Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

SHAXSNING UMUMIY SALOMATLIGINI RIVOJLANTIRISH IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA TALQIN ETILISHI

4-Son (2026-yil, Aprel)
159 166
4 Ko'rishlar
Nashr etildi: Apr 01, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Ushbu maqolada jamiyatga har tomonlama sog‘lom va barkamol farzandlarni yetishtirishda bugungi kundagi muammolarga xolisona baho berish va mazkur muammolar yechimini izlab topish zarurligi haqida so‘z boradi. Salomatlik nafaqat jismoniy holat sifatida, balki insonning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonligi, shu jumladan, uning moslashish va o‘zini namoyon qilish qobiliyatining uyg'un birligi sifatida qaralishi, shaxsning salomatligi turmush sharoiti, ijtimoiy muhit va jamiyat qadriyatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu uni pedagogik ta’sir va ijtimoiy siyosat ob’ektiga aylantirishi borasida aniq faktlar bilan isbotlangan fikrlar keltirilgan Tayanch so‘zla: Shaxs, ijtimoiy, salomatlik, muammo, pedagogik, maktabgacha ta’lim, rivojlantirish, gadjetlar, ota-onalar hamkorligi, turmush sharoit, moslashish, internet tarmoqlari, jamiyat, qadryat, psixolog, axborot, glaballashuv, jiddiy xavf. Бeгмaтoвa Myниpa Тoли́ бжoн kизи Cтapший пpeпoдaвaтeль Джизakckoгo oблacтнoгo цeнтpa пeдaгoгичeckoгo мacтepcтвa ИHТEPПPEТAЦИЯ PAЗВИТИЯ OБЩEГO ЗДOPOВЬЯ ЛИЧHOCТИ KAK

Аннотация (RUS):

В дaннoй cтaтьe paccмaтpивaeтcя нeoбxoдимocть oбъekтивнoй oцeнkи oбщecтвoм coвpeмeнныx пpoблeм вocпитaния здopoвыx и вcecтopoннe paзвитыx дeтeй и пoиcka peшeний этиx пpoблeм. В cтaтьe пpeдcтaвлeны взгляды, пoдkpeплeнныe koнkpeтными фakтaми, coглacнo koтopым здopoвьe paccмaтpивaeтcя нe тoльko kak физичeckoe cocтoяниe, нo и kak гapмoничнoe eдинcтвo физичeckoгo, пcиxичeckoгo и coциaльнoгo блaгoпoлyчия чeлoвeka, вkлючaя eгo cпocoбнocть k aдaптaции и caмoвыpaжeнию, чтo здopoвьe чeлoвeka тecнo cвязaнo c ycлoвиями жизни, coциaльнoй cpeдoй и цeннocтями oбщecтвa, чтo дeлaeт eгo oбъekтoм пeдaгoгичeckoгo влияния и coциaльнoй пoлитиkи.
Ключевые слова (RUS): Личнocть, coциaльныe acпekты, здopoвьe, пpoблeмa, пeдaгoгиka, дoшkoльнoe oбpaзoвaниe, paзвитиe, гaджeты, coтpyдничecтвo poдитeлeй, ycлoвия жизни, aдaптaция, интepнeт-ceти, oбщecтвo, цeннocти, пcиxoлoг, инфopмaция, глoбaлизaция, cepьeзнaя oпacнocть

Abstract (EN):

This article discusses the need for society to objectively assess today's problems in raising healthy and well-rounded children and to find solutions to these problems. The article presents the views, substantiated by concrete facts, that health is considered not only as a physical condition, but also as a harmonious unity of a person's physical, mental and social well-being, including his ability to adapt and express himself, that a person's health is closely related to living conditions, the social environment and the values of society, which makes him an object of pedagogical influence and social policy.
Keywords (EN): Personality, social, health, problem, pedagogical, preschool education, development, gadgets, parental cooperation, living conditions, adaptation, internet networks, society, values, psychologist, information, globalization, serious danger

