Anotatsiya (UZ):
Ushbu maqolada talabalarni kasbiy tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurati, maqsad va vazifalari hamda yo‘nalishlari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada ta’lim tizimida pedagogik jarayonni tashkil etishning mazmun-mohiyati va uning elementlari yoritib berilgan. Tayanch so‘z va iboralar: oliy ta’lim muassasalari, talaba, kasbiy tayyorlash, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim jarayoni, pedagogik tizim, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. Olimov Shirinboy Sharopovich zaveduyuщiy kafedroy pedagogiki Buxarskiy gosudarstvennыy universitet, doktor pedagogicheskix nauk, professor ISPOLZOVANIE SOVREMENNЫX PEDAGOGIChESKIX TEXNOLOGIY V PROFESSIONALNOY PODGOTOVKE STUDENTOV
Kalit
so'z (UZ):
Tayanch so‘z va iboralar: oliy ta’lim muassasalari, talaba, kasbiy tayyorlash, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim jarayoni, pedagogik tizim, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari.
Аннотация (RUS):
Аннотация: В данной статье с научно-педагогической точки зрения анализируются необходимость, цели, задачи и направления использования современных педагогических технологий в профессиональной подготовке студентов. Также освещается сущность организации педагогического процесса в системе образования и его элементы.
Ключевые
слова (RUS):
Ключевые слова и фразы: высшие учебные заведения, студент, профессиональная подготовка, современные педагогические технологии, образовательный процесс, педагогическая система, личностно-ориентированные образовательные технологии.
Abstract (EN):
This article analyzes the need, goals, objectives and directions of using modern pedagogical technologies in the professional training of students from a scientific and pedagogical perspective. The article also highlights the essence of the organization of the pedagogical process in the education system and its elements.
Keywords
(EN):
Key words and phrases: higher education institutions, student, professional training, modern pedagogical technologies, educational process, pedagogical system, person-oriented educational technologies.
Maqola Mazmuni
Kirish. Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida ijodiy fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va mutaxassiliklarni puxta egallagan, har tomonlama sog‘lom avlodni tarbiyalash asosiy dolzarb vazifalarimizdan sanaladi. Ushbu dolzarb vazifalarni bajarish bo‘lajak o‘qituvchilardan yuqori darajadagi bilim, kasbiy pedagogik mahorat, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari bilan qurollangan, xorijiy tillarda erkin muloqot qila olish, axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab etmoqda. Oliy ta’lim tizimining oldida turgan eng muhim vazifalardan biri - bu o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanish, ularni
“ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 5/2026 ISSN:3093-9089 ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish va ijodiy salohiyatli, bilimli, uddaburon, yuksak mahoratga ega komil inson shakllantirishdan iboratdir. Asosiy qism. Hozirgi kunda zamonaviy pedagogik texnologiyalar negizini shaxsiy ijodiy va faoliyatli yondashuv, tanqidiy-kreativ fikrlash, ilmiy yangiliklarni yaratish hamda hamkorlikning ilg‘or strategiyalarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish ehtiyojini yuzaga keltirmoqda. Ta’lim tizimida pedagogik jarayonni tashkil etishning mohiyati - o‘qituvchi hamda talabaning hamkorlikdagi faoliyati mazmunida aks etadi, ushbu jarayonda bo‘lajak o‘qituvchi talabaga yuzaga kelgan muammolarni yengishga yordam beradi. Yangi pedagogik texnologiyadan kutilgan maqsad, uning afzalliklari, darsning samaradorligini oshirish tamoyillari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1. Yangi pedagogik texnologiya asosida dars mashg‘ulotlari eng qulay va sodda usullar asosida tashkil etiladi. 2. Dars mashg‘ulotining samaradorligini oshiradi. 3. Talabalarning dunyoqarashini oshiradi, tafakkurini rivojlantiradi. 4. Har bir talaba bilan individual munosabat paydo bo‘ladi. 5. Xotirani kuchaytiradi. 6. Talabalarni o‘z ustida mustaqil ishlashga da’vat etadi. 7. Talabalarni o‘z shaxsiy fikrini bayon qilish va uni himoya qilishga o‘rgatadi. Tavsiya etilayotgan tizimning muhim tarkibiy qismlari natijalar, o‘quv tarbiyaviy jarayonni boshqarish, texnologiyalardan iborat bo‘lib, maqsadlar natijalar bilan mos kelib uzluksiz zanjir tashkil etadi. Maqsadlarning natija bilan to‘la mos kelishi pedagogik jarayonning ishonchi, o‘lchov ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik tizim boshqaruv, birlashtiruvchi hamma tarkibiy qismlari nisbatan mustaqil qism hisoblanadi, chunki ular o‘z maqsad va tuzilishlariga egalar. Pedagogik tizim texnologiya hisoblanadi, bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo‘ysunuvchi imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir.
