Ilmiy Maqola
#25
O‘SMIRLARDA KONSTRUKTIV XULQ-ATVORNI SHAKLLANISHINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLARI
Sahifalar: 19-23
Maqola Mazmuni
“ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal www.fanistiqbollari.uz 19 № 1-Son 2026-yil Аxmаdоv Nаzirjon Rаhmаt о‘g‘li Buxоrо dаvlаt universiteti Psixоlоgiyа kаfedrаsi dotsenti, Psixоlоgiyа fаnlаri bо‘yichа fаlsаfа dоktori (phd) O‘SMIRLARDA KONSTRUKTIV XULQ-ATVORNI SHAKLLANISHINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLARI Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘smirlik davrida konstruktiv xulq-atvorning shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar tahlil qilinadi. O‘smirlik davri shaxs rivojlanishining eng murakkab va muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, bu davrda xulq-atvor shakllanishi ijtimoiy muhit, oilaviy munosabatlar, tengdoshlar guruhi va ta’lim muassasalari ta’siri ostida kechadi. Tadqiqotda konstruktiv xulq-atvor tushunchasi, uning destruktiv xulq-atvordan farqli jihatlari va shaxsning ijtimoiy moslashuvidagi ahamiyati yoritib beriladi. Shuningdek, o‘smirlarda ijobiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, empatiya, mas’uliyat hissi, muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilish qobiliyatining shakllanishida ijtimoiy-psixologik omillarning roli ko‘rib chiqiladi. Maqolada oila muhitining psixologik iqlimi, ota-onaning tarbiyaviy uslublari, maktabdagi psixologik qo‘llabquvvatlash va ijtimoiy nazorat mexanizmlarining ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari o‘smirlar bilan ishlovchi pedagog va psixologlar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: o‘smirlik davri, konstruktiv xulq-atvor, ijtimoiy-psixologik omillar, ijtimoiylashuv, oila, tengdoshlar guruhi. Аннотация. В данной статье рассматриваются социально-психологические факторы формирования конструктивного поведения у подростков. Подростковый возраст является одним из наиболее сложных и значимых этапов развития личности, в котором особенности поведения во многом определяются влиянием социальной среды. В работе раскрывается понятие конструктивного поведения, его отличие от деструктивных форм и значение для успешной социальной адаптации подростков. Особое внимание уделяется роли семьи, межличностных отношений со сверстниками, школьной среды и педагогикопсихологической поддержки в формировании позитивных моделей поведения. Анализируются такие факторы, как стиль семейного воспитания, уровень эмоциональной поддержки, социальные установки и ценности, усваиваемые подростком в процессе социализации. Также подчеркивается значение развития коммуникативных навыков, эмпатии, ответственности и способности к конструктивному разрешению конфликтов. Результаты исследования могут быть использованы в практике школьных психологов, социальных педагогов и специалистов, работающих с подростками, с целью профилактики девиантного поведения и формирования социально одобряемых форм активности. Ключевые слова: подростковый возраст, конструктивное поведение, социальнопсихологические факторы, социализация, семья, группа сверстников. Annotation. This article examines the social and psychological factors influencing the formation of constructive behavior in adolescents. Adolescence is a critical stage of personality development characterized by intense psychological changes and increased sensitivity to social influences. The study explores the concept of constructive behavior, its key characteristics, and its distinction from destructive behavioral patterns. Special attention is paid to the role of family environment, peer relationships, and educational institutions in shaping adolescents’ positive behavioral strategies. The article analyzes the impact of parental upbringing styles, emotional support, social norms, and value orientations on adolescents’ social behavior. Furthermore, the importance of developing communication skills, empathy, responsibility, and effective conflict resolution abilities is emphasized as essential components of constructive behavior. The paper highlights the significance of psychological support and preventive measures within the school context aimed at promoting healthy socialization. The findings of the study contribute to a deeper
“ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal www.fanistiqbollari.uz 20 № 1-Son 2026-yil understanding of adolescent behavior and can be applied in psychological and pedagogical practice to prevent deviant behavior and foster socially acceptable and constructive forms of interaction. Key words: adolescence, constructive behavior, social-psychological factors, socialization, family, peer group. Kirish. Bugungi globallashuv va axborotlashuv sharoitida jamiyat taraqqiyoti ko‘p jihatdan yosh avlodning ijtimoiy faolligi, psixologik barqarorligi hamda konstruktiv xulq-atvoriga bog‘liqdir. Ayniqsa, o‘smirlik davri shaxs rivojlanishining muhim va murakkab bosqichi bo‘lib, ushbu davrda xulq-atvorning asosiy yo‘nalishlari shakllanadi. O‘smir shaxsining ijtimoiy muhitga moslashuvi, o‘zini anglash jarayoni, mustaqil qaror qabul qilishga intilishi va ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishi aynan shu davrda jadallashadi. Shu sababli o‘smirlarda konstruktiv xulq-atvorni shakllantirish masalasi zamonaviy psixologiya va pedagogika fanlarining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Konstruktiv xulq-atvor shaxsning ijtimoiy jihatdan maqbul, mas’uliyatli va samarali faoliyat olib borishini ta’minlaydigan xatti-harakatlar majmuasi bo‘lib, u jamiyat normalariga moslashish, muloqotda ochiqlik, muammolarni tinch yo‘l bilan hal etish, empatiya va o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi sifatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu xulq-atvor turi o‘smirlarning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy munosabatlarga kirishishi hamda kelajakdagi hayotiy muvaffaqiyatlari uchun muhim psixologik resurs vazifasini bajaradi. Aksincha, konstruktiv xulq-atvorning yetarli darajada shakllanmaganligi destruktiv, deviant yoki agressiv xatti-harakatlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. O‘smirlarda konstruktiv xulq-atvorning shakllanishi tasodifiy jarayon emas, balki murakkab ijtimoiy-psixologik omillar ta’siri ostida kechadi. Oila muhiti, ota-onaning tarbiyaviy uslubi, tengdoshlar guruhi bilan munosabatlar, ta’lim muassasalaridagi psixologik iqlim, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar ushbu jarayonda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, o‘smirlik davrida ijtimoiy baholarga bo‘lgan sezgirlik va o‘z-o‘zini tasdiqlash ehtiyoji kuchaygani sababli tashqi muhitning psixologik ta’siri yanada ortadi. Shu nuqtai nazardan, o‘smirlarda konstruktiv xulq-atvorni shakllantirishning ijtimoiypsixologik omillarini ilmiy jihatdan o‘rganish, ularning mexanizmlarini aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqot o‘smir shaxsining sog‘lom rivojlanishini ta’minlash, deviant xulq-atvorning oldini olish hamda ijtimoiy moslashuv jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi. O‘smirlik davri shaxs rivojlanishidagi eng murakkab va mas’uliyatli bosqichlardan biri bo‘lib, bu davrda xulq-atvorning konstruktiv yoki destruktiv yo‘nalishda shakllanishi ko‘p jihatdan ijtimoiy-psixologik omillarga bog‘liqdir. Konstruktiv xulq-atvor o‘smirning ijtimoiy moslashuvi, ijobiy munosabatlar o‘rnatishi, muammolarni tinch va samarali hal etishi, mas’uliyatni his qilishi hamda jamiyat me’yorlariga ongli ravishda amal qilishi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni o‘rganishda rus va xorijiy psixolog olimlarning nazariy qarashlari muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Adabiyotlar tahlili. Rus psixologiya maktabida o‘smir shaxsining ijtimoiy rivojlanishi va xulq-atvorini tushuntirishda madaniy-tarixiy yondashuv alohida o‘rin tutadi. L.S. Vygotskiy shaxs rivojlanishini ijtimoiy muhit bilan uzviy bog‘liq jarayon sifatida talqin qilib, o‘smir xulq-atvorining shakllanishida muloqot, faoliyat va ijtimoiy tajribaning o‘zlashtirilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, o‘smirlik davrida ijtimoiy me’yorlar va qadriyatlar ichkilashtirilib, ular shaxsning ichki regulyatoriga aylanadi. Aynan shu jarayon konstruktiv xulqatvorning psixologik poydevorini yaratadi. A.N. Leontevning faoliyat nazariyasiga ko‘ra, shaxs xulq-atvori yetakchi faoliyat orqali shakllanadi. O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat sifatida muloqot va ijtimoiy foydali faoliyat namoyon bo‘lib, bu jarayonda o‘smir o‘zini jamiyat a’zosi sifatida anglay boshlaydi. Leontyev konstruktiv xulq-atvorni shaxsning motivatsion sohasi bilan bog‘lab, ijtimoiy ahamiyatga ega motivlarning ustuvorligi ijobiy xulq shakllarini mustahkamlashini asoslab beradi.
“ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal www.fanistiqbollari.uz 21 № 1-Son 2026-yil D.B. Elkonin o‘smirlik davrining psixologik xususiyatlarini tahlil qilar ekan, tengdoshlar bilan munosabatlarni shaxs rivojlanishining markaziy omili sifatida ko‘rsatadi. Uning ta’kidlashicha, tengdoshlar guruhi tomonidan qabul qilinish, ijtimoiy rol va maqomni egallash ehtiyoji o‘smir xulq-atvorining yo‘nalishini belgilaydi. Agar ushbu ehtiyojlar konstruktiv ijtimoiy faoliyat orqali qondirilsa, ijobiy xulq-atvor shakllanadi, aks holda esa destruktiv tendensiyalar yuzaga kelishi mumkin. Sovet va rus psixologiyasida shaxsning ijtimoiy munosabatlar tizimida shakllanishi masalasini B.G. Ananev ham chuqur o‘rgangan. U shaxsni biologik, psixologik va ijtimoiy omillar birligi sifatida ko‘rib, o‘smirlik davrida tarbiya, oila muhiti va ijtimoiy institutlarning ta’sirini alohida ta’kidlaydi. Ananyevga ko‘ra, konstruktiv xulq-atvorni shakllantirish uchun o‘smirning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega. Xorijiy olimlar tadqiqotlarida ham o‘smirlarda konstruktiv xulq-atvorni shakllantirish muammosi keng yoritilgan. A. Banduraning ijtimoiy o‘rganish nazariyasida xulq-atvor modellashtirish va kuzatish orqali o‘zlashtirilishi asosiy mexanizm sifatida qaraladi. Bandura o‘smirlarning konstruktiv yoki destruktiv xulq-atvori kattalar, tengdoshlar va ommaviy axborot vositalarida namoyon bo‘layotgan xulq namunalariga taqlid qilish orqali shakllanishini asoslab beradi. Ijobiy ijtimoiy modellar bilan o‘zaro ta’sir konstruktiv xulq-atvorni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. E. Eriksonning psixosotsial rivojlanish nazariyasida o‘smirlik davri “identifikatsiya va rol chalkashligi” bosqichi sifatida tavsiflanadi. Erikson fikricha, o‘smir ijtimoiy rollarni sinab ko‘rish jarayonida o‘z “Men”ini shakllantiradi. Agar bu jarayon ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijobiy munosabatlar asosida kechsa, o‘smirda mas’uliyat, mustaqillik va konstruktiv xulq-atvor rivojlanadi. Aksincha, ijtimoiy rad etilish va tushunmovchilik xulq-atvor muammolarini kuchaytiradi. J. Koulman va R. Merton kabi sotsiolog va ijtimoiy psixologlar o‘smir xulq-atvorini ijtimoiy struktura va me’yorlar bilan bog‘liq holda tahlil qilganlar. Ularning tadqiqotlarida ijtimoiy nazorat, me’yoriy kutishlar va ijtimoiy rollarning aniq belgilanganligi konstruktiv xulq-atvor shakllanishining muhim sharti sifatida ko‘rsatiladi. O‘smir jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va e’tirof etilgan xulq shakllarini qabul qilishga moyil bo‘ladi. G‘arb psixologiyasida pozitiv psixologiya yo‘nalishi vakillari, xususan, M. Seligman va K. Peterson o‘smirlik davrida kuchli jihatlar va ijobiy fazilatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadilar. Ularning yondashuviga ko‘ra, empatiya, ijtimoiy mas’uliyat, muammolarni konstruktiv hal etish ko‘nikmalari shakllantirilsa, o‘smirning xulq-atvori barqaror ijobiy yo‘nalishda rivojlanadi. Umuman olganda, rus va xorijiy olimlar tadqiqotlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlarda konstruktiv xulq-atvorni shakllanishi ko‘p omilli jarayon bo‘lib, u ijtimoiy muhit, oila, tengdoshlar guruhi, ta’lim muassasasi hamda ommaviy madaniyat ta’siri ostida kechadi. Mazkur omillarning uyg‘un va ijobiy ta’siri o‘smir shaxsida ijtimoiy maqbul, mas’uliyatli va konstruktiv xulq-atvorni rivojlantirishga xizmat qiladi. Muhokama. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlarda konstruktiv xulq-atvorning shakllanishi ko‘p omilli va murakkab ijtimoiy-psixologik jarayon bo‘lib, u shaxsning individual xususiyatlari bilan bir qatorda tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri orqali namoyon bo‘ladi. O‘smirlik davrida psixologik beqarorlik, emotsional o‘zgaruvchanlik va mustaqillikka intilish kuchaygani sababli xulq-atvorning konstruktiv yoki destruktiv yo‘nalishda rivojlanishi asosan ijtimoiy muhit tomonidan belgilanadi. Shu jihatdan qaraganda, ijtimoiy-psixologik omillar konstruktiv xulqatvorning asosiy determinantlari sifatida namoyon bo‘ladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, oila muhitining psixologik iqlimi o‘smir xulq-atvorining shakllanishida yetakchi omil hisoblanadi. Ota-onalar tomonidan ko‘rsatiladigan emotsional qo‘llabquvvatlash, o‘zaro hurmat va muloqotga asoslangan tarbiya uslublari o‘smirlarda mas’uliyat, o‘zini boshqarish va muammolarni konstruktiv hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Aksincha, autoritar
“ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal www.fanistiqbollari.uz 22 № 1-Son 2026-yil yoki befarq munosabat ustun bo‘lgan oilalarda o‘smirlarning agressivlik, qarshilik ko‘rsatish yoki ijtimoiy chekinish kabi destruktiv xulq-atvor shakllariga moyilligi ortadi. Bu holat konstruktiv xulqatvorning shakllanishi oilaviy munosabatlarning sifatiga bevosita bog‘liqligini tasdiqlaydi. Shuningdek, tengdoshlar guruhi bilan bo‘lgan munosabatlar o‘smirlik davrida alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijobiy ijtimoiy yo‘naltirilgan guruhlarga mansublik o‘smirlarda hamkorlik, empatiya va ijtimoiy mas’uliyat hissini kuchaytiradi. Biroq salbiy yo‘nalishga ega norasmiy guruhlar o‘smirlarning xulq-atvorida destruktiv modellarni mustahkamlab, konstruktiv faoliyatni cheklab qo‘yishi mumkin. Shu bois, tengdoshlar ta’siri ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lib, u o‘smir shaxsining ijtimoiy rivojlanishida muhim, ammo ehtiyotkorlik bilan boshqarilishi lozim bo‘lgan omil sifatida qaraladi. Muhokama jarayonida ta’lim muassasalarining ham konstruktiv xulq-atvorni shakllantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Maktabdagi psixologik iqlim, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ishonchli munosabatlar, shuningdek, tarbiyaviy va psixoprofilaktik dasturlarning mavjudligi o‘smirlarning ijtimoiy moslashuvini yengillashtiradi. Ayniqsa, maktab psixologlari tomonidan olib boriladigan ijtimoiy-psixologik treninglar va maslahatlar o‘smirlarda muloqot madaniyatini, stressga chidamlilikni va konfliktlarni konstruktiv tarzda hal etish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, zamonaviy axborot makonining, xususan, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarining ta’siri ham konstruktiv xulq-atvor shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ijobiy mazmundagi axborotlar, motivatsion kontent va ijtimoiy mas’uliyatni targ‘ib qiluvchi materiallar o‘smirlarda konstruktiv fikrlashni qo‘llab-quvvatlasa, salbiy yoki agressiv kontent xulq-atvorning buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli o‘smirlarda tanqidiy fikrlash va axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirish muhim vazifalardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Umuman olganda, muhokama natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlarda konstruktiv xulqatvorni shakllantirish yagona omil bilan emas, balki oila, tengdoshlar, ta’lim muassasalari va keng ijtimoiy muhitning o‘zaro uyg‘un ta’siri orqali amalga oshadi. Ushbu omillarni kompleks yondashuv asosida o‘rganish va amaliyotga joriy etish o‘smirlarning sog‘lom ijtimoiylashuvi hamda jamiyatda faol va mas’uliyatli shaxs sifatida kamol topishini ta’minlaydi. Xulosa. O‘smirlarda konstruktiv xulq-atvorni shakllanishi murakkab, ko‘p qirrali va uzluksiz ijtimoiy-psixologik jarayon bo‘lib, u shaxs rivojlanishining biologik, psixologik va ijtimoiy omillari o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga keladi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlik davrida xulq-atvorning konstruktiv yo‘nalishda shakllanishi, avvalo, ijtimoiy muhitning sifatiga, oila va ta’lim muassasasidagi psixologik iqlimga, tengdoshlar guruhi bilan munosabatlarning mazmuniga hamda shaxsning o‘zini anglashi va ijtimoiy identifikatsiyasiga bevosita bog‘liqdir. Rus psixologlari