Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

SUD-PSIXOLOG EKSPERTI KASBIY KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING O`ZIGA XOSLIGI

3-Son (2026-yil, Mart)
77 82
16 Ko'rishlar
Qabul qilindi: Mar 02, 2026
Chop etishga ruxsat etildi: Mar 23, 2026
Nashr etildi: Mar 12, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Ushbu maqolada sud psixolog eksperti faoliyatida ijtimoiy-psixologik kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanishini tadqiq etish hamda uning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik omillarini takomillashtirish haqida fikr yuritilib, sud psixolog eksperti ijtimoiypsixologik kompetentligini rivojlantiruvchi ijtimoiy-psixologik omillar, komponentlarini aniqlash, sud psixolog ekspertidagi kommunikativ, emotsional va shaxslilik komponentlarining namoyon bo‘lishi va rivojlanishini tadqiq qilish; sud psixolog ekspertlarining sotsial-psixologik kompetentligini rivojlantirishda ularning sud-huquq tizimi bilan bog‘liqligi ochib berilgan.
Kalit so'z (UZ): sud psixolog eksperti, ijtimoiy-psixologik kompetentligi, sud psixologik ekspertizasi, kasbiy kompetentlik, kompetentlik, emotsional intellekt, kasbiy faoliyat

Аннотация (RUS):

В дaннoй cтaтьe paccмaтpивaeтcя иccлeдoвaниe пpoявлeния и paзвития фakтopoв coциaльнo-пcиxoлoгичeckoй koмпeтeнтнocти в дeятeльнocти cyдeбнoгo пcиxoлoгa и coвepшeнcтвoвaниe ee koнkpeтныx coциaльнo-пcиxoлoгичeckиx фakтopoв, выявлeниe koмпoнeнтoв, иccлeдoвaниe пpoявлeния и paзвития koммyниkaтивныx, эмoциoнaльныx и личнocтныx koмпoнeнты cyдeбнoгo пcиxoлoгa; в paзвитии coциaльнo-пcиxoлoгичeckoй koмпeтeнтнocти cyдeбныx пcиxoлoгoв packpывaeтcя иx cвязь c пpaвoвoй cиcтeмoй.
Ключевые слова (RUS): cyдeбный пcиxoлoг-эkcпepт, coциaльнo-пcиxoлoгичeckaя koмпeтeнтнocть, cyдeбнo-пcиxoлoгичeckaя эkcпepтизa, пpoфeccиoнaльнaя koмпeтeнтнocть, koмпeтeнтнocть, личнocть эkcпepтa, эмoциoнaльный интeллekт, пpoфeccиoнaльнaя дeятeльнocть

Abstract (EN):

This article discusses the study of the manifestation and development of factors of socio-psychological competence in the activities of a forensic psychologist and the improvement of its specific socio-psychological factors, the identification of components, the study of the manifestation and development of communicative, emotional and personal components of a forensic psychologist; in the development of socio-psychological competence of forensic psychologists, their connection with the legal system is revealed.
Keywords (EN): forensic psychologist-expert, socio-psychological competence, forensic psychological examination, professional competence, competence, personality of an expert, emotional intelligence, professional activity

