Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

O‘SMIRLARDA SUISID XAVFINING BIO-PSIXO-FIZIOLOGIK MEXANIZMLARI: MASOFAVIY PSIXOGEN TA’SIR SHAROITIDA TIBBIY-PSIXOLOGIK YONDASHUV

2-Son (2026-yil, Fevral)
129 136
8 Ko'rishlar
Nashr etildi: Fev 20, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Mazkur maqolada masofaviy psixogen ta’sirlar sharoitida o‘smirlarda suitsidal xavfning bio-psixo-fiziologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Suitsidal xulq biologik o‘lim istagi emas, balki subyektiv “Men” regulyatsiyasi buzilishi fonida irodaviy energiyaning autodestruktiv vektorga qayta yo‘nalishi sifatida talqin etiladi. Tadqiqot natijalari neyro-vegetativ rezonans va prefrontal– limbik disbalansning muhim rolini ko‘rsatadi.
Kalit so'z (UZ): O‘smirlar; suitsidal xavf; masofaviy psixogen ta’sir; irodaviy transformatsiya; biopsixofiziologik disbalans; neyro-vegetativ rezonans; prefrontal–limbik disbalans; medikopsixologik yondashuv

Аннотация (RUS):

В cтaтьe aнaлизиpyютcя биo - пcиxo - физиoлoгичeckиe мexaнизмы cyицидaльнoгo pиcka y пoдpocтkoв в ycлoвияx диcтaнциoннoгo пcиxoгeннoгo вoздeйcтвия. Cyицидaльнoe пoвeдeниe тpakтyeтcя нe kak cтpeмлeниe k биoлoгичeckoй cмepти, a kak фyнkциoнaльнaя тpaнcфopмaция вoлeвoй энepгии в aвтoдecтpykтивнoe pycлo нa фoнe нapyшeния peгyляции cyбъekтивнoгo «Я». Пokaзaнa poль нeйpoвeгeтaтивнoгo peзoнaнca и пpeфpoнтaльнo-лимбичeckoгo диcбaлaнca.
Ключевые слова (RUS): пoдpocтkи; cyицидaльный pиck; диcтaнциoннoe пcиxoгeннoe вoздeйcтвиe; вoлeвaя тpaнcфopмaция; биoпcиxoфизиoлoгичeckий диcбaлaнc; нeйpoвeгeтaтивный peзoнaнc; пpeфpoнтaльнo-лимбичeckий диcбaлaнc; мeдиkoпcиxoлoгичeckий пoдxoд

Abstract (EN):

This article analyzes the bio-psycho-physiological mechanisms of suicide risk in adolescents under conditions of remote psychogenic influence. Suicidal behavior is interpreted not as a desire for biological death but as a functional transformation of volitional energy into an autodestructive vector due to disrupted regulation of the subjective Self. The role of neurovegetative resonance and prefrontal–limbic imbalance is demonstrated.
Keywords (EN): adolescents; suicide risk; remote psychogenic influence; volitional transformation; biopsychophysiological imbalance; neurovegetative resonance; prefrontal–limbic imbalance; medical-psychological approach

