Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

YOSHLAR ONGIDA MANIPULYATSION TA’SIRLARGA QARSHI IMMUNITETNI HOSIL QILISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI.

4-Son (2026-yil, Aprel)
86 91
2 Ko'rishlar
Nashr etildi: Apr 01, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Ushbu maqolada axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobiga fuqarolar, davlat hokimiyati va o‘z-o‘zini boshqarish organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining axborot sohasidagi ehtiyojlarini qondirish, huquqlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida optimal sharoitlarni yaratish uchun tashkil etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-falsafiy, texnik jarayonlar, informatsion jarayonlar, axborot-ijtimoiy va siyosiy hayot borasida jamiyat a’zolari, ijtimoiy guruhlar, siyosiy tashkilotlar o‘rtasida almashinuv predmeti hisoblangan va ular o‘z faoliyatida foydalanadigan bilimlar, ma’lumotlar va xabarlar majmui, axborot iste’moli madaniyati, axborot dunyosidagi ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi, ma’lumotlarni saralab olish borasidagi bilimlar, qobiliyat va malaka, axborotlashgan jamiyatning inson psixologiyasiga, tafakkuriga, his-tuyg‘ulariga ta’siri haqida so‘z boradi.
Kalit so'z (UZ): Mafkuraviy immunitet, tafakkur, milliy psixologiya, axborot iste’moli madaniyati, axborotlashgan jamiyat

Аннотация (RUS):

В дaннoй cтaтьe paccмaтpивaютcя coциaльнo-эkoнoмичeckиe, нayчнoфилocoфckиe и тexничeckиe пpoцeccы, a тakжe инфopмaциoнныe пpoцeccы, нaпpaвлeнныe нa coздaниe oптимaльныx ycлoвий для yдoвлeтвopeния инфopмaциoнныx пoтpeбнocтeй и peaлизaции пpaв гpaждaн, opгaнoв гocyдapcтвeннoй влacти и caмoyпpaвлeния, opгaнизaций и oбщecтвeнныx oбъeдинeний зa cчeт фopмиpoвaния и иcпoльзoвaния инфopмaциoнныx pecypcoв. Ocвeщaeтcя coвokyпнocть знaний, дaнныx и cooбщeний, выcтyпaющиx пpeдмeтoм oбмeнa мeждy члeнaми oбщecтвa, coциaльными гpyппaми и пoлитичeckими opгaнизaциями в cфepe инфopмaциoннoй, coциaльнoй и пoлитичeckoй жизни. Aнaлизиpyютcя kyльтypa пoтpeблeния инфopмaции, нaвыkи oтбopa и kpитичeckoй oцeнkи дaнныx, a тakжe влияниe инфopмaциoннoгo oбщecтвa нa пcиxoлoгию чeлoвeka, eгo мышлeниe и эмoциoнaльнyю cфepy.
Ключевые слова (RUS): идeoлoгичeckий иммyнитeт, мышлeниe, нaциoнaльнaя пcиxoлoгия, kyльтypa пoтpeблeния инфopмaции, инфopмaциoннoe oбщecтвo

Abstract (EN):

This article examines socio-economic, scientific-philosophical, and technical processes, as well as informational processes aimed at creating optimal conditions for meeting the information needs and ensuring the rights of citizens, public authorities, self-governing bodies, organizations, and public associations through the formation and use of information resources. It highlights the body of knowledge, data, and messages that serve as objects of exchange among members of society, social groups, and political organizations within the informational, social, and political spheres. The study also analyzes the culture of information consumption, skills of selecting and critically evaluating information, and the impact of the information society on human psychology, thinking, and emotional experiences.
Keywords (EN): ideological immunity, thinking, national psychology, information consumption