tomonidan ishlab chiqilgan madaniy-tarixiy va faoliyat yondashuvlari o‘smir xulq-atvorini jamiyat bilan faol o‘zaro ta’sir jarayonida shakllanuvchi hodisa sifatida asoslab beradi. Xususan, ijtimoiy tajribaning ichkilashtirilishi, ijtimoiy ahamiyatga ega motivlarning ustuvorligi va muloqot jarayonida o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarining rivojlanishi konstruktiv xulq-atvorning psixologik mexanizmlarini tashkil etadi. Shu bilan birga, tengdoshlar bilan o‘zaro munosabatlarda ijobiy rollarni egallash va ijtimoiy maqomga erishish ehtiyoji o‘smirning xulq-atvor tanloviga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Xorijiy tadqiqotlar esa konstruktiv xulq-atvorni shakllantirishda ijtimoiy o‘rganish, identifikatsiya va ijobiy modellarning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. O‘smirlar kattalar va tengdoshlar tomonidan namoyon etilayotgan xulq-atvor namunalarini kuzatish va ularga taqlid qilish orqali ijtimoiy maqbul xulq shakllarini o‘zlashtiradilar. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, qabul qilinish va e’tirof etilish esa o‘smirda mas’uliyat, empatiya va ijtimoiy faollik kabi konstruktiv fazilatlarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Umuman olganda, adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlarda konstruktiv xulq-atvorni shakllantirish tasodifiy jarayon emas, balki maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaviy va ijtimoiypsixologik ta’sirlar natijasidir. Oila, maktab, tengdoshlar muhiti va jamiyatning uyg‘un hamkorligi
“ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal www.fanistiqbollari.uz 23 № 1-Son 2026-yil asosida tashkil etilgan profilaktik va rivojlantiruvchi ishlar o‘smir shaxsida ijtimoiy mas’uliyat, ijobiy munosabatlar va barqaror konstruktiv xulq-atvorni shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. Bandura, A. Social Foundations of Thought and Action: A Social Cognitive Theory. Prentice Hall. 1986. 617 b. – Klassik asar bo‘lib, ijtimoiy-kognitiv nazariya orqali xulq-atvor shakllanishi va ijtimoiy ta’sir mexanizmlari tahlil qilingan. 2. Selivanova, O. A. Конструктивное поведение несовершеннолетних в проблемных ситуациях / Constructive Behavior of Minors in Problematic Situations. Tyumen State University Repository (elektron). — URL: elib.utmn.ru, 2025. – Tadqiqotda o‘smirlarning konstruktiv xulqatvori va stress omillariga moslashuvi tahlil qilinadi. 3. Cairns, R. B., et al. The Psychology of Adolescence. National Center for Biotechnology Information (NCBI) publication, 2011. – O‘smirlar xulq-atvoridagi impuls nazorati, ijtimoiy munosabatlar va tajriba almashinuvi psixologiyasi yoritiladi. 4. Авдулова, Т. П. Психология подросткового возраста. — RUS: Rus pedagogik psixologiya bo‘yicha o‘quv qo‘llanma, “Академия”, Moskva, 2012. – O‘smir davridagi ijtimoiypsixologik rivojlanish va xulq-atvor masalalari batafsil tushuntirilgan. 5. Vaqqosova, N. O‘smirlik davrida agressiv xulq-atvorni shakllanishi. Science and Education Scientific Journal, Vol. 6, Issue 11, 2025. – O‘smirlarda xulq-atvorning ijtimoiy va psixologik faktorlariga bag‘ishlangan maqola 6. Kushakova, N. N., Mamatova, R. O’SMIR QIZLARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR NAMOYON BO’LISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Journal of Uzbekistan’s Development and Research, 2025. – Ijtimoiy-psixologik omillar ta’siri bilan agressiv xulq-atvor namoyon bo‘lishi tahlil qilingan 7. Asilova, S. X., Ismoiljonova, S. O‘SMIRLARDA SALBIY XULQ-ATVOR NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. University Research Base, 2024. – O‘smirlarning salbiy xulq-atvori psixologik xususiyatlari va oldini olish yo‘llari. 8. Raximova, M. X. Bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy moslashuvi: psixologik yondashuvlar. The latest pedagogical and psychological innovations in education, 2024. – Ijtimoiy moslashuv va psixologik omillar.