Maqola Mazmuni

Kirish. So‘nggi o‘n yilliklarda o‘smirlar suitsidal xulq-atvori biologik, psixologik va ijtimoiy determinantlar kesishmasida keng qamrovli tarzda o‘rganilgan. Neyrobiologik tadqiqotlar HPA o‘qi disfunksiyasi, serotonerjik regulyatsiya buzilishi hamda prefrontal korteksning kognitiv nazorat funksiyasi susayishini suitsidal impulslar bilan bog‘laydi. Psixologik yo‘nalishda depressiv simptomatika, kognitiv distorsiyalar, impulsivlik va affektiv beqarorlik asosiy xavf omillari sifatida aniqlangan [1, 8, 9, 12, 14] Biroq mavjud adabiyotlarda ushbu komponentlar ko‘pincha fragmentar tarzda, alohida qatlamlar sifatida talqin qilinadi. Bioenergetik (A. Lowen) va psixoenergetik (V.V. Boyko) konsepsiyalar insondagi energetik disbalansning psixik jarayonlarga ta’sirini asoslagan bo‘lsa-da, ular neyrofiziologik regulyatsiya tizimlari bilan to‘liq integratsiya qilinmagan. Xuddi shuningdek, neyrobiologik va psixosomatik modellar tashqi psixosuggestiv axborot signallarining vegetativ-stress tizimlarga rezonansli tarzda ulanib ketishini operatsion mexanizm sifatida izohlab bera olmaydi. [2, 3] Mazkur maqola мuallif pozitsiyasiga ko‘ra, suitsid biologik o‘lim istagi emas, balki subyektiv “Men”dan qutulishga qaratilgan anglanmagan holat bo‘lib, u ichki regulyatsion zaifliklar fonida erkin masofaviy psixosuggestiv ta’sirlar ta’sirida faollashuvchi bio-psixo-fiziologik disbalans orqali irodaviy energiyaning konstruktiv yo‘nalishdan autodestruktiv vektorga og‘ishi bilan namoyon bo‘ladi... Muallifning birinchi maqolasida o‘smirlar suitsidal xavfi biopsixoenergetik, psixologik va axborot ta’sirlari kesimida tahlil qilinib, tanqidiy fikrlash va axborot savodxonligi xavfni kamaytiruvchi omil sifatida ko‘rsatilgan edi. Ushbu ikkinchi maqola esa mazkur yondashuvni chuqurlashtirib, masofaviy psixogen ta’sir fenomenini neyroendokrin regulyatsiya (HPA o‘qi), vegetativ labillik va prefrontal–limbik disbalans bilan bog‘langan biopsixofiziologik mexanizm sifatida empirik va klinik-psixologik asosda ochib berishni maqsad qiladi.[15] Ilmiy yangilik va mualliflik hissasi: Ushbu tadqiqot o‘smirlarda suitsidal xavf genezisini tushuntirishda mavjud klinik, psixologik va bioenergetik modellardan konseptual jihatdan farqlanuvchi yangi integrativ yondashuvni taklif etadi. Mazkur ishning ilmiy yangiligi quyidagi asosiy pozitsiyalar bilan belgilanadi: Ilk bor masofaviy psixogen ta’sir (MPT) fenomeni axborot oqimi yoki ijtimoiy omil sifatida emas, balki gipotalamo–gipofizar–adrenal (HPA) o‘qi, vegetativ labillik hamda prefrontal–limbik disbalans orqali ishlovchi biopsixofiziologik modulyator omil sifatida operatsionallashtirildi. Suitsidal xulq-atvor biologik o‘lim istagi emas, balki subyektiv “Men”dan qutulishga qaratilgan, anglanmagan regulyativ akt bo‘lib, u irodaviy energiyaning konstruktiv oqimdan autodestruktiv vektorga funksional og‘ishi natijasida yuzaga kelishi haqidagi mualliflik konsepsiyasi birinchi marta ilmiy model darajasida asoslandi. Ilk bor irodaviy regulyatsiya “zaiflik” sifatida emas, balki neyrovegetativ rezonans fonida yo‘nalishini o‘zgartiruvchi funksional resurs sifatida talqin qilindi va uning prefrontal korteks nazoratining susayishi bilan bog‘liqligi diagnostik indikatorlar orqali empirik ravishda asoslandi. O‘smirlik davriga xos vegetativ labillik, kognitiv filtratsiya yemirilishi va HPA o‘qi reaktivligi suitsidal impulslar uchun markaziy risk-mexanizm sifatida yagona biopsixofiziologik modelga birlashtirildi. Muallif tomonidan ilk bor masofaviy psixogen ta’sir → vegetativ disbalans → kognitiv filtratsiya yemirilishi → irodaning destruktiv og‘ishi → suitsidal xavf dinamik zanjiri konseptual va metodologik jihatdan operatsionallashtirildi. Shu tariqa, mazkur tadqiqot mavjud nazariyalarni inkor etmasdan, ularni yagona biopsixofiziologik tizimga integratsiyalovchi