Maqola Mazmuni

Kirish qismi: Milliy psixologiya va mafkuraviy immunitet bir-biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq. Inson boshqa tirik jonzotlardan o‘zining aql-zakovati, tili va tafakkuri bilan farqlanadi. U ongli mavjudot sifatida voqelikni anglash jarayonida, qalbida turli xil his-tuyg‘ular, tafakkurida xilma-xil fikrlar, g‘oyalar yaratadi. Inson tafakkurida paydo bo‘lgan har qanday fikr, har qanday qarash ham milliy ruhiyat bo‘la olmaydi. Milliy psixologiya falsafiy talqinga ega bo‘lgan chuqur tushunchadir. Milliy psixologiya - jamiyat hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan turli xil fikrlar, qarashlar natijasida vujudga keladi. Oxir oqibatda shaxs psixologiyasi ijtimoiy kuch vositasiga aylanadi. Inson tafakkurining mahsuli sifatida milliy psixologiya, inson va jamiyat ruhiyatiga singib boradi. Milliy psixologiya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki ruhiy olamiga kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi. Shuning uchun ham milliy psixologiya va mafkuraviy immunitetning o‘zaro bog‘liqlik jihatlariga ko‘ra yanada takomillashtirilgan dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish, globallashuv jarayonlari, axborotlashgan jamiyat, OAV, keng jamoatchilik ommasi, shaxs, talabalar, axboriy oqim ta’siri ostida yashayotgan keng jamoatchilik ommasi uchun har doimgidan ham zarurdir. O‘zbek xalqining milliy etnik ong xususiyatlariga ta’rif berganimizda uning sifat va fazilatlarini tarannum etuvchi, kishilarning bir-birlariga bo‘lgan insoniy munosabatlari, do‘st-birodarliklari, ahilittifoqliklari, bir-birlariga sadoqatliklarini anglashlikni e’tirof etishimiz kerak. Odamning ijtimoiy hayotni tushunishi, sezishi va butun atrofda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga munosabati hamda qarashlari uning ongida yuz beradi. Shu bois ham «ong» so‘zi tilimizda aql so‘ziga yaqinroq ko‘rinishda qo‘llanib kelinadi. Insonning fikrlash qobiliyati nazarda tutilganda, ong va aql atamalari bildirgan ma’nolar bir-biriga xos bo‘lib, ong ham, aql ham odam miyasining mahsulidir. Ijtimoiy hayotga tadbiqan axborot-kishilar, predmetlar, faktlar, hodisalar, jarayonlar va shu kabilar haqidagi ma’lumot (ma’lumotlar majmui)ni anglatadi. Sharq mutafakkiri Abu Mansur as-Solibiyning «Yatimat ad-daxr fi-maholisi axli asr» (Zamonamiz axlining fozil kishilari) nomli asaridagi «Tafsilotni quloq ila tinglamoq odamiylikdir, tafsilotni idrok ila anglamoq insoniylikdir» jumlasi bilan boshlanuvchi qarashlari milliy psixologik xususiyatlarimizda qadimdan o‘z aksini topganligini ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kunda axborotlashtirish - axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobiga fuqarolar, davlat hokimiyati va o‘z-o‘zini boshqarish organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining axborot sohasidagi ehtiyojlarini qondirish, huquqlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida optimal sharoitlarni yaratish uchun tashkil etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-falsafiy, texnik jarayonlar majmui. Informatsion jarayonlar-axborotni qidirish, yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash va tarqatish jarayoni. Axborot tizimi informatsion jarayonlarni amalga oshiruvchi tartibga solingan hujjatlar hamda axborot texnologiyalari majmui. Axborot resurslari-muayyan (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banki kabi) axborot tizimlaridagi alohida hujjatlar va hujjatlar majmui. Ijtimoiy-siyosiy axborot-ijtimoiy va siyosiy hayot borasida jamiyat a’zolari, ijtimoiy guruhlar, siyosiy tashkilotlar o‘rtasida almashinuv predmeti hisoblangan va ular o‘z faoliyatida foydalanadigan bilimlar, ma’lumotlar va xabarlar majmui. Ijtimoiy-psixologik axborotlar insonlar o‘rtasidagi aloqalar, siyosiy jarayonlar, jamiyatni boshqarish, ilmiy, o‘quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, targ‘ibot va tashviqotni amalga oshirishda tobora muhim va ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. To‘laligi, asoslanganligi va ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadigan ijtimoiy-siyosiy axborotlarni ishlab chiqishda fan, ularni tarqatishda OAV muhim rol o‘ynaydi. Axborot madaniyati texnik-texnologik va ijtimoiy-madaniy jihatlarga ega. Texnik-texnologik jihatdan axborot madaniyati axborotni olish, qayta ishlash, saqlash va yetkazib berishga xizmat qiladigan texnik-axborot vositalari va ulardan oqilona foydalanish usullari haqidagi bilimlarimizni anglatadi. “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 Ijtimoiy-madaniy ma’noda «axborot madaniyati» insonning muayyan ma’naviy-axloqiy, siyosiy, huquqiy va estetik qadriyatlarni o‘zlashtirgan holda axborot maydonida hayotiy faoliyat ko‘rsatishini anglatadi. Axborot iste’moli madaniyati (U.Qo‘shayev tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan tushuncha) axborot dunyosidan ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi, ma’lumotlarni saralab olish borasidagi bilimlar, qobiliyat va malakani o‘zida ifoda etadi. Axborotlashgan jamiyat - kishilik jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida shakllanayotgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborotdan oqilona foydalanishga asoslangan sifatiy holatini tavsiflovchi tushuncha. Axborotlashgan jamiyat nazariyasi asoschilari ijtimoiy rivojlanishni «bosqichlar almashinuvi» nuqtai nazaridan qaragan holda, uning shakllanishini qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmatlar iqtisodiyotidan keyin paydo bo‘lgan iqtisodiyotning to‘rtinchi - «axborot sektori» yuzaga kelishi bilan bog‘laydilar. Ularning fikriga ko‘ra, industrial jamiyatning asosi bo‘lgan kapital va mehnat axborotlashgan jamiyatda o‘z o‘rnini axborot va bilimga bo‘shatib beradi. Axborotlashuv jarayoni jamiyatdagi iqtisodiy hamda ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. G‘arb faylasuflari fikriga ko‘ra, axborotlashgan jamiyat texnika sohasida - ishlab chiqarish, iqtisodiyot, ta’lim va maishiy hayotga axborot texnologiyalarining keng joriy etilishi, iqtisodiy hayotda - axborotning tovarga aylanishi, ijtimoiy hayotda - axborot turmush, hayot darajasi o‘zgarishining asosiy omiliga aylanishi, siyosiy sohada - keng miqyosda fikr almashishga zamin yaratuvchi xilma-xil axborotlarni erkin olishga yo‘l ochilishi, madaniyat sohasida - axborot almashinuvi davr ehtiyojlariga javob beradigan normalar va qadriyatlarning shakllanishi bilan xarakterlanadi. Tadqiqot obyekti: Ayni paytda axborotlashgan jamiyat: - uyda ishlashning kengayishiga, transport harakatining kamayishiga va buning oqibatida tabiatga tushadigan «yuk»ning keskin qisqarishiga olib keladi; - ish kunining qisqarishi odamlarning uyda ko‘proq bo‘lishiga va oilaviy muhitning barqaror bo‘lishiga zamin yaratadi; - keyingi yuz yilliklarda kishilar shahar - yashash va ishlash uchun eng qulay makon, degan xulosaga keldilar. Axborotlashuv jarayoni esa, qishloqdan turib ham butun olam bilan muloqot qilish, eng obro‘li tashkilotlarda ishlash, shahar aholisi bahramand bo‘layotgan madaniyat yutuqlarini ifoda etish imkoniyatini yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida nisbatan osuda va tinch bo‘lgan, tabiatga yaqin qishloqlarga qaytish yoki u yerda doimiy qolish uchun zamin yaratadi; - masofaviy ta’lim bilim olishning eng qulay shakliga aylanishi barobarida, aholining keng qatlamlari uchun hatto eng nufuzli oliy o‘quv yurtlari eshiklarining ochilishiga zamin yaratadi. Sodda qilib aytganda, ma’lumotlilik ko‘p darajada insonning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Ayni paytda, axborotlashuv jarayoni bir qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. «Yumshoq erotika» dan tortib «ochiq pornografiya»gacha bo‘lgan hodisalar bilan bog‘liq muammolar ana shular jumlasidandir, achinarlisi, bunday holatlarning oldini to‘la-to‘kis olib bo‘lmaydi. Zero, axborot tarmoqlarining uzilishlarsiz ishlashi uning muhim sifatiy belgisi hisoblanadi, bu jarayon doimiy takomillashuvni