Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

QARLUQ TIL BIRLIKLARI LEKSIKASINING LUGʻAT FONDI VA LUGʻAT TARKIBI

3-Son (2026-yil, Mart)
73 76
17 Ko'rishlar
Nashr etildi: Mar 12, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Mazkur maqolada qarluq shevalarining leksik tarkibi hamda lug‘at fondining shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston hududida tarqalgan qarluq shevalarining leksik xususiyatlari, ularning tarixiy, etnik va ijtimoiy omillar bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Shuningdek, qarluq shevalari lug‘at tarkibining umumturkiy so‘zlar, shuningdek, fors-tojik, arab, rus va boshqa tillardan o‘zlashgan leksik birliklar hisobiga boyib borishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qarluq shevalari o‘zbek tilining lug‘at boyligini shakllantirishda muhim o‘rin tutishi hamda o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyotini o‘rganishda muhim manbalardan biri ekanligi ko‘rsatib berilgan.
Kalit so'z (UZ): qarluq shevalari, leksik qatlam, lug‘at fondi, o‘zbek shevalari, dialektologiya, o‘zlashma so‘zlar

Аннотация (RUS):

В дaннoй cтaтьe paccмaтpивaютcя лekcичeckий cocтaв и фopмиpoвaниe cлoвapнoгo фoндa kapлykckиx гoвopoв. В иccлeдoвaнии aнaлизиpyютcя лekcичeckиe ocoбeннocти kapлykckиx гoвopoв, pacпpocтpaнённыx нa тeppитopии Yзбekиcтaнa, a тakжe иx cвязь c иcтopичeckими, этничeckими и coциaльными фakтopaми. Oтмeчaeтcя, чтo лekcичeckий cocтaв kapлykckиx гoвopoв вkлючaeт oбщeтюpkckиe cлoвa, a тakжe зaимcтвoвaния из пepcидcko-тaджиkckoгo, apaбckoгo, pycckoгo и дpyгиx языkoв. Peзyльтaты иccлeдoвaния пokaзывaют, чтo kapлykckиe гoвopы игpaют вaжнyю poль в фopмиpoвaнии лekcичeckoгo бoгaтcтвa yзбekckoгo языka и являютcя вaжным иcтoчниkoм изyчeния eгo иcтopичeckoгo paзвития.
Ключевые слова (RUS): kapлykckиe гoвopы, лekcичeckий cocтaв, cлoвapный фoнд, диaлekтoлoгия, yзбekckиe гoвopы, зaимcтвoвaннaя лekcиka

Abstract (EN):

This article analyzes the lexical composition and the formation of the vocabulary fund of Karluk dialects. The study examines the lexical features of Karluk dialects spoken in the territory of Uzbekistan and their relationship with historical, ethnic, and social factors. It is emphasized that the lexical structure of Karluk dialects consists of common Turkic words as well as borrowings from Persian-Tajik, Arabic, Russian and other languages. The results of the research indicate that Karluk dialects play an important role in shaping the lexical richness of the Uzbek language and serve as an important source for studying its historical development.
Keywords (EN): Karluk dialects, lexical composition, vocabulary fund, dialectology, Uzbek dialects, borrowed words