mualliflik modelini taklif etadi va suitsid profilaktikasida yangi mediko-psixologik yo‘nalishni shakllantiradi. Nazariy asos: iroda va energiya bog‘liqligi. Mazkur ishda suitsidal xavfning biopsixofiziologik mexanizmlari integrativ model asosida talqin qilinadi. Ushbu modelda irodaviy energiya organizmning neyrofiziologik resurslari, vegetativ muvozanati va psixoemotsional barqarorligi bilan uzviy bog‘liq regulyativ mexanizm sifatida qaraladi. Iroda shunchaki psixologik kategoriya emas, balki markaziy nerv tizimi faoliyatining energetik ta’minoti bilan bog‘liq funksional tizim sifatida tushuniladi. [2, 3] Normal sharoitda bosh miyaning prefrontal korteksi (kognitiv nazorat markazi) limbik tizimdan kelayotgan affektiv impulslarni jilovlash uchun yetarli bioenergetik potensialga ega bo‘ladi. Bu holatda irodaviy regulyatsiya konstruktiv yo‘nalishda ishlaydi va shaxsning hayotni asrashga qaratilgan qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Prefrontal–limbik muvozanat shaxsning stressga chidamliligi, affektiv barqarorligi va kognitiv filtratsiya qobiliyatini ta’minlaydi.[13, 14] "Iroda energiyaga bog‘liq regulyativ mexanizm bo‘lib, u bevosita bosh miyaning prefrontal korteksi (mantiqiy nazorat markazi) va limbik tizim (emotsional reaksiyalar markazi) o‘rtasidagi energetik muvozanatga tayanadi. Normal holatda prefrontal korteks limbik tizimdan kelayotgan impulslarni jilovlash uchun yetarli bioenergetik potensialga ega bo‘ladi.“Mazkur neyrofiziologik va energetik disbalans mexanizmlari muallif tomonidan ishlab chiqilgan integrativ biopsixofiziologik model doirasida 1-rasmda tizimlashtirilgan.1-rasm. o‘smirlarda irodaviy energiyaning normal va patologik oqimlari, shuningdek, masofaviy psixogen ta’sirlar bilan bog‘liq holda yuzaga keluvchi neyro-vegetativ rezonans mexanizmi sxematik tarzda aks ettirilgan. Mazkur modelda prefrontal nazoratning pasayishi limbik tizim faolligining ustunlashuvi bilan birga kechib, subyektiv “Men” regulyatsiyasining buzilishiga olib kelishi ko‘rsatiladi Biroq masofaviy psixogen ta’sirlar bilan bog‘liq surunkali stress va neyro-vegetativ rezonans sharoitida ushbu muvozanat izdan chiqadi. Energiya resurslarining asosiy qismi limbik tizimdagi “hayajon o‘choqlari”ni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Ushbu jarayon bio-psixo-fiziologik kaskad mexanizmi orqali chuqurlashadi. Masofaviy psixosuggestiv ta’sirlar fonida stress tizimi faollashib neyroendokrin regulyatsiya tizimi, jumladan gipotalamo–gipofizar–adrenal o‘q (HPA o‘qi, kortizol sekretsiyasi va vegetativ asab tizimi tonusining oshishi), psixoimmun funksiyasi susayadi. Natijada bioimmun disbalans shakllanib, emotsional barqarorlik pasayadi, subyektiv “Men” regulyatsiyasi izdan chiqadi va irodaviy nazorat destruktiv impulslar foydasiga og‘adi. 2-rasmga qarang [11, 13, 14, 15] 2-rasm. Suitsidal xulq-atvorning bio-psixo-energetik faollashuv mexanizmi 2-rasmda masofaviy psixo-suggestiv ta’sirlar ta’sirida shakllanuvchi neyro-vegetativ rezonansning bio-psixo-energetik oqibatlari sxematik tarzda aks ettirilgan. Modelga ko‘ra, surunkali stress fonida limbik tizimda hayajon o‘choqlari ustunlik qilishi prefrontal korteksning regulyativ resurslarini kamaytiradi. Bu esa prefrontal korteksning funksional exhaustion holatiga olib keladi. Natijada irodaviy kuch yo‘qolmaydi, balki uning regulyativ vektori konstruktiv yo‘nalishdan autodestruktiv yo‘nalishga og‘adi. 3-rasm. Irodaviy potensialning bioenergetik susayish fonida konstruktivdan destruktiv yo‘nalishga funksional og‘ish mexanizmi. 