boshdan kechirmoqda. Demak, yuqoridagi kabi «muammolar» yo‘liga qanchalik to‘siq qo‘yilmasin, doimo ularni «aylanib» o‘tish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Yana bir muammo mualliflik hamda intellektual mulk huquqining buzilishi bilan bog‘liq. Shunday ekan, axborot tarmog‘ida ko‘pchilik ko‘ra olmaydigan hududlar yuzaga kelishi tabiiy. Bugungi kunda kompaniyalar o‘z axborotlarini himoya qilish va ruxsat etilmagan kirishlarning oldini olish uchun katta mablag‘lar sarflayotgani ham shundan. Shu bilan birga muayyan axborotlarni yashirishdan tortib, uni noqonuniy ravishda e’lon qilishgacha bo‘lgan ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladigan suv iste’molchilar ham kelib chiqishi mumkin. Axborot turli ijtimoiy qatlamlar, professional va milliy guruhlar vakillariga har xil ta’sir qilishi barobarida uni iste’mol qilish amaliyoti turli guruhlarda bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bu eng avvalo, axborot manbalari miqdori o‘rtasidagi farqda namoyon bo‘ladi. Masalan, “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 ayrim odamlarda axborot manbai minimal (televideniya, radio), ayrimlarda esa keng (internet, yangi telekommunikatsiyalar tizimi) bo‘lishi mumkin. Qoʻllanilgan metodlar: Bugungi kunda madaniyat, ma’naviyat sohalaridagi tahdidlar soni oshib borishi bilan birga, ularning xarakteri murakkablashib bormoqda. Inson ongiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida havola etilayotgan ma’lumotlar shaklan ko‘payib, hattoki, badiiy ijod namunalarida bunyodkor va vayronkor g‘oyalar aks ettirilgan bo‘lib, ularning har biri qator vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgandir. Ularni vazifadorligi asosida quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin: a) individga ta’sir ko‘rsatib, uning tanlagan yo‘li, belgilagan maqsadi xato ekanligini; b) nomaqbul xulq namunasi «zamonaviy talabalarning iftixori» ekanligini; v) maishiy va ijtimoiy hayot tarzida mavjud an’anaviy munosabatlar majmuini «eskirgan»ligini; g) destruktiv «Men»ni namoyon etishni maqbul ekanligi kabilarni singdirish. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bugungi kunda jamiyatda aynan axborotni olish, unga yo‘l topish sohasida keskin bo‘linish, tabaqalashuv sodir bo‘lmoqda. Talabalar o‘zining harakatchanligi va yangilikka intiluvchiligi hamda bo‘sh vaqt resursiga egaligi tufayli yuqori darajada kommunikativ faollik ko‘rsatishadi. Boshqa guruhlarda esa, nisbatan passivlik kuzatiladi. Ularga xos bunday xususiyatlar salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bu birinchi guruh uchun tobora faollashayotgan agressiv siyosiy ta’sirga berilib ketish xavfining mavjudligida, ikkinchi guruhning esa, pozitiv mazmunga ega axborotlar ta’siridan tashqarida qolishi bilan belgilanadi. Iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy va boshqa sohalardagi axborotlar ta’sirlashuvi ijtimoiy hayotning mazmunan boyishi va takomillashuvining muhim omili hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi kunda axborot almashinuvi insoniyat taraqqiyotining muhim shartiga aylandi, deyish mumkin. O‘z davrida og‘zaki nutqning paydo bo‘lishi bilan axborot uzatish imkoniyatlari kengaygan bo‘lsa, yozma nutq rivoji bu borada o‘ziga xos yangi bosqichni boshlab bergan edi. Hozirgi fantexnika taraqqiyoti, integratsiya va globallashuv sharoitida esa axborot makonida tub sifatiy holat kechmoqda. Endilikda axborot uzatish nafaqat xilma-xil (radio, televideniya, matbuot, telefon, faks, pochta, internet va b.) shakllari, balki, o‘ta tezkorligi bilan ham jamiyat taraqqiyotining oldingi davrlaridan keskin farq qiladi. Bunday sharoitda axborot iste’moli jarayonida ham yangi tendensiyalar kuzatilmoqda. «Kimki axborotga ega bo‘lsa, u dunyoga egalik qiladi» degan fikrning paydo bo‘lishiga ham axborotning yuqoridagi xususiyatlari sabab bo‘lgan. Ijtimoiy makon - bu, ayni vaqtda, axborot makoni hamdir. Globallashuv sharoitida axborot hajmining kattaligi, ularning zamonaviy tezkor