Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

PEDAGOG VA TALABA O‘RTASIDAGI MUNOSABATLARNING SHAXSDA ALTRUIZM MOTIVLARINING SHAKLLANISHIGA TA’SIRI

4-Son (2026-yil, Aprel)
167 170
4 Ko'rishlar
Nashr etildi: Apr 01, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Maqolada pedagog-talaba munosabatlarining shaxsda altruizm motivlarini shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy-psixologik omillarning tahlili keltirilgan. Pedagog-talaba munosabatlarining shaxsda altruizmning shakllanishida konativ, kognitiv, hissiy-emotsional, ijtimoiy va psixologik omillar ilmiy jihatdan asoslangan.
Kalit so'z (UZ): altruizm, motivatsiya, pedagog-talaba munosabatlari, pedagogik ta’sir, shaxsiy rivojlanish, ta’lim jarayoni, tarbiyaviy jarayon, ijtimoiy mas’uliyat, empatiya, shaxsiy fazilatlar, o‘qituvchining roli, talabaning faolligi, ta’lim muhitining ahamiyati

Аннотация (RUS):

В cтaтьe пpeдcтaвлeн aнaлиз coциaльнo-пcиxoлoгичeckиx фakтopoв, влияющиx нa фopмиpoвaниe мoтивoв aльтpyизмa в oтнoшeнияx yчитeль-yчeниk. Hayчнo oбocнoвaны вoлeвыe, koгнитивныe, ceнcopнo-эмoциoнaльныe, coциaльныe и пcиxoлoгичeckиe фakтopы фopмиpoвaния aльтpyизмa личнocти в oтнoшeнияx yчитeль-yчeниk.
Ключевые слова (RUS): aльтpyизм, мoтивaция, oтнoшeния пeдaгoг-yчeниk, пeдaгoгичeckoe вoздeйcтвиe, личнocтнoe paзвитиe, вocпитaтeльный пpoцecc, coциaльнaя oтвeтcтвeннocть, эмпaтия, личнocтныe kaчecтвa, poль yчитeля, akтивнocть yчeниka, знaчимocть oбpaзoвaтeльнoй cpeды

Abstract (EN):

The article presents an analysis of socio-psychological factors influencing the formation of altruism motives in teacher-student relationships. The volitional, cognitive, sensoryemotional, social and psychological factors in the formation of personality altruism in teacherstudent relationships are scientifically substantiated.
Keywords (EN): altruism, motivation, pedagogical-student relations, pedagogical influence, personal development, educational process, educational process, social responsibility, empathy, personal qualities, teacher's role, student activity, importance of the educational environment