3-rasmga qarang 3-rasmda Irodaviy potensialning bioenergetik susayish fonida konstruktivdan destruktiv yo‘nalishga funksional og‘ish mexanizmi Ushbu modelda irodaviy potensialning konstruktiv (hayotni asrash) yo‘nalishdan destruktiv yo‘nalishga og‘ishi bioenergetik va neyro-vegetativ mexanizm orqali tushuntiriladi. Masofaviy psixo-suggestiv ta’sirlar fonida yuzaga keluvchi neyro-vegetativ rezonans umumiy energetik resurslarning prefrontal korteks nazoratidan limbik tizim dominantasiga o‘tishiga olib keladi. Natijada irodaviy energiya subyektiv “Men”ni himoyalashdan ko‘ra, unga qarshi yo‘naltirilgan destruktiv impulslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Masofaviy psixo-suggestiv ta’sirlar fonida shakllanuvchi neyro-vegetativ rezonans sharoitida energetik resurslarning prefrontal nazoratdan limbik tizim dominantasiga siljishi yuz beradi. Natijada prefrontal regulyatsiya susayib, irodaviy energiya subyektiv “Men”ni himoyalashdan ko‘ra, unga qarshi yo‘naltirilgan autodestruktiv impulslarni qo‘llab-quvvatlay boshlaydi. Ushbu jarayon irodaning yo‘qolishi emas, balki uning regulyativ vektorining funksional o‘zgarishi sifatida talqin qilinadi. Masofaviy psixogen ta’sirlar ushbu mexanizmda modulyator omil bo‘lib, tashqi psixosuggestiv signallar orqali affektiv reaktivlik, vegetativ regulyatsiya va kognitiv filtratsiya tizimlarini bilvosita buzadi. Shu sharoitda ichki nomutanosiblik subyektiv “Men” bilan noto‘g‘ri identifikatsiyalanib, chidab bo‘lmas holatdan qutulish ehtiyoji biologik o‘lim bilan adashtiriladi. Natijada suitsidal akt irodasizlik emas, balki noto‘g‘ri yo‘naltirilgan irodaviy faollik mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur modelda suitsidal xavf quyidagi dinamik zanjir asosida shakllanadi: Masofaviy psixogen ta’sir → neyro-vegetativ rezonans → vegetativ labillik → prefrontal korteks funksional zaiflashuvi → limbik dominanta → irodaviy regulyatsiyaning autodestruktiv vektorga og‘ishi → subyektiv “Men” identifikatsiyasining buzilishi → suitsidal impulslarning faollashuvi. Adabiyotlar tahlili. O‘smirlar suitsidal xulq-atvori so‘nggi o‘n yilliklarda klinik, psixologik, neyrobiologik, psixosomatik va energetik yondashuvlar doirasida o‘rganilgan. Biroq ushbu yo‘nalishlarning aksariyati suitsidogenez mexanizmlarini fragmentar tarzda talqin qilib, ularni yagona bio-psixo-fiziologik regulyatsiya tizimi sifatida integratsiyalash masalasini yetarli darajada yoritmagan. 1. Xorijiy tadqiqotlar: Thomas Joiner (2005). Manba va mazmun: “Why People Die by Suicide” asarida Joiner shaxslararo-suitsid nazariyasini ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, suitsidal xulq-atvor uch omil - perceived burdensomeness, thwarted belongingness va acquired capability - kombinatsiyasi natijasida shakllanadi.TAHLIL: Joiner modeli suitsidal impulslarning ijtimoiy-psixologik determinantlarini aniqlaydi, biroq ushbu jarayonlarning vegetativ-stress regulyatsiya tizimlari va neyrofiziologik disbalans bilan qanday ulanib ketishini operatsion mexanizm sifatida ko‘rsatmaydi. Muallif nimani qo‘shadi: Ushbu ish Joiner nazariyasini masofaviy psixogen ta’sir omili bilan kengaytirib, ijtimoiy-psixosuggestiv signallarning HPA o‘qi, vegetativ labillik va prefrontal–limbik disbalans orqali suitsidal impulslarni modulyatsiya qilishi mexanizmini taklif etadi. A.Lowen (1975). Manba va mazmun: “Bioenergetics” asarida mushak zo‘riqishlari va energetik bloklarning psixik holat bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan. TAHLIL: Lowen energetik disbalansning psixik jarayonlarga ta’sirini nazariy jihatdan ochadi, biroq uni neyroendokrin regulyatsiya tizimlari bilan integratsiyalamaydi. Muallif nimani qo‘shadi: Ushbu tadqiqot Lowen yondashuvini vegetativ nerv tizimi, HPA o‘qi va prefrontal nazorat mexanizmlari bilan birlashtirib, energetik resurslar tanqisligining biopsixofiziologik indikatorlarini aniqlaydi. V.V. Boyko (1999). Manba va mazmun: Psixoenergetika nazariyasida psixik energiya hissiyot, iroda va idrok jarayonlarini harakatlantiruvchi ichki resurs sifatida talqin qilinadi.TAHLIL: Boyko energiya almashinuvi g‘oyasini ilgari suradi, biroq tashqi psixosuggestiv axborotning vegetativ-stress tizimlarga rezonansli tarzda ulanib ketish mexanizmini aniqlamaydi. Muallif nimani qo‘shadi: Ushbu ish Boyko konsepsiyasini masofaviy psixogen ta’sir omili bilan boyitib, tashqi axborot signallarining shaxs irodasidan tashqari invaziv tarzda regulyatsiya tizimlariga kirib borishini biopsixofiziologik model orqali asoslaydi. 