Maqola Mazmuni

KIRISH “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida sud ekspertizasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish borasida muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu qonunda ko‘rsatib o‘tilgan bunday muhim vazifalarni bajarishda sud psixolog ekspertlari ijtimoiy-psixologik kompetentligini takomillashtirishga oid tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, sud psixolog ekspertlari ijtimoiy-psixologik kompetentligini oshirish, ularning shaxsiy sifatlariga xos bo‘lgan xususiyatlarni ro‘yobga chiqarish, psixokorreksion va rivojlantiruvchi usullar orqali ularning kasbiy faoliyat samaradorligiga bevosita taʼsir etuvchi ijtimoiy-psixologik kompetentlik omillarini shakllantirish dolzarb muammo sifatida qaraladi. Sud doimiy ham real voqelikni adekvat aks ettiruvchi u yoki bu shaxslar tomonidan yetkaziladigan ish uchun muhim bo‘lgan faktlar haqida ma’lumotlarga to‘liq ega bo‘la olmaydi. Bu esa turli sabablar va odatda sub’ektiv sabablar bilan izohlanadi (masalan, qabul qilish sharoitlarning xususiyatlari va “ACADEMIC SPECTRIUM” ilmiy-metodik jurnal sub’ektning shaxsiy fazilatlari, umuman xulq-atvor vaziyatining psixologik spesifikasi bilan). Ushbu sabablarni aniqlash ob’ektiv haqiqatga erishish uchun o‘ta muhimdir. Bundan tashqari, bir qator psixologik omillar mavjud bo‘lib, ularni bilish sudning ish ko‘rish predmetiga to‘g‘ri huquqiy baho berish uchun zarurdir. Va bunday holatlarni aniqlash uchun psixologiya sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lish talab qilinadi. Odatda bunday bilimlarga psixologik ekspertizani o‘tkazadigan mutaxassislar ega bo‘ladilar. Agar psixik sog‘lom inson avval kelishib, keyinchalik sudda o‘z harakatlarini boshqara olmaganligini (ongli tarzda amalga oshirmaganligi) va ularning mazmunini tushunmaganligini ta’kidlab tursa, chunki bunga qattiq ruhiy iztirob sabab bo‘lgan va u hammasini oqilona o‘ylab chiqmagan bo‘lsa – bu vaziyatda nima qilish kerak? kabi savollarni yechimini topish o‘ta muhim masalalardan biri hisoblanadi va bu borada bir necha yillik tajribaga ega bo‘lgan sud psixolog ekspert(lar)i holatga adekvat baho bera olishadi. Psixologik tadqiqotning umumiy usullariga asosan: eksperiment, psixodiagnostika, taxmin qilish, modullashtirish, ta’sir o‘tkazish usullarini kiritish mumkin. O‘z navbatida, umumiy usullarning har bittasi maxsus usullar majmuidan iborat bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologiya rivojlanishining zamonaviy ko‘rinishlaridan biri bu - sud psixologik ekspertizaning katta imkoniyatlarga ega bo‘layotganligi hisoblanadi. Albatta, bu imkoniyatlar chegarasiz degani emas. Bu borada O‘zbekistonda yechilmagan muammolar hali juda ham ko‘p. Masalan, ayrim ishlarda psixologik sababni aniqlash imkoniyati yetarli emas, ammo shaxsning asosiy sabab chiziqlari ierarxiyasini va mazmunini aniqlash real holatdir. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Ko‘pgina chet el va mahalliy psixologik va pedagogik adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, xodim kasbiy kompetentligining turlicha xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarda ochib berilgan kasbiy kompetentlik metodologiyasiga oid pedagogik psixologik xususiyatlarni nazariy jihatdan izohlashga harakat qildik. Ko‘pgina ilmiy adabiyotlarning tahliliga qaraganda, kasbiy kompetentlikni aniqlashga doir tadqiqotchilar tomonidan turli yondashuvlar mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, chet el va mahalliy pedagogik-psixologik adabiyotlarda «Kompetentlik» tushunchasini ta’riflashda yagona yondashuv mavjud emas. Kompetentlik so‘zining lug‘aviy ma’nosi lotinchadan olingan bo‘lib, «competo» «erishayapman, munosibman» degan ma’nolarni anglatadi, hamda ma’lum faoliyat turidan xabardorligini