Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI

2-Son (2026-yil, Fevral)
104 107
8 Ko'rishlar
Nashr etildi: Fev 20, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Maqolada AQSh, Finlandiya va Yaponiya maktabgacha ta’lim tizimlarida bolalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish yondashuvlari qiyosiy tahlil qiliтпфт. Har uch mamlakatning pedagogik metodlari, o‘yin va muammoli vaziyatlardan foydalanish usullari, bolaga beriladigan erkinlik darajasi va baholash tizimi solishtirish kabilar muhokama etilgan. Xorijiy ilg‘or tajribalarni milliy maktabgacha ta’limga moslashtirishning ahamiyati ta’kidlangan.
Kalit so'z (UZ): maktabgacha ta’lim, tanqidiy fikrlash, xorijiy tajriba, o‘yin asosida o‘qitish, STEAM, bola markazidagi ta’lim, pedagog yondashuvi, qiyosiy tahlil

Аннотация (RUS):

В cтaтьe пpeдcтaвлeн cpaвнитeльный aнaлиз пoдxoдoв k paзвитию kpитичeckoгo мышлeния y дeтeй в cиcтeмax дoшkoльнoгo oбpaзoвaния CШA, Финляндии и Япoнии. Cpaвнивaютcя пeдaгoгичeckиe мeтoды вcex тpex cтpaн, мeтoды иcпoльзoвaния игp и пpoблeмныx cитyaций, ypoвeнь cвoбoды, пpeдocтaвляeмoй peбeнky, и cиcтeмa oцeнkи. Пoдчepkивaeтcя вaжнocть aдaптaции пepeдoвoгo зapyбeжнoгo oпытa k нaциoнaльнoмy дoшkoльнoмy oбpaзoвaнию.
Ключевые слова (RUS): дoшkoльнoe oбpaзoвaниe, kpитичeckoe мышлeниe, зapyбeжный oпыт, игpoвoe oбyчeниe, STEAM, opиeнтиpoвaннoe нa peбeнka oбpaзoвaниe, пeдaгoгичeckий пoдxoд, cpaвнитeльный aнaлиз

Abstract (EN):

The article provides a comparative analysis of approaches to developing critical thinking in children in the preschool education systems of the USA, Finland and Japan. The pedagogical methods of all three countries, methods of using games and problem situations, the level of freedom given to the child, and the assessment system are compared. The importance of adapting foreign best practices to national preschool education is emphasized.
Keywords (EN): preschool education, critical thinking, foreign experience, game-based learning, STEAM, child-centered education, pedagogical approach, comparative analysis