PEDAGOGIK TIZIM
MAQSADGA MOS KELIShI
NATIJA
O‘QITUVChI BOShQARUV TA’LIM BERISh
TEXNOLOGIYa
1.2.1-rasm. Pedagogik tizim tuzilishi. Pedagogik jarayon biz bilamizki, pedagogik tizimda o‘tib boradi. Pedagogik tizim - bu tashkil etuvchilarni birlashtirish bo‘lib, ular o‘zgarishlarda barqarorligicha qolaveradi. Agarda o‘zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin bo‘lgan chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o‘rniga yangi boshqa xususiyatli tizim yuzaga keladi. Pedagogik tizim - elementlarning juda mustahkam birlashuvidir. Har qanday pedagogik tizimning tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar variantlari yig‘indisi o‘zaro bog‘liqligi ko‘rinishidan iborat bo‘ladi: talaba; tarbiyaning maqsadi; tarbiya mazmuni; tarbiya jarayoni; talabalar; tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakllari. Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri turli darajadagi elementlarga batafsil ajratib ko‘rsatilishi mumkin.
ShAKL USLUB MAZMUN VOSITA
“ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 5/2026 ISSN:3093-9089 Qurilgan tizimning tarkibiy tuzilishi emas deb hisoblashga asoslarimiz bor. Ko‘rsatib o‘tilganlarga qo‘shila olmaydigan pedagogik tizim muhim tarkibiy qismlari shuningdek «Natijalar», «O‘quv tarbiyaviy jarayonni boshqarish», «Texnologiya»lardan iborat. Bunday yondashish pedagogik tizim ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo‘ladi. Shuni tasdiqlash kerakki pedagogik tizim har doim ham texnologiyadir. Texnologiya - bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo‘ysunuvchi imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir.
Quyida ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan eng xarakterli zamonaviy pedagogik texnologiyalar yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin: 1. Fanni o‘rganishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash. Ushbu texnologiya asosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish turli fan sohalarini informatika bilan integratsiyalashni nazarda tutadi, bu esa talabalar ongini axborotlashtirishga va zamonaviy jamiyatda axborotlashtirish jarayonlarini tushunishga olib keladi (kasbiy jihatdan). Shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida butun ta’lim jarayonini tubdan qayta qurishni amalga oshirish mumkin. Axborot-kommunikatsion texnologiyalar orqali sub’ektiv munosabatlar "o‘qituvchi-talaba" eng ob’ektiv munosabatlar "talaba-kompyutero‘qituvchi" ga o‘tadi hamda ushbu aloqa orqali psixologik muhit yaxshilanadi, talaba mehnat samaradorligi, ijodiy qobiliyati oshadi. 2. Mavzuni o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llash. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari talabani ta’lim tizimining markaziga qo‘yib, uning rivojlanishi uchun qulay, ziddiyatli va xavfsiz sharoit yaratib, uning tabiiy potensialini ro‘yobga chiqaradi. Bu texnologiyada talaba shaxsi nafaqat predmet, balki ustuvor predmetdir; u har qanday abstrakt maqsadga erishish vositasi emas, balki ta’lim tizimining maqsadidir. U talabalarning o‘z imkoniyatlari va ehtiyojlariga mos holda individual o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi. 3. Intellektual rivojlanish monitoringini olib borish. Har bir talabaning o‘zlashtirish sifati dinamikasini hamda bilimlarini baholash uchun test va diagrammalar orqali tahlil qilish va diagnostika qilishda aks etadi. 