bilishini bildiradi. «Kompetensiya» bu – inson faoliyatiga namoyon bo‘ladigan, yetarli darajada boxabar faoliyat yoki sohada insonning amaliy jihatdan qodirligi, shuningdek, kasbiy faoliyatning ma’lum bir tizim bo‘yicha shakllanganligini belgilovchi xususiyat hisoblanadi. Shunga qaramay, aksariyat mualliflar tomonidan kompetentlik faoliyat yoki harakatning samarali ishlashi bilan bog‘lanadi. Jumladan, Yevropa va amerikalik tadqiqotchilar kasbiy kompetentlikning amaliy jihatlarini, ya’ni muhitga ta’sir etuvchi (I.Borg, M.Muller, V.I.Lupandin), vazifani muvaffaqiyatli uddalashga xizmat qiluvchi bilim, ko‘nikma va malakalar majmuasi (O.O.Gonina, M.Kaplan, L.Nuguist); faoliyat tuzilmasidagi alohida hatti-harakatlarni amalga oshirishni ta’minotchisi (A.A.Blaginin, G.Birkgoff), amaliyotga tatbiq etiladigan usullarni bilish jarayonlariga qo‘llovchi (S.P.Destra, S.Dollinger) sifatida o‘rganishgan. Sud psixologik ekspertizaga huquqiy holatlarni aniqlash vazifasi yuklanib, faqatgina ko‘rsatmalar haqiqiyliginigina tekshirish emas, balki ularni isbotlash, qonunbuzarlikni sodir etgan shaxs hatti-harakatlarida aybdorlikni aniqlash vositasi sifatida mustahkamligini tekshirish ham kiritilganligini ko‘rishimiz mumkin. Garchi bunga asos bo‘lmasa ham, qandaydir ishonchsizlik haligacha ham oxirigacha bartaraf etilmagan. Aksincha, qonuniy sud ishida mukammallashib borayotgan amaliyotning, o‘sib borayotgan ehtiyojlari sharoitida, zamonaviy psixologiya fanining imkoniyatlariga yetarlicha baho bera olmaslik o‘rinlidir. Ta’kidlash joizki, amaliy psixologiyada yuridik amaliyot ehtiyojlari uchun uning qo‘llanilishi asosan jinoiy jarayon ishtirokchilari ko‘rsatmalarining haqiqiyligini aniqlash metodikalarini ishlab chiqish uchun qo‘llanilgan. T.V.Saxnova yozishicha, bir tomondan bu qonunbuzar shaxsini o‘rganib chiqishga e’tibor kuchayishidan darak bergan (ilgari u faqat qonunbuzarning o‘zini o‘rganilishida “ACADEMIC SPECTRIUM” ilmiy-metodik jurnal to‘xtalgan), bu esa o‘z navbatida, ob’ektiv va sub’ektiv tomonlarni inobatga olgan holda, sodir etilgan qonunbuzarlikka aniq va to‘g‘ri baho berishga imkon bergan. Boshqa tomondan, jarayon ishtirokchilarining ko‘rsatmalarini haqiqiy ekanligini isbotlash uchun, sud psixolog eksperti sud yoki tergov jarayonida berilgan ma’lumotlar qay darajada haqiqiy ekanligini aniqlash bo‘yicha vazifani o‘z zimmasiga yuklatadi. T.V.Saxnova yondashuvlarning tipik misollarini keltiradi, ular haqiqatni aniqlash ekspertizasi doirasida shaxsga tashxis qo‘yish uchun qo‘llanilgan. Respondentning erkin hikoyasi (o‘zi bilan sodir bo‘lgan holat yoki hodisa to‘g‘risida bildirgan fikrlari) va ekspert bergan savollarning javoblari asosida, ob’ektiv u yoki bu shaxs tipi bilan shartlangan, yolg‘onchilik belgilari mavjudligi (yoki mavjud emasligi) haqida xulosa qilinadi. Taxmin qilinishicha, sovuqqon, xo‘mraygan va yopiq odam oldindan uylab qo‘ygan yolg‘onni aytishga tayyor bo‘lishadi. Shuning uchun u bergan ko‘rsatmalar ahamiyatli emas. Bajarilmagan istak-xohishlar majmui mavjud bo‘lgan shaxsning ko‘rsatmalari ham to‘la haqiqiy, deb tan olinmasligi mumkin, biroq boshqa sabablariga ko‘ra: sub’ekt boshqalar nigohida o‘z mavqeiga ega bo‘lishi uchun, tilaklarini qiziq tarzda amalga oshiradi. Bu turdagi ekspertizalar voyaga yetmagan guvohlarga nisbatan samaralidir. Bu borada shuni ta’kidlash joizki, o‘sha paytda ishonchli, ilmiy asoslangan shaxsni tadqiq etish bo‘yicha metodikalar ishlab chiqilmagan edi, shu tufayli ekspert vazifasini ob’ektiv tarzda hal etish imkoni bo‘lmagan [3]. O‘rganish jarayonida keltirilgan vajlarning haqiqiyligini aniqlash ekspertizaning asosiy kamchiligi bundan iborat bo‘lmagan. Ko‘rsatmalarning haqiqiyligi haqida savolga javob berayotganda, sud psixolog eksperti o‘zining maxsus bilimlari