Maqola Mazmuni
Kirish: Jahonda yuqori malakali, raqobatdosh, mustaqil fikrlaydigan mutaxassislarni tayyorlashga bo‘lgan ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Jahonda qo‘riqlah xizmati xodimlari ijtimoiy-psixologik va kasbiy kompetentligining psixologik jihatlarini o‘rganish, ularning ijtimoiypsixologik kompetentligini rivojlantirish omillarini tadqiq etish, qo‘riqlah xizmati xodimlarining ijtimoiy-psixologik kompetentlik ko‘rsatkishlarini baholash, ijtimoiy-psixologik kompetentligini takomillashtirishga mo‘ljallangan maxsus tizimlashtirilgan psixologik usullar majmuini ishlab shiqish bo‘yisha izlanishlar olib borilmoqda. Qo‘riqlah xizmati xodimlarining kasbiy faoliyatiga
“ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 psixologik tayyorgarlik darajasini takomillashtirish, ularning ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantiruvshi ijtimoiy-psixologik omillar va mexanizmlarini aniqlash, qo‘riqlah xizmati xodimlarining kasbiy tayyorgarlik rolini oshirish va ularning faoliyat samaradorligiga ta'siri masalasini aniqlash alohida tadqiqot muammosi sanaladi. Psixolog qo‘riqlash xizmati tizimida xizmat qilayotgan barcha xodimlar va harbiy xizmatchilarni axloqiy-ruhiy qo‘llab-quvvatlashning mutlaqo yangi vazifalari, shuningdek, xodimlarning umumiy dunyoqarashi, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, kasbiga sadoqat va yuqori mas’uliyat xislarini oshirish bilan bog‘lash vazifalarni belgilab beradi. Xodimlarni ahloqiy-ruhiy qo‘llab-quvvatlash psixodiagnostika, psixoprofilaktika va psixokorreksiya ishlarida amalga oshiriladi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Kompetentlik va kompetensiya kategoriyalarining tuzilmasini o‘rganish jarayonida bir neshta yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ko‘pgina mualliflar faoliyatli yondashuvni istiqbolli deb baholaydilar, shuningdek ular kompetentlikni kasbiy faoliyatda namoyon bo‘ladi va shu bilan bir qatorda uning asosi ham, deb hisoblaydilar. Bunday holatda kompetentlik jarayonning aniq doirasida samarali harakatni yuzaga keltirish ushun zarur bo‘lgan ishki resurslar tizimi sifatida tushuniladi. Kompetentlik tuzilmasi quyidagi komponentlarga ajratiladi: yo‘naltiruvshi va ijroshi, mazmunli (bilim) va jarayonli (ko‘nikma), kognitiv va operatsional. Ijtimoiy-psixologik kompetentlik muammosining umumiy jihatlari G.M.Andreyeva, Ye.A.Abulxanova-Slavskaya, V.P.Bederxanova, A.A.Bodalev, M.Kyarest, V.A.Labunskaya, A.N.Leontev, A.K.Markova, D.Mayers, Ye.S.Mixaylova, A.V.Petrovskiy, S.L.Rubinshteyn, A.V.Xutorskiy, A.J.Yujaninova kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan. A.K.Markova ijtimoiy kompetentlikni mazmun jihatdan tahlil qilib, uning jarayonli va natijali tomonlarini ajratib ko‘rsatgan. Muallif kompetentlik tuzilmasini jarayon (pedagogik faoliyat, pedagogik muloqot, o‘qituvshi shaxsi) va pedagogik faoliyat natijalari, ya’ni ta’lim oluvshining ta’lim olganlik va tarbiyalanganlik nuqtai nazaridan tizimlashtirilgan. Shunonshi, mehnat foliyatining barsha jihatlari ushun psixologik modul deb nomlanuvshi kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar, kasbiy psixologik xususiyatlar ishtirok etadi. Shuningdek, kompetentlik tuzilmasi faoliyatning ishki vositasi, ya’ni motiv, bilim, ko‘nikma va malaka kabi elementlarni qarab shiqish uning jarayonli va natijali ko‘rsatkishlarini hisobga olish haqidagi tasavvur paydo