Maqola Mazmuni

Adabiyotlar tahlili. Jamiyatga har tomonlama sog‘lom va barkamol farzandlarni yetishtirishda bugungi kundagi muammolarga xolisona baho berish va mazkur muammolar yechimini izlab topish zarur. Muammoning mohiyati shundan iboratki: salomatlik nafaqat jismoniy holat sifatida, balki insonning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonligi, shu jumladan, uning moslashish va o‘zini namoyon qilish qobiliyatining uyg'un birligi sifatida qaraladi. Shaxsning salomatligi turmush sharoiti, ijtimoiy muhit va jamiyat qadriyatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu uni pedagogik ta’sir va ijtimoiy siyosat ob’ektiga aylantiradi. Shu munosabat bilan pedagogika bolaning ijtimoiy salomatligini, sog‘lig‘ining barcha tomonlarini jismoniy va aqliy, ruhiy o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishga qiziqish uyg‘otadi. Shaxs umumiy salomatligini rivojlantirish ijtimoiy-pedagogik, psixologik, sotsiologik, tibbiy va boshqa ilmiy bilimlarni o‘zida birlashtirgan va bugungi kunda shaxsning ijtimoiy rivojlanishini tavsiflovchi yaxlit toifa deb qarash mumkin. Tibbiyot manbalarining ayrimlarida “ijtimoiy salomatlik” tushunchasi ijtimoiy gigiena doirasida, fuqarolarning jismoniy salomatligiga ijtimoiy omillarning ta’siri nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Bolalar salomatligi bo‘yicha ilmiy adabiyotlarni ko‘rib chiqib, biz quyidagi ta’rifni shakllantirishimiz mumkin. Bola shaxsiyatining ijtimoiy salomatligi - bu uning biopsixik qobiliyatlari axloqiy ijtimoiy me’yorlarga rioya qilgan holda moslashish va konstruktiv faollik orqali ijtimoiy muhit bilan muvozanatni o‘rnatishga yordam beradigan shaxsning holati. Bolaning ijtimoiy salomatligini shakllantirish ijtimoiy-psixologik moslashuv, hozirgi glaballashuv davri, zamonaviy axborot texnologiyalarining bolalar salomatligiga ta’siri, qolaversa, ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy rivojlanish jarayonlaridagi o‘rni haqida gapirmaslikning iloji yuq. “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 Hozirgi axborot globallashuvi davrida zamonaviy texnologiyalar bolalar hayotining ajralmas qismiga aylanishga ulgurdi. Kompyuter, smartfon, planshet va internet resurslaridan keng foydalanish bolalarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirsa-da, ularning jismoniy va ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, harakatsiz turmush tarzi, ko‘z zo‘riqishi, uyqu rejimining buzilishi hamda psixologik bog‘liqlik bolalar salomatligi uchun dolzarb muammolardan biri deb qaralmoqda. Shu bilan birga, nazoratsiz axborot oqimi bolalarning ma’naviy-axloqiy rivojiga ham salbiy ta’sir etishi hech kimga sir emas. Ushbu holatlar zamonaviy texnologiyalardan oqilona va me’yorida foydalanishni talab etadi. Axborot globallashuvi sharoitida zamonaviy texnologiyalar bolalarning ta’lim olishi va dunyoqarashini kengaytirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi kerak. Biroq raqamli qurilmalardan haddan tashqari va nazoratsiz foydalanish bolalar salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Xususan, jismoniy faollikning kamayishi, ko‘rish qobiliyatining pasayishi, asab tizimi zo‘riqishi va ruhiy holatdagi o‘zgarishlar bolalar orasida tobora ko‘payayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bundan tashqari, internet makonidagi zararli axborotlar bolalarning psixologik barqarorligi va ijtimoiy xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, ota-onalar, pedagoglar va jamiyat tomonidan bolalarning raqamli muhitdagi faoliyatini muvozanatli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda texnologiyalardan maqsadli foydalanish madaniyatini rivojlantirish muhim ijtimoiy-pedagogik vazifa hisoblanadi. Axborot globallashuvi va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bolalar hayotiga chuqur kirib kelib, ularning kundalik faoliyati, ta’lim jarayoni va bo‘sh vaqtini tashkil etishda muhim omilga aylandi. Biroq zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan me’yoridan ortiq va nazoratsiz foydalanish bolalar salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Jismoniy salomatlikka tahdidlar va kelib chiqayotgan kasalliklar haqida gapiradigan bo‘lsak, raqamli qurilmalardan uzoq vaqt foydalanish bolalarda harakatsiz turmush tarzini (gipodinamiya) keltirib chiqarmoqda. Natijada: bolalarda yoshiga nisbatan ortiqcha vazn va semirish, umurtqa pog‘onasi qiyshayishi (skolioz), bo‘yin va bel sohasidagi surunkali og‘riqlar, yassi oyoqlik, yurak-qon tomir faoliyatining sustlashuvi kabi kasalliklar keng tarqalmoqda. Shuningdek, ekran qarshisida uzoq o‘tirish bolalarda ko‘rish qobiliyatining pasayishi, ya’ni: miopiya yaqinni ko‘ra olmaslik, ko‘z qurishi sindromi, bosh og‘riqlari va ko‘z tez charchashi kabi holatlarni keltirib chiqarmoqda. Zamonaviy texnologiyalarning bolalar psixikasiga ta’siri yanada xavfliroq hisoblanadi. Eng achinarlisi ham shunda. Bu esa axborot oqimining haddan tashqari ko‘pligi va virtual muhitga qaramlik quyidagi holatlarga olib kelmoqda: Raqamli qaramlik internet va gadjetlarga bog‘lanish, diqqatning susayishi va xotira pasayishi, asabiylik, tajovuzkorlik va hissiy beqarorlik, depressiv holatlar va xavotir buzilishlari, uyqu rejimining buzilishi (insomniya). Ayniqsa, kechki payt mobil qurilmalardan foydalanish bolalarda biologik ritmlarning buzilishiga, asab tizimining zo‘riqishiga va surunkali charchoqqa sabab bo‘lmoqda. Buning ortidan esa qo‘rqinchli va afsuski davosi uzoq vaqtni oladigan kasalliklar paydo bo‘ldi va ko‘yab bormoqda. Masalan bugungi kunda hayotimizning eng ko‘p vaqtini telefonga qarash bilan o‘tkazayapmiz. Har tongda uyqudan ko‘z ochiboq telefonimizni qidiramiz. Mana shu holat keng tarqalayotgan xavfli kasallik nomofobiya deb ataladi va eng xavotirlisi – u bolalar orasida ham ko‘payib bormoqda. Nomofobiya (mobil fobiya) – telefonsiz qolish qo‘rquvi hisoblanadi. Koronavirus pandemiyasi ta’sirida yanayam ommalashgan bu kasallik koronavirusdan ham xavfliroq bo‘lib chiqdi. Chunki bugun uyqudan ko‘z ochish bilan telefon qidirish, telefon bo‘lmaganda o‘zini o‘ta noqulay his qilish odamlar orasida ko‘p uchraydi. Davolash mumkin bo‘lgan xastaliklardan ham xavotirliroq bu yangi kasallik asr vabosi deb tan olingan. Psixologlar nomofobiyani giyohvandlik yoki spirtli ichimliklarga qaramlik bilan teng deb tan olishmoqda. Shuning uchun dunyoning ko‘plab davlatlarida bu kasallikni aniqlash va davolash ustida allaqachon ishlar olib borilmoqda. “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 Bugun dunyo bo‘yicha 7,2 milliarddan ortiq odam o‘z mobil telefoniga ega. Bu dunyo aholisining 91 foizini tashkil qiladi. Gadjetlar shu darajada ommalashdiki, kichik yoshdagi bolalar ham ota-onasining telefonidan cheksiz ravishda foydalanmoqda. Saudiya Arabistoni va Iordaniyada o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, bu ikki davlat aholisining 51 foizidan ortiqrog‘ida telefonga qaramlik tashxisi qo‘yildi. 5191 kishi ishtirok etgan so‘rovnomaning 26 foizida ishtirokchilar telefonsiz qolish qo‘rquvi bilan yashayotganini va bundan davolanish istagini aytishgan. Buyuk Britaniyada esa aholining 53 foizi nomofobiyadan aziyat chekishadi. Braziliyada bu tadqiqot o‘tkazilganda ishtirokchilarning 68 foizida smartfonlarga qaramlik aniqlangan. Natijalar ayollarga nisbatan erkaklarda mobil telefonlarga bog‘lanib qolish va nomofobiya xavfi yuqoriroq ekanligini isbotlagan. Dunyo mamlakatlarini xavotirga solayotgan bu holat haqida O‘zbekistonda hali biror tadqiqot o‘tkazilmadi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda 2022 yilning yanvar holatida respublikamizdagi har 100 ta uy xo‘jaligiga 308 ta mobil telefon to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Demak bizda ham bu xavotir ularnikidan kam emasligi aniq. Bugun gadjetlar bolalarning ham sevimli “o‘yinchog‘i”ga aylanib ulgurdi. Tinimsiz xarxashalar, injiqliklardan xalos bo‘lishning oson yo‘li. Onalar o‘z telefonlarini bolaga tutqazadilar va bemalol boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish mumkin. Lekin bu go‘daklar uchun qanchalik foyda yoki zararli ekanligi haqida o‘ylovlar va faktlar xavotir uyg‘otadi. Mutaxassislar bolalarning global tarmoqlar orqali multfilmlar tomosha qilishi ularning aqliy rivojlanishiga xizmat qilmasligini aytishadi. Foyda keltirmaydigan bu holat zararga ishlaydi. Ya’ni bolada buning oqibatida vazn oshishi, uyqusizlik, o‘zini yomon his qilish boshlanadi. Psixolog Shoira Isoqovaning fikricha, yaqin 5 yillikda bu muammo o‘zining yomon asoratini ko‘rsatib boshlaydi: Muhokama. “Bugungi kunda bolalarning telefonga qaramligi juda dolzarb muammo hisoblanadi. Ammo ota-onalar bunga muammo sifatida qarashmaydi. Bu kelajakda katta muammolarni keltirib chiqaradi. Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan telefonga qaramlikka kasallik darajasida qaralayotganiga ancha bo‘ldi. Bolalarda bu jismoniy salomatlikka yomon ta’sir o‘tkazish bilan birga: bolaning psixik rivojlanish bosqichini keskin o‘zgartirib yuborishi mumkin. Natijada bolaning diqqati buziladi. Idrokni o‘zgartiradi, psixologik og‘ishlar yuz beradi, pornografik qaramliklar kelib chiqadi. Ota-ona buni his qilmasligi mumkin, yaqin 5 yillikda bu muammo o‘zining haqiqiy asoratini ko‘rsatishni boshlaydi. “Qabulimga shu muammo bilan juda ko‘p bolalarni olib kelishadi: ularda darslarni o‘zlashtirishda orqada qolish, o‘rtoqlari bilan chiqisha olmaslik, butun dunyodan, voqelikdan uzilish kuzatiladi. Ota-ona telefondan foydalanishni taqiqlasa, ularga qo‘l ko‘tarishgacha borayotgan bolalar bor. Men mutaxassis sifatida bolalarga 15 yoshgacha gadjetlar olib bermaslikni tavsiya qilgan bo‘lardim”, deydi psixolog. [5-3b] Mutaxassisning aytishicha, bu bolalar qattiq qo‘rquv, xavotir, tushkunlik, jiddiy bezovtalik qamrovida bo‘lishadi. Bu kasallikda shaxs rivojlanishi bosqichi orqada qoladi. Ularda maqsadlar yo‘qligi, agressivlik, ortiqcha jazavaga tushish kuzatiladi. Faqat telefondagi virtual hayot ta’sirida bo‘lishadi. Kelgusida bu bolalar jamiyatda befarq, loqayd kimsalarga aylanishi tabiiy holat. Globallashuv sharoitida internet makonidagi nazoratsiz axborotlar, telefonga qaramlik bolalarning ma’naviy va axloqiy rivojiga ham jiddiy xavf tug‘diradi. Zararli kontent: zo‘ravonlikka moyillikni kuchaytirishi, noto‘g‘ri xulq-atvor shakllarini keltirib chiqarishi, ijtimoiy moslashuv muammolariga olib kelishi mumkin. Bu esa bolalarda ijtimoiy yakkalanish, muloqot qobiliyatining sustlashuvi va real hayotga moslashishdagi qiyinchiliklarni yuzaga chiqaradi. Zamonaviy texnologiyalar bolalar rivoji uchun muhim imkoniyatlar yaratish bilan birga, ularning jismoniy, ruhiy va ma’naviy salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan omilga ham aylanmoqda. Shu sababli, ota-onalar, pedagoglar va jamiyat vakillari tomonidan bolalarning raqamli muhitdagi faoliyatini qat’iy nazorat qilish, texnologiyalardan “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 me’yorida foydalanishni yo‘lga qo‘yish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish muhim ijtimoiypedagogik vazifa hisoblanadi. Kelajagimiz egalari bo‘lgan bolalarning hayotiga, sog‘ligiga xavf solayotgan sabablar birgina telefonga qaramlik emas albatta. Bolalarning salomatligiga bugungi kunda ekalogik muhitning ham ta’siri katta bo‘lmoqda. Globallashuv jarayoni sanoatning rivojlanishi, urbanizatsiyaning tezlashuvi va tabiiy resurslardan haddan tashqari foydalanish bilan birga kechmoqda. Natijada havo, suv va tuproqning ifloslanishi, iqlim o‘zgarishlari, biologik muvozanatning buzilishi inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ekologik muammolar tufayli allergik kasalliklar, nafas yo‘llari xastaliklari, asab tizimi buzilishlari va immunitetning pasayishi ko‘paymoqda. Jamiyat rivoji sog‘lom avlodga tayanadi. Agar ekologik muhit sog‘lom bo‘lmasa, jismonan va ruhan barkamol shaxsni tarbiyalash mushkullashadi. Shu sababli ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni yosh avlod ongiga singdirish pedagogikaning muhim vazifalaridan biridir. Ekologik muhit haqida so‘z borar ekan, u inson salomatligini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Afsuski, sanoatning rivojlanishi, transport vositalarining ortib borishi, qishloq xo‘jaligi vositalarining haddan ziyod ishlatilishi atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, bu muammo bolalar salomatligiga tahdid solmoqda. Bolalar organizmi kattalarnikiga nisbatan tashqi muhitga sezuvchanroq bo‘lib, ekologik ifloslanish ularning immun tizimining zaiflashishiga, jismoniy va ruhiy rivojlanishining sekinlashishiga olib keladi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili millionlab bolalar ekologik omillar sababli sog‘liq muammolariga duch keladi. O‘zbekistonda havo ifloslanishi va suv sifati bilan bog‘liq sog‘liq muammolari ko‘plab holatlarda kuzatilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bronxial