Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

UYUSHMAGAN YOSHLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MOSLASHUVI VA HAYOTIY STRATEGIYALARI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIKNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

4-Son (2026-yil, Aprel)
108 112
4 Ko'rishlar
Nashr etildi: Apr 01, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

mazkur maqolada uyushmagan yoshlar va ularning ijtimoiy moslashuvi masalasi keng qamrovda yoritib berilgan. Xususan, ijtimoiy psixologik moslashganlikning shaxs hayotiy strategiyasiga bog’liq jihatdan yoritib berilgan. Ayniqsa, ijtimoiy moslashmaganlik darajasi yuqori bo‘lgan uyushmagan yoshlarning o‘zini faollashtirish, o‘z ustida ishlash pozisiyasining past bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilib berilgan.
Kalit so'z (UZ): uyushmagan yoshlar, moslashagalik, moslashmaganlik, ijtimoiy faollik, vaqtincha ishsiz, surunkali ishsiz, destruktiv axloq

Аннотация (RUS):

В дaннoй cтaтьe paccмaтpивaeтcя пpoблeмa нeopгaнизoвaннoй мoлoдeжи и ee coциaльнoй aдaптaции. В чacтнocти, выдeлeны acпekты coциaльнo-пcиxoлoгичeckoй aдaптaции, cвязaнныe co cтpaтeгиeй личнoй жизни. В чacтнocти, aнaлизиpyютcя фakтopы, влияющиe нa низkий ypoвeнь caмoakтивaции и paбoтy пo caмoakтивaции нeopгaнизoвaннoй мoлoдeжи c выcokим ypoвнeм coциaльнoй дeзaдaптaции.
Ключевые слова (RUS): нeopгaнизoвaннaя мoлoдeжь, aдaптaция, дeзaдaптaция, coциaльнaя akтивнocть, вpeмeннaя бeзpaбoтицa, xpoничeckaя бeзpaбoтицa, дecтpykтивнaя мopaль

Abstract (EN):

This article covers the issue of unorganized youth and their social adaptation. In particular, aspects of social psychological adaptation related to personal life strategy are highlighted. In particular, the factors affecting the low level of self-activation and work on selfactivation of unorganized youth with a high level of social maladjustment are analyzed.
Keywords (EN): disorganized youth, adjustment, maladjustment, social activity, temporary unemployment, chronic unemployment, destructive morality