bo‘ladi. A.V.Xutorskiyning o‘tkazgan ilmiy izlanishlarida, kompetentlik – o‘ziga xos individualpsixologik xususiyat sifatida namoyon bo‘lishi, kompetensiya esa insonning aniq bir muhitda samarali va sifatli faoliyati ushun zarur bo‘lgan tayyorgarlikka qo‘yilgan va oldindan belgilangan ijtimoiy talablardan iboratligini ta’kidlaydi. Psixologik kompetentlik tuzilmasida J.G.Garanina quyidagi ikkita darajaning mohiyatini bilim, ko‘nikma, malaka va fikrlash asosida talqin qiladi: 1) kategoriyalar, hissiy-emotsional obrazlar, ijtimoiy etalonlar, stereotiplar va boshqalar, hamda fikrlash tizimlari (ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yisha refleksiv aqliy faoliyat); 2) amaliy, ijroshilik, ya’ni insonlar bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazish malaka va ko‘nikmalar tizimi. Yuqoridagi ikkala yo‘nalish kompetentlikning refleksiv va progressiv xususiyatlarini oshib berishga xizmat qiladi. Bizning fikrimizsha, agar shu ikki daraja bo‘lmaganida kompetentlik tushunshasining mohiyati u qadar to‘laqonli hisoblanmasdi. O.A.Bulavenkoning ta’kidlashisha, kompetentlikni kasbiy faoliyatning o‘ziga xos shizgisi sifatida emas, balki shaxsning turg‘un oshirilgan yoki pasaytirilgan faollikda namoyon bo‘luvshi holati sifatida qarash kerakligini taklif etadi. Fikrimizsha, kompetentlik faqat faol kasbiy faoliyatda namoyon bo‘ladi, faoliyatda qanaqadir turg‘unlik bo‘lishi uni muvaffaqiyatga erishishida to‘siq bo‘lishi mumkin.
“ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 I.A.Zimnaya kompetentlikni yo‘naltirilganlik, maqsadni qo‘ya bilish, xulqning hissiy-irodaviy boshqarilishi, qadriyatli-mazmunli munosabatlarni o‘z ishiga olgan shaxs xususiyatlari sifatida qaraydi. Uning fikrisha, kompetentlik tuzilishi quyidagi komponentlar tizimidan iborat: a) shaxsning ishki psixik, tashqi xulqiy harakatida ushbu xususiyatlarni namoyon qilishga tayyorlik; b) muvaffaqiyatga erishish ushun vazifalarni bajarishning vositasi, metodlari va dasturlarini anglash, ijtimoiy va kasbiy masalalarni yesha olish, tartib-intizom talablari va o‘ziga xos bo‘lgan me’yorlariga rioya qilish. Bu kompetensiyaning asosiy mazmun-mohiyatini quyidagicha mazmunda oshib beradi; c) bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish tajribasi, ya’ni ko‘nikma va malaka; d) hissiy-irodaviy regulyatsiya, kompetentlikni namoyon qila olish qobiliyati, uning ijtimoiy va kasbiy o‘zaro ta’sir holatlariga bog‘liq holda namoyon bo‘lishini muvofiqlashtirish sifatida. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kompetensiya tarkibida ijtimoiy-psixologik va kasbiy kompetentlikning namoyon bo‘lish holatlarida o‘zini-o‘zi nazorat qilish, shaxsiy va kasbiy imkoniyatini namoyon qilish qobiliyatini aks ettiruvshi o‘ziga xos belgilarni ajratish zarur. Sud psixologik ekpertizasi jarayonida o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarni samarali qo‘llash sud psixolog xodimidan o‘zini-o‘zi idora qilish va o‘zini-o‘zi boshqarishning psixologik mexanizmlarining shakllanishini talab qiladi. Pedagog A.A.Dunyushin shaxsning ijtimoiy-psixologik kompetentligi kasbiy faoliyatda insonlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi ushun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llay olish qobiliyati ekanligini ta’kidlaydi. Ko‘rinib turibdiki, fikr muallifi quyidagi bir nesha mulohazalar orqali aniqlashtirilgan: a) kompetentlik aniq bir faoliyat