astma, tez-tez shamollash, allergiya, teri kasalliklari kabi holatlar kuzatilayotgani ekologik muhit va salomatlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Ekologik muhit va bolalar salomatligi o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy adabiyotlarda ko‘plab tadqiqotlar asosida yoritilgan. JSST (2023) ma’lumotlariga ko‘ra, bolalarning 24% sog‘liq muammolari ekologik ifloslanish bilan bog‘liq. Bunda havo ifloslanishi, ichimlik suvining sifati va oziq-ovqatdagi kimyoviy moddalarning mavjudligi asosiy xavf manbasi hisoblanadi. Mutaxassislar havo tarkibidagi SO₂, NO₂, chang zarralari bolalarda nafas yo‘llari kasalliklarini keltirib chiqarishini ta’kidlaydi. Pedagog olima M. Abduqodirovaning tadqiqotlarida bolalarning ekologik tarbiyasini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida gigiyena madaniyatini rivojlantirish orqali salbiy oqibatlarni kamaytirish mumkinligi qayd etiladi. O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim tizimida ilk ekologik ta’limni takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasida ilk ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi 434-son qarori asoslanib, maktabgacha ta’lim tizimida uzviylik asosida ilk ekologik tarbiyani ta’lim faoliyatini sivilizasiyaning hozirgi va kelajakdagi holati o‘rtasidagi bog‘lovchi vosita sifatida ta’limiy faoliyatni olib bordik. Pedagogkni maqsadi ta’lim-tarbiyani asosi xisoblanadi, pedagog o‘ziga xos shakl-usullar orqali insoni xayotga tayyorlaydi, inson bilim natijalarini tarbiyasida ko‘rsatadi. Ta’lim malaka va ko‘nikmalar orqali shaxsda tarbiyaning rivojlantirishdir. Maktabgacha yosh ekologik madaniyatni shakllantirishda eng ma'qul davr hisoblanadi. Bu yoshda bolaning dunHozirgi vaqta O‘zbekistonda ekologik madaniyatni rivojlantirish maqsadida bir qancha loyihalar olib borilmoqda misol sifatida, YXHT loyihalari Koordinatorining idorasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, “SVB Advisory” Britaniya-O‘zbekiston barqaror rivojlanish kompaniyasi va “Hashar Week” ijtimoiy loyihasi bilan birgalikdayoqarashi va ongi, odob-axloq me'yorlari rivojlanayotgan bo'ladi. Bu yoshda inson, bola go'zallikka, jonli va jonsiz tabiat bilan hamohang bo'lishga, jamoaviy va do'stona munosabatlarga tayyorlik, ruhiy yuksalish va o'zini anglashga, olamni chegaralarsiz qabul qilishga, yuksak axloqiy sifatlarga intiladi. Bola o'zgalarning qayg'ushini his qiladi, o'zning va boshqalarning adolatsizligini og'ir qabul qiladilar, kattalarning yaxshi ishlariga va sifatlariga taqlid qiladilar. Bolaning beg'ubor qalbi moddiy va ruhiy olamni o'zida mujassamlashtiradi. Mana shu birlashuvsiz bolada ekologik dunyoqarash va ongni shakllantirish imkonsiz. Tabiatimizdagi tabiiy manbalarni asrab-avaylashning eng asosiy vositalaridan biri o'sib kelayotgan yosh avlodni uni asrashga oid ekologik bilimlardan xabardor qilish, ularga ekologik tarbiya berish hisoblanadi. Zaminimizga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, uning boyliklaridan “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 unumli foydalanish, tevarak-atrofdagi muhitni yaxshilash, uning buzilishi, ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik, tabiatga nisbatan axloqiy qiymatdagi xatti-harakatlarni amalga oshirish malaka va ko'nikmalari esa bolalikdan rivojlantirilsagina maqsadga erishish mumkin. Mana shu maqsadlar insonning butun hayoti davomida mafkura, siyosat, san'at, adabiyot, ilmiy bilimlar, ishlab chiqarish amaliyoti, ta'lim-tarbiya, tashviqot orqali amalga oshirilishi mumkin. Ekologik ta'lim-tarbiya maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar orasida bebaho insonparvarlik munosabatini rivojlantiradi: tabiatning barcha ob'ektlariga nisbatan qiziqishini uyg'otadi, atrofmuhitning shart-sharoitini o'rganish, unga g'amxo'rlik qilish malakalarini rivojlantiradi. Tabiatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishni tarbiyalash maktabgacha ta'lim tashkilotlarining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishni tarkib toptirishga katta e'tibor beriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik tarbiyasi muhim ahamiyatga ega bo'lib, xuddi mana shu yoshda bolada ma'naviy madaniyatning bir qismi hisoblangan shaxsiy ekologik madaniyatning poydevori shakllanadi. Shu narsani aniq takidlash