Maqola Mazmuni

Kirish. Bugungi kunda yoshlarning ijtimoiy guruh sifatidagi muammosini tadqiq etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, yoshlar muammolari falsafa, sosiologiya, psixologiya, pedagogika fanlari rakursida keng tadqiq etilmoqda. Yoshlar ijtimoiy-demografik guruh sifatida jamiyat hayotida katta ahamiyatga ega. Jamiyatda yoshlar intellektual va ijtimoiy tajribani potensial tashuvchilari hisoblanadi. Yoshlarni jamiyatni muhim qatlami sifatida tadqiq etish masalasi yer yuzida insoniyat paydo bo‘lganidan buyon olimu-ulamoalarni diqqat markazida bo‘lgandir. Xattoki, eramizdan avvalgi V asrdayoq yunon faylasufi Suqrotning qarashlarida ham “yoshlar orasida hashamatga muxabbat, ota-onaga va kattalarga hurmatsizlik kuchayib”[1] ketayotganligi yoki tarixchi Gerodot Misr ehromlarida quyidagi qaydlar uni ajablantirgani “yoshlarning tarbiyasi buzilib ketyapti. Nima qilish kerak?!” [3] haqida aytib o‘tilgan. Mazkur holatning o‘ziyoq yoshlar va ularni tarbiyalash masalasi uzoq o‘tmishdan beri dolzarb muammo ekanini ko‘rsatadi. Zero, rivoyat qilishlaricha “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 Luqmoni Hakimdan “nasihatlaringizning ko‘pi yoshlarga oid, ammo yoshi kattaroqlarga kamroq bo‘ladi, buning sababi nima?” – deb so‘radilar. Luqmoni Hakim shunday javob beradilar: “Bog’bon yerni yumshatib ko‘chat o‘tqazib, uning atrofini xas – xashakdan, zararli yovvoyi o‘tlardan tozalab, kerak bo‘lgan vaqtda suv bilan o‘g’it berib tursa, tez vaqtda daraxt yetiladi, unumli, serhosil bo‘ladi. Bolani ham yoshligidan boshlab yaxshilab tarbiya qilinsa, go‘zal axloqli, odobli etib o‘stirilsa, u bola nafaqat o‘ziga, ota – onasiga baxt – saodat keltiradi, jamiyat uchun foydali, kerakli inson bo‘lib yetishadi” ”[2]. Shunday ekan, jamiyatning tayanchi va taraqqiyotning asosi bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash masalasiga e’tibor qaratish, jamiyat taraqqiyotining asosini tashkil etar ekan. Umuman olganda uyushmagan yoshlarning jamiyatga integrasiyasi va moslashuvida ularning hayot strategiyalari ham muhim o‘ringa ega. Chunki, o‘z taqdirini ko‘ra bilgan, prognozlay olgan shaxsda konstruktiv o‘zgarishga moyillik ham kuzatiladi. Shu maqsadda, uyushmagan yoshlarning ijtimoiy moslashganlik darajasiga shaxs hayotiy strategisi ham ta’sir qiladi deb hisobladik va M.O.Mdivani, P.B.Kodessning “Shaxs hayotiy strategiyasini aniqlash” so‘rovnomasini o‘tkazib oldik. natijalarni esa o‘zaro korrelyasion tahlil qildik. Natijalar quyidagi jadvalda keltirilgan. 1-jadval K.Rodjars – R.Daymondning “Ijtimoiy psixologik moslashganlik” va M.O.Mdivani, P.B.Kodessning “Shaxs hayotiy strategiyasini aniqlash” metodikalari orasidagi bog’liqliqlikning o‘ziga xos jihatlari (n=321) toptirish va faollashtirish Kasbiy imkoniyatlarni Tashqi muvaffaqiyat O‘ zini o ‘ zi kamol ro‘ yobga chiqarish Mezonlar Ijtimoiy faollik Empatiya Moslashganlik 0,055 -0,046 0,109 0,117* 0,063 Moslashmaganlik -0,077 0,085 -0,114* -0,025 0,008 O‘zini qabul qilish -0,009 0,092 -0,044 -0,040 0,088 O‘zini qabul qilmaslik -0,132* -0,076 0,010 0,182** -0,032 Boshqalarni qabul qilish 0,017 -0,005 -0,056 0,043 0,021 Boshqalarni qabul qilmaslik 0,045 -0,066 0,065 -0,012 -0,020 Emosional komfort -0,155** 0,052 0,067 -0,028 0,098 Emosional diskomfort 0,091 0,085 -0,064 0,050 -0,041 Ichki nazorat 0,079 -0,100 -0,103 -0,072 -0,098 Tashqi nazorat -0,010 0,025 -0,161** -0,180** 0,056 Ustuvorlik -0,126* 0,001 -,0096 0,081 -0,063 Ergashuvchanlik 0,006 - 0,160** -0,268** 0,057 -0,083 Eskapizm (muammodan qochish) -0,041 -0,007 0,052 0,154** 0,054 Izoh: **p ≤ 0,01, *p ≤ 0,05 Olingan natijalardan ko‘rinib turibdiki, uyushmagan yoshlardagi moslashganlik kasbiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish (r=0,117; p≤0,05), o‘zini qabul qilmaslik kasbiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish (r=0,182; p≤0,01), eskapizm kasbiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish (r=0,154; p≤0,01) bilan ijobiy, moslashmaganlik o‘zini-o‘zi qaror toptirish va faollashtirish (r=-0,114; p≤0,05), o‘zini qabul qilmaslik