2. Mahalliy tadqiqotlar: G‘. B. Shoumarov. Manba va mazmun: “Oila psixologiyasi” asarida suitsidning ijtimoiy-psixologik negizi sifatida oilaviy munosabatlar disfunksiyasi va konfliktlarning o‘smir ruhiyatiga destruktiv ta’siri yoritilgan.TAHLIL: Ushbu yondashuv ijtimoiy muhit rolini asoslaydi, biroq oilaviy stressning vegetativ va neyroimmun tizimlarga qanday ko‘chishi mexanizmini ochib bermaydi. Muallif nimani qo‘shadi: Ushbu ish oilaviy stressni vegetativ labillik va HPA o‘qi giperfaollashuvi orqali suitsidal impulslar bilan bog‘laydi. Z.S.Elov (2024). Manba va mazmun: Deviant xulq-atvorli o‘smirlarda suitsidaxloq psixologiyasi. Tahlil: Elov suitsidning deviant tabiatini asoslaydi, biroq ushbu og‘ishlarning energetik resurslar tanqisligi bilan bog‘liqligini ko‘rsatmaydi. Muallif nimani qo‘shadi: Ushbu ish deviant og‘ishlarni energetik exhaustion va vegetativ disbalans bilan bog‘lab, irodaning destruktiv yo‘nalishga og‘ishini biopsixofiziologik darajada tushuntiradi. G. Qodirova. Manba va mazmun: Hissiy resurslar pasayishi va psixosomatik buzilishlar o‘rtasidagi bog‘liqlik.TAHLIL: Qodirova resurslar tanqisligini ko‘rsatadi, biroq bu jarayonning energetik maydon darajasidagi dinamikasini ochib bermaydi. Muallif nimani qo‘shadi: Ushbu ish hissiy resurslar pasayishini vegetativ reaktivlik va tashqi psixosuggestiv stimullar ta’siri bilan bog‘lab, yangi integrativ talqinni taklif qiladi. N. Otajonova. Manba va mazmun: Energetik-amaliy psixologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlar. TAHLIL: Otajonova energetik disbalansning ruhiy barqarorlikka ta’sirini ochadi, biroq uni neyrofiziologik regulyatsiya tizimlari bilan bog‘lamaydi. Muallif nimani qo‘shadi: Ushbu ish Otajonova konsepsiyasini HPA o‘qi, vegetativ labillik va prefrontal–limbik disbalans bilan integratsiyalab, masofaviy psixogen ta’sir fenomenini muhim modulyator omil sifatida operatsionallashtiradi. Mualliflik pozitsiyasi va ilmiy yangilik. Mazkur tadqiqot ilk bor quyidagilarni amalga oshiradi: Masofaviy psixogen ta’sir fenomenini shunchaki axborot oqimi emas, balki vegetativ-stress regulyatsiya tizimlarini modulyatsiyalovchi psixosuggestiv omil sifatida operatsionallashtiradi. Suitsidal xulq-atvorni irodaviy zaiflik emas, balki bio-psixo-fiziologik disbalans fonida irodaviy energiyaning autodestruktiv vektorga funksional qayta yo‘naltirilishi sifatida ilmiy asoslaydi. Energetik, psixologik va neyrofiziologik komponentlarni yagona biopsixoenergetik integrativ modelga birlashtiradi. O‘smirlik davriga xos vegetativ labillik va HPA o‘qi reaktivligini suitsidal impulslar uchun muhim risk-mexanizm sifatida belgilaydi. Ushbu konseptual ramka muallif tomonidan ilk bor ishlab chiqilgan va fan doirasida yangi nazariy-metodologik yondashuv sifatida taklif etiladi. Muallif konsepsiyasining farqli jihatlari Yuqorida tahlil qilingan xorijiy va mahalliy tadqiqotlar suitsidogenezning alohida komponentlarini yoritadi: ijtimoiy (Shoumarov), deviant (Elov), psixosomatik (Qodirova), energetik (Lowen, Boyko, Otajonova) va shaxslararo-psixologik (Joiner). Biroq ushbu yondashuvlarning hech biri masofaviy psixogen ta’sir sharoitida bio-psixo-fiziologik regulyatsiya tizimlarining yagona integrativ mexanizm sifatida qanday ishlashini tizimli tarzda izohlamaydi. Mazkur tadqiqot ushbu ilmiy bo‘shliqni quyidagi yo‘nalishlarda to‘ldiradi: - Masofaviy psixogen ta’sir fenomeni ilk bor neyroendokrin, vegetativ va kognitiv regulyatsiya tizimlari