mumkinki, maktabgacha yoshdagi bolalarga ekalogik ta’lim berishning eng samarali usuli bu o‘yinlar orqali o‘rgatish. Bu esa bolaning dunyoqarashini kengaytiradi, tabiatni qadrlash va uni asrash zarurligini anglashiga yordam beradi. Interaktiv o‘qitish usullari ekologik tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi, bolalarni faol fikrlash, muammolarni hal qilish va ijodiy yondashishga undaydi. “Aqliy hujum”, “Rol o‘ynash”, “Ekologik viktorina”, “Tashabbus loyihasi”, “Fikrlar jadvali” kabi metodlar bolalarning ekologik bilimini chuqurlashtiradi va ularni o‘z fikrini asoslab berishga o‘rgatadi. Masalan, “Rol o‘ynash” metodida bolalar “tabiat himoyachilari”, “daraxt”, “qush” yoki “shahar aholisi” rolida chiqish qilib, muammolarni turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqadilar. Bu ularning empatiya hissini rivojlantirib, ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslikni o‘rgatadi. Bundan tashqari, ekologik o‘yinlar, raqamli simulyatsiyalar, virtual laboratoriyalar orqali tabiat hodisalarini modellashtirish tarbiyalanuvchilarda ilmiy qiziqish va tahliliy fikrlashni kuchaytiradi. Bir so‘z bilan aytganda, bolalarga ekalogik tarbiyani o‘rgatish kelajakda sog’lom avlod garovi hisoblanadi. So‘zimizning boshida ota onalarning farzandlar tarbiyasida pedagogik hamda tibbiy bilimlarning yetishmasligi yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri haqida bir muncha fikrlar keltirgan edik. Darhaqiqat bugungi kun ota onalari va bolalarning oilada rivojlanishi haqida so‘z borar ekan, yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida oila qadriyatlarining tiklanishi va qarindoshlik munosabatlari, har bir oilaning iqtisodiy, madaniy, kasb-kor jihatdan ravnaq topishi, oila va oila muammolari hamisha davlatning diqqat-e’tibori va himoyasida bo‘lib kelinayotganligi, jamiyat taraqqiyotini harakatga keltiruvchi hujjat bo‘lgan Qomusimiz – Konstitutsiyamizda oila masalasiga ham alohida urg‘u berilganligi, Konstitutsiyamizda: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidur hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”, deb yozilganligi haqida to‘xtalib o‘tishni jioz deb bildek. Farzand tarbiyasi ko‘p omillarga, avvalo, axloqiy-ma’naviy muhitga bog‘liqdir. Albatta, bola tarbiyasi o‘ta murakkab va ma’suliyatlidir. Bu har bir ota-onadan o‘z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma’lumotlardan baxobar bo‘lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko‘rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o‘z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir deyish. Mazkur jarayonni boshqaruvchi inson onadir. Bu masalada otalarning o‘rni ham beqiyos, shunday bo‘lsada bolalarning kelajakda etuk inson bo‘lishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va hayotda o‘z o‘rnini ko‘ra olishi onalarning tarbiya masalasiga qay darajada yondashishiga bog‘liqdir. Farzand tug‘lishi bilan birinchi emotsional muloqot qiluvchi insoni onasidir. Bolalar tug‘ilgandan so‘ng, dunyoni onasining unga bo‘lgan munosabati orqali taniy boshlaydi. Onalar qanchalik bolasiga mehribon bo‘lar ekan, bolaning dunyoga bo‘lgan ishonchi ortib boradi. Bola chaqaloq davridan ona mehriga etarlicha qoniqmas ekan, katta bo‘lganda dunyoga bo‘lgan munosabatida, o‘ziga beradigan bahosida, odamlarga bo‘lgan ishonchida noqisliklar bo‘ladi. Chunki ona mehri, eng avvalo, chaqaloqqa xavfsizlik hissini beradi. Bu emotsional bog‘lanish bolaning hayoti davomida eng muhim omil hisoblanadi. Bolalarimizga ijtimoiy ahloq normalarni o‘rgatib borar ekanmiz, o‘zimiz qanchalik bu kundalik axloqiy normalarga, dinimiz ta’limotiga qay darajada “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 amal qilishimiz tarbiya ta’sirida muhim omil hisoblanadi. Onalarning dunyoqarashi, tarbiya olganlik darajasi, insoniy xislatlari, oiladagi o‘rni, atrofdagilar bilan muloqot qila olish fazilatlari farzandlariga berayotgan tarbiyalarida yanada namoyon bo‘ladi. Bolalar o‘sib borar ekan, ularning ruhiy va aqliy xislatlarida o‘zgarishlar bo‘lib boradi. Bu o‘zgarishlarni to‘g‘ri yo‘lga burish, ularga vaqtida e’tibor berish asosan onalarning burchidir. Shuningdek, onalar ham o‘z ustilarida ishlashlari, dunyoqarashlarini kengayshiga harakat qilishlari, bolalar tarbiyasiga taalluqli adabiyotlar