Anotatsiya (UZ):
Mazkur maqola ijtimoiy tarmoqlarning o‘spirinlar psixikasiga ko‘rsatadigan ta’sirini tizimli va kompleks yondashuv asosida o‘rganishga bag‘ishlangan. Zamonaviy raqamli muhitda ijtimoiy tarmoqlar o‘spirinlar hayotining ajralmas qismiga aylanib, ularning kundalik faoliyati, muloqot uslubi, dunyoqarashi va psixologik rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, ushbu jarayonni ilmiy asosda tahlil qilish dolzarb muammo sifatida qaralgan.Maqolada o‘smirlik davrining asosiy psixologik xususiyatlari — identitet shakllanishi, o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash, emotsional barqarorlik va ijtimoiy moslashuv jarayonlari ijtimoiy tarmoqlar bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilingan. Xususan, virtual makonda shakllanayotgan “ideal obrazlar”, ijtimoiy taqqoslash mexanizmi va tashqi baholarga qaramlik o‘smirlarning o‘ziga bo‘lgan munosabatiga sezilarli darajada ta’sir etishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.Ilmiy kuzatuvlar va psixologik tadqiqotlar asosida aniqlanishicha, nazoratsiz va me’yoridan ortiq foydalanish o‘smirlarning ruhiy barqarorligini izdan chiqarishi, o‘ziga ishonch darajasini pasaytirishi va ijtimoiy moslashuvda qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Kalit
so'z (UZ):
O‘spirinlik davri, psixik rivojlanish, identitet shakllanishi,affektiv holatlar,ijtimoiy taqqoslash, virtual identitet, internet qaramligi, kiberbulling, emotsional intellekt
Аннотация (RUS):
Дaннaя cтaтья пocвящeнa изyчeнию влияния coциaльныx ceтeй нa пcиxиky пoдpocтkoв нa ocнoвe cиcтeмнoгo и koмплekcнoгo пoдxoдa. В ycлoвияx coвpeмeннoй цифpoвoй cpeды coциaльныe ceти cтaли нeoтъeмлeмoй чacтью жизни пoдpocтkoв, okaзывaя нeпocpeдcтвeннoe влияниe нa иx пoвceднeвнyю дeятeльнocть, cтиль oбщeния, миpoвoззpeниe и пcиxoлoгичeckoe paзвитиe. C этoй тoчkи зpeния aнaлиз дaннoгo пpoцecca нa нayчнoй ocнoвe paccмaтpивaeтcя kak akтyaльнaя пpoблeмa. В cтaтьe пpoaнaлизиpoвaны ocнoвныe пcиxoлoгичeckиe ocoбeннocти пoдpocтkoвoгo вoзpacтa — фopмиpoвaниe идeнтичнocти, caмocoзнaниe, caмooцeнka, эмoциoнaльнaя ycтoйчивocть и пpoцeccы coциaльнoй aдaптaции — в тecнoй взaимocвязи c coциaльными ceтями. В чacтнocти, нayчнo oбocнoвaнo, чтo фopмиpyющиecя в виpтyaльнoм пpocтpaнcтвe «идeaльныe oбpaзы», мexaнизм coциaльнoгo cpaвнeния и зaвиcимocть oт внeшниx oцeнok okaзывaют знaчитeльнoe влияниe нa oтнoшeниe пoдpocтkoв k caмим ceбe. Ha ocнoвe нayчныx нaблюдeний и пcиxoлoгичeckиx иccлeдoвaний ycтaнoвлeнo, чтo нekoнтpoлиpyeмoe и чpeзмepнoe иcпoльзoвaниe coциaльныx ceтeй мoжeт нapyшaть пcиxичeckyю ycтoйчивocть пoдpocтkoв, cнижaть ypoвeнь yвepeннocти в ceбe и вызывaть тpyднocти в coциaльнoй aдaптaции.