ijtimoiy faollik (r=-0,132; p≤0,05), emosional komfort ijtimoiy faollik (r=- 0,155; p≤0,01), tashqi nazorat o‘zini o‘zi kamol toptirish (r=-0,161; p≤0,01) va kasbiy imkoniyatlarini “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 ro‘yobga chiqarish (r=-0,180; p≤0,01), ustuvorlik ijtimoiy faollik (r=-0,126; p≤0,05), ergashuvchanlik empatiya (r=-0,160; p≤0,01), o‘zini o‘zi kamol toptirish (r=-0,268; p≤0,01) bilan teskari ahamiyatli bog’lanishlarga ega ekanligi aniqlandi. Qolgan mezonlar orasida ahamiyatli bog’lanishlar kuzatilmagan. Uyushmagan yoshlardagi moslashganlik darajasi ularning “mavsumiy” yoki “kunlik” ishlar bilan yoki hunarmandchilikka oid tadbirkorlik bilan o‘zini-o‘zi band qilganligida ko‘rinadi. Mazkur jarayonda uyushmagan yoshlarning ijtimoiy muhitga integrasiyasi va jamiyatga moslashuvi bevosita kasbiy imkoniyatlarini, salohiyatini ro‘yobga chiqarishga urinishi bilan belgilanadi. Uyushmgan yoshlarning vaqtinchalik o‘zini-o‘zi ish bilan band qilishi ularning kasbiy qobiliyatlarini amalga oshirishga imkon beruvchi hayotiy strategiyadir. Shaxsning o‘z kasbiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga urinishi uni o‘z ustida ishlashga, kasbiy adaptasiyasini kuchayishiga va shu orqali jamiyatga integrasiyasini yuzaga chiqishiga olib keladi. Uyushmagan yoshlardagi dezadaptasiyaning kuchli ifodalanishi ularning o‘zini o‘zi kamol toptirish va faollashtirish ehtiyojini pasayishiga olib keladi. Bu esa uyushmagan yoshlarning ijtimoiy muhitga moslashishdagi qiyinchiliklari, yangi vaziyatlarda atrofdagilar bilan muloqot qilish ko‘nikmasining yetishmasligidan o‘z dunyosiga “qamalib olishi”, ijtimoiy munosabatlardan qochishga intilishi, agressivlik, emosional noturg’unlikning kuchliligini anglatadi. Mazkur jihatlar uyushmagan yoshlarda o‘z ustida ishlashga, o‘zligini rivojlantirishga psixologik to‘siq vazifasini bajaradi. Chunki, ijtimoiy muhitga integrasiyalashish uchun kerakli kompetenisyalarning yetishmasligi, adaptiv xususiyatlarni shakllanmaganligi uyushmagan yoshlarni o‘zini faollashtirish undovchi ehtiyojlarni tormozlanishiga olib keladi. Natijada uyushmagan yoshlar “menga hech kim tegmasa” bo‘ldi degan fikrlarda o‘zi uchun yaratib olgan destruktiv dunyosiga “kirib oladi”. Bu esa bevosita ularni ijtimoiy voqelik bilan bog’liq ko‘nikmalarini susayishiga olib keladi. Shu boisdan, ikki mezon orasida salbiy bog’lanishlar aniqlangan. Natijalarimizdagi ahamiyatli bog’lanishlarga ega bo‘lgan navbatdagi mezon uyushmagan yoshlarning o‘zini o‘zi qabul qilmaslikdir. O‘zini o‘zi qabul qilmaslik shaxsning o‘z shaxsini, o‘zidagi mavjud xususiyatlarni, xulq-atvorini qabul qilmaslik, o‘z “Men”iga nisbatan salbiy emosional munosabat, o‘z shaxsiga nisbatan qadrsiz munosabat, o‘z-o‘ziga noadekvat baho bilan bog’liq holatdir. Uyushmagan yoshlarning o‘zini qabul qilmasligi ularning o‘ziga va tanasiga qadrsiz munosabati bilan belgilanadi. Natijada yoshlar o‘zini tartiblash, biror-bir ishga jalb qilishga urinmaydilar, o‘zlaridan “ko‘ngillari to‘lmay”, doimiy tanqidiy munosabatda bo‘ladilar. Bu esa ularning ijtimoiy faollik darajasini pasayishiga olib keladi. Natijada uyushmagan yoshlarning ijtimoiy faolligi reaktivlik bilan almashadi. Bu esa ularning jamiyatda ijtimoiy me’yorlarni anglashidagi, atrofdagilarning ijtimoiy kutuvlariga moslashishga intilishiga nisbatan sovuqqonlikni yuzaga keltiradi. Bunda uyushmagan yoshlar ijtimoiy me’yorlarni anglab harakatlanish o‘rniga o‘ziga bo‘lgan nafrat hisobidan endiktiv harakatlarni sodir eta boshlaydilar. Shu boisdan, ikki mezon orasida salbiy bog’lanishlar kuzatilgan. Natijalardagi qiziq holat uyushmagan yoshlarning o‘zini qabul qila olmasligining kasbiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga intilish strategiyasi bilan ijobiy bog’lanishga egaligidadir. Aslida o‘ziga nisbatan qadrsiz muunosabatda bo‘ladigan, “o‘z Men” ini hurmat qilmaydigan shaxsning kasbiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilishini ikki holat bilan izohlash mumkin. Birinchisi, o‘zini “noshud” deb hisoblaydigan, o‘z shaxsini qadrlamaydigan uyushmagan