bilan bevosita bog‘langan biopsixofiziologik mexanizm sifatida talqin qilinadi. - Irodaning destruktiv og‘ishi suiqasdning markaziy patogen mexanizmi sifatida ajratiladi va u prefrontal–limbik disbalans orqali tushuntiriladi. - Energetik, psixologik va neyrofiziologik komponentlar yagona konseptual ramkaga birlashtirilib, suitsidal xavfning dinamik algoritmi ishlab chiqiladi - O‘smirlik davriga xos vegetativ labillik va ekzistensial yuklama tashqi psixogen signallarga sezgirlikni kuchaytiruvchi asosiy rezonans omillari sifatida ko‘rsatiladi. Shu jihatdan, muallif konsepsiyasi mavjud nazariyalarni davom ettiruvchi emas, balki ularni yagona integrativ tizimga aylantiruvchi va yangi metodologik sifat bosqichiga olib chiquvchi mustaqil ilmiy model sifatida namoyon bo‘ladi. Muhokama. Mazkur tadqiqot natijalari o‘smirlik davridagi suitsidal xavf biologik, kognitiv va vegetativ omillarning alohida emas, balki yagona biopsixofiziologik regulyatsiya tizimidagi o‘zaro kuchayuvchi disbalans natijasi ekanini ko‘rsatdi. Olingan empirik ma’lumotlar muallif tomonidan ilgari surilgan biopsixoenergetik va masofaviy psixogen ta’sir integrativ modelini amaliy jihatdan tasdiqlaydi. Respondentlarning yuqori kognitiv resursga ega ekanligi (98,3%) fonida Ichki kechinmalarni verbalizatsiya qilishdagi qiyinchiliklar (39,5%) kognitiv potensial va subyektiv “Men” regulyatsiyasi o‘rtasidagi funksional uzilishni aks ettiradi. Ushbu holat prefrontal korteksning affektiv impulslarni samarali filtratsiya qilish imkoniyati vegetativ-stress disbalansi sharoitida zaiflashishini anglatadi va mualliflik modelida “kognitiv filtratsiya yemirilishi” mexanizmi bilan mos keladi. Respondentlarning 92,4%ida aniqlangan ekzistensial yuklama tashqi psixogen signallarga nisbatan rezonansli sezgirlikning oshishini ko‘rsatadi. Idrok selektivligi pasaygan sari tashqi suggestiv axborot stimullariga nisbatan tanqidiy filtrlash qobiliyati susayib, masofaviy psixogen ta’sirlarning regulyatsiya tizimlariga ulanib ketishi osonlashadi. Suitsidal xavf guruhida aniqlangan affektiv beqarorlik va impulsivlik limbik tizim dominantligining kuchayishi bilan izohlanadi. Ushbu holat Zung testi hamda “Inqirozning shaxsiy profili” metodikasining emotsional blok ko‘rsatkichlari orqali tasdiqlanib, prefrontal–limbik disbalans mexanizmi suitsidal impulslarning neyrobiologik asosida markaziy o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Vegetativ labillik va psixosomatik zo‘riqish belgilarining yuqori uchrashi stressinduktsiyalangan vegetativ disbalans mavjudligini ko‘rsatadi. Bu holat gipotalamo–gipofizar–adrenal (HPA) o‘qining surunkali faollashuvi va psixoimmun regulyatsiya susayishi bilan mos kelib [11, 14] Mazkur jarayon muallif tomonidan taklif etilgan “neyro-vegetativ rezonans” modeli doirasida izohlanadi. Muhim jihat shundaki, ushbu tadqiqot suitsidal xavfni irodaviy zaiflik natijasi sifatida emas, balki irodaviy energiyaning funksional transformatsiyasi sifatida talqin qiladi. Olingan natijalar irodaviy quvvatning yo‘qolmasdan, uning regulyativ vektorining konstruktiv yo‘nalishdan autodestruktiv yo‘nalishga og‘ishini ko‘rsatadi; bu jarayon energetik zaiflashuv fonida limbik impulslar ustunligi bilan bog‘liq. Masofaviy psixogen ta’sir ushbu tadqiqotda bevosita fizik signal sifatida emas, balki tashqi axborot-emosional stimullarning idrok, vegetativ regulyatsiya va kognitiv filtratsiya mexanizmlariga integratsiyalashuvi orqali operatsionallashtirildi. Ushbu yondashuv mualliflik so‘rovnomasi, “Inqirozning shaxsiy profili” metodikasi va OAV ta’sirini baholovchi bloklar orqali bilvosita aniqlanib, masofaviy psixogen ta’sirni empirik tekshiruvga yaroqli biopsixofiziologik konstrukt sifatida ilmiy muomalaga kiritadi. Shunday qilib, olingan natijalar masofaviy psixogen ta’sir, neyro-vegetativ rezonans, prefrontal–limbik