Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

CHET EL BOLALAR ADABIYOTI NAMUNALARI ASOSIDA O‘QUVCHILARDA UMUMINSONIY IJTIMOIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI

4-Son (2026-yil, Aprel)
152 155
3 Ko'rishlar
Nashr etildi: Apr 01, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda chet el bolalar adabiyotining ijtimoiy-pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Jahon adabiyoti durdonalari orqali bolalarda do‘stlik, hamdardlik, adolat va bag‘rikenglik kabi umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishning metodik asoslari yoritilgan. Maqolada xorijiy asarlar qahramonlari misolida o‘quvchilarning ijtimoiy xulq-atvori va dunyoqarashini boyitish imkoniyatlari ochib beriladi.
Kalit so'z (UZ): Chet el adabiyoti, boshlang‘ich sinf, umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy tarbiya, ma’naviy kamolot, madaniyatlararo muloqot, badiiy idrok

Аннотация (RUS):

В дaннoй cтaтьe aнaлизиpyeтcя coциaльнo-пeдaгoгичeckoe знaчeниe зapyбeжнoй дeтckoй литepaтypы в фopмиpoвaнии дyxoвнocти yчaщиxcя нaчaльныx kлaccoв. Paccмaтpивaютcя мeтoдичeckиe ocнoвы yтвepждeния oбщeчeлoвeчeckиx цeннocтeй, тakиx kak дpyжбa, cocтpaдaниe, cпpaвeдливocть и тoлepaнтнocть, чepeз шeдeвpы миpoвoй литepaтypы. Ha пpимepe гepoeв зapyбeжныx пpoизвeдeний packpывaютcя вoзмoжнocти oбoгaщeния coциaльнoгo пoвeдeния и миpoвoззpeния yчaщиxcя.
Ключевые слова (RUS): Зapyбeжнaя литepaтypa, нaчaльныe kлaccы, oбщeчeлoвeчeckиe цeннocти, coциaльнoe вocпитaниe, дyxoвнoe paзвитиe, мeжkyльтypный диaлoг, xyдoжecтвeннoe вocпpиятиe

Abstract (EN):

This article analyzes the socio-pedagogical significance of foreign children's literature in shaping the spirituality of primary school students. It highlights the methodological foundations for establishing universal human values such as friendship, empathy, justice, and tolerance through masterpieces of world literature. Using characters from foreign works as examples, the article explores the potential for enriching students' social behavior and worldview.
Keywords (EN): Foreign literature, primary school, universal values, social education, spiritual development, intercultural dialogue, artistic perception