yoshlar atrofdagilar oldida o‘z ijtimoiy mavqyeini barqarorlashtirishning yagona yo‘li sifatida kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatda deb bilishidadir. Bu esa ularning ich-ichidan o‘zini anglashni boshlaganini anglatadi. Ikkinchidan, uyushmagan yoshlarning natijalaridagi bu holat o‘z Menini himoyalashning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida yuzaga chiqmoqda. Shu boisdan, mazkur mezonlar orasida ijobiy bog’lanishlar aniqlangan. Uyushmagan yoshlarning ijtimoiy moslashganlik darajasini bildiruvchi navbatdagi mezon emosional komfort bo‘lib, u ijtimoiy faollik bilan teskari bog’lanishlarga ega bo‘lgan. Uyushmagan yoshlardagi emosional komfort ichki xotirjamlik, emosional barqarorlik bilan belgilansa, ijtimoiy faollikni kuchaytirishi lozim edi. Biroq, uyushmagan yoshlarda emosional komfort shaxsning o‘zi uchun “qulay va dahlsiz hududni yaratib olishi”ga intilishi bilan bog’liq bo‘lganligi bois, ulardagi ijtimoiy faollik normativ darajadan keyingisiga o‘tmaydi. Bunda uyushmagan yoshlar ijtimoiy “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 me’yorlarga moslashgandek taassurot qoldirish uchun o‘zining shaxsiy hududidan chiqmaydi. Natijada esa o‘zi xotirjam, hech kim bilan nizolashmaydi, deyarli kam muloqot qiladi. Bu esa hayotning o‘zi uchun qulay strategiyasi hisoblanadi. Shu boisdan, ikki mezon orasida salbiy bog’lanishlar kuzatilgan. Navbatdagi mezon tashqi nazorat shaxsning o‘zini o‘zi kamol toptirish va faollashtirish hamda kasbiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish bilan bog’liq hayotiy strategiyasi bilan teskari bog’lanishga ega bo‘lgan. Uyushmagan yoshlardagi tashqi nazoratning kuchliligi ularning ijtimoiy muhit bilan nizolaridan kelib chiqadi. Chunki, atrofdagilar ularni xulq-atvorini nazorat qilishga, ularni “to‘g’ri yo‘lga solishga” urinar ekan o‘z o‘zidan ichki va tashqi nizolarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Uyushmagan yoshlar doimiy tashqi nazoratni, bosimni, tanqidni his qilganliklari uchun ham o‘z ustilarida ishlashga urinmaydilar. Chunki ularning hayot yo‘lini o‘zining tanqidiy ko‘rsatmalari bilan yo‘naltirib turuvchi insonlarning borligi ularda o‘zini-o‘zi faollashtirishga urinmaydilar. Shaxsning o‘zini faolashtirishi uchun iroda kuchi va ichki resurslar muhim ahamiyatga ega. Uyushmagan yoshlarda ichki resurslar mavjud bo‘lishiga qaramay ular tashqi nazoratning kuchliligi hisobiga o‘zini faollashtirish ehtiyojini tormozlanishi kuzatiladi. O‘z ustida ishlashga intilmaydigan yoshlarda kasbiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga intilish ham passiv pozisiyaga o‘tib oladi. Bu esa uyushmagan yoshlarning o‘z ustida ishlamasligi, o‘zini faollashtirmasligi bilan bog’liq ravishda o‘z kasbiy imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni hamda mavjud layoqatini ro‘yobga chiqarish uchun o‘z ustida ishlashga bo‘lgan ehtiyojini ham tashqi nazoratning salbiy ta’siri natijasida pasayishiga olib keladi. Shu boisdan, mazkur mezonlar orasida salbiy bog’lanishlar kuzatilgan. Uyushmagan yoshlardagi destruktiv va zolimona ko‘rinishdagi ustuvorlikka, odamlarga ta’sir etishga, ularni boshqarishga, hukmronlikka intilishi shaxslararo munosabatlarda nizolarni, shaxs xatti-harakatlarida agressivlikni kuchayishi bilan bog’liqdir. Bu jarayon esa bevosita ularning ijtimoiy faolligini pasayishiga olib keladi. Aslida shaxsning ijtimoiy faoligi ijtimoiy me’yorlarni anglashida, o‘z ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishida kuzatiladi. Bu holatda esa uyushmagan yoshlar o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijtmoiy faolligini reaktiv darajada amalga oshiradi. Buning asosiy sababi uyushmagan yoshlarning ustuvorlikka, hukmronlikka bo‘lgan intilishi reaktiv darajada namoyon bo‘lganligi bois, u ko‘proq agressivlik, zolimonalik, jahldorlik ko‘rinishida yuzaga chiqadi. Shu boisdan, mazkur mezonlar orasida salbiy bog’lanishlar kuzatilgan. Bu esa o‘z navbatida uyushmagan yoshlarning ijtimoiy munosabatlarga moslashishini, jamiyatga integrasiyasini qiyinlashishiga olib kelmoqda. Uyushmagan