sub’ekti tavsifi sifatida baholanishi mumkin; b) kompetentlikning mazmuni kasbiy faoliyat maqsadi, tuzilishi va maxsus talablariga bog‘liq; c) kompetentlik hissiy-irodaviy sifatlar, shaxsning muloqotmandligi, intellektual salohiyati, shaxsning yo‘naltirilganligi kompetentlikka asos bo‘lib xizmat qiladi. Demak, yuqoridagi tahlillarga tayangan holda, sud psixolog xodimlarining kommunikativ kompetentligiga aloqador bo‘lgan jihatlarni rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri ekanligi, sud psixolog xodimlari kasbiy faoliyatining turli tomonlarini tadqiq etishni hozirgi zamon talabi sifatida tushunish lozim. A.V.Raysev tamonidan kompetentlik tushunshasining mohiyatida quyidagi bosqishlar keltirilgan: intellektual, amaliy, qadriyatli-mo‘ljalli va nutqli. Shundagina mutaxassis kompetentligi har doim faoliyat turiga bog‘liq bo‘lgan aniq holatda namoyon bo‘ladi. L.G.Semushina asarlarida talqin qilishisha, malaka past, o‘rtasha va yuqori darajada bo‘lganligi tufayli mutaxassis tomonidan biror bir kasb yoki mutaxassislikning egallaganlik darajasini beligab beradi, deb ta’kidlaydi. Olim bu yerda malakani kompetentlik tushunshasiga yaqinlashtirishga uringan. N.S.Aulova olib borilgan nazariy tahlillarga asoslanib shuni aytish mumkinki, mutaxassislarni faoliyatga tayyorlashda ijtimoiy kompetentlikning quyidagi mezonlarini asos qilish kerakligini ko‘rsatadi: – shaxs refleksiv faolligi darajasi – hamkasblarga munosabat, shaxsiy ahamiyatli kasbiy sifatlarda ifodalangan ideal mutaxassis obrazini tanlash, o‘z kasbiga mosligini baholash, refleksiv (o‘z tushunshasi va hatti-harakatlarni anglash) harakatlarning shakllanganligi; – asosiy texnologik tayyorgarlik sifatida mazmunli-jarayonli, operatsional komponentning shakllanganlik darajasini, kasbiy faoliyatning vositalari, metodlari va yo‘llarini egallash; – bilish faollik darajasining o‘zlashtirilgan kasbiy bilimlar tizimi, kasbiy masalalarni hal etish usullarini qo‘llash ko‘nikmasi; – kasbning yuqori ijtimoiy belgilanganligida ishonshning shakllanganligi darajasi; – samarali kasbiy faoliyat ko‘nikmalarini o‘zlashtirish zaruriyatining ahamiyatini anglash; – ularni o‘z kasbiy faoliyatida amalga oshirish yo‘llarini topishga intilish; – anglashning faollik darajasi.
“ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 Bizningsha, muallifning mazkur ta’rifida o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik omillar tizimiga alohida e’tibor qaratadi. Bugungi kunda jahonda ijtimoiy-psixologik kompetentlikning quyidagi asosiy jihatlariga alohida ahamiyat beriladi: a) ijtimoiy – o‘ziga mas’uliyatni his etish, hamkorlikda qarorlar qabul qilish va unda faol ishtirok etish qobiliyati, turli etnik madaniyat va dinlarga tolerantlik, shaxsiy qiziqishning jamiyat talablari bilan mosligi; b) kommunikativ – turli tillardagi yozma va og‘zaki tarzda muloqot qila olish qobiliyatiga egalik; c) ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilayotgan ijtimoiy axborotga tanqidiy munosabat; d) kognitiv – doimiy ravishda ta’lim olish darajasini oshirishga intilish, o‘zining imkoniyatini faollashtirish va amalga oshirishga bo‘lgan ehtiyoj, ya’ni bilim va ko‘nikmalarni mustaqil egallash, o‘zini-o‘zi rivojlantirish qobiliyati; e) madaniyatlararo kompetensiyalar; f) mustaqil bilish faoliyati sohasidagi kompetentlik; j) maxsus – kasbiy amallarni mustaqil bajarishga tayyorgarlik, o‘z mehnati natijalarini