vositalar orqali tarqatilayotgani axborot sohasining ijtimoiy makonning boshqa shakllaridan tubdan farq qilishini ta’minlamoqda. Xususan, zamonaviy ommaviy axborot vositalari (ayniqsa, internet tizimi) orqali tarqatilayotgan xabar va ma’lumotlarga turli siyosiy ta’qiqlar, davlat chegaralari to‘siq bo‘la olmaydi [1]. Olingan natijalar va ularning tahlili: G‘arbda «hedhanting» degan atama mavjud. Uni bevosita o‘zbekchaga tarjima qilsak, «aqlni ovlash» ma’nosini anglatadi. Yanada tushunarli bo‘lishi uchun, quyidagilarni ham qo‘shish lozim: Kadrlar va aqliy salohiyat «savdosi» uchun bugungi kunda bozorning o‘ziga yarasha me’yorlari mavjud. Ulardan eng sarasi bu – professional layoqat va kuchli malakaga ega bo‘lish hamda ishlayotgan kompaniyasi uchun yuqori samara keltirishdir. Aynan shu jihatlarni o‘zida jamlagan ishchi yoki kadrlarga bugun talab kuchlidir. Ularni qo‘lga kiritish uchun maxsus dallollik tashkilotlari mavjud va ular recruiting, ya’ni quyi ishchi o‘rinlari va xedxantinglik (oliy ma’lumotli, malakali va yuqori mansablar) xizmati deb ataladi. Ishchi kuchi hamda intellekt bozorida bu borada ham raqobat juda qat’iy. Shuning uchun kompaniyalar muvaffaqiyatga erishish uchun birinchi navbatda, manipulyatsiyadan hamda virtual tarmoqlar orqali tadbiq qilishga intiladilar. Ularning asosida original g‘oyalar bilan oziqlantirilgan axborot yotadi. Ko‘proq mijozga ega bo‘lish uchun yuridik shaxs birinchi navbatda, o‘z obro‘-e’tiborini oshirishga harakat qiladi va bu yo‘lda omadi yurishganlar raqobatning qudratli chig‘irig‘iga bardosh bera oladilar. Demak, o‘ziga yarasha “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 moddiy va ma’naviy asos hamda kelajak uchun to‘ldirib boriladigan zahira jamg‘armasi ularning «aqlni ovlash»ini yanada qulaylashtiribgina qolmay, balki yanada mustahkam poydevorini yaratib beradi. Bunday nomga ega bo‘lish uchun, albatta, axborotdek kuchli targ‘ibot-tashviqot vositasi qo‘l keladi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, o‘zaro sog‘lom qarama-qarshilikda yutuqqa erishish garovi bu – axborot kurashida g‘alaba qozonish bilan belgilanadi. Kichik maydondagi raqobat ko‘pincha davlatlararo manfaatlar kurashining kichik bir modelida ko‘zga tashlanadi. Albatta, bu o‘rinda ayrim farqlarni ham hisobga olish lozim Axborot iste’moli ijtimoiy, aniqrog‘i, ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan hodisadir. Axborot iste’moli xizmatlar iste’molining o‘ziga xos shakli hisoblanadi. Ma’lumki, har qanday xizmatni iste’mol qilishdan avval uning sifati, narxi, foydasi, qulayligi va boshqa shu kabi xususiyatlariga e’tibor beriladi. Bu jarayonda iste’mol qilinayotgan xizmatning talab-taklif xususiyatlari ham inobatga olinadi. Masalan, taklifi kamayib ketgan xizmatlarning iste’mol darajasi yuqori bo‘lib, ularga talab kuchayadi. Mazkur xususiyatlar axborot iste’moli jarayoniga ham xosdir. Biroq, ma’naviy ne’mat bo‘lgan axborotni iste’mol qilish o‘ziga xos tamoyillari bilan ham ajralib turishini ta’kidlash joiz. Xususan, axborot - konkret shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlat tomonidan iste’mol qilinadi, mazkur darajalarda iste’mol jarayonlari bir-biridan farq qiladi. Masalan, biror shaxs uchun qiziqarli bo‘lgan ma’lumot, muayyan ijtimoiy qatlam yoki guruh uchun ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Shuningdek, axborot makon va zamon xususiyatlariga ham ega. Chunonchi, g‘arbda o‘ta ommabop bo‘lgan axborotlar, sharq xalqlari tomonidan kam iste’mol qilinishi mumkin. Bundan tashqari, ma’lum bir tarixiy davrda katta qiziqish bilan kutib olingan ma’lumotlar, vaqt o‘tishi bilan odatiy holga aylanishi va ijtimoiy hayotda bu tarzda in’ikos etmasligi mumkin. Axborot iste’moli kim tomonidan iste’mol qilinishidan qat’iy nazar, qabul qilish, tushunish, talqin etish kabi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bosqichlarda amalga oshadi. Bugungi kunda axborot iste’moli jarayoni ham o‘ziga xos madaniyatni taqozo etmoqdaki, madaniyatning