yoshlarning ergashuvchanlik yorqin ifodalangan qatlamida o‘zgalarning fikri bilan harakatlanish kuchli bo‘lib, bu holat empatiya va o‘zini o‘zi kamol toptirish va faollashtirishning pasayishga olib kelmoqda. Mazkur vaziyatda uyushmagan yoshlar o‘zgalarning fikri bilan harakatlanganligi bois, atrofdagilarini kechinmalarini tushunmaydi, anglamaydi faqatgina yonidagi inson nima qilish kerakligini aytsa, shuni bajaradi. Bu esa ularning kechinmalarini tahlil qilish, tushunish ko‘nikmasini pasayishiga sabab bo‘ladi. Uyushmagan yoshlarda empatiya, birovning dardini his qilish, kechinmalarini idrok qilish ko‘nikmasining pastligi bevosita ijtimoiy kompetenisiyalarning yetishmasligidandir. Ijtimoiy kompetensiyalarning yetarlicha shakllanmaganligi ularda o‘z ustida ishlash, o‘zini rivojlantirish ko‘nikmasini pasayishiga sabab bo‘ladi. Odatda bu toifa yoshlar o‘zini shaxs sifatidagi muammolari nimada ekanligi tushunsa ham ularni mustaqil bartaraf etishga urinmaydilar. Shu boisdan, bu toifa uyushmagan yoshlar “nima deyilsa” shunigina amalga oshirganliklari bois, insonlarni kechinmalari bilan qiziqmaydilar va o‘z hislarini ham tushunmaydilar. Shu boisdan ham ijtimoiy identifikasiya yuzaga chiqmaydi va insonning o‘z ustida ishlash, ijtimoiy munosabatlarda o‘zini faollashtirish, shaxslararo muloqotga moslashish ko‘nikmasini sust namoyon bo‘ladi. Mazkur hoolatlar shaxsdagi ergashuvchanlikning empatiya va o‘zini o‘zi faollashtirish strategiyasi bilan salbiy bog’lanishlarni keltirib chiqargan. Uyushmagan yoshlardagi eskapizm, ya’ni muammodan qochishning kasbiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish bilan ijobiy bog’lanishi aniqlangan. Mazkur holat yoshlar o‘zlarini atroflarida sodir bo‘layotgan muammolardan qichishning yagona yo‘li sifatida kasbiy shakllanish, kasbiy faoliyatga yo‘nalish va shu orqali o‘z ichki salohiyatini ro‘yobga chiqarish deb hisoblayaptilar. Bunda bir tomondan yoshlarning kasbiy faoliyat bilan band bo‘lishga intilishlari yaxshi. Ikkinchi tomondan “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 esa, ijtimoiy adaptasiyadagi muammolarini faqat kasbiy sohadagi o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish bilangina hal qilib bo‘lmasligini, hayot strategiyasi to‘g’ri tanlash bilan bir qatorda zaruriy ijtimoiy ko‘nikmalarni ham shakllanishiga erishishlari muhimligini ham tushunishlari lozim. Aslida bu holat uyushmagan yoshlarning bir qadar o‘zlaridagi holatni o‘zgaritirishga intilishlarini anglatadi. Shu boisdan, ikki mezon orasida ijobiy bog’lanishlar kuzatilgan. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, uyushmagan yoshlarning o‘z hayotiy strategiyalarini anglaganlik darajasi ularning ijtimoiy moslashganligini ham belgilab beradi. Xususan, uyushmagan yoshlarning ijtimoiy moslashishini kuchaytirishda quyidagi hayot strategiyalarini konstruktiv namoyon bo‘lishiga erishish muhimdir: - Shaxsdagi ijtimoiy faollikning reaktivlikdan shaxsiy ijodiylik darajasiga transformasiyalanishi orqali uyushmagan yoshlarning o‘zini o‘zi qabul qilishiga, emosional komfortni kuchayishiga va liderlik sifatlarini shakllanishiga erishish; - Shaxslararo munosabatlarda insonning kechinmalarini anglash, tushunish, hissiy identifikasiyani kuchayishiga erishish orqali uyushmagan yoshlarning muloqotda o‘z pozisiyasi, mustqil fikri, o‘z qarashlariga nisbatan qadrli yondashuvning shakllanishiga erishish; - Uyushmagan yoshlarning o‘zini o‘zi faollashtirishga qaratilgan hayotiy strategiyasini konstruktiv kursda namoyon bo‘lishiga erishish orqali ularning ijtimoiy moslashganlik darajasini ortishiga va tashqi nazorat hamda ergashuvchanlik, tobelikni pasayishiga, mustaqil fikrlashni kuchayishiga erishish; - Uyushmagan yoshlarda kasbiy imkoniyatlarini anglash, ularni ro‘yobga chiqarishdagi rasional qarorlarni qabul qilish ko‘nikmasining shakllanishi orqali ularning ijtimoiy muhitga integrasiyasini ta’minlash, tashqi nazoratni ichki lokus nazoratga transformasiyalanishiga, eskapizmning “muammoni hal qilishga” intilish strategiyasi darajasiga almashinishiga erishish mumkin. .