Maqola Mazmuni

Kirish. Jahonning ilmiy tadqiqot markazalarida va oliy ta’lim muassasalarida altruizm motivlarining affektiv, kognitiv, emotiv, konativ komponentlarining xulq-atvoriga ta‘sirini aniqlash, shaxslararo munosabatlarning turli ko‘rinishlarida altruistik yo‘nalganligi, ijtimoiy-psixologik omillarning shaxs axloqiy rivojlanishiga ta’sirini yoritib berish bilan bog‘liq yo‘nalishlardagi ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda. Garvard va Yel universitetlaridagi bir guruh psixolog olimlar katta yoshdagi shaxslarning ongida altruistik jazo modeli mavjudligini yana bir bor empirik tarzda tasdiqlashga erishishgan. Altruistik xulqning motivlari va kognitiv determinantlarini ijtimoiypsixologik ta’sir mexanizmlari tomonidan anglanilgan darajasini aniqlash, shaxslararo “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 munosabatlardagi egoistik ustanovkalarni o‘zgartirish masalalari bilan bog’liq bo’lgan omillarni empirik jihatdan tadqiq qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda jamiyatga raqamli texnologiyalarning kirib kelishi bilan bog‘liq ravishda shaxs qadriyatlari tizimida axloqiy transformasiyalarning kuzatilishi ko‘zga tashlanmoqda. Mazkur holat shaxsning axloqiy kognitsiyalarini barqaror rivojlantirish zarurati tug‘ilmoqda. Bugungi globallashuv jarayonida «jamiyatdagi ijtimoiy-psixologik va oilaviy muammolar bilan ishlash tajribasiga ega hamda o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini yuqori kasbiy darajada ta’minlay oladigan malakali kadrlar» tayyorlash bilan bog‘liq talablarning qo‘yilishi tanlangan mavzuning dolzarbligini yana bir karra asoslab beradi. Yuqorida keltirilgan tahliliy ma’lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, psixologning kasbiy faoliyati negizida “yordam berishga undovchi xulq motivlari” yotadi. Biz dissertatsion tadqiqotimizda tanlab olgan «altruizm» fenomeni ham aynan sharqona milliylikni o‘zida mujassamlashtirgan va “yordam berishga undovchi xulqni” ifodalovchi tushunchadir. Altruizmning bosh g‘oyasi – o‘zgalar qiziqishlariga yo‘naltirilgan va hech qanday manfaat ko‘zlanmaydigan xulq-atvordir. Altruizm fenomeni bir qancha fanlar doirasida tadqiq qilingan va uning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan bo‘lishiga qaramay, psixologik mexanizmlarini milliy kontekstda o‘rganish masalasiga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Altruizm tushunchasiga olimlar turli izohlar berishgan. Jumladan, E.V.Sidorenkoning ta’kidlashicha, altruizm – bu subyektning ixtiyoriy ravishda o‘zgalarga yordam berishga qaratilgan erkin harakatidir. V.V.Solovyov tadqiqotlarid esa altruizm deganda «boshqa insonlarga nisbatan axloqiy birdamlik»ni tushunishni taklif etadi. Taniqli olim O.A.Gulevichning ta’kidlashicha, esa «altruizm – bu shaxsning o‘z manfaatlariga asoslangan boshqa mustaqil motivlardan farqli ravishda uning asosida o‘zgalarga beg‘araz g‘amxo‘rlik qilish va sevish, guruh uchun o‘zini fido qilish, mas’uliyatni his etish ehtiyoji yotadi». Yuqorida keltirilgan izohlarga asoslanib, shuni aytishimiz mumkinki, altruizm – shaxsning o‘zgalarning manfaatlariga yo‘nalgan, stenik hislar asosida yuzaga keladigan, qadriyatlar tizimida barqaror xarakterga ega bo‘lgan shaxs xususiyatidir. Yuqoridagi izohlardan va atamaga berilgan tavsiflardan ham ko‘rinib turibdiki, altruizm fenomeni shaxsning ma’naviy qiyofasini izohlab beruvchi biosotsiopsixologik tushunchadir. Chunki, altruistik xulq tendensiyasi o‘ziga xos biogenetik, neyrodinamik asoslarga ega bo‘lish bilan bir qatorda ijtimoiy va psixologik omillarning o‘zaro integratsiyasi natijasida shaxs xulqida namoyon bo‘ladi. Altruizm shaxs xulq-atvorida quyidagi tamoyillar asosida reprezentasiyalanadi va uning ma’naviy qiyofasiga proyeksiyalanadi: 1. Adolatlilik tamoyili – ushbu tamoyil shaxsni o‘zgalar manfaatlariga zarar yetkazmasdan turib harakatlanishga undaydi; 2. O‘zaro hurmat tamoyili – o‘zini hurmat qilgan shaxs o‘zgalarning manfaatlarini va shaxsini ham hurmat qilishi bilan bog‘liq harakatlarda aks etadi; 3. Hamkorlik tamoyili – atrofdagilarning ehtiyojlari insonning shaxsiy manfaatlariga uyg‘unlashuvini nazarda tutadigan harakatlar tizimi hisoblanadi. Altruizm fenomenining psixologik tamoyillaridan ham ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda shaxslararo munosabatlarda mazkur jihatni qadriyat darajasiga aylantirish yoshlarni turli «ommaviy madaniyat» ko‘rinishlariga nisbatan «psixologik immunitet»ni shakllantirishning muhim komponenti hisoblanar ekan. Yuqorida altruizmni biosotsiopsixologik tushuncha deb izohladik. Buning asosiy sabablari mazkur fenomenning shaxs qadriyatlar tizimida barqaror xususiyat sifatida shakllanishida o‘ziga xos bosqichlar mavjud bo‘lib, uning negizida biologik, psixologik, ijtimoiy determinantlar bir xil ta’sir darajasiga ega. Mazkur bosqich quyidagi ketma-ketlikda amalga oshadi: - Altruistik mayllar – har bir shaxs dunyoga kelganda o‘z nasliga g‘amxo‘rlik qilish instinktlari bilan dunyoga keladi. Aynan ushbu instinktlar altruizmning biologik asosini belgilaydi va insonda anglanmagan altruistik xatti-harakatlarni faollashtiradi. “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 - Altruistik hislar – altruistik mayllar shaxsda altruistik reaksiyalarni yuzaga keltiradi. Mazkur reaksiyalar muayyan bir kechinmalar, hislar shaklida ifodalanadi. Altruistik hislar stenik xarakterga ega bo‘lib, insonni kimgadir yordam berish uchun faollashtiradi. - Altruistik ustanovkalar – shaxsning o‘ziga beradigan ichki barqaror ko‘rsatmalari tizimi. - Altruistik yo‘nalganlik – shaxsning o‘zgalarga yordam berishga moyilligini anglatuvchi barqaror