chegarasidan, jarayondan tashqari, o‘z vakolati doirasidan chiqib ketgan va sud vakolati chegaralariga kirgan. Rivojlanishining birinchi bosqichida sud psixologik ekspertizasi imkoniyatlariga vakolatidan ortiqcha baho berish, ehtimol qonuniydir, chunki amaliy psixologiya darajasi yuridik amaliyot ehtiyojlaridan ochiq-oydin orqada qolgan edi. Bu esa o‘z navbatida vazifalarni noto‘g‘ri, xato belgilashga va ularni yechish uchun vositalarni noadekvat tanlashga olib kelar edi. Sud psixologik ekspertizaga huquqiy holatlarni aniqlash vakolati berilib, faqatgina ko‘rsatmalar haqiqiyligini tekshirish emas, balki ularni isbotlash, qonunbuzarlikni sodir etgan shaxs hatti-harakatlarida aybdorlikni aniqlash vositasi sifatida mustahkamligini tekshirish ham kiritilganligini ko‘rishimiz mumkin. Garchi bunga asos bo‘lmasa ham, qandaydir ishonchsizlik haligacha ham oxirigacha bartaraf etilmagan. Aksincha, qonuniy sud ishida mukammalashib borayotgan amaliyotning, o‘sib borayotgan ehtiyojlari sharoitida, zamonaviy psixologiya fanining imkoniyatlariga yetarlicha baho bera olmaslik o‘rinlidir. Hozirgi vaqtda sud psixologik ekspertiza nazariyasida, mavjud bo‘lgan hal etilmagan muammolarga qaramay, yetarli darajada ilmiy vositalar mavjud. Ular yuridik faoliyatning turli sohalarida amaliy vazifalarni hal etish uchun psixologiya fanining yutuqlaridan foydalanish imkonini beradi. Kriminalistik ekspertizasining jinoyatni tekshirishda, tergov qilishda va sud jarayoni muhokamasi davrida o‘tkazilish zaruriyati tug‘iladi. O‘zbekiston Respublikasi JPKning 172moddasida ko‘rsatilishicha “Ish uchun ahamiyatli holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fan, texnika, san’at yoki kasb sohasi bo‘yicha bilimi bo‘lgan shaxs o‘tkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin bo‘lganda ekspertiza tayinlanadi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, mutaxassislar, xolislarning bunday bilimlarga ega bo‘lishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi. NATIJALAR Endi bevosita nazorat tajribadan keyin sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligi va emotsional intellekti o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishlar tahliliga o‘tamiz. 1-jadval Besh yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan sud psixolog ekspertlari ijtimoiy-psixologik kompetenliligi bilan emotsional intellekti umumiy ko‘rsatkichlari orasidagi korrelyatsion bog‘lanish natijalari (n=41, nazorat tajribadan keyin) Shklalar Emotsional intellekt (N.Xoll metodikasi bo‘yicha) “ACADEMIC SPECTRIUM” ilmiy-metodik jurnal O‘zga insonlarning kechinmalarini O‘z emotsiyasini Emotsional bilimdonlik O‘zini-o‘zi rag‘batlantirish Empatiya boshqarish sezish Insonlarni tushunish 0,638** -0,080 0,304 0,482* 0,639** Vaziyatlarni tushunish 0,692** 0,507* 0,263 -0,103 0,706** Uddaburonlik 0,220 0,049 0,098 0,203 0,276 Axloqiy ustanovkalar 0,259 0,604* 0,502 0,703** 0,091 Muvaffaqiyatga Ijtimoiy-psixologik kompetentlik (Kunitsina metodikasi erishganlik motivatsiyasi 0,572* -0,036 0,508* 0,402 0,506* Emotsional barqarorlik 0,302 -0,123 0,096 0,208 0,341 Imidj 0,403* 0,635* 0,506* 0,108 0,631* Sotsial psixologik kompetentlik 0,603** 0,528* 0,654* 0,100 0,709** bo‘ yicha) Verbal kompetentlik 0,489* -0,032 0,482 0,282 0,509* Operativ ijtimoiypsixologik kompetentlik 0,422 0,573* 0,681** 0,512* 0,444 Ego kompetentlik -0,090 0,353* -0,098 0,622 -0,068 Kommunikativ kompetentlik -0,108 0,516* 0,621* -0,011 -0,091 Ishonchlilik -0,101 0,262 0,013 0,746** -0,101 Barqaror insoniy munosabatlar 0,009 -0,024 -0,063 0,712** 0,012 Shaxslilik kommunikativ 0,603* 0,082 0,096 0,701* 0,625* imkoniyati Izoh: * r≤ 0,05, ** r≤ 0,01 Olib borilgan trening mashg‘uloti natijasida aniqlovchi tajribada qo‘lga kiritlgan natijalarning ijobiy tomonga