Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

RAQAMLI PEDAGOGIKA SHAROITIDA MA’NAVIY TARBIYA MASALALARI

5-Son (2026-yil, May)
24 27
4 Ko'rishlar
Nashr etildi: Apr 28, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Ushbu maqolada raqamli pedagogika sharoitida ma’naviy tarbiyaning dolzarb masalalari, uning mazmun-mohiyati hamda yoshlar ongiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, kibermakon va blogosferaning tarbiyaviy ahamiyati, ularning ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilinadi. Ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish zaruriyati asoslab beriladi.
Kalit so'z (UZ): raqamli pedagogika, ma’naviy tarbiya, kibermakon, blogosfera, yoshlar tarbiyasi, axborot texnologiyalari. Fazliddinov Omadbek Ilyosbek ugli student kafedrы natsionalnoy idei, osnov duxovnosti i pravovogo obrazovaniya Andijanskogo gosudarstvennogo pedagogicheskogo instituta PROBLEMЫ DUXOVNO-NRAVSTVENNOGO VOSPITANIYa V USLOVIYaX TsIFROVOY PEDAGOGIKI

Аннотация (RUS):

V dannoy state rassmatrivayutsya aktualnыe problemы duxovnonravstvennogo vospitaniya v usloviyax tsifrovoy pedagogiki, raskrыvaetsya ix suщnost i vliyanie na soznanie molodeji. Takje analiziruetsya vospitatelnoe znachenie kiberprostranstva i blogosferы, ix polojitelnыe i otritsatelnыe storonы. Obosnovыvaetsya neobxodimost ispolzovaniya sovremennыx pedagogicheskix podxodov v formirovanii duxovnыx tsennostey.
Ключевые слова (RUS): tsifrovaya pedagogika, duxovno-nravstvennoe vospitanie, kiberprostranstvo, blogosfera, vospitanie molodeji, informatsionnыe texnologii. Fazliddinov Omadbek Ilyosbek o‘g‘li Student of the Department of National Idea, Fundamentals of Spirituality and Legal Education at Andijan State Pedagogical Institute

Abstract (EN):

This article discusses the actual issues of spiritual and moral education in the context of digital pedagogy, highlighting its essence and its impact on the consciousness of young people. It also analyzes the educational role of cyberspace and the blogosphere, including their positive and negative aspects. The necessity of applying modern pedagogical approaches in shaping spiritual values is substantiated.
Keywords (EN): digital pedagogy, spiritual and moral education, cyberspace, blogosphere, moral education of youth, information technologies