shaxs xususiyati. - Altruistik xulq motivlari – shaxsni beg‘araz yordam berishga undovchi kuch. - Altruistik xulq – anglangan yoki qisman anglangan o‘zgalarga beg‘araz yordam ko‘rsatishga yo‘nalgan axloq. Bizga ma’lumki, bo‘lajak psixologlar shaxslararo munosabatlar hamda kasbiy shakllanish jarayonining subyekti sifatida muayyan bir guruh, jamiyat, etnos a’zosidir. Har bir guruh, jamiyat, millat shaxsning shakllanishiga o‘ziga xos tarzda ta’sir etadi va uning ijtimoiy dunyoqarashi, axloqiy tamoyillarini shakllanishiga ta’sir etadi. Shaxsdagi altruistik xulq motivlarining reprezentatsiyalanishi ham aynan ijtimoiy ta’sir mexanizmlarini shaxs tomonidan anglanilganligi hamda axloqiy tushunchalar tizimini shakllanganlik darajasiga bog‘liqdir. Biz talabalarda altruistik motivlarni shakllanishiga pedagog munosabatini ta’sirini ko’rib chiqdik. Buning uchun Metodika A.M.Markova A.Y.Nikonova bilan birgalikda ishlab chiqilgan yondashuvga asoslanadi. Mualliflar pedagog mehnatining uslubiga ta’rif berishda quyidagi xususiyatlarga asoslanishgan: ✓ uslubning mazmuniy xususiyatlari (oʻqituvchi oʻz mehnatining jarayoni yoki natijasiga manfaatli yoʻnalganligi); ✓ pedagogning oʻz ish faoliyatida nazorat-baholash bosqichlarini qoʻllashi; ✓ uslubning dinamik xarakteristikalari (moslashuvchanlik, barqarorlik, oʻzgaruvchanlik va boshqalar); ✓ samaradorlik (oʻquvchilarning bilim darajasi va oʻrganish koʻnikmalari, shuningdek, ularning oʻrganilayotgan mavzuga qiziqishi). Umumiy natijalarni baholashda quyida keltirilgan me’yoriy ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin: 1. Emotsional-improvizatsion uslub (EIU). 2. Emotsional-improvizatsion uslubga ega pedagoglar oʻquv jarayoniga asosiy e’tibor qaratishlari bilan ajralib turadilar. Bunday pedagog yangi materialning tushuntirishini mantiqiy va qiziqarli tarzda tuzadi, lekin tushuntirish jarayonida u koʻpincha oʻquvchilar bilan qaytar aloqa qilmaydi. 2. Emotsional-metodik uslub (EMU). Emotsional-metodik uslubga ega pedagog oʻquv jarayoni va natijalariga yoʻnaltirilganligi, oʻquv jarayonini adekvat rejalashtirish, yuqori samaradorlik va intuitivlikning refleksivlikdan ma’lum darajada ustunligi bilan tavsiflanadi. Ta’lim jarayoniga ham, natijalariga ham e’tibor qaratgan bunday pedagog oʻquv jarayonini yetarli darajada rejalashtiradi, barcha oʻquv materialini bosqichma-bosqich ishlab chiqadi, barcha oʻquvchilarning (kuchli va zaif) bilim darajasini diqqat bilan kuzatib boradi, uning faoliyati doimiy ravishda mustahkamlash va oʻquv materialini takrorlash, oʻquvchilar bilimini nazorat qilishni oʻz ichiga oladi. 3. Mulohazali-improvizatsion uslub (MIU). Mulohazali-improvizatsion uslubga ega pedagog oʻquv jarayoni va natijalariga yoʻnaltirilganligi va oʻquv jarayonini adekvat rejalashtirishi bilan tavsiflanadi. Emotsional uslubga ega boʻlgan pedagoglar bilan solishtirganda, mulohazaliimprovizatsion uslubga ega pedagog oʻqitish usullarini tanlash va oʻzgartirishda kamroq tashabbuskorlik ko’rsatadi, har doim ham ishning yuqori sur’atini ta’minlay olmaydi, jamoaviy munozaralarni kamroq ishtirok etadi. 4. Mulohazali-metodik uslub (MMU). Birinchi navbatda ta’lim natijalariga e’tibor qaratgan va ta’lim jarayonini adekvat rejalashtirishgan, mulohazali-metodik uslub ega pedagog oʻqitish vositalari va usullaridan foydalanishda konservativdir. Yuqori metodiklik (tizimli mustahkamlash, oʻquv materialini takrorlash, talabalar bilimini nazorat qilish) standart qo’llaniladigan oʻqitish usullari to’plami, oʻquvchilarning reproduktiv faolligini afzal ko’rish va jamoaviy muhokamalar bilan uyg’unlashgan. Suhbat jarayonida mulohazali-metodik uslubga ega boʻlgan pedagog talabalarning “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 bir qismiga murojaat qiladi, har biriga javob berishga koʻp vaqt ajratadi, zaif talabalarga alohida vaqt ajratadi. Biz talabalardagi altruizmni shakllanganligini aniqlashga qaratilgan metodika bilan mazkur so’rovnoma orasidagi bog’liqlik quyidagicha tavsiflandi. 1-jadval Talabalarda altruistik motivlarni namoyon bo’lishiga pedagog uslubning ta’siri (n=227+61) Emotsionalimprovizatsion Emotsional- Mulohazaliimprovizatsion Mulohazalimetodik uslub Omillar metodik uslub(EMU) uslub (EIU) uslub (MIU) (MMU) Altruizm 0,041 0,063 0,297* 0,110 Izoh: * p≤0,05; ** p≤0,01 Pedagoglarda natijalarning tahlil yuzasidan ahamiyatli sanalgan shkalalarini ko‘rib chiqadigan boʻlsak, mulohazali-improvizatsion uslub (r=0,297; p≤0,05) bilan altruizm motivlar ijobiy natija bergan. Bugungi yoshlar har tomonlama rivojlangan, oʻziga, boshqa insonga, jamiyatga, tabiatga va mehnatga oʻz toʻgʻri munosabatini bildira oladigan, mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, ijodkor, tashabbuskor va tadbirkor boʻlmog`i lozim. Talabada ana shu xususiyatlarning rivojlanishi soʻzsiz pedagogga, uning oʻquv-tarbiya jarayonini toʻgʻri boshqara olishiga va talabalar bilan oʻrnata oladigan muomala va munosabatlariga bogʻliq. Chunki aynan pyedagogik voqelikda oʻz-oʻzini tahlil etish ko’nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati ularning oʻzi haqidagi tasavvurlari, qiziqishlari, motiv, ehtiyojlari tizimi sifatida tushuniladigan “Men-konsepsiyasi” ning rivojlanishiga undovchi ichki omillarning eng asosiylaridan biridir. Bunday pedagog yangi materialning tushuntirishini mantiqiy va qiziqarli tarzda tuzadi. Bundan tashqari, aynan mulohazali improvizasion uslub talabalarning altruizm motivlarini rivojlanishiga integrativ ta’sir etishi aniqlangan Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, talaba-pedagog munosabatlari bevosita shaxsda altruizm motivlarini shakllanishiga ta’sir etmay qolmaydi.