o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Nazorat tajribasidan olingan ma’lumotardan ko‘rinib turibdiki, sud psixolog ekspertlarining emotsional intellekti bilan ijtimoiy-psixologik kompetentlik ko‘rsatkichlarining ijobiy shakllanayotganligini belgilovchi bir qancha statistik ahamiyatga ega bo‘lgan alomatlar o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘liqlikda o‘z aksini topgan. Besh yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan sud psixolog ekspertlaridagi bunday ijtimoiy-psixologik imkoniyatning mavjudligi kasbiy faoliyatni to‘g‘ri tashkil qiluvchi omillardan biri sifatida xizmat qiladi. Natijada sud psixolog ekspertlari ekspertiza jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli nizoli holatlar va o‘zaro ziddiyatlarni bartaraf etish qobiliyatiga ega bo‘lishni biladilar. Yuqoridagi jadvaldan bilishimiz mumkinki, besh yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan sud psixolog ekspertlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligi bilan emotsional intellektini o‘zaro bog‘lovchi jihatlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularda insonlarni tushunish bilan o‘zga insonlarning kechinmalarini sezish (r=0,639, p≤0,01) va emotsional bilimdonlik (r=0,638, p≤0,01) bilan yuqori ijobiy korrelyatsiya bergan bo‘lsa, o‘z emotsiyasini boshqarish (r=-0,080, p≤0,01) shkalasi bilan salbiy, vaziyatlarni tushunish o‘zga insonlarning kechinmalarini sezish (r=0,706, p≤0,01), emotsional bilimdonlik (r=0,692, p≤0,01) bilan yuqori ijobiy, empatiya (r=-0,103, p≤0,01) bilan salbiy, axloqiy ustanovkalar empatiya (r=0,703, p≤0,01) o‘z emotsiyasini boshqarish (r=0,604, p≤0,05) bilan yuqori ijobiy, muvaffaqiyatga erishganlik motivatsiyasi emotsional bilimdonlik (r=0,572, p≤0,05) bilan yuqori ijobiy, o‘z emotsiyasini boshqarish (r=-0,036) bilan salbiy, emotsional barqarorlik o‘z emotsiyasini boshqarish (r=-0,019) bilan salbiy, verbal kompetentlik o‘zga insonlarning kechinmalarini sezish (r=0,509, p≤0,05) bilan yuqori ijobiy, o‘z emotsiyasini boshqarish (r=-0,032) bilan salbiy, ego kompetentlik, kommunikativ kompetentlik uchta, ishonchlilik va barqaror insoniy munosabatlar ikkita shkala bilan salbiy korrelyatsiya namoyon qilgan bo‘sa, uddaburonlik, axloqiy “ACADEMIC SPECTRIUM” ilmiy-metodik jurnal ustanovkalar, imidj, sotsial psixologik kompetentlik, operativ ijtimoiy-psixologik kompetentlik va shaxslilik kommunikativ imkoniyati barcha emotsional intellekt shkalalari bilan ijobiy korrelyatsion bog‘liklik kuzatilganligi qo‘llanilgan psixotexnikalarning samarali ta’siri ostida rivojlanganligidan dalolat beradi va bu holat sifati sud psixologik ekspertizalarni amalga oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi (1-jadval). 2-jadval Besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan sud psixolog ekspertlari ijtimoiy-psixologik kompetenliligi bilan emotsional intellekti umumiy ko‘rsatkichlari orasidagi korrelyatsion bog‘lanish natijalari (n=61, nazorat tajribadan keyin) Emotsionla intellekt (N.Xoll metodikasi bo‘yicha) O‘zga insonlarning kechinmalarin Shklalar O‘z emotsiyasini Emotsional bilimdonlik O‘zini-o‘zi rag‘batlantirish Empatiya boshqarish i sezish Insonlarni tushunish 0,473 0,304 0,509 0,267 0,701** Vaziyatlarni tushunish 0,036 0,772** 0,207 0,441 0,532 Ijtimoiy-psixologik kompetentlik (Kunitsina metodikasi bo‘ yicha) Uddaburonlik 0,098 0,252 0,336 0,328 0,551 Axloqiy ustanovkalar 0,761** 0,203 0,098 0,346 0,208 Muvaffaqiyatga erishganlik motivatsiyasi 0,395 -0,029 0,556 0,509 0,289 Emotsional barqarorlik 0,226 0,046 0,408 0,509 0,391 Imidj 0,395 0,406 0,189 0,503 0,449 Sotsial psixologik kompetentlik 0,075 0,523 0,332 0,749** 0,276 Verbal kompetentlik 0,236 0,541 0,493 0,285 0,208 Operativ ijtimoiy- psixologik kompetentlik 0,773** 0,099 0,031 0,231 0,523 Ego kompetentlik 0,405 0,472 0,432 0,375 0,289 Kommunikativ kompetentlik 0,017 0,316 0,792* 0,472 0,413 Ishonchlilik 0,079 0,486 0,475 0,489 0,318 Barqaror insoniy munosabatlar 0,341 0,789** 0,483 0,494 0,699* Shaxslilik kommunikativ 0,123 0,503 0,789** 0,276 0,371 imkoniyati Izoh: * r≤ 0,05, ** r≤ 0,01 Navbatdagi tahlil esa besh yildan ortiq ish stajiga ega sud psixolog ekspertlari ijtimoiypsixologik kompetentligi bilan emotsional intellekti o‘rtasidagi bog‘liqliklarga qaratilgan. Besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan sud psixolog ekspertlari ko‘rsatkichlarida ham emotsional intellekt bilan ijtimoiy-psixologik kompetentlik o‘rtasida yuqori korrelyatsion bog‘liqlikni ifodalovchi koeffitsientlar kuzatilganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa besh yildan ortiq ish stajiga ega sud psixolog kasbiy faoliyatini tashkil etishda shaxsiy tajriba va tasavvurlariga yaqqol tayanishlarini ko‘rsatmoqda (2-jadval). Demak, yuqoridagilarga asoslanib shuni aytish mumkinki, sud psixolog ekspertlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligining namoyon etilishi, har bir sud psixolog ekspertida o‘ziga xos tarzda shakllangan emotsional intellekt, kasbiy va kommunikativ kompetentlik kabi omillarga “ACADEMIC SPECTRIUM” ilmiy-metodik jurnal bevosita bog‘liqligi haqidagi g‘oyalarimiz o‘z tasdig‘ini topdi. Bu borada ijtimoiy-psixologik kompetentlik eng avvalo, kasbiy faoliyat samaradorligini belgilashga va shaxs barkamolligini ta’minlashga xizmat qilishi aniq. Sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirishda kommunikativ kompetentlik, sud psixologik ekspertizasiga doir ijtimoiy-psixologik bilimlar diapazoni va emotsional intellekt ko‘rsatkichlarining muhimligiga ko‘ra muammolar yechimini izlashda hissiyirodaviy, kognitiv va kommunikativ motivatsiya imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan psixotexnikalarni qo‘llash orqali yuqori samaradorlikka erishilganligini ko‘rishimiz mumkin. XULOSA Shaxsning kasbiy rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladigan psixologik xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgan psixotexnika, hamda o‘quv modulining samaradorligini baholashda aniqlovchi va nazorat tajribalaridan olingan natijalarning tahlillariga asoslanib, qolaversa, sud psixolog ekspertlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirish dasturi va uni sud psixolog ekspertlarining kasbiy faoliyatiga ta’siri natijasini tadqiq qilish bo‘yicha quyidagilar aniqlandi: 1. Sud psixolog ekspertlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega va ularning ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirish dasturida sud psixologik ekspertizasiga doir psixologik vaziyatlar va shaxslararo munosabatlar tizimining ta’sirchan mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi. 2. Kasbiy kompetentlikning rivojlantirish bo‘yicha o‘quv modulini amalda qo‘llash natijasida qator samaradorlikka erishildi, sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentlik omillariga aloqador bo‘lgan kasbiy kompetentlik (kasbiy layoqat)ning o‘ziga xos tarzda o‘zgarganligini ko‘rsatadi. O‘quv modulida sud psixolog eksperti kasbiy kompetentligini ta’minlovchi sohaga oid qonun va qonun osti hujjatlari yuzasidan huquqiy, hamda psixodiagnostik ishlarni amalga qo‘llay olishi, sud psixologik ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish bo‘yicha bilimdonligini oshirishga erishildi. 4. Sud psixologik ekspertizasi ishlarida faoliyat olib boradigan ekspertlarning ijtimoiypsixologik kompetentligi omillarini namoyon etilishi va rivojlanishi masalasini chuqurroq tahlil qilish uchun kelgusida ijtimoiy-psixologik kompetentlikning ekspertlik faoliyatiga tayyorlik darajasi bilan bog‘liqlik tomonlarini tadqiq etish maqsadga muvofiq.