bilan tanishishlari, o‘zlari o‘rganayotgan tarbiya masalalariga oid ko‘rsatmalarni, eng avvalo, o‘zlarida tadbiq qilishlari lozim. Onalarning o‘zlarida shariatimiz talablariga, ijtimoiy ahloq normalariga amal qilmas ekan, farzandalarning etuk, ilmli, axloqli inson bo‘lishi dargumondir. Onalar o‘z odatlari bilan o‘zlari sezmagan holda katta ta’sir qiladilar. Oiladagi qo‘pol munosabatlar, ko‘p yolg‘on gapirish, yoqimsiz xatti-harakat bola tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan nosog‘lom muhitni keltirib chiqaradi. Bolalarni har tomonlama sog’lom, yetuk va barkamol bo‘lib yetishishi, ularni valeologik tamoyillar asosida rivojlanishi ota onalar shu bilan birga bugungi kun tarbiyachi-pedagoglarning oldida turgan ustuvor vazifalardan biridir desak adashmagan bo‘lamiz. Maktabgacha yoshdagi bolalarni davlat standartlari asosida ta’lim- tarbiya olishi, o‘sib- unishi, jismonan, aqlan, ruhan kamol topishida valeologik tamoyillar asosida bilimlarga ega bo‘lishida ota-onalar va pedagoglar hamkorligi muhim hisoblanadi. Xo‘sh, valeologik tamoyillar asosida ta’lim olish nima?, valeologik tamoyillarga qanday tamoyillar kiradi va ular nimaga xizmat qiladi?, valeologiyaning o‘zi qanday soha?. Keling shular haqida so‘z yuritsak. Dastlab valeologiyaning o‘ziga to‘xtalamiz. Valeologiya (lotincha: valeo – “sogʻlom boʻlish”) –muqobil tibbiyot va pedagogika yoʻnalishidagi fan. Uning asosiy vazifasi inson salomatligini (ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, ekologik va boshqa jihatlarni) har tomonlama oʻrgananishdir. R. M. Baevskiy valeologiyani tibbiy kibernetika gʻoyalariga asoslangan moslashish nazariyasining rivojlanishi deb hisoblagan. Xususan, u kiritgan pre-nozologik tashxislash valeologiyaning bir qismi ekanligini taʼkidlagan. E. N. Vayner nazariy tadqiqotlarida valeologiyaning maqsadi „sogʻlikni saqlash, modellashtirish va sogʻlom turmush tarziga erishish qonuniyatlarini oʻrganish“ ekanligini taʼkidlagan. U valeologiyaning amaliy ahamiyati, maqsadlarini salomatlikni saqlash va mustahkamlash uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish va shart-sharoitlarni aniqlashda koʻrgan. Rossiya Federatsiyasi Taʼlim vazirligining Pedagogik taʼlimning oʻquv-uslubiy birlashmasi tomonidan tasdiqlangan universitetlar uchun darslikda „valeologiya“ atamasi 1980-yilda sovet olimi, tibbiyot fanlari doktori Isroil Brexman tomonidan kiritilganligi aytiladi. Bu mavzu boʻyicha kitoblari XX asrning ikkinchi yarmida nashr etilgan. Xulosa. Valeologik tamoyillar - bu sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish va salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan umumiy qoidalar, ya’ni faollik tamoyili, profilaktika, jismoniy faollik va salomatlikni saqlashning turli jabhalarini (jismoniy, ma’naviy, reproduktiv) qamrab oluvchi uslubiy yo‘l-yo‘riqlar. Ular odamlarni o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashishga, sog‘lom muhit yaratishga va sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilishga o‘rgatadi. Valeologiyaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: inson salomatligi holati va rezervlarini miqdoriy baholashni oʻrganish; sogʻlom turmush tarzi kunikmalarini shakllantirish; - uni, ya'ni sogʻlom turmush tarzi kunikmalarini sogʻlom turmush tarziga mustahkamlash. ishtirok ettirish orqali inson salomatligi rezervlarini saqlash va Valeologik bilim salomatlik sohasida insoniyat tomonida toʻplangan hamda boshlangʻich fanning va valeologik bilimlarning oʻzining keyingi rivoji uchun zaxirani oʻzida aks ettiruvchi ilmiy asoslangan tushunchalar. gʻoyalar, omillar yigʻindisidir. Valeologiyaning asosiy tamoyillariga: Faollik tamoyili: Jismoniy harakat va faol hayot tarzini targ‘ib qilish (masalan, harakatli o‘yinlar). Profilaktika: Kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzi (to‘g‘ri ovqatlanish, gigiyena)ga rioya qilish. Sog‘lom muhit yaratish: Atrof-muhitning salomatlikka ta’sirini hisobga olish. Ma’naviy salomatlik: Ruhiy salomatlikni ta’minlashga qaratilgan tamoyillar. “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 Reproduktiv salomatlik: Oilaviy salomatlik va nasl qoldirish borasidagi tamoyillar kiradi. Bu tamoyillar insonlar va nafaqat maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida muhim ahamiyatga egadir.