4. Tarbiya texnologiyalarini talabani kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirishning yetakchi mexanizmi sifatida qo‘llash. Tarbiya texnologiyalari zamonaviy ta’lim sharoitida muhim pedagogik omil hisoblanadi. Talabalarni kasbiy va shaxsiy sifatlarining rivojlanishi uchun qo‘shimcha shakllarga jalb qilish: milliy an’analar, teatr san’ati, ijodiy markazlar asosida madaniy tadbirlarda ishtirok etish va boshqa shakllarda amalga oshiriladi. 5. Didaktik texnologiyalarni ta’lim jarayonini rivojlantirishning muhim sharti sifatida qo‘llash. Bu yerda zamonaviy didaktik texnikalar orqali amalga oshirilishi mumkin. O‘quv adabiyotlari o‘yin, dekoratsiya va himoya loyihalari bilan mustaqil ishlash, audiovizual metodlar orqali o‘rganish, "konsultant" tizimi guruhi, tabaqalashtirilgan ta’lim yo‘llari, "kichik guruhlar" tizimi va boshqalar kiradi. Odatda amaliyotda bu metodlarning turli kombinatsiyalaridan foydalaniladi. 6. Innovatsion texnologiyalarni joriy etishning psixologik-pedagogik ta’minoti asosida ta’limni tashkil etish. Ta’lim jarayonida ma’lum yangiliklardan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslanganligi taxmin qilinadi. Uslubiy kengashlarda, seminarlarda, ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislar bilan uchrashuvlarda ularning tahlili olib boriladi. Zamonaviy xorijiy ta’limda o‘quv jarayonida pedagogik yangiliklarni qo‘llashning keng imkoniyatlari mavjud. Ularni qo‘llash samaradorligi ta’lim muassasasida o‘rnatilgan an’analarga, pedagog xodimlarning bu yangiliklarni idrok eta olish qobiliyatiga va ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasiga bog‘liq. Hozirgi kunda oliy ta’limda bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy tayyorlashda innovatsion rivojlanish va o‘z-o‘zini rivojlantirish rejimiga o‘tish istiqbollari kabi dolzarb masalalarga e’tibor qaratish lozim. Zamonaviy pedagogik texnologiya ta’limning asosiy yo‘nalishi, mazmunini, o‘qitish shakllari, usullarini tanlashning nazariy asosini belgilab beradi. Fikrimizcha, ijodiy qobiliyatlarini va ichki imkoniyatlarini to‘la namoyon qilishga asos bo‘ladi. Bunday texnologiya eng avvalo, ta’limning har
“ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 5/2026 ISSN:3093-9089 bir bosqichida bo‘lajak pedagoglar bilim, ko‘nikma va malakalarni muntazam o‘z ustida ishlash (mustaqil va eksternat) holda bilim egallashi lozim. Shu talabdan kelib chiqib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar falsafiy va pedagogikpsixologik jihatdan insonparvar xarakterda bo‘lishi mutlaqo zarur. Insonparvar pedagogika va psixologiya fanlari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishda o‘ziga xos individualligi, ya’ni uning shaxsiga yo‘nalganligiga asosiy e’tiborni qaratishlari lozim. Xulosa. Ta’lim tizimida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish va jadallashtirilishi shunda namoyon bo‘ladiki, ular o‘qituvchining talabaga ta’sir ko‘rsatishini, ularning bilish faoliyatini faollashtirish asosini talabaning ta’lim jarayonida maqomini o‘zgartirish, unga ta’lim-tarbiyaga rag‘bat uyg‘otishga sharoit yaratadi. Shuningdek, o‘qituvchiga talabalar faoliyatini ta’lim-tarbiya maqsadlariga muvofiq boshqarish imkoniyatini beradi. Talabalarning bilim egallashlarini osonlashtiradi. Ularning oz vaqtda ko‘proq bilim egallash, ruhan va aqliy rivojlanishlariga sharoit yaratadi. O‘z navbatida o‘qituvchi pedagogik mahorat va bilimlarni qo‘llashga nisbatan oshirilgan talablarni qo‘yadi. Eng muhimi jamiyatimizning taraqqiyot darajasiga mos ravishda yoshlarning bilim egallashi va kasb o‘rganishini jadallashtiradi