Adabiyotlar

01

1. Narkulova, I., Matkarimova, G., Mamatmurotov, O., Gazieva, F., Vohidov, E., Jurayeva, S., & Maxmudova, Z. (2026). Exploring the Role of Neuroplasticity in Enhancing Educational Outcomes Through Trauma-Informed Interventions. Indian Journal of Information Sources and Services, 16(1), 591–598. https://doi.org/10.51983/ijiss-2026.16.1.61

02

2. Olimov, L. (2024). Characteristics of social-psychological competence development of forensic psychologist. BIO Web Conf., 84 (2024) 04024. https://doi.org/10.1051/bioconf/20248404024.

03

3. Olimov, L. Y., Maxmudova, Z. M. (2024). Comparative analysis of psychologist-expert competence based on information technologies. E3S Web of Conferences 538, 02020 (2024). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453802020

04

4. Olimov, L., Avezov A. (2015). Social Psychological Characteristics Of Psychological Defenses Manifested In Adolescents In Extreme Situations. International journal of scientific & technology research. 2015. Volume 9, Issue 02, 2784-2786.

05

5. Olimov, L., et al. (2026). Peer Led Teaching and Collaborative Learning Perspectives for Forensic Service Users with Complex Neurodivergent Profiles. International journal of scientific & technology research. Vol. 17 No. 1 (2026). https://doi.org/10.47059/jidob/V17/I1/4.

BOSHQA TILLARDA

EN

ОСОБЕННОСТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СУДЕБНОГО ПСИХОЛОГА-ЭКСПЕРТА Аннотация: В данной статье рассматривается исследование проявления и развития факторов социально-психологической компетентности в деятельности судебного психолога и

RU

ОСОБЕННОСТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СУДЕБНОГО ПСИХОЛОГА-ЭКСПЕРТА

Mualliflar

L.O.Y
LAZIZ OLIMOV YARASHOVICH

Buxoro davlat universiteti, Psixologiya kafedrasi professori, Psixologiya fanlari doktori (DSc)

Iqtibos olish

OLIMOV, L. (2026). ОСОБЕННОСТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СУДЕБНОГО ПСИХОЛОГА-ЭКСПЕРТА Аннотация: В данной статье рассматривается исследование проявления и развития факторов социально-психологической компетентности в деятельности судебного психолога и. ACADEMIC SPECTRUM, 3-Son (2026-yil, Mart), 77-82.