Adabiyotlar

01

1. Atabayeva N.B. Shaxsda altruizmni shakllantirishning nazariy asoslari. // Pedagogika – Toshkent, 2022. №5. B. 98-101.

02

2. Hycpaтoвa M.Б. Xapakтepиcтиka aльтpyиcтичeckoгo пoвeдeния личнocти. //International Conference of Artificial Intelligiance on Science and Education. New York, USA. october, 2023. – P.127-129.

BOSHQA TILLARDA

EN

THE IMPACT OF TEACHER–STUDENT RELATIONSHIPS ON THE FORMATION OF ALTRUISM MOTIVES IN THE INDIVIDUAL

RU

ВЛИЯНИЕ ВЗАИМООТНОШЕНИЙ ПЕДАГОГА И СТУДЕНТА НА ФОРМИРОВАНИЕ МОТИВОВ АЛЬТРУИЗМА У ЛИЧНОСТИ

Mualliflar

M.N.B
MЕХRINISО NUSRАTОVА BАХSHILLОYЕVNА

Buхоrо innоvаtsiyаlаr univеrsitеti dоtsеnti, рsiхоlоgiyа fаnlаri bо‘yichа fаlsаfа dоktоri (РhD)

Iqtibos olish

NUSRАTОVА, M. (2026). THE IMPACT OF TEACHER–STUDENT RELATIONSHIPS ON THE FORMATION OF ALTRUISM MOTIVES IN THE INDIVIDUAL. ACADEMIC SPECTRUM, 4-Son (2026-yil, Aprel), 167-170.