jihatdan ham so‘zlashuv mahoratingizni tahlil qilib, kerakli maslahatlar bera oladi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda chet tillarini o‘qitish va o‘rganish jarayonini axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, hamda ushbu vositalarning ta’lim sohasiga olib kirilishi bir muncha qulayliklar yaratdi. Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda xorijiy tajriba va ta’lim dasturlarini olib kirish ta’lim samaradorligini oshirishga, milliy va global bilimlar uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. To‘raqulova P. Chet tillarni o‘qitish metodikasida innovatsion yondashuvlar va axborot texnologiyalarini qo‘llash masalalari // Termiz, 2024. – B.34-39. 2. Xolmamatova R. Chet tillarini o‘qitish metodikasida innovatsion yondashuvlar va axborot texnologiyalarini qo‘llash masalalari // Termiz, 2025. https://doi.org/10.5281/zenodo.1575236 3. Пармонов А. Сhet tilni o‘rganishda axborot texnologiyalarining ahamiyati / А. А. Пармонов. – Текст : непосредственный // Молодой ученый. – 2017. – № 4.2 (138.2). – С. 39-40. – URL: https://moluch.ru/archive/138/39051