Maqola Mazmuni

Kirish. Maktabgacha ta’lim bolalarning intellektual, ijtimoiy va hissiy rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Dunyo tajribasiga nazar tashlaganda, har bir mamlakat maktabgacha ta’lim tizimini o‘zining ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy sharoitlariga mos ravishda shakllantirganini ko‘rish mumkin. Masalan, Finlyandiya ta’lim tizimi erkin o‘yin va ijodkorlikka asoslangan bo‘lsa, Yaponiya maktabgacha ta’lim tizimi axloqiy tarbiya va jamiyat bilan uyg‘unlikda rivojlanish tamoyillariga tayangan. Buyuk Britaniya va AQShda esa maktabgacha ta’lim tizimida STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, Art va matematika) yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratadi. Adabiyotlar tahlili. Ushbu mavzu boʻyicha xalqaro miqyosda bir nechta tadqiqotlar olib borilgan boʻlib, ularning natijalari maktabgacha yoshdagi bolalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning muhim jihatlarini ochib beradi. Quyida ushbu sohada sezilarli yutuqlarga erishgan ayrim taniqli olimlarning ishlari va yondashuvlari koʻrib chiqiladi. John Hattie taʼlim sohasidagi yetakchi olimlardan biri boʻlib, oʻzining “Visible Learning” nomli ishida maktabgacha taʼlimda tanqidiy fikrlash rivojlanishiga oid keng qamrovli meta-tahlilni taqdim etadi. Uning taʼkidlashicha, oʻqituvchilar bolalar bilan oʻzaro aloqani oʻrnatish orqali ularning oʻrganishni qoʻllab-quvvatlashi hamda oʻz-oʻzini baholash qobiliyatlarini rivojlantirishi kerak. Shuningdek, Hattie taʼkidlaganidek, oʻquvchilar oʻzlarining yutuqlariga erishishda faol ishtirok etishlari lozim boʻladi. [1,2]. Ellen Galinsky "Mind in the Making" asarida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tanqidiy fikrlashni shakllantirish yoʻllarini yoritib beradi. U bolalarning oʻsishi davomida turli qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan sakkizta asosiy mahorat (masalan, diqqatni jamlash, tanqidiy fikrlash, kommunikativ qobiliyatlar)ni taʼriflaydi. Galinskining soʻzlariga koʻra, maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar mantiqiy tahlil qilish va muammoni hal qilishni oʻrgatish zarur hisoblanadi. Howard Gardner oʻzining mashhur boʻlgan "Multiple Intelligences" nazariyasi bilan tanilgan. Uning fikricha, har bir bola oʻziga xos aql turlari toʻplami ega boʻlib, bu ular orasida farq qiluvchi xususiyatlardir. Gardner ta'kidlashicha, oʻqituvchilar tanqidiy fikrlashni rivojlantirish maqsadida oʻquvchilarning individual imkoniyatlaridan kelib chiqib darslarni tashkil etishi lozim. Bu gʻoyalar maktabgacha taʼlim jarayonida qoʻllanishi mumkin. Carol Dweck oʻz tadqiqoti davomida “Growth Mindset” kontseptsiyasini ishlab chiqdi. Ushbu nazariyaga koʻra, odamlar oʻz qobiliyatlarining oʻzgarishi mumkinligini tushunishlari muhimdir. Maktabgacha taʼlim bosqichida oʻqituvchilar oʻquvchilarni qiyinchiliklarni yengishga undashi, shuningdek, ularni muvaffaqiyatsizlikdan emas, balki rivojlanish va o‘rganishdan iborat ekanligiga oʻrgatishlari zarur boʻladi. Ushbu olimlarning ishlarini oʻrganish maktabgacha yoshdagi bolalarni tanqidiy fikrlashga tayyorlashning eng samarali usullari haqidagi tushunchamizni boyitadi. Ular tanqidiy fikrlashni rivojlantirish jarayonidagi individual yondashuvlar, ijobiy munosabat va mustahkam bilim olish muhitining ahamiyatini taʼkidlaydilar. Bularning barchasi maktabgacha taʼlim tizimida yuqori darajadagi tanqidiy fikrlashni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. [4,5]. Tahlil va natijalar. Xorijiy tajribalarni milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish jarayonida ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish emas, balki milliy madaniyat, mentalitet va an’analar bilan uyg‘unlashtirib transformatsiya qilish lozim. Shu bois, milliy metodik yondashuvlarni ishlab chiqish jarayonida xalqaro tajribadan olingan ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish, ularni pedagogik an’analarga mos ravishda takomillashtirish zarur. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida xorijiy tajribalarni o‘rganish zarurati, ularning o‘ziga xos jihatlari hamda milliy tizimga moslashtirish masalalari xalqaro metodikalar negizida maktabgacha ta’limda sifatni oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarni tahlil qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri boʻlib, ushbu jarayon milliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va bolalar rivojlanishida optimal natijalarga erishish imkonini beradi. AQShda maktabgacha ta’lim konsepsiyalarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish ta’limning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon nafaqat aqliy rivojlanishni, balki bolalarning mustaqil qaror qabul qilishi, muloqotga kirishishi, kreativ fikr yuritishi kabi fazilatlarni shakllantiradi. [6]. AQShda maktabgacha ta’lim markazlashgan emas, turli shtatlar tomonidan mustaqil boshqariladi, biroq hamma joyda quyidagi umumiy yondashuvlar amal qiladi: Bola markazdagi