Adabiyotlar

01

1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bolalar salomatligiga ekologik ta’sirlar bo‘yicha metodik tavsiyalar. – Toshkent, 2020. – 72 b.

02

2. Жypнaл ДOШKOЛЬHOE ВOCПИТAHИE № 1/2011. Ocoбeннocти cиcтeмы дoшkoльнoгo oбpaзoвaния в CШA Cтeпaнoвa C.H.

03

3. Xurshid Jumanazarov Turkistonda tibbiyot tarixi (19-yuzyillik so‘ngi – 20-yuzyillik boshi) / X. Jumanazarov. – Toshkent: "Fan" nashriyoti, 2024. – 288 bet. 4-5 betlar

04

4. X.E. Rustamova, N.K. Stojarova, Sh.A. Abdurashitova, Q.Ch. Nurmamatova Tibbiyot tarixi [Matn]: o ‘quv qo‘llanma / X.E. Rustamova va boshq. - Toshkcnt. « 0 ‘zkitobsavdo» nashriyoti, 2020. - 240 b. 37-41-betlar.

BOSHQA TILLARDA

EN

INTERPRETATION OF THE DEVELOPMENT OF A PERSON’S GENERAL HEALTH AS A SOCIO-PEDAGOGICAL PROBLEM

RU

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ РАЗВИТИЯ ОБЩЕГО ЗДОРОВЬЯ ЛИЧНОСТИ КАК СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПРОБЛЕМЫ

Mualliflar

M.B.T
MUNIRA BEGMATOVA MUNIRA TOLIBJON QIZI

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi katta o‘qituvchisi

Iqtibos olish

BEGMATOVA MUNIRA, M. (2026). INTERPRETATION OF THE DEVELOPMENT OF A PERSON’S GENERAL HEALTH AS A SOCIO-PEDAGOGICAL PROBLEM. ACADEMIC SPECTRUM, 4-Son (2026-yil, Aprel), 159-166.