Maqola Mazmuni

Kirish: Bugungi kunda dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari, axborotkommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi hamda jamiyat hayotining barcha sohalariga raqamli tizimlarning chuqur kirib borishi ta’lim va tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirmoqda. Ayniqsa, raqamli pedagogikaning shakllanishi va rivojlanishi nafaqat bilim berish usullarini modernizatsiya qilmoqda, balki yosh avlodning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirish jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, raqamli pedagogika sharoitida ma’naviy tarbiya masalalarini o‘rganish va ilmiy asosda tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 5/2026 ISSN:3093-9089 Ma’naviy tarbiya — bu shaxsning ichki dunyosi, qadriyatlari, axloqiy me’yorlari va ijtimoiy ongini shakllantirishga qaratilgan murakkab pedagogik jarayondir. An’anaviy tarbiya tizimida bu jarayon ko‘proq oila, maktab va jamiyatning bevosita ta’siri orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirgi kunda raqamli muhit — internet, ijtimoiy tarmoqlar, blogosfera va turli multimedia platformalari orqali amalga oshirilmoqda. Natijada yoshlar ongiga ta’sir etuvchi omillar soni keskin ortib bormoqda va tarbiya jarayoni yanada murakkablashmoqda. Raqamli pedagogika sharoitida ta’lim berish imkoniyatlari kengayib, masofaviy o‘qitish, interaktiv metodlar, sun’iy intellekt asosidagi platformalar orqali bilim olish jarayoni samaradorligi oshmoqda. Biroq shu bilan birga, ushbu muhitda ma’naviy tahdidlar va axborot xurujlari, soxta qadriyatlar va zararli kontentlarning keng tarqalishi yoshlarning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu esa pedagoglar, ota-onalar hamda jamiyat zimmasiga ma’naviy tarbiyani zamonaviy shakl va usullar asosida tashkil etish vazifasini yuklaydi. Asosiy qism: Raqamli pedagogika sharoitida ma’naviy tarbiya masalalari bugungi kunda pedagogika, psixologiya va ijtimoiy fanlar kesimida eng dolzarb muammolardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Chunki raqamli muhit nafaqat bilim olish vositasi, balki shaxs ongiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-madaniy makon hamdir. Shu bois, ma’naviy tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida qayta ko‘rib chiqish va uni raqamli makon bilan uyg‘unlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda. Avvalo, ma’naviy tarbiya tushunchasining mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratish lozim. Ma’naviy tarbiya — bu shaxsda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, uning axloqiy ongini rivojlantirish, jamiyatda o‘z o‘rnini anglashga yordam beruvchi murakkab va uzluksiz pedagogik jarayondir. O‘zbek pedagogik tafakkurida bu masala alohida o‘rin tutadi. Jumladan, ma’naviyatni shakllantirishda milliy qadriyatlar, urf-odatlar va tarixiy meros muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Shu jihatdan qaraganda, raqamli pedagogika sharoitida ham ushbu qadriyatlarni saqlab qolish va yoshlar ongiga singdirish muhim vazifalardan biridir. Raqamli muhitning kengayishi bilan tarbiya jarayonining shakl va usullari ham tubdan o‘zgarib bormoqda. Internet, ijtimoiy tarmoqlar, blogosfera va turli raqamli platformalar yoshlarning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylangan. Natijada ular nafaqat bilim manbai, balki tarbiya vositasi sifatida ham xizmat qilmoqda. Ammo mazkur muhitda tarqatilayotgan axborotlarning sifati va mazmuni har doim ham ijobiy emas. Ba’zi hollarda yoshlar ongiga zid bo‘lgan, ularning ma’naviy dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan materiallar ham uchrab turadi. Bu esa ma’naviy tarbiyani raqamli muhitda nazorat qilish va yo‘naltirish zaruratini yuzaga keltiradi. Shuningdek, raqamli pedagogika sharoitida ma’naviy tarbiyani tashkil etishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish alohida ahamiyatga ega. Masofaviy ta’lim, interaktiv darslar, multimedia vositalari va virtual platformalar orqali nafaqat bilim berish, balki tarbiyaviy maqsadlarni ham amalga oshirish mumkin. Masalan, elektron darsliklar, videoma’ruzalar va onlayn seminarlar orqali yoshlarning axloqiy qarashlarini shakllantirish, ularga milliy qadriyatlar haqida tushunchalar berish samarali natija beradi. Shu bilan birga, pedagoglar tomonidan raqamli vositalardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish muhim hisoblanadi. Ma’naviy tarbiyani raqamli muhitda samarali tashkil etishda o‘qituvchining roli ham tubdan o‘zgaradi. An’anaviy pedagogika sharoitida o‘qituvchi asosiy bilim manbai hisoblangan bo‘lsa, hozirgi kunda u ko‘proq yo‘naltiruvchi, maslahatchi va moderator vazifasini bajaradi. Bu esa pedagogdan yuqori darajadagi axborot-kommunikatsiya kompetensiyasini, shuningdek, ma’naviy yetuklikni talab etadi. Zero, o‘qituvchi o‘zi namunali bo‘lmas ekan, yoshlar ongiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi qiyin bo‘ladi. Bundan tashqari, oila va jamiyatning ham ma’naviy tarbiya jarayonidagi o‘rni beqiyosdir. Raqamli muhitda yoshlarning faoliyati ko‘p jihatdan nazoratsiz bo‘lib qolayotgan bir paytda, ota-onalar va jamoatchilik tomonidan ularni to‘g‘ri yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish, ularda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, milliy o‘zlikni anglash hissini mustahkamlash zarur. Raqamli pedagogika sharoitida ma’naviy tarbiyani samarali tashkil etishda axborot xavfsizligi va mediata’lim masalalari alohida o‘rin tutadi. Chunki zamonaviy yoshlar axborotni asosan internet orqali qabul qilmoqda va ularning aksariyati ma’lumotning ishonchliligi, manbasi hamda maqsadini “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 5/2026 ISSN:3093-9089 tahlil qilish ko‘nikmalariga yetarlicha ega emas. Shu bois mediata’lim orqali yoshlarni axborotni tanqidiy qabul qilishga o‘rgatish, ularda mustaqil fikrlashni rivojlantirish muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi⁶. Mediata’lim nafaqat bilim berish, balki ma’naviy immunitetni shakllantirish vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Bundan tashqari, raqamli muhitda ma’naviy tarbiya jarayonini tashkil etishda milliy kontent yaratish masalasi ham dolzarb hisoblanadi. Aksariyat hollarda yoshlar xorijiy axborot makonining faol iste’molchisi bo‘lib qolmoqda. Bu esa ularning dunyoqarashi va qadriyatlar tizimiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, milliy mentalitet, urfodatlar va tarixiy merosni aks ettiruvchi sifatli raqamli resurslarni yaratish va keng targ‘ib qilish zarur. Bunday yondashuv yoshlarning o‘z milliy o‘zligini anglashiga, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishiga xizmat qiladi. Raqamli pedagogika doirasida ma’naviy tarbiya berishda ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Facebook, Telegram, Instagram va boshqa platformalar yoshlar orasida keng ommalashgan. Ushbu platformalar orqali turli ma’naviy-ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish, motivatsion kontentlar tarqatish, ijobiy rol modellari orqali yoshlarni tarbiyalash mumkin. Shu bilan birga, bu jarayonda axborot madaniyatiga rioya qilish, etik me’yorlarni saqlash muhim hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlardan biri sifatida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari ham ma’naviy tarbiyani rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Ushbu yondashuvda har bir o‘quvchining individual xususiyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlari inobatga olinadi. Natijada tarbiya jarayoni yanada samarali va natijador bo‘ladi. Ayniqsa, raqamli platformalar orqali individual yondashuvni amalga oshirish imkoniyati kengayadi, bu esa ma’naviy tarbiyaning sifatini oshiradi. Shuningdek, raqamli pedagogika sharoitida ma’naviy tarbiya berishda integrativ yondashuvni qo‘llash ham muhimdir. Ya’ni, tarbiya jarayonini faqatgina bitta fan yoki yo‘nalish doirasida emas, balki barcha fanlar kesimida amalga oshirish lozim. Masalan, tarix, adabiyot, huquqshunoslik va hatto texnika fanlari orqali ham ma’naviy qadriyatlarni singdirish mumkin. Bu esa yoshlarning dunyoqarashini kengaytiradi va ularni har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllantiradi. Umuman olganda, raqamli pedagogika sharoitida ma’naviy tarbiya masalalari kompleks yondashuvni talab etadi. Bu jarayonda pedagoglar, ota-onalar, davlat va jamiyat institutlari o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritishi zarur. Faqatgina shu yo‘l bilan yosh avlodni zamonaviy bilimlarga ega, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan shaxs sifatida shakllantirish mumkin. Xulosa: Raqamli pedagogika sharoitida ma’naviy tarbiya masalalarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda ta’lim va tarbiya jarayoni tubdan yangi bosqichga ko‘tarilgan. Globallashuv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi hamda raqamli muhitning kengayishi yoshlar ongiga ta’sir etuvchi omillarni sezilarli darajada ko‘paytirdi. Shu bois, ma’naviy tarbiya jarayoni an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda zamonaviy raqamli pedagogika tamoyillari asosida ham tashkil etilishi zarur. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli muhit yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratishi bilan birga, ma’naviy xavflarni ham keltirib chiqarmoqda. Internet, ijtimoiy tarmoqlar va blogosfera orqali tarqatilayotgan axborotlarning barchasi ham ijobiy tarbiyaviy ahamiyatga ega emas. Ba’zi hollarda noto‘g‘ri, buzilgan yoki zararli kontentlar yoshlar dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu esa ma’naviy tarbiyani kuchaytirish, axborot madaniyatini shakllantirish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish zaruratini yanada dolzarb qiladi. Shuningdek, ma’naviy tarbiya jarayonida pedagogning roli o‘zgarib, u endilikda nafaqat bilim beruvchi, balki yo‘naltiruvchi, tarbiyaviy jarayonni boshqaruvchi subyekt sifatida namoyon bo‘lmoqda. Raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim jarayonini interaktiv va samarali tashkil etish mumkin bo‘lsa-da, ma’naviy tarbiya mazmuni insoniy omil, ya’ni o‘qituvchi va tarbiyachining shaxsiy namunasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ma’naviy tarbiyaning samaradorligi faqat ta’lim muassasalari bilan cheklanib qolmaydi, balki oila, jamiyat va davlat hamkorligiga ham bog‘liqdir. Yoshlarni ma’naviy barkamol shaxs etib tarbiyalashda milliy qadriyatlar, tarixiy meros va umuminsoniy g‘oyalarga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda raqamli texnologiyalar esa vosita sifatida xizmat qilishi, ya’ni tarbiyaning asosiy mazmunini almashtirmasligi, balki uning samarali yetkazilishini ta’minlashi lozim

Adabiyotlar

01

1. To‘xtaxodjayeva M.X. Pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2010.

02

2. Ishmuhamedov R.J. Innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2017.

03

3. Musurmonova O. Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2015.

04

4. Qurbonov Sh., Seytxalilov E. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish muammolari. – Toshkent: Fan, 2013.

05

5. Yo‘ldoshev J.G‘. Pedagogika asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2012.

06

6. Hasanboyeva O. Oilada ma’naviy tarbiya. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2016.

BOSHQA TILLARDA

EN

ISSUES OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION IN THE CONTEXT OF DIGITAL PEDAGOGY

RU

ПРОБЛЕМЫ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ПЕДАГОГИКИ

Mualliflar

O.F.I
OMADBEK FAZLIDDINOV ILYOSBEK O'G'LI

Andijon davlat pedagogika instituti Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi talabasi

Iqtibos olish

FAZLIDDINOV, O. (2026). ISSUES OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION IN THE CONTEXT OF DIGITAL PEDAGOGY. ACADEMIC SPECTRUM, 5-Son (2026-yil, May), 24-27.