ta’lim. Pedagog yo‘naltiruvchi bo‘ladi. Bola o‘zi izlab topadi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi. Tajriba orqali o‘rganish. Bolalar ko‘proq amaliy faoliyat orqali o‘rganadi: qurish, tajriba o‘tkazish, o‘yin orqali muammolarni hal qilish. O‘yin asosida o‘qitish. O‘yin tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi asosiy vosita sifatida qaraladi. Ochiq savollar tizimi. Pedagog “Ha,yo‘q” bilan cheklanmaydigan savollar beradi: Nega bunday bo‘ldi? Qanday o‘zgartirish mumkin? Seningcha, eng maqbul yechim qaysi? Finlandiya ta’lim tizimi dunyoda eng ilg‘or tizimlardan biri bo‘lib, unda tanqidiy fikrlashni erta yoshdan rivojlantirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim (ECEC) jarayonida ushbu ko‘nikma o‘yin, tajriba, mustaqillik, muammoni hal qilish orqali shakllantiriladi. Quyida Finlandiya modelining asosiy jihatlari keltirib o‘tamiz. Bola markazidagi ta’lim. Finlandiyada ta’limning asosiy tamoyili - “bola o‘zi topadi, o‘zi o‘rganadi”. O‘yin orqali o‘qitish - tanqidiy fikrlashning asosiy mexanizmi. Finlandiyada o‘yin - bolalarning “eng asosiy ish faoliyati”. Tabiat bilan o‘rganish. Finlandiya bog‘chalarining 70-80% mashg‘ulotlari ochiq havoda o‘tadi. Tabiat o‘zi -katta laboratoriya. Muammoli vaziyatlar metodikasi. Kundalik mashg‘ulotlarda muammo qo‘yiladi va bolalar guruhda uni hal qiladi: STEAM yondashuvi Yaponiyada maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi - bolani mustaqil fikrlashga, muammolarni o‘zi hal qilishga, boshqalar fikrini hurmat qilishga o‘rgatish. Bunda asosan o‘yin, kuzatish va savol-javob asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Yapon maktabgacha ta’limida bolalarda tanqidiy fikrlash quyidagilar orqali rivojlantiriladi: Mustaqil fikr bildirish O‘z xatosidan o‘rganish Guruh bilan ishlash Muammoni turli yo‘llar bilan hal qilish AQSH, Finlandiya,va Yaponiya maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning tanqidiy fikirlashni taqqoslama jadvali Ko‘rsatkich AQSh Finlandiya Yaponiya Ta’lim Kompetensiya va Jarayon va rivojlanish Strukturaviy, intizom natija Pedagog roli Faol yo‘naltiruvchi Kuzatuvchi- Yo‘naltiruvchi va fasilitator nazoratchi Ijtimoiy o‘yin, dramatizatsiya, Muammoli vaziyat, Ochiq savollar, Asosiy metodlar loyiha, texnologik o‘yin, tajriba tartiblangan mashg‘ulotlar o‘yinlar Texnologiya Yuqori Minimal O‘rtacha, qo‘llanadi lekin kam Baholash Kompetensiya, natija Jarayon sifatida Strukturaviy kuzatuv va tartib Bolaga erkinlik O‘rta darajada Yuqori Pastroq, ko‘proq tartiblangan Umumiyliklar: tanqidiy fikrlash har uch mamlakatda markaziy kompetensiya, o‘yin asosiy vosita, guruh muhokamasi va savol-javob jarayoni qo‘llaniladi. Farqlar: AQSh: texnologiya va loyiha asosida kompetensiya. Finlandiya: tabiiy o‘yin, jarayon va mustaqil kashfiyot. Yaponiya: strukturaviy, ijtimoiy hamkorlik va tartib asosida. AQSh, Finlandiya va Yaponiya maktabgacha ta’lim tizimlarining taqqoslanishi shuni ko‘rsatadiki, har uch davlat bolalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi, ammo buni amalga oshirishda o‘ziga xos yondashuvlarga ega. AQSh modeli ko‘proq kompetensiya va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lib, muammoli vaziyatlar, loyihaviy ishlar va texnologik vositalardan foydalanish orqali bolalarning mustaqil fikrlashi, savol berishi va ijodiy yechim topishiga sharoit yaratadi. Bu yondashuv tezkor muammo yechish, erkin fikr bildirish va liderlik sifatlarini rivojlantiradi. Finlandiya ta’limi esa jarayon va bolaning individual rivojlanishiga asoslanadi. Erkin o‘yin, tabiiy kuzatishlar, ochiq savollar, tashqi muhitda kabi usullar bolada tanqidiy fikrning tabiiy shakllanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu tizimda bolaga eng katta erkinlik beriladi, baholash esa jarayonni kuzatish orqali amalga oshiriladi. Natijada bolada ichki motivatsiya, mustaqillik va mulohaza yuritish kuchli rivojlanadi. Natijada bolada ichki motivatsiya, mustaqillik va mulohaza yuritish kuchli rivojlanadi. Yaponiyada esa tanqidiy fikrlash intizom, jamoaviy ish va kundalik vaziyatlardan o‘rganish orqali shakllantiriladi. O‘yin orqali tajriba o‘tkazish, “nega?” savollari, konstruktiv o‘yinlar (o‘zo‘zini tahlil qilish) usuli bolaga xato ustida ishlash, sabab–oqibatni tahlil qilish va muammoni bir nechta yo‘l bilan hal qilish ko‘nikmasini beradi. Xulosa qilib aytganda maktabgacha ta’lim bolalarning intellektual, ijtimoiy va hissiy rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. AQSh, Finlandiya va Yaponiya maktabgacha ta’lim tizimlarida bolalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi, ammo buni amalga oshirishda har bir davlat o‘ziga xos yondashuvlardan foydalanadi. Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, xorijiy ilg‘or amaliyotlarni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish orqali bolalar rivojlanishida optimal natijalarga erishish mumkin va bu maktabgacha ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Adabiyotlar