Adabiyotlar

01

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida» gi PF–60-sonli Farmoni.

02

2. Gerodot. Istoriya v 9 kn. / Per., predisl. i ukazatel F. G. Miщyenko. V 2 t. M., 1885-1886. 3. Sobitaliyev M. 565 Luqmoni Hakim o‘gitlari va aforizmlar. – T. Adabiyot uchqunlari, 2017. 128-b.

03

4. Forobiy Fozil odamlar shahri. Tanlangan asarlar. – T.: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti. 2003. B. 45-46.

BOSHQA TILLARDA

EN

SPECIFIC FEATURES OF THE RELATIONSHIP BETWEEN SOCIO- PSYCHOLOGICAL ADAPTATION AND LIFE STRATEGIES OF UNORGANIZED YOUTH

RU

СПЕЦИФИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ВЗАИМОСВЯЗИ СОЦИАЛЬНО- ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ АДАПТАЦИИ И ЖИЗНЕННЫХ СТРАТЕГИЙ НЕОРГАНИЗОВАННОЙ МОЛОДЕЖИ

Mualliflar

B.А.S
BАRNО АBDULLАYЕVА SАYFUTDINОVNА

TDРU, рsiхоlоgiyа fаnlаri dоktоri, рrоfеssоr

Iqtibos olish

АBDULLАYЕVА, B. (2026). SPECIFIC FEATURES OF THE RELATIONSHIP BETWEEN SOCIO- PSYCHOLOGICAL ADAPTATION AND LIFE STRATEGIES OF UNORGANIZED YOUTH. ACADEMIC SPECTRUM, 4-Son (2026-yil, Aprel), 108-112.