Ключевые
слова (RUS):
пoдpocтkoвый пepиoд, пcиxичeckoe paзвитиe, фopмиpoвaниe идeнтичнocти, aффekтивныe cocтoяния, coциaльнoe cpaвнeниe, виpтyaльнaя идeнтичнocть, интepнeт-зaвиcимocть, kибepбyллинг, эмoциoнaльный интeллekт
Abstract (EN):
This article is devoted to studying the impact of social networks on adolescents’ psyche based on a systematic and comprehensive approach. In the modern digital environment, social media has become an integral part of adolescents’ lives, directly influencing their daily activities, communication styles, worldview, and psychological development. From this perspective, analyzing this process on a scientific basis is considered a relevant issue. The article examines the main psychological characteristics of adolescence — identity formation, self-awareness, self-esteem, emotional stability, and social adaptation — in close connection with social media. In particular, the formation of “ideal images” in the virtual space, the mechanism of social comparison, and dependence on external evaluations are scientifically proven to have a significant impact on adolescents’ self-perception. Based on scientific observations and psychological research, it has been found that uncontrolled and excessive use of social media can negatively affect adolescents’ mental stability, reduce their level of self-confidence, and create difficulties in social adaptation.
Keywords
(EN):
adolescence,psychological development,identity formation,affective states,social comparison,virtual identity,internet addiction,cyberbullying,emotional intelligence
Maqola Mazmuni
Kirish. Inson ontogenezining eng dinamik va ziddiyatli davri hisoblangan o‘spirinlik bosqichi o‘zining psixofiziologik transformatsiyalari, emotsional labilligi hamda ijtimoiy adaptatsiya jarayonlarining murakkabligi bilan xarakterlanadi. Bugungi globallashuv va axborotlashgan jamiyat sharoitida ijtimoiy tarmoqlar; instagram, tik-tok, telegram o‘spirinlar uchun shunchaki muloqot vositasi bo‘lmay, balki ularning shaxsiy identivligi shakllanadigan, ijtimoiy rollar sinab ko‘riladigan va dunyoqarash modellari barpo etiladigan virtual ekotizimga aylandi. Ushbu makon o‘spirin psixikasiga ham konstruktiv, ham destruktiv ta’sir ko‘rsatuvchi dominant determinant sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Mavzuning bugungi kundagi dolzarbligi shundaki, o‘spirin yoshidagi shaxslarda o‘z-o‘zini anglash va ijtimoiy e’tirofga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi ularni virtual muhitdagi subyektiv reallikka oson bog‘lab qo‘ymoqda. Ilmiy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy tarmoqlardagi "mukofotlash tizimi" (layklar, ijobiy izohlar, virtual reytinglar) o‘spirinlar miyasidagi neyrokimyoviy jarayonlarga, xususan, dofaminergiya tizimiga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Bu esa real hayotdagi mantiqiy yutuqlardan ko‘ra, tezkor virtual e’tirofga intilish fenomenini — "kiber-bog‘liqlik"ni keltirib chiqarmoqda. Natijada, o‘spirin shaxsida real "Men" va virtual "Men" obrazlari o‘rtasida kognitiv dissonans (ichki ziddiyat) yuzaga kelib, bu emotsional sohada frustratsiya, xavotirlik va o‘zo‘zini baholashning pasayishiga zamin yaratmoqda.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning o‘spirinlar ruhiyatiga ta’siri ularning kognitiv sohasida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Axborotning haddan tashqari ko‘pligi va uning qisqa, fragmentar shaklda uzatilishi o‘spirinlarda "klip mantiqi" shakllanishiga, diqqat konsentratsiyasining susayishiga va tahliliy mushohada yuritish qobiliyatining sayozlashishiga olib kelmoqda. Jahon miqyosida va mamlakatimizda o‘tkazilayotgan psixologik tadqiqotlar ijtimoiy tarmoqlarning o‘spirinlar sotsializatsiyasidagi o‘rnini fundamental o‘rganish, raqamli muhitda ruhiy barqarorlikni ta’minlash va kiber-psixologik immunitetni shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqishni kechiktirib bo‘lmas vazifa qilib qo‘ymoqda. Aynan shu omillar ushbu maqolaning ilmiy mazmuni va amaliy yo‘nalishini belgilab beradi.