disbalans va irodaviy transformatsiya mexanizmlaridan iborat yagona dinamik zanjir mavjudligini amaliy jihatdan tasdiqlaydi. Xulosa. Mazkur tadqiqot natijalari o‘smirlar suitsidal xavfini tushuntirishda mavjud klinik va psixologik modellar yetarli emasligini ko‘rsatib, ushbu fenomenning asosida yagona bio-psixofiziologik regulyatsiya tizimining disbalansi yotishini ilmiy asoslaydi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, suitsidal xulq-atvor biologik o‘lim istagi emas, balki subyektiv “Men” regulyatsiyasining buzilishi, vegetativ-stress tizimi faollashuvi va irodaviy energiyaning konstruktiv yo‘nalishdan autodestruktiv vektorga funksional og‘ishi bilan bog‘liq murakkab patogen jarayondir. Tadqiqot natijalari kognitiv filtratsiya zaiflashuvi, prefrontal nazorat susayishi va limbik dominantlikning kuchayishi suitsidal impulslar faollashuvida markaziy neyrofiziologik mexanizm ekanini ko‘rsatdi. Stress-induktsiyalangan neyro-vegetativ rezonans sharoitida affektiv impulslar nazoratdan chiqib, subyektiv “Men”ga qarshi yo‘naltirilgan autodestruktiv qarorlar shakllanishi mumkin. Mualliflik pozitsiyasiga ko‘ra, suitsid biologik o‘lim istagi emas, balki regulyatsion tizimlar disbalansi fonida yuzaga keluvchi anglanmagan va fojeali regulyativ xatodir. Ushbu yondashuv mavjud psixologik va neyrobiologik modellarni inkor etmasdan, ularni biopsixofiziologik komponent bilan integratsiyalaydi. [16] Mualliflik ilmiy yangiligi va operatsionallashuvi. Ushbu tadqiqot doirasida ilk bor masofaviy psixogen ta’sir fenomeni mustaqil biopsixofiziologik konstrukt sifatida operatsionallashtirildi hamda suitsidal xavf mexanizmlari energetik, kognitiv va neyrofiziologik komponentlarni birlashtirgan yagona integrativ model doirasida izohlandi. Shuningdek, irodaviy regulyatsiyaning autodestruktiv transformatsiyasi empirik indikatorlar asosida tizimli ravishda asoslab berildi va masofaviy psixogen ta’sir suitsidogenezda muhim modulyator omil sifatida ilmiy jihatdan pozitsiyalandi. Mazkur natijalar mualliflik konsepsiyasini mustaqil ilmiy model sifatida institutsional darajada himoyalash imkonini beradi. [16] Amaliy-mediko-psixologik implikatsiyalar Olingan natijalar asosida suitsid profilaktikasida quyidagi strategiyalar taklif etiladi: neyrofiziologik darajada - vagus nervi faolligini oshirish va neyrometabolik muvozanatni tiklash; psixologik darajada - tashqi psixogen ta’sirlarga qarshi kognitiv filtratsiyani kuchaytiruvchi treninglar; neyropsixologik darajada esa irodaviy regulyatsiyani konstruktiv vektorga qayta yo‘naltiruvchi mikro-vazifalar algoritmlarini qo‘llash. [16] Yakunlovchi umumlashma Shunday qilib, mazkur tadqiqot suitsidal xulq-atvorni fragmentar simptomlar majmui sifatida emas, balki yagona biopsixofiziologik regulyatsiya tizimining buzilishi sifatida talqin qiluvchi yangi ilmiy paradigmani taklif etadi. Ushbu model o‘smirlar suitsidining erta diagnostikasi, individual xavf profillarini aniqlash va shaxsga yo‘naltirilgan profilaktik intervensiyalarni ishlab chiqish uchun mustahkam nazariy-amaliy platforma bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur biopsixofiziologik model masofaviy psixogen ta’sir fenomenining suitsidal xavf genezidagi rolini kompleks tarzda operatsionallashtirgan mustaqil mualliflik konsepsiyasi hisoblanib, mavjud nazariy yondashuvlarni inkor etmasdan, ularni yangi integrativ mexanizm doirasida rivojlantiradi va empirik ma’lumotlar bilan mustahkamlaydi. [16] Muallif pozitsiyasiga ko‘ra, suitsid biologik o‘lim istagi emas, balki subyektiv “Men”dan qutulishga qaratilgan anglanmagan holat bo‘lib, u ichki regulyatsion zaifliklar fonida erkin masofaviy psixosuggestiv ta’sirlar ta’sirida faollashuvchi bio-psixo-fiziologik disbalans orqali irodaviy energiyaning konstruktiv yo‘nalishdan autodestruktiv vektorga og‘ishi bilan namoyon bo‘ladi. [16]