Maqola Mazmuni

Kirish. Bugungi shiddatli globallashuv va axborot almashinuvi davrida yosh avlodning ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda badiiy adabiyotning, xususan, jahon bolalar adabiyotining o‘rni beqiyosdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun adabiy asar nafaqat ko‘ngilochar vosita, balki ularni ijtimoiy hayotga tayyorlovchi, umuminsoniy qadriyatlarni o‘rgatuvchi muhim manba bo‘lib xizmat qiladi . Zamonaviy jahon adabiyoti an’anaviy didaktik qoliplardan, ya’ni faqat tayyor xulosa bilan tugaydigan "Bir bor ekan, bir yo‘q ekan..." tipidagi “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 ertaklardan uzoqlashib, o‘quvchini erkin mushohada yuritishga, voqelikka tanqidiy va mustaqil yondashishga chorlamoqda. Bunday asarlarda qahramonlarning murakkab hayotiy vaziyatlardagi tanlovi va shaxsiy g‘oyalarining ifodalanishi bolalarda nutq ravonligini va o‘z fikrini dadil bayon etish ko‘nikmasini rivojlantiradi. O‘zbek kitobxonlari uchun jahon adabiyoti namoyandalarining asarlari juda yaqin va qadrlidir, chunki ulardagi g‘oyaviy yo‘nalishlar milliy qadriyatlarimiz bilan hamohanglik kasb etadi. Masalan, boshlang‘ich sinf "O‘qish savodxonligi" darsliklariga kiritilgan Sharl Perroning “Qizil shapkacha” ertagi misolida bolalarning ma’naviy olamini boyitish, ularni ijtimoiy ogohlikka va atrofdagilar bilan muloqotda hushyorlikka o‘rgatish mumkin. Bunday asarlar asosida tashkil etilgan darslarda o‘quvchilarga "Qahramon o‘rnida bo‘lsangiz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?" kabi muammoli savollar bilan murojaat qilish ularning empatiya hissini va ijtimoiy moslashuvchanligini oshiradi. Adabiyotlar tahlili. Jahon va o‘zbek bolalar adabiyoti o‘rtasidagi mantiqiy va g‘oyaviy o‘xshashliklar esa o‘quvchilarda dunyo xalqlarining ezgu maqsadlari mushtarak ekanligi haqidagi tushunchani shakllantiradi. Xususan, Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asaridagi qahramonning turfa olamlardagi sarguzashtlari va Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asaridagi Hoshimjonning kutilmagan vaziyatlarga tushishi o‘quvchida qiziqish uyg‘otish bilan birga, ijtimoiy adolat va insoniylik tushunchalarini mustahkamlaydi. Shuningdek, jahon adabiyotidagi “Zolushka” va o‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi “Zumrad va Qimmat” asarlari o‘rtasidagi tipologik yaqinlik - ya’ni o‘gay ona zulmi ostida ham o‘zligini, mehr-muhabbatini va mehnatsevarligini yo‘qotmagan qahramonlar taqdiri - bolalarda ichki go‘zallik va sabr-toqat kabi ijtimoiy fazilatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Bolalar o‘qishi uchun mo‘ljallangan asarlar barcha xalqlar tarixida qadimdan davom etib kelgan. O‘zbek bolalar adabiyoti ham Sharq yozma adabiyotida “pandnoma” , “nasihatnoma”, “axloq kitoblari” tarzida shakllangan bo‘lsa-da, uning rivojlanishi ma’rifatparvarlik, maktab-maorif tizimi islohotlari bilan hamohang tarzda o‘sib bordi.Bolalar va o‘smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, publitsistik asarlar majmuyi tom ma’noda bolalar adabiyotini tashkil etsa-da, asosan, sof badiiy asarlar bu tushuncha mohiyatini anglatishi an’anaga aylangan.Bolalar yozuvchisi N.Fozilovning fikricha, “Bolalar adabiyoti–nozik adabiyot.Bolalar adabiyoti biz bilgan kattalar adabiyotining boshi.... Bu adabiyot–hurmattalab adabiyot, e’zoztalab adabiyot... Bolaning ko‘ngli ham shunday. Uni sindirib bo‘lmaydi. U –mehrtalab”.Bu fikrlarning yorqin isboti sifatida bolalar uchun mo‘ljallangan barcha asarlar yakunida hamisha yaxshilik bilan tugash, qahramonlarning murodmaqsadlariga yetishishi, shuningdek, yomonlik jazosini topishini ko‘rishimiz mumkin. Chunki hali yosh o‘quvchining qalbida ishonuvchanlik, mehribonlik, jasurlik, soddadillik kabi sof tuyg‘ular jo‘sh urayotgan bir paytda yomonlik,yovuzlik g‘alaba qozongan asar bilan nafaqat ularning qalbida,balki ong-u shuurida ham o‘chmas salbiy izlar qolishini o‘zbek bolalar adabiyoti yozuvchi va shoirlari juda yaxshi bilishadi. Bugungi kunda xalqaro bolalar adabiyoti an’anaviy qoliplardan voz kechgan holda, o‘quvchining mustaqil mulohaza yuritishi va shaxsiy dunyoqarashini erkin ifodalashiga xizmat qiluvchi asarlar bilan boyib bormoqda. Xususan, zamonaviy asarlar "Bir bor ekan, bir yo‘q ekan..." kabi odatiy syujet chiziqlari hamda baxtli yakun topuvchi tayyor andozalar o‘rniga, o‘quvchini noodatiy ma’lumotlar va falsafiy mushohadalar bilan oziqlantirmoqda. Bu kabi ijod namunalari kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida o‘z g‘oyalarini dadil himoya qilish va nutq ravonligini ta’minlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonning yosh kitobxonlari kamolotida jahon adabiyoti durdonalarining o‘rni beqiyosdir. Shuni ta’kidlash joizki, boshlang‘ich ta’limning “O‘qish savodxonligi” darsliklari tarkibiga ham xalqaro adabiyot namoyandalarining eng sara asarlari kiritilgan. Mazkur asarlar asosida suratga olingan animatsion filmlar esa ularning ommaviyligini yanada oshirgan. Masalan, Sharl Perroning “Qizil shapkacha” ertagini bilmaydigan yoki uning ekranlashtirilgan varianti kirib bormagan xonadonni topish mushkul. Ushbu ertak vositasida bolalarning ma’naviy olamini yuksaltirish va mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish mumkin. Buning uchun dars jarayonida o‘quvchilarga quyidagi muammoli savollar bilan murojaat qilish samaralidir: “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 “Agarda siz Qizil shapkacha bo‘lganingizda, o‘rmon yo‘lida qanday qaror qabul qilgan bo‘lar edingiz?” “Sizningcha, bo‘rining kirdikorlari va yolg‘onchilik tabiati oxir-oqibat o‘zi uchun qanday oqibatlarni keltirib