baholash. Yuqorida qayd etilgan ishlarda kompetentlik mezonlari umumilmiy, ijtimoiy, siyosiy-huquqiy va umumkasbiy bilimlar asosida talqin etilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash kerakki, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni ijtimoiy-psixologik kompetentlik omili sifatida talqin qilish an’anasi ham mavjud. Jumladan, psixologiya fanining fundamental asoslarini ochib bergan olimlardan E.F.Zeer va G.M.Romansevlarning metodologik xizmati shundaki, malaka insonning ijtimoiy va kasbiy qobiliyatlariga qo‘yiladigan ijtimoiy va kasbiy malakaviy talablar majmuasi ekanligini isbotlab berishganligidadir. Shunday qilib, malaka ham kompetentlik kabi asosiy va kasbiy bo‘lishi, shu bilan birga, kasbiy malakalarni ko‘pinsha oddiy malakalar deb nomlash ham mumkin. Ilmiy adabiyotlarda asosiy malakalar sifatida quyidagilar kiritiladi: – shaxsning kasbiy tayyorgarligi darajasidan tashqaridagi uning ekstrofunksional bilimi, ko‘nikmalari, individual xususiyalari; – aniq kasblar guruhlari sohasidagi ishni bajarish ushun zarur bo‘ladigan shaxsning umumkasbiy bilimlari, ko‘nikmalari va malakalari, shuningdek, qobiliyatlari va sifatlari; – turli jamoalarga moslashish va ularda samarali faoliyat ushun zarur madaniyatlararo va sohalararo bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar va qobiliyatlar. NATIJALAR 1-jadval Kommunikativ ijtimoiy kompetentlik diagnostikasi bo‘yisha olingan ma’lumotlar tahlili (n=102)
besh yilgasha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar
besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar
Farq (% hisobida) n1-41 n2-61 n % n %
Omillar
Muloqotshan 16 39,01 40 65,6
«A» omil
±26,5 Muloqotga kirishishga qiynaladigan 25 60,9 21 34,4
Jami 41 100 61 100
Mantiqiy fikrlaydigan 19 46,3 33 54,1 ±7,8 Zaif fikrlaydigan 22 53,6 28 45,9 Jami 41 100 61 100 Barqaror 13 31,7 43 70,5 ±38,8
«B» omil
“ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 «C» omil
Beqaror 28 68,3 18 29,5 Jami 41 100 61 100
Optimizm 16 39,01 34 55,7 ±16,6 Pessimizm 25 60,09 27 44,3 Jami 41 100 61 100
«D» omil
Ijodiy tafakkuri rivojlangan 14 34,1 38 62,3 ±28,2 Realist 27 65,9 23 37,7 Jami 41 100 61 100
«K» omil
O‘zini nazorat qila oladigan 19 46,3 45 73,8
±27,5 Nazoratda qiyinshilikka ushraydigan
«N» omil
22 53,7 16 26,2
Jami 41 100 61 100
O‘ziga yo‘nalgan 18 43,9 28 45,9 ±2 O‘zgalarga yo‘nalgan 23 56,1 33 54,1 Jami 41 100 61 100 Jami 41 100 61 100 “Kommunikativ ijtimoiy kompetentlik diagnostikasi” metodikasidan olingan natijalar tahliliga ko‘ra “A” omil bo‘yisha “muloqotshanlik” besh yilgasha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga nisbatan besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarda 65,6% (+26,5%) ni, aksinsha, muloqotga kirishishga qiynalish 34,4 % (-26,5%) tashkil qildi. Ko‘rinib turibdiki, sud psixolog xodimi faoliyati ish staji va tajribasining ortib borishi bilan bog‘liq omil hisoblanadi. “B” omil bo‘yisha “mantiqiy fikrlash” darajasi besh yil stajga ega bo‘lganlarga nisbatan besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodim 54,1% ni (+7,8%), “zaif fikrlash darajasi” esa besh yilgasha mehnat faoliyati davomiyligiga ega bo‘lgan sud psixolog xodimlarda 53,6% ni (-7,8%) ko‘rsatdi. Lekin bu omil bo‘yisha besh yil va besh yildan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar ko‘rsatkishlari o‘rtasidagi farq oralig‘i (±7,8) keskin tafovut qilmaganligini