Maqola Mazmuni

Kirish O‘zbek tili asrlar osha rivojlanib, taraqqiy etib kelgan. Tilimiz yillar davomida sayqal topib, silliqlanib, mukammalashib, xalq tilidan oziqlanib, uning zaminida boyigan, o‘zining lug‘at fondi va lug‘at tarkibiga ega bo‘lgan. E.Begmatov ta’kidlaganlaridek, tilning asosiy lug‘at fondi o‘z mohiyatiga ko‘ra uzoq tarixiy davrlar mahsuli, aniqrog‘i tilda uzoq davrlardan beri uzluksiz qo‘llanib kelayotgan so‘zlar sistemasi, zanjiridir. Darhaqiqat, „Necha ming yillardan beri tilda voqealanib kelayotgan o‘sish-o‘zgarishdan iborat muntazam harakat til tirikligini ta’minlaydigan, uning uzun umriga tirgak tutadigan va shu tariqa uning sohibi bo‘lgan qavmning yugurik zamon va yumaloq makondagi qadru qimmatini salomat saqlaydigan bemisl bir qudratdir. Shuning uchun ham tiriklik rutbasidagi til hech qachon “ACADEMIC SPECTRIUM” ilmiy-metodik jurnal tamoman qotib qolgan sokin holatda emas, balki hamisha harakat otlig‘ hayot ichida bo‘ladi, ana shu harakat uni zamonlardan zamonlarga to‘rt ko‘z tugal olib o‘tadi”. O‘zbek tilining rivojlanishi, taraqqiy etishida o‘zbek shevalarining, jumladan, Qarluq o‘zbek shevasining juda katta o‘rni bor, albatta. Qarluq shevalari bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, Qarluq shevalari o‘zining leksik tarkibi va o‘ziga xos leksik xususiyatlari bilan boshqa sheva so’zlardan farqlanadi. Buni tadqiqot davomida Qarluq til birliklari bo‘yicha to‘plangan dialektal faktik materiallarning tahlili ham izohlaydi. Sh.Shoabdurahmonov ta’kidlaganlaridek, shevalar leksik boyligining asosiy qismi ularning shevalararo turli fonetik variantlarini hisobga olmaganda, o‘zbek umumxalq tili, shuningdek, adabiy tilning leksik boyligiga mos keladi. Biroq, o‘zbek shevalarida shunday so‘zlar ham uchraydiki, ularning bir qismini adabiy tilda yoki boshqa shevalarda paralleli yo‘q bo‘lib, bir qismining esa boshqa so‘z bilan ifodalanadigan variantlari mavjuddir. Shevalarning bunday o‘ziga xos xususiyatlari har bir hudud shevalarida uchraydi. Adabiyotlar tahlili Tadqiq etilayotgan mazkur dialekt o‘zbek shevalarining o‘ziga xos leksikasi bilan hududlarda Samarqand, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg’ona, Andijon, Namangan kabi qadimiy shaharlarda yashayotgan aholining etnik tarkibi bilan bog‘liqligi, yuqorida ta’kidlanganidek, mazkur hududlar qarluq, qipchoq, o‘g‘uz lahjalarining o‘zaro muloqot hududi ekanligi, va Bu hududlarda Qarluq shevasi yetkachilik qilayotganligi, shuningdek, Samarqand, Buxoroda mavjud tradision ikki tillilik, o‘zbek-tojik tillarining saqlanib kelinayotganligidadir. M.Mirzayev ta’kidlaganlaridek, ikki tillilik – bu ikkita mustaqil tilni (o‘z ona tilini va boshqa ikkinchi bir tilni) bilish demakdir. Shuning uchun ikki tillilik o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki tomonlama prosess bo‘lib hisoblanadi. Markaziy Osiyodagi ikki qardosh xalq o‘zbek va tojik xalqlarining tili o‘rtasidagi bu munosabat oqibat natijada mazkur tillardan har birining lug‘at sostavi xarakterini belgilab berdi. Samarqand va Buxoro shevalarida ikki tillilik mavjud bo‘lsada, mazkur hududlarda Qarluq lahjasida so‘zlashadigan aholi ko‘pchilikni tashkil etadi. Buxoro shevalarida asosan qarluq lahjasida so‘zlashadiganlar ko‘p bo‘lsa, qipchoq shevalarini tasnif qilgan X.Doniyorovning ta’kidlashlaricha, „Samarqand shahrini qipchoq dialektlarini klassifikatsiya qilish, tiplarga bo‘lishning markaziy nuqtasi qilib belgilash mumkin”. X.Doniyorov tasnifiga ko‘ra tadqiq etilayotgan hududlardan Samarqand, Bulung‘ur, Jomboy, Nurota shevalarini qipchoq shevalarining sharqiy