Adabiyotlar tahlili va metidologiyasi. Mazkur mavzu zamonaviy psixologiya, pedagogika va sotsiologiya fanlarining kesishgan nuqtasida joylashgan bo‘lib, so‘nggi yillarda ko‘plab xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan keng o‘rganilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarning o‘spirinlar psixikasiga ta’siri masalasida olib borilgan tadqiqotlar turli nazariy yondashuvlar va empirik kuzatishlarga
“ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal
№ 4/2026 ISSN:3093-9089
asoslanadi. rivojlanish psixologiyasi doirasida olib borilgan tadqiqotlarda o‘spirinlik davri shaxsiy identitet shakllanishi, o‘z-o‘zini baholash va ijtimoiy taqqoslash jarayonlari bilan bog‘liq ekani ta’kidlanadi. Ijtimoiy tarmoqlar aynan shu jarayonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim tadqiqotchilar bu jarayonni “virtual identitet” tushunchasi orqali izohlab, real va virtual “men” o‘rtasidagi tafovut psixologik dissonansga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadilar. Shuningdek, ilmiy manbalarda ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy ta’sirlari muvozanatda o‘rganilgan. Ijobiy jihatlar sifatida kommunikativ imkoniyatlarning kengayishi, axborotga tezkor kirish, ijtimoiy qo‘llabquvvatlash tizimining shakllanishi keltirilgan. Biroq salbiy ta’sirlar qatorida internet qaramligi, kiberbulling, o‘z-o‘zini past baholash, xavotir va depressiv holatlarning ortishi alohida qayd etilgan. Ko‘plab empirik tadqiqotlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkaziladigan vaqt miqdori bilan psixologik salomatlik o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi.
Albert Bandura XX asr psixologiyasida muhim o‘rin egallagan olimlardan biri bo‘lib, u ijtimoiy o‘rganish nazariyasini ishlab chiqqan. Ushbu nazariyaga ko‘ra, inson xulq-atvori faqat bevosita tajriba orqali emas, balki boshqalarni kuzatish, ularning harakatlarini tahlil qilish va taqlid qilish orqali ham shakllanadi.
Bandura o‘zining mashhur “Bobo doll” tajribasi orqali bolalar va o‘spirinlar agressiv xulqni kuzatish orqali o‘rganishini ilmiy asoslab bergan. Tajriba natijalariga ko‘ra, agar bola agressiv modelni ko‘rsa, u ham shunday xatti-harakatni takrorlash ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlar kontekstida Bandura nazariyasi quyidagicha izohlanadi: O‘spirinlar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab “model”larni blogerlar, mashhurlar, tengdoshlar kuzatadi.
Ular ko‘rgan xulq-atvor (masalan, hayot tarzi, tashqi ko‘rinish, muomala uslubi)ni ongli yoki ongsiz ravishda o‘zlashtiradi.
Agar ushbu xulq ijtimoiy jihatdan “muvaffaqiyatli” layklar, obunachilar, mashhurlik deb baholansa, uni takrorlash ehtimoli yanada ortadi.
Bandura shuningdek o‘z-o‘zini samaradorlik tushunchasini ham kiritgan. Bu tushuncha shaxsning o‘z imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini anglatadi. Ijtimoiy tarmoqlarda boshqalar bilan doimiy taqqoslash natijasida o‘spirinlarda o’z-o’zini bahlash pasayishi yoki aksincha, motivatsiya oshishi mumkin.
Leon Festinger psixologiyada ijtimoiy taqqoslash nazariyasi asoschisi sifatida tanilgan. Ushbu nazariyaga ko‘ra, inson o‘zini baholash uchun boshqalar bilan solishtirishga intiladi. Bu jarayon ayniqsa o‘spirinlik davrida kuchli namoyon bo‘ladi, chunki bu davrda shaxs o‘z identitetini shakllantirish bosqichida bo‘ladi.