Adabiyotlar

01

1 Joiner, T. (2005). Why People Die by Suicide: The Interpersonal-Psychological Theory of Suicide. Cambridge: Harvard University Press.

02

2 Lowen, A. (1975). Bioenergetics: The Revolutionary Therapy That Uses the Language of the Body to Heal the Problems of the Mind. New York: Penguin Books.

03

3 Boyko, V. V. (1999). Osnovy psikhoenergetiki: Mezhlichnostnoye vozdeystviye i energiya obmena. Sankt-Peterburg: Piter.(rus tilidagi manba)

04

4 Shoumarov, G‘. B. (2012). Oila psixologiyasi. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi nashriyoti.

05

5 Elov, Z. S. (2024). Deviant xulq-atvorli o‘smirlarda suitsidal xulq psixologiyasi. Toshkent: Fan va texnologiyalar nashriyoti.

06

6 Qodirova, G. (2018). Hissiy resurslar pasayishi va psixosomatik buzilishlar. Toshkent: Fan nashriyoti.

07

7 Otajonova, N. (2020). Energetik-amaliy psixologiya asoslari. Toshkent: Innovatsion rivojlanish nashriyoti.

08

8 Beck, A. T., Steer, R. A., & Brown, G. K. (1996). Manual for the Beck Depression InventoryII. San Antonio, TX: Psychological Corporation.

09

9 Zung, W. W. K. (1965). A self-rating depression scale. Archives of General Psychiatry, 12(1), 63–70.

10

10 Kerdo, I. (1966). Vegetativ indeks va vegetativ disbalans diagnostikasi. Klinicheskaya meditsina, 44(5), 55–61.

11

11 Lazarus, R. S., & Folkman, S. (1984). Stress, appraisal, and coping. New York: Springer. 12 World Health Organization. (2021). Suicide prevention: A global imperative. Geneva: WHO Press.

12

13 Porges, S. W. (2011). The polyvagal theory: Neurophysiological foundations of emotions, attachment, communication, and self-regulation. New York: Norton.

13

14 McEwen, B. S. (2007). Physiology and neurobiology of stress and adaptation. Annals of the New York Academy of Sciences, 1032, 33–44.

BOSHQA TILLARDA

Mualliflar

D.U.N
DILRABOXON URAZALIYEVA NISHONBOYEVNA

Osiyo Xalqaro Universiteti, 1-kurs magistranti

Iqtibos olish

URAZALIYEVA, D. (2026). O‘SMIRLARDA SUISID XAVFINING BIO-PSIXO-FIZIOLOGIK MEXANIZMLARI: MASOFAVIY PSIXOGEN TA’SIR SHAROITIDA TIBBIY-PSIXOLOGIK YONDASHUV. ACADEMIC SPECTRUM, 2-Son (2026-yil, Fevral), 129-136.