gruppasiga; Buxoro, Navoiy, Qiziltepa, Pasdorg‘am, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Paxtachi, Xatirchi, Ishtixon, NurotaJo‘sh shevalari qipchoq shevalarining g‘arbiy guruhiga kiritilgan. Tadqiqotda bu tasnifga tayanildi. Tadqiqot metodologiyasi Ma’lumki, umumxalq tilini tadqiq qilish uchun avvalombor, shu tilda so‘zlashuvchi xalqning tarixini o‘rganish lozim bo‘ladi. Chunki tilning taraqqiy etishi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, fan va texnika yutuqlari, xalq xo‘jaligining yangi sohalarini aks ettiruvchi yangi so‘z, terminlarning yuzaga kelishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Tadqiqot ob’yekti bo‘lgan Qarluq shevasi hukmron hududlar o‘zining qadimiy - tarixiy yodgorliklariga, boy madaniy merosiga ega bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Karmana, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg’ona, Andijon, Qo’qon, Namangan kabi qadimiy shaharlari bor. Mazkur hududlarning Qarluq shevalari bo‘yicha yuzaga kelgan tadqiqotlarda ushbu tarixiy shaharlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Haqiqatdan ham, bu shaharlar asrlar mobaynida o‘lkamizning yirik ma’rifat va madaniyat o‘choqlaridan bo‘lgan. Bu yerlarda buyuk allomalar, olimu fuzalolar shayxu-avliyolar yashab o‘tgan. Ushbu hududlarda joylashgan qadimiy shaharlar Markaziy Osiyoning Shosh, Nasaf, Balx shaharlari eng qadimiy o’lklar qatoridan joy olgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, ko‘hna So‘g‘d madaniyatiga mansub qishloqlar avval Samarqand atroflarida yuzaga kelib, so‘ngra asta-sekin Zarafshon daryosi bo‘ylab yoyilganligi, u yerlarda milodgacha bo‘lgan VI-V asrlarda dehqonchilik qishloqlari qad ko‘targanligi ta’kidlanadi. O‘zbekiston hududida istiqomat qilib kelayotgan aholining avlod ajdodlari turkiy va turkiylashgan ko‘chmanchi urug‘ va qabila vakillari qo‘shilgan bu hududlarda qadimdan yashab kelgan. Tadqiqotlarda qayd etilishicha, O’zbekiston hududida o‘zbeklarning qo‘ng‘irot, kenagas, mang‘it, toma, qipchoq (tor ma’noda), meton (muytan), burqut, xitoy (qыtay), xo‘ja, bahrin, qora mang‘itlar, qalmoq, misit, said, bek, eshon, qutchi, qirg‘iz, esaru, qaraqalpoq, esavoy, galavur, mo‘g‘ul, “ACADEMIC SPECTRIUM” ilmiy-metodik jurnal g‘ubombor, movri, qoracha, g‘ulon, maxsim, jaloir, nayman, arg‘un, turkman, kapa, taxchi, g‘ulom, aymoq, eroni, qarluq, kal, qozoq, qalmoq kabi ko‘pgina urug‘ va qabila nomlari saqlangan. Ma’lumki, barcha turkiy tillar qarluq, o‘g‘uz, qipchoq tillari asosida guruhlanadi. O‘zbek tili lug‘at tarkibining boy ekanligi ham uning bu lahjalar bilan uzviy aloqada bo‘lganligidadir. Turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbeklar etnik tarixini o‘rganishda o‘rta asr mualliflaridan Mahmud Koshg‘ariyning „Devonu lug‘otit turk” asarining alohida o‘rni bor. Mahmud Koshg‘ariy xalq tilini hududiy o‘rganish orqali shunday xulosaga keladi. „Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha urug‘lari bor, men bulardan asosini yozdim, shaxobchalarni tashladim”. Bu turkiy tillarning juda ko‘plab urug‘-qabila til birliklaridan tashkil topganligini isbotlovchi dalillardir. Tahlillar va natijalar Shuni alohida aytish lozimki, Alisher Navoiy ham ko‘pgina tillarni, xususan, o‘z turkiy (o‘zbek) tili va uning sheva, lahjalarini mukammal bilgan. Shu bois ham Navoiy bu haqda „Har bir jamoaning tillari o‘zgalaridan, har bir guruhning so‘zlashuvlari yana birlaridan o‘zgacha va bir necha xususiyatlar bilan farqlidirki, bu ayirma o‘zgalarda yo‘qdir” – deb ta’kidlaydi. O‘zbek tilida so‘zlashuvchi aholining o‘tmishda turkiy va turkiy bo‘lmagan etnik guruhlar bilan yaqin munosabatda bo‘lishi o‘zbek shevalarining