chiqardi?” Bunday savol-javoblar o‘quvchining nutqiy malakasini oshirish bilan birga, ularning erkin fikrlash qobiliyatini ham charxlaydi. Bu jarayonda har bir bolaning shaxsiy fikri tinglanishi va qadrlanishi pedagogik nuqtayi nazardan juda muhim. Shuningdek, ertakni rollarga bo‘lib sahnalashtirish – Bo‘ri, Qizil shapkacha va Buvi obrazlarini o‘quvchilar ijrosida gavdalantirish darsning interaktivligini oshirib, mavzuning xotirada uzoq saqlanishini ta’minlaydi. Jahon va o‘zbek bolalar adabiyoti namunalarida o‘ziga xos mantiqiy yaqinliklar va mushtarakliklarni kuzatish mumkin. Masalan, Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” hamda Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asarlarini g‘oyaviy jihatdan egizak asarlar deyish mumkin. Gulliver turfa orollarda turli ijtimoiy qatlamlar va noodatiy vaziyatlarga duch kelsa, Hoshimjon ham o‘zining sehrli qalpoqchasi yordamida sarguzashtlar girdobida qoladi. Bundan tashqari, Hamza Imomberdiyevning “Ajdaho komida” hikoyasi bilan “Qizil shapkacha” ertagi o‘rtasida, shuningdek, o‘zbek xalqining “Zumrad va Qimmat” ertagi bilan Sharl Perroning “Zolushka” asari syujet chiziqlarida hayratlanarli o‘xshashliklar mavjud. Bu kabi qiyosiy tahlillar o‘quvchining adabiy tasavvurini boyitib, jahon madaniy merosining yaxlitligini anglashga yordam beradi. Adabiy o‘xshashliklar zanjirini yana uzoq davom ettirish mumkin. Yuqorida tilga olingan ertak va dostonlarda voqealar rivoji aynan bir xil bo‘lmasa-da, syujet yo‘nalishi, qahramonlar fojiasi va asarning umumiy g‘oyaviy mazmunida hayratlanarli mushtarakliklar ko‘zga tashlanadi. Masalan, Sharl Perroning “Zolushka” obrazini tahlil qilsak, uning o‘gay ona va uning qizlari tomonidan muntazam kamsitilishiga guvoh bo‘lamiz. Biroq, qizaloqning ichki go‘zalligi va samimiyati tufayli atrof-muhitdagi barcha tirik jonzotlar hamda ezgu niyatli insonlar unga nisbatan cheksiz mehr va xayrixohlik bilan munosabatda bo‘ladilar. Xuddi shunday ijtimoiy-axloqiy manzara o‘zbek xalq og‘zaki ijodining durdonasi bo‘lmish “Zumrad va Qimmat” ertagida ham aks etgan. Zumrad ham o‘gay onasi va uning erka qizi Qimmatning zulmi ostida kun kechiradi, ulardan faqat nafrat ko‘radi. Shunga qaramay, Zumrad o‘zining odobi, mehnatsevarligi va sadoqati bilan atrofdagilarning e’tiborini qozonadi hamda sevimli qahramonga aylanadi. Bu kabi parallellar dunyo xalqlari adabiyotida ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash mavzusi ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, mushtarak qadriyatlarga asoslanishini isbotlaydi. Muhokama. Mazkur mavzu doirasida olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, chet el bolalar adabiyoti namunalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish o‘quvchilarda umuminsoniy ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Bunday adabiyotlar orqali bolalar turli xalqlar madaniyati, urf-odatlari, hayotiy qarashlari bilan tanishib, o‘z dunyoqarashini kengaytiradi hamda tolerantlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat kabi muhim sifatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Muhokama jarayonida aniqlanishicha, chet el bolalar adabiyotida ko‘tarilgan mavzular – do‘stlik, halollik, adolat, insonparvarlik kabi qadriyatlar universal xarakterga ega bo‘lib, ular millat va hududdan qat’i nazar barcha jamiyatlar uchun muhimdir. Ushbu asarlarni o‘qish va tahlil qilish orqali o‘quvchilar voqea-hodisalarni turli nuqtai nazardan baholashga, qahramonlar xattiharakatlarini tahlil qilishga va mustaqil xulosa chiqarishga o‘rganadi. Shuningdek, chet el bolalar adabiyotini o‘qitishda interfaol metodlardan, xususan, suhbat, rolli o‘yinlar, munozara va grafik organayzerlardan foydalanish o‘quvchilarning mavzuni chuqurroq anglashiga yordam beradi. Bu jarayonda o‘qituvchi yo‘naltiruvchi rolni bajarib, o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini rag‘batlantiradi va ularni erkin fikr bildirishga undaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bunday yondashuv o‘quvchilarning nafaqat o‘qish savodxonligini, balki ularning ijtimoiy kompetensiyalarini ham rivojlantiradi. Xususan, empatiya hissi kuchayadi, boshqalarning fikriga hurmat bilan qarash, jamoada ishlash va ijtimoiy mas’uliyat kabi ko‘nikmalar shakllanadi. “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 Biroq, muhokama natijalariga ko‘ra, chet el bolalar adabiyotini tanlashda o‘quvchilarning yoshi, psixologik xususiyatlari va milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlik darajasini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur omillar e’tiborga olinmasa, ta’lim samaradorligi pasayishi mumkin. Xulosa. Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda chet el adabiyoti shunchaki qo‘shimcha mutolaa manbai emas, balki ularni global ijtimoiy muhitga tayyorlovchi strategik vositadir. Jahon adabiyoti durdonalarini milliy namunalar bilan qiyosiy o‘rganish orqali bola dunyo xalqlari o‘rtasidagi madaniy to‘siqlarni yengib o‘tishni, umuminsoniy qadriyatlarni o‘z qadriyatlari kabi qabul qilishni o‘rganadi. Mazkur jarayonning ijtimoiy asosi shundan iboratki, adabiyot darslari bolada nafaqat kitobxonlik ko‘nikmasini, balki jamiyatda yashash san’ati - empatiya, bag‘rikenglik va adolat tamoyillarini qaror toptiradi. Yuqorida tahlil qilingan “Zolushka” va “Zumrad va Qimmat” kabi asarlarning g‘oyaviy mushtarakligi o‘quvchiga yaxshilik va mehnatsevarlik chegarasiz ekanligini anglatadi. Bu esa o‘z navbatida, kelajakda nafaqat o‘z millatining sodiq farzandi, balki jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, erkin va tanqidiy fikrlovchi komil shaxsni tarbiyalashga xizmat qiladi .