01

1. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarviya to‘g‘risida”gi Qonun. Toshkent, 16-dekabr, 2019 yil. konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-sonli Qarori. https://lex.uz/docs/4327235

02

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ4312-sonli Qarori. https://lex.uz/docs/4327235

03

3. O‘zbekiston Respublikasining “Ilk qadam”. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat o‘quv dasturi. Tuzuvchilar: И.В.Гpoшeвa, Л.Г.Eвcтaфeвa, D.Т.Mahmudova, Sh. B. Nabixonova, S. V. Pak, G. E. Djanpeisova. – T.: MTV, 2018. – 69 bet

04

4. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.T.: “Nihol” nashriyoti, 2013, 2016.–279b.

05

5. Ishmuhamedov R. O‘quv jarayonida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uslubiyati. T.: RBIMM, 2008. 68 b.

06

6. Hännikäinen, M., & Rasku-Puttonen, H. Promoting Learning Through Play in Finnish Early Childhood Education. 2010. Scandinavian Journal of Educational Research, 54(5), 427–444.

07

7. Kinos, J. The Finnish Early Childhood Education and Care System. International Journal of Early Childhood, (2011). 43(3), 257–265.

08

8. Puroila, A.-M., & Estola, E. nceptions of Childhood in Finnish ECEC. Early Child Development and Care, 2014. Co 184(2), 272–285.

BOSHQA TILLARDA

Mualliflar

N.S.B
NOZIMA SHOMURODOVA BAXRIDDIN QIZI

Navoiy innovatsiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

Iqtibos olish

SHOMURODOVA, N. (2026). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI. ACADEMIC SPECTRUM, 2-Son (2026-yil, Fevral), 104-107.