lug‘at tarkibini boyishiga olib keldi. Ammo o‘zbek tili, o‘zbek shevalari, jumladan, tadqiqotimiz ob’yekti bo‘lgan O’zbekiston hududi qarluq shevalari leksik qatlamida umumturkiy leksemalar o‘zlashtirilgan so‘z-larga nisbatan ko‘pchilikni tashkil qiladi. Mazkur hudud shevalari lug‘at tarkibida fors-tojik, arab, rus tili va u orqali Gʻarbiy Yevropa til-laridan o‘tgan o‘zlashgan so‘zlar ham anchagina. Tadqiqotimiz ob’yekti bo‘lgan O’zbekiston hududi shevalar shevalarining o‘ziga xos tomonlari mavjud. „Mazkur shevalardagi o‘xshash va farqli tomonlar shevalar tarqalgan hududning joylashuv o‘rni, ma’lum tarixiy sharoitlari, asrlar davomida qardosh va qardosh bo‘lmagan xalqlar bilan aloqada bo‘lganligi, sheva guruhi vakillarining kasbi-kori, mashg‘uloti kabi qator omillar bilan bog‘liqdir. Bu ko‘proq tilning leksik qatlamida o‘z ifodasini topadi. Chunki, bugungi o‘zbek shevalarining leksikasi uning boshqa bo‘limlari (morfologiya, sintaksis, fonetika)ga nisbatan o‘zbek xalqining tarixini, uning hayot yo‘lini, boshqa xalqlar bilan madaniy-iqtisodiy aloqalarini uning tabiatga munosabati, ishlab chiqarish usullari, umuman, o‘zbek xalqi faoliyati tarixini o‘zida yaxshi aks ettirgan. Shu ma’noda har bir so‘z tarixdir. O‘zbek shevasining har bir so‘zida o‘sha shevada so‘zlashuvchi xalq tarixining bir kichik mazmuni mujassam”. Til leksik qatlamining boyishida ichki va tashqi omillarning ta’siri bo‘lgan, albatta. Darvoqye, tillarda „o‘z” va „o‘zlashgan” so‘zlarning mavjudligi tildagi „ichki” taraqqiyotni, shuningdek, „tashqi” ta’sirlarning natijalarini ko‘rsatib turadi. Shu sababli tildagi muhim o‘zgarishlar „ichki”, „tashqi” omillar, lisoniy qonuniyatlar hosilasidir. Boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar o‘zbek tilida bo‘lmagan biror yangi predmet, yangi voqyelikni ifodalash ehtiyojidan kelib chiqadi. Shu bois ham o‘zbek adabiy tili tarixiy taraqqiyoti davomida boshqa tillardan ko‘pgina so‘zlarni qabul qilgan. Xulosa Tilning lug‘at tarkibi etimologik jihatdan tahlil qilinganda, avvalo, o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan so‘zlar, so‘ng boshqa tillardan o‘zlashgan leksik qatlam o‘rganiladi. Shevalardagi leksik qatlam o‘rganilganda ham xuddi shunday nazariyaga asoslanadi. Umuman olganda, qarluq shevalari o‘zbek tilining lug‘at boyligini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi hamda o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyotini, uning boshqa tillar bilan aloqalarini va til taraqqiyotidagi ichki hamda tashqi omillarni o‘rganishda muhim ilmiy manba hisoblanadi. Shu sababli qarluq shevalarining leksik qatlamini areal, tarixiy va etnolisoniy jihatdan chuqur o‘rganish o‘zbek dialektologiyasi va turkiy tilshunoslik uchun dolzarb ilmiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Adabiyotlar

01

1. Begmatov E. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksikologiyasi. – Toshkent: Fan, 1985. 2. Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1975. 3. Mirzayev M. O‘zbek tili dialektologiyasi. – Toshkent: Fan, 1969. 4. Doniyorov X. O‘zbek xalq shevalari. – Toshkent: Fan, 1977. 5. Koshg‘ariy M. Devonu lug‘otit turk. – Toshkent: Fan, 1960.

02

6. Navoiy A. Muhokamat ul-lug‘atayn. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1983.

03

7. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. – Toshkent: Universitet, 2000.

BOSHQA TILLARDA

Mualliflar

S.Y.L
SODIQJON YOQUBOV LATIF O'G'LI

Navoiy davlat universiteti tayanch doktoranti

Iqtibos olish

YOQUBOV, S. (2026). QARLUQ TIL BIRLIKLARI LEKSIKASINING LUGʻAT FONDI VA LUGʻAT TARKIBI. ACADEMIC SPECTRUM, 3-Son (2026-yil, Mart), 73-76.