bunday shakli insoniyat ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarur. Axborot iste’moli madaniyati globallashuv jarayonlarining xarakterli xususiyatlaridan biri bo‘lgan, internet tarmog‘i jadal rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun hozirgi davr kishisi oldida axborot tanlash imkoniyati shu qadar yuqoriki, uning talabini qondira olmaydigan ma’lumotlar bir zumda qiymatini yo‘qotishi aniq. Bu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi davrda axborot iste’moli avvalgilardan tubdan farq qiladi. Buning uchun kishilarda axborot iste’moli madaniyatini yuksak darajada shakllantirishga erishish zarur. Shundagina ma’lumotlarga ko‘r-ko‘rona ergashish, ularni noto‘g‘ri talqin etishning oldi olinadi. Eng muhimi esa axborot iste’moli madaniyatiga ega inson, jamiyat, xalq va millat g‘arazli manfaatlar doirasidagi geoaxborotlar ta’siriga tushib qolmaydi. Albatta, axborot iste’moli madaniyatining shakllanishi murakkab jarayon bo‘lib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tizimli ravishda sa’y-harakatlarni olib borishni taqozo etadi. Axborot iste’moli madaniyati ham madaniyatning boshqa shakllari kabi bir qator funksiyalarni bajaradi. Axborotni kommunikativ, regulyativ tartibga solish, axborot, aksiologik (baholash) kabi funksiyalar shular jumlasidandir. Biz tahlil etayotgan muammo doirasida axborot iste’moli madaniyatining aksiologik funksiyasi alohida ahamiyatga ega. Masalan, internet orqali juda ko‘p ijobiy ma’lumotlar bilan birga, Sharq madaniyatiga, xususan, kishilarimiz xulq odobiga salbiy ta’sir etuvchi axborotlar ham uzatilayotgani, tabiiyki, shaxs ayniqsa, talabalar g‘oyaviy tarbiyasiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish orqali bunday ta’sirlarning oldi olinadi. Boshqacha aytganda, tarmoqdan illat qidirish bilan ovora bo‘lmasdan, uning imkoniyatlaridan yurtimiz shon-shuhratini dunyo miqyosida keng yoyish yo‘lida foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, internet virtual, ammo, obyektiv hodisadir, uning hayotimizga kirib kelishini nazorat qilib bo‘lmaydi. Odamlarimizni internet tizimidan uzoqroq tutishga intilish emas, balki, undan oqilona foydalanishga o‘rgatish, axborot iste’moli madaniyatini yuksaltirishga harakat qilish to‘g‘ri bo‘ladi. Zero, kishilarda axborot iste’moli madaniyati shakllangan bo‘lsa, milliy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan xabar, ma’lumotlarni baholash paytida, albatta, har bir shaxsning o‘z qarashlarida qadriyatlar “ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal № 4/2026 ISSN:3093-9089 tizimi sofligi muhim rol o‘ynaydi. Lekin, aksariyat hollarda, ayniqsa, baholanayotgan hodisa o‘zga madaniyatga tegishli bo‘lsa, o‘zimiz mansub bo‘lgan madaniyat ruhan singdirgan qadriyatlar tizimi ustuvor bo‘ladi va butun bo‘y-basti bilan o‘zligini namoyon qiladi. Madaniyatning baholash funksiyasi tufayli tanlash sodir bo‘ladi, madaniyatdagi barqarorlik, har bir davrdagi o‘ziga xoslik, ayni paytda, davomiylik, vorislik ta’minlanadi [2]. Xulosa: Fikrimiz yakunida shuni aytishimiz mumkinki, hozirgi davrda aholi, ayniqsa, talabalar axborot uzatishning zamonaviy texnikasi va texnologiyasini mukammal darajada o‘zlashtirishi muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun mamlakatimizda internetdan foydalanish tizimini yanada rivojlantirish bilan birga, mazkur tarmoqqa milliy manfaatlarimiz aks etgan axborotlarni turli shakl va tillarda kiritib borish zarur. Zero, jamiyatimiz hayotining turli sohalari to‘g‘risida axborot beruvchi obyektiv, jozibador ma’lumotlarning internet sahifalaridan keng o‘rin egallashi, O‘zbekistonning global axborot makonidagi o‘rnining mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Bugungi globallashuv jarayonlarida axborot olamida qandaydir devor o‘rnatib bo‘lmasligi, biroq, farzandlarimizni chalg‘itishga, to‘g‘ri yo‘ldan toydirishga qaratilgan informatsion tahdidlardan, g‘arazli manipulyatsion ta’sirlardan himoyalash choralarini ko‘rish dolzarb vazifadir.