Festinger ta’kidlashicha, insonlar ikki turdagi taqqoslashni amalga oshiradi: Yuqoriga qarab taqqoslash – o‘zidan muvaffaqiyatli yoki chiroyliroq insonlar bilan solishtirish Pastga qarab taqqoslash – o‘zidan kamroq muvaffaqiyatli insonlar bilan solishtirish Ijtimoiy tarmoqlar aynan yuqoriga qarab taqqoslashni kuchaytiradi, chunki u yerda odatda insonlarning “eng yaxshi” hayotiy lavhalari namoyish etiladi.
Natijada quyidagi psixologik holatlar yuzaga kelishi mumkin: O‘z-o‘zini past baholash Tashqi ko‘rinishdan qoniqmaslik Depressiv kayfiyat va xavotir “Ideal hayot”ga yetolmaslik hissi Festingerning yana bir muhim g‘oyasi — kognitiv dissonans tushunchasidir. Bu insonning fikrlari, e’tiqodlari va xatti-harakatlari o‘rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelganda paydo bo‘ladigan ichki noqulaylik holatidir. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘spirin o‘z real hayoti bilan virtual obrazlar o‘rtasidagi tafovutni sezganda, aynan shu dissonans yuzaga keladi.
B. Qodirov o‘zbek psixologiyasida yoshlar psixologiyasi, shaxs rivojlanishi va ijtimoiy muhitning xulq-atvorga ta’siri masalalarini o‘rgangan olimlardan biridir. Uning tadqiqotlarida ayniqsa o‘quvchi-yoshlarning psixologik xususiyatlari va zamonaviy axborot muhitining ularga ko‘rsatadigan ta’siri alohida o‘rin egallaydi.Qodirovning ilmiy qarashlariga ko‘ra, o‘spirinlik davri — bu shaxsda mustaqil fikrlash, ijtimoiy pozitsiya va xulq-atvor stereotiplari shakllanadigan muhim
“ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal
№ 4/2026 ISSN:3093-9089
bosqichdir. Shu davrda tashqi muhit, ayniqsa axborot manbalari (internet, ijtimoiy tarmoqlar) o‘spirinning psixikasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. U ijtimoiy tarmoqlarni “ikkilamchi ijtimoiylashuv vositasi” sifatida baholaydi, ya’ni o‘spirinlar real muhitdan tashqari virtual muhit orqali ham ijtimoiy tajriba orttiradi.
Olimning tadqiqotlarida quyidagi jihatlar alohida ta’kidlanadi: Nazoratsiz va me’yoridan ortiq internetdan foydalanish o‘spirinlarda diqqatning tarqoqlashuvi, mas’uliyat hissining pasayishi va ijtimoiy passivlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Virtual muloqot real kommunikatsiya ko‘nikmalarining sustlashishiga olib keladi. Internet orqali tarqaladigan salbiy kontent (agressiya, zo‘ravonlik, noto‘g‘ri qadriyatlar) o‘spirin xulq-atvoriga bevosita ta’sir qiladi.
N. Karimova yoshlar psixologiyasi, ijtimoiylashuv jarayoni va shaxsning ijtimoiy muhitga moslashuvi masalalarini tadqiq qilgan olimlardan hisoblanadi. Uning ishlarida zamonaviy jamiyatda o‘spirinlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, xususan, axborot texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlarning roli keng yoritilgan.Karimova ijtimoiylashuvni ikki asosiy muhit — real va virtual makon orqali kechadigan jarayon sifatida talqin qiladi. Uning fikricha, bugungi kunda o‘spirinlar faqat oila va maktab orqali emas, balki ijtimoiy tarmoqlar orqali ham ijtimoiy tajriba orttiradi. Bu esa shaxs shakllanishida yangi psixologik omillar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Karimovaning tadqiqotlarida quyidagi muhim jihatlar ajratib ko‘rsatiladi: Ijtimoiy tarmoqlar o‘spirinlarda virtual identitet shakllanishiga sabab bo‘ladi. Bu esa ba’zan real “men” bilan ziddiyatga kirishi mumkin.
O‘spirinlar o‘zlarini boshqalar bilan taqqoslash orqali o‘z-o‘zini baholashni shakllantiradi, bu jarayon esa ko‘pincha emotsional beqarorlikni yuzaga keltiradi.