Adabiyotlar

01

1.Jo‘rayev N. “Boshlang‘ich ta’limda adabiy ta’lim metodikasi”, 2021. 2.Smith J. “Modern Children's Literature and Social Growth”, 2019. 3.Piankovsky V. “Psychological aspects of fairy tales”, 2018. 4.To‘xtaboyev X. “Sariq devni minib” (Nashriyot so‘zboshisi), 2015. 5.Safarov O. “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi”, 2010. 6.JamilovaB.O‘zbek bolalar adabiyoti. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent. ,,Innovatsiya – Ziyo”,2020, 276 bet.

02

7.Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi.–Toshkent 2018.

BOSHQA TILLARDA

EN

MAIN DIRECTIONS OF FORMING UNIVERSAL HUMAN SOCIAL VALUES IN STUDENTS BASED ON EXAMPLES OF FOREIGN CHILDREN’S LITERATURE

RU

ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ФОРМИРОВАНИЯ ОБЩЕЧЕЛОВЕЧЕСКИХ СОЦИАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ У УЧАЩИХСЯ НА ОСНОВЕ ОБРАЗЦОВ ЗАРУБЕЖНОЙ ДЕТСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ

Mualliflar

M.Z.B
MAFTUNA ZARIPOVA BAHROM QIZI

JDPU Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Iqtibos olish

ZARIPOVA, M. (2026). MAIN DIRECTIONS OF FORMING UNIVERSAL HUMAN SOCIAL VALUES IN STUDENTS BASED ON EXAMPLES OF FOREIGN CHILDREN’S LITERATURE. ACADEMIC SPECTRUM, 4-Son (2026-yil, Aprel), 152-155.