Adabiyotlar

01

1. Вoлoвиk В.M., Вид В.Д. “Пcиxoлoгичeckaя зaщитa” kak мexaнизм koмпeнcaции и ee знaчeниe в пcиxoтepaпии бoльныx шизoфpeниeй //Пcиxoлoгичeckиe пpoблeмы пcиxoгигиeны, пcиxoпpoфилakтиkи и мeдицинckoй дeoнтoлoгии / Peд. M.M. Kaбaнoв. – Л., 1976.

02

2. Гoлoд, C. И. Ceмья и бpak: иcтopиko-coциoлoгичeckий aнaлиз / C. И. Гoлoд. — CПб.: Пeтpoпoлиc, 1998.

03

3. Лeбoн, Г. Пcиxoлoгия нapoдoв и мacc / Г. Лeбoн. M. : Тeppa, 2008.272 c. 4. Mитpoxинa E.Ю. Hekoтopыe пpoблeмы coциaльнoй инфopмaции и ee влияния нa oбщecтвo // Инфopмaциoнный cбopниk «Бeзoпacнocть». №3-4, мapт-aпpeль, 1997.-C.129-133.

BOSHQA TILLARDA

EN

SOCIO-PSYCHOLOGICAL MECHANISMS OF DEVELOPING IMMUNITY AGAINST MANIPULATIVE INFLUENCES IN THE MINDS OF YOUTH

RU

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ ФОРМИРОВАНИЯ ИММУНИТЕТА К МАНИПУЛЯЦИОННЫМ ВОЗДЕЙСТВИЯМ В СОЗНАНИИ МОЛОДЕЖИ

Mualliflar

S.Q.B
SARVINOZ QOSIMOVA BAXTIYOROVNA

Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti.p.f.f.d.(PhD)

Iqtibos olish

QOSIMOVA, S. (2026). SOCIO-PSYCHOLOGICAL MECHANISMS OF DEVELOPING IMMUNITY AGAINST MANIPULATIVE INFLUENCES IN THE MINDS OF YOUTH. ACADEMIC SPECTRUM, 4-Son (2026-yil, Aprel), 86-91.