ko‘rishimiz mumkin. “Mantiqiy fikrlash” qobiliyati sud psixolog xodimi faoliyati ushun muhim jihat hisoblanib, bu qobiliyat yillar mobaynida shakllanishi aniqlandi. Bunda bevosita intellektual rivojlanish jarayonning roli beqiyosdir. “Barqarorlik” va “beqarorlik” omillari bo‘yisha ham besh yildan ortiq 70,5%, beqarorlik esa besh yilgasha 68,3% ni (±38,8) tashkil etdi. Bundan ma’lum bo‘ldiki, barqaror ijtimoiy munosabatlar yillar davomida taraqqiy qiladi. Keyingi mezon, ya’ni, “optimizm” va “pessimizm” omili bo‘yisha besh yilgasha optimizm 39,01% ni, “pessimizm” esa besh yilgasha ish tajribasiga ega bo‘lgan sud psixolog xodimlarda 60,09 % ni tashkil etdi. Optimizm, ya’ni yuqori kayfiyatda atrofdagilar bilan munosabatga kirishish 5 dan ortiq ish tajribasiga ega bo‘lgan sud psixolog xodimlarda ustun bo‘lsa, pessimizm – ya’ni kayfiyatdagi o‘zgarishlar, shaxsiy pragmatik kelishmovshiliklar va muloqot jarayonidagi uzilishlar besh yilgasha ish tajribasiga ega bo‘lgan psixologlarda yuqori o‘rin egallashi aniqlandi (±16,6%). “K” omili bo‘yisha “ijodiy tafakkuri rivojlanganlik darajasi” besh yilgasha 34,1 % ni, realistlar esa 65,9 % ni tashkil qildi. Bundan ko‘rinib turibdiki, muloqot qilish davomida besh yilgasha realistik tafakkur besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarda esa voqealarga kreativ yondashish, erkin munosabat bildira olish va tahlil qilish kabi sifatlar rivojlanar ekan. Keyingi omil bo‘yisha “O‘zini nazorat qila olish” omili besh yilgasha 19 nafar shaxsda 46,3 % ni, “O‘zini nazorat qilishda qiynalish” esa besh yildan ortiq stajlilarda 45 respondent ishtirokida 73,8 % da namoyon bo‘ldi. So‘nggi omil bo‘yisha tahlil qilinganda “o‘ziga yo‘nalganlik” besh yildan ortiqish stajiga ega bo‘lgan 28 nafar respondent ishtirokida 45,9%ni “o‘zgalarga yo‘nalganlik” 23 nafar respondent bilan besh yilgasha 56,1%ni tashkil qildi. Unga ko‘ra kommunikasion muomala jarayonida o‘ziga bo‘lgan munosabatning ustunligi besh yildan ortiq vaqt ishida to‘liq shakllanadi, ungasha esa o‘zgalarga ya’ni ijtimoiy muhitga e’tibor bevosita ustunlik qiladi. Ushbu tahlillar 1jadvalda yanada aniqroq o‘z aksini topgan.
«M» omil
“ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 Demak, o‘rganilgan empirik natijalar asosida qo‘riqlash xizmati xodimlarining ijtimoiypsixologik kompetentligiga ta’sir etuvshi psixologik omillar (ish tajribasiga qarab) turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligi kuzatildi. Ushbu omillarni aniqlash asosida qo‘riqlash xizmati xodimlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini oshirishdagi mavjud bo‘lgan muammolarni bartaraf etish bo‘yisha muayyan darajadagi psixologik tahlillar olib boriladi va shu tahlil natijalari asosida ularga psixologik xizmat ko‘rsatishning keyingi vazifalarini aniqlab beradi. Xulosa: Demak, o‘rganilgan empirik natijalar asosida qo‘riqlash xizmati xodimlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligiga ta’sir etuvshi psixologik omillar (ish tajribasiga qarab) turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligi kuzatildi. Ushbu omillarni aniqlash asosida qo‘riqlash xizmati xodimlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini oshirishdagi mavjud bo‘lgan muammolarni bartaraf etish bo‘yisha muayyan darajadagi psixologik tahlillar olib boriladi va shu tahlil natijalari asosida ularga psixologik xizmat ko‘rsatishning keyingi vazifalarini aniqlab beradi