Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

O‘ZBEK VA INGLIZ LEKSIKASIDA NABOTOT OBRAZLARINING METAFORIK TALQINI

2-Son (2026-yil, Fevral)
242 243
8 Ko'rishlar
Nashr etildi: Fev 20, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillarida nabotot (o‘simlik) obrazlari asosida shakllangan metaforik birliklar qiyosiy-semantik va lingvomadaniy jihatdan tahlil qilinadi. O‘simlik nomlari orqali inson xarakteri, hayotiy jarayonlar, ijtimoiy munosabatlar va abstrakt tushunchalarning ifodalanish mexanizmlari ochib beriladi. Tadqiqotda metaforaning kognitiv tabiati, konseptual asoslari hamda milliy-madaniy xususiyatlari aniqlanadi.
Kalit so'z (UZ): metafora, nabotot obrazi, o‘simlik metaforalari, leksik semantika, lingvomadaniyat, qiyosiy tilshunoslik

Abstract (EN):

This article analyzes metaphorical units formed on the basis of plant imagery in Uzbek and English from a comparative semantic and linguocultural perspective. The study reveals how plant names metaphorically represent human character, life processes, social relations, and
Keywords (EN): metaphor, plant imagery, botanical metaphors, lexical semantics, linguoculture, comparative linguistics

Maqola Mazmuni

abstract concepts. Key words: metaphor, plant imagery, botanical metaphors, lexical semantics, linguoculture, comparative linguistics. Kirish: Til inson tafakkurining mahsuli bo‘lib, borliqni idrok etish va uni ifodalashning asosiy vositasi hisoblanadi. Metafora tilshunoslikda nafaqat badiiy ifoda vositasi, balki semantik va kognitiv mexanizm sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘simliklar inson hayotida muhim o‘rin tutgani sababli, ularning nomlari turli tillarda metaforik ma’nolarda faol qo‘llanadi. Nabotot obrazlari asosida shakllangan metaforalar inson hayoti, ruhiy holati va ijtimoiy mavqeini ifodalashga xizmat qiladi. Metaforaning nazariy asoslari: Metafora bir tushunchani ikkinchi tushuncha orqali anglash imkonini beruvchi semantik mexanizm hisoblanadi. Kognitiv tilshunoslikda metafora konseptual xarakterga ega bo‘lib, inson tafakkurida tizimli tarzda namoyon bo‘ladi. Nabotot metaforalari asosan hayot – o‘simlik konseptual modeli asosida shakllanadi. O‘sish, gullash, qurish kabi jarayonlar inson hayoti bilan qiyoslanadi. O‘zbek leksikasida nabotot obrazlari: O‘zbek tilida o‘simlik obrazlari asosidagi metaforalar xalqning agrar tafakkuri va axloqiy qadriyatlari bilan chambarchas bog‘liq. “Ildiz otmoq”, “gullabyashnamoq”, “meva bermoq” kabi birliklar shaxs va jamiyat hayotiga nisbatan qo‘llanadi. Masalan, “ildiz otmoq” iborasi shaxsning jamiyatda mustahkam o‘rin egallashini ifodalaydi. “Mevasiz daraxt” metaforasi esa foydasiz insonni bildiradi. Ingliz leksikasida nabotot obrazlari: Ingliz tilida nabotot obrazlari individual rivojlanish va shaxsiy muvaffaqiyat bilan bog‘lanadi. “To blossom”, “to nip in the bud”, “a late bloomer” kabi metaforalar keng qo‘llanadi. To blossom-ma’nosi: shaxsning qobiliyati ochilishi, rivojlanishi Misol: She blossomed into a confident leader. (Izoh: shaxsning ichki salohiyati vaqt o‘tishi bilan namoyon bo‘ldi) Individual rivojlanishning ijobiy bosqichi ifodalanadi. A late bloomer-ma’nosi: kech rivojlangan, ammo keyinchalik muvaffaqiyatga erishgan shaxs. Misol: He was a late bloomer, but eventually became a successful scientist. Ingliz madaniyatida bu rag‘batlantiruvchi metafora hisoblanadi. To grow as a person- ma’nosi: shaxsiy kamolot, ruhiy va intellektual o‘sish Misol: Living abroad helped her grow as a person. O‘sish = shaxsiy tajriba orttirish. To put down roots-ma’nosi: hayotda o‘z o‘rnini topish, barqarorlashish Misol: After years of traveling, he finally put down roots. Individual rivojlanishning barqarorlik bosqichi. To flourish-ma’nosi: muvaffaqiyatli rivojlanmoq, o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon etmoq. Misol: She flourished in a supportive environment. Muhit shaxs rivojiga ta’sir qilishi ko‘rsatiladi. To plant the seeds of success- ma’nosi: kelajakdagi rivojlanish uchun asos yaratmoq Misol: Education plants the seeds of success. Individual rivojlanishning boshlang‘ich bosqichi. To come into full bloom- ma’nosi: shaxsning eng yuqori rivojlanish bosqichiga yetishi Misol: Her talent came into full bloom during university years. Ushbu metaforalarda o‘simliklarning biologik xususiyatlari inson psixologik holati bilan qiyoslanadi. QIYOSIY TAHLIL: O‘zbek va ingliz tillarida nabotot metaforalari umumiy konseptual asosga ega bo‘lsa-da, ularning semantik talqini milliy tafakkur bilan farqlanadi. O‘zbek tilida jamoaviylik va axloqiy baho ustun bo‘lsa, ingliz tilida individualizm yetakchi hisoblanadi. XULOSA: Nabotot obrazlari asosidagi metaforalar til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni namoyon etadi. Ular inson tafakkurini aks ettiruvchi muhim lingvistik vosita hisoblanadi.

Adabiyotlar

01

1. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. Chicago, 1980. B. 3–7. 2. Lyons J. Semantics. Cambridge, 1977. B. 208–210. 3. Leech G. Semantics. London, 1981. B. 215. 4. Kövecses Z. Metaphor: A Practical Introduction. Oxford, 2010. B. 14–16. 5. Apresyan Yu.D. Leksicheskaya semantika. Moskva, 1995. B. 112. 6. Rahmatullayev Sh. O‘zbek frazeologiyasi. Toshkent, 1978. B. 145. 7. Yo‘ldoshev B. O‘zbek tilining semantikasi. Toshkent, 2008. B. 98. 8. Bobokalonov R. Til va tafakkur. Toshkent, 2019. B. 87. 9. Oxford Dictionary of Idioms. Oxford, 2015. P. 56. 10. Kövecses Z. Metaphor and Culture. Cambridge, 2005. P. 102. 11. Leech G. Language in Society. London, 1983. P. 64. 12. Saussure F. Course in General Linguistics. London, 1959. P. 117.

BOSHQA TILLARDA

Mualliflar

D.M.I
DILSHODA MIRZAYEVA IKROMJONOVA

Farg‘ona Davlat Universiteti, Ingliz tili kafedra mudiri

A.S.T
AZIZA SAYFIDINOVA TOLIBOVNA

Farg‘ona Davlat Universiteti, Ingliz tili kafedrasi tadqiqotchisi

Iqtibos olish

MIRZAYEVA, D. & SAYFIDINOVA, A. (2026). O‘ZBEK VA INGLIZ LEKSIKASIDA NABOTOT OBRAZLARINING METAFORIK TALQINI. ACADEMIC SPECTRUM, 2-Son (2026-yil, Fevral), 242-243.