Kiberbulling va salbiy axborotlar o‘spirinlarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa o‘ziga ishonchi past bo‘lgan yoshlar bunga ko‘proq moyil bo‘ladi.
Muhokama. Mazkur tadqiqot natijalari ijtimoiy tarmoqlarning o‘spirinlar psixikasiga ta’siri murakkab, ko‘p omilli va ziddiyatli xarakterga ega ekanligini ko‘rsatadi. O‘spirinlik davri psixologik jihatdan eng sezgir bosqichlardan biri bo‘lib, bu davrda shaxsning o‘z-o‘zini anglash, identitet shakllanishi va ijtimoiy moslashuvi faol kechadi. Aynan shu jarayonlar ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida sezilarli darajada o‘zgarishga uchrashi mumkin. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy tarmoqlar o‘spirinlar uchun muhim kommunikativ platforma sifatida xizmat qiladi. Ular orqali yoshlar o‘z fikrini erkin ifodalash, tengdoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash va yangi ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa ijtimoiylashuv jarayonini tezlashtiradi. Shu bilan birga, virtual muhitning kengayishi real ijtimoiy aloqalarning qisqarishiga olib kelishi mumkin. Natijada o‘spirinlarda yuzma-yuz muloqot ko‘nikmalari yetarlicha rivojlanmasligi kuzatiladi.
Psixologik nuqtai nazardan qaraganda, ijtimoiy tarmoqlarning eng muhim ta’sir mexanizmlaridan biri — bu ijtimoiy taqqoslash jarayonidir. O‘spirinlar o‘zlarini boshqalar bilan muntazam solishtirish orqali o‘z-o‘zini baholash tizimini shakllantiradi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda aks etadigan hayot ko‘pincha idealizatsiyalangan bo‘lib, real hayotdan sezilarli darajada farq qiladi. Bu esa o‘spirinlarda qoniqmaslik hissi, o‘ziga nisbatan ishonchsizlik va emotsional beqarorlikni yuzaga keltiradi. Muhokama jarayonida yana bir muhim jihat — bu ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish darajasi va uning psixologik ta’siri o‘rtasidagi bog‘liqlikdir. Me’yoriy va maqsadli foydalanish ijobiy natijalar berishi mumkin bo‘lsa, ortiqcha va nazoratsiz foydalanish salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu sababli, foydalanish davomiyligi, mazmuni va maqsadi asosiy determinant omillar sifatida qaraladi.
Yuqoridagi tahlillar asosida shuni ta’kidlash mumkinki, ijtimoiy tarmoqlarning o‘spirinlar psixikasiga ta’siri bir yoqlama emas, balki ko‘p qirrali va murakkab jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayonni samarali boshqarish uchun kompleks yondashuv zarur bo‘lib, unda oila, ta’lim tizimi va jamiyatning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, o‘spirinlarda media savodxonlik, tanqidiy fikrlash va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb vazifa sifatida qaraladi.
Xulosa. Ushbu tadqiqot natijalari ijtimoiy tarmoqlar o‘spirinlar psixikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. O‘spirinlik davrida shaxsning identiteti, o‘z-o‘zini baholash tizimi va
“ACADEMIC SPECTRUM” ilmiy-metodik jurnal
№ 4/2026 ISSN:3093-9089
ijtimoiy xulq-atvori shakllanish jarayonida bo‘lgani sababli, raqamli muhit ushbu jarayonlarning yo‘nalishiga bevosita ta’sir qiladi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularning qo‘llanish darajasi, mazmuni va ijtimoiy muhit bilan bog‘liq. Nazorat ostidagi va maqsadli foydalanish ijobiy natijalarni yuzaga keltirsa, tartibsiz va haddan tashqari foydalanish salbiy psixologik oqibatlarni kuchaytiradi.
Shu asosda xulosa qilish mumkinki, o‘spirinlarda ijtimoiy tarmoqlardan ongli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning media savodxonligini oshirish hamda oila va ta’lim muassasalari tomonidan yo‘naltiruvchi muhit yaratish muhim ahamiyatga ega. Mazkur choralar ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi.