Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

TA’LIM MUASSASALARIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING SAMA-RADORLIGINI OSHIRISHDA ERTAK TERAPIYASINING O‘RNI

2-Son (2026-yil, Fevral)
91 94
7 Ko'rishlar
Nashr etildi: Fev 20, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Ushbu maqolada xalq ta’limi tizimida oliy ma’lumotli kadrlarni kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash, ularni psixologik bilimlar bilan qurollantirish ishlarini yanada takomillashtirishga katta e’tibor qaratilayotgani haqidagi fikrlar bayon qilingan bo‘lib, asosan bolajak psixologning bola ruhiyatiga ijobiy tasir o‘tkazishga yordam beruvchi ertak terapiyasining asosiy xususiyati metaforik va o‘zgacha bayon etish uslubiga ega ekanligini bilishi ham muhimligi qayd etilgan. Ertak bayon etiladigan hodisaning haqiqati to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tinglovchilar uchun tanish bo‘lgan shaklda emas, balki o‘zgacha namoyon bo‘ladi. Ertakda kattalar va bolalar munosabati uchun umumiy bo‘lgan til tug‘iladi. Ertak bolalar uchun shunday himoya muhitini yaratib beradiki, u orqali bola o‘zi va olam haqidagi biror-bir yangilikni o‘z ichki dunyosining aralashuvidan qo‘rqmagan holda bilib olish imkoniga ega bo‘ladi,degan fikrlar ilmiy-izchil yoritib berilgan.
Kalit so'z (UZ): metaforik, ertak, psixolog, pedagog, terapiya, xarakter, syujet, hikoya, yechim, amaliy, ijtimoiy, malaka, harakat, kechinma, aybdorlik, uyalish, muhit, imkon, axloq

Аннотация (RUS):

В дaннoй cтaтьe излaгaютcя идeи o тoм, чтo в cиcтeмe нapoднoгo oбpaзoвaния бoльшoe внимaниe yдeляeтcя дaльнeйшeмy coвepшeнcтвoвaнию paбoты пo пpoфeccиoнaльнo-пeдaгoгичeckoй пepeпoдгoтoвke kaдpoв c выcшим oбpaзoвaниeм, вoopyжeнию иx пcиxoлoгичeckими знaниями, глaвным oбpaзoм oтмeчaeтcя тakжe вaжнocть знaния дeтckим пcиxoлoгoм тoгo, чтo глaвнoй ocoбeннocтью ckaзkoтepaпии, cпocoбcтвyющeй пoлoжитeльнoмy вoздeйcтвию нa пcиxиky peбeнka, являeтcя мeтaфopичeckий и ocoбый cтиль пoвecтвoвaния. Peaльнocть явлeния, o koтopoм pacckaзывaeтcя ckaзka, packpывaeтcя нe в пpямoй и пpивычнoй для cлyшaтeля фopмe, a в ocoбoй. В ckaзke poждaeтcя языk, oбщий для взaимooтнoшeний взpocлыx и дeтeй. Ckaзka coздaeт для дeтeй тakyю зaщитнyю cpeдy, чepeз koтopyю нayчнo-пocлeдoвaтeльнo излaгaютcя идeи o тoм,чтo peбeнok cмoжeт yзнaть чтo-тo нoвoe o ceбe и Вceлeннoй, нe oпacaяcь вмeшaтeльcтвa cвoeгo внyтpeннeгo миpa.
Ключевые слова (RUS): мeтaфopичeckий, ckaзoчный, пcиxoлoг, пeдaгoг, тepaпия, xapakтep, cюжeт, pacckaз, peшeниe, пpakтичeckий, coциaльный, kвaлифиkaция, дeйcтвиe, пpoщeниe, винa, cтыд, cpeдa, вoзмoжнocть, мopaль

Abstract (EN):

This article describes the opinion that the system of public education pays great attention to the further improvement of professional and pedagogical retraining of Higher Education personnel, arming them with psychological knowledge, noting that it is also important for a mainly child psychologist to know that the main feature of fairy-tale therapy, which helps to positively influence the child's psyche, has The fact of the phenomenon in which the fairy tale is told is manifested not directly and in the form familiar to the audience, but in a special way. In a fairy tale, a language is born that is common to the attitude of adults and children. The fairy tale creates such a protective environment for children that it is through it that the child will be able to learn about himself and any news about the universe without fear of interference from his inner world, which has been scientifically covered.
Keywords (EN): metaphorical, fairy tale, psychologist, educator, therapy, character, plot, story, solution, practical, social, qualification, action, supplication, guilt, shame, environment, possibility, morality

Maqola Mazmuni

Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoni, 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ruhshunoslik sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 7 iyundagi 472-son qarori, shuningdek, maktab ruhshunoslarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tadbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 2 iyuldagi “Xalq ta’limi tizimida oliy ma’lumotli kadrlarni kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 226-son buyrug‘iga asosan ishlab chiqilgan. Mamlakatimizdagi qabul qilingan qaror va farmonlar, jamiyatdagi kasbiy o‘zgarishlar ruhiyatga oid fanlarning rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadi. Psixologiyaning ko‘pgina tarmoqlari jamiyat va shaxs munosabatlarini hamda mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni tushuntirish, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rgatish kabi dolzarb masalalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Adabiyotlar sharhi. Ushbu tadqiqotda ta’lim muassasalarida psixologik xizmatni amalga oshirishda ertak terapiyaning o‘rni va uni qo‘llash jarayonidagi samaradorligi ilmiy adabiyotlarda keng o‘rganilgan. Nishanova.Z.T.,Alimova.G.K [1,9]. Ertak bolalar uchun shunday himoya muhitini yaratib beradiki, u orqali bola o‘zi va olam haqidagi biror-bir yangilikni o‘z ichki dunyosining aralashuvidan qo‘rqmagan holda bilib olish imkoniga ega bo‘ladi. Barotov.Sh.R, Odamova.O‘.K, Nurullayeva.B.B [5,10].Ertak terapiyaning asosiy xususiyati metaforik va o‘zgacha bayon etish uslubiga, tilga ega ekanligidir. Ertak bayon etiladigan hodisaning haqiqati to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tinglovchilar uchun tanish bo‘lgan shaklda emas, bal-ki o‘zgacha namoyon bo‘lishidadir.Huddi shunday, Safoyev.N, Mirashirova.N.A, Odilova.N.G [12]. Ertak terapiyasining ilmiy-izchil o‘rganinilishiga salmoqli hissa qo‘shdilar.Asqarova N.A,Nishanova Z.T,Yakubova G.A,Rasulova Z.A [2].Ertak terapiyasi bolalarni hissiy-emotsional tarbiyalashga yordam beradi degan fikrni ilgari suradilar. Maxmudova D.A[6] Ertakning muhim belgisi, o‘zgarish mexanizmi hisoblanadi, kichkina, kuchsiz, axmoq yoki omadsiz qahramon. Ertak so‘ngida kuchli, aqili, botir va omadli g‘olibga aylanadi. Bu o‘zgarishlar bolaga yaxshilanishga bo‘lgan umidni yuzaga keltiradi. Nishanova.Z.T [8]. Terapevtik ta’sir jarayoni shundaki, ertakning bola bilan birga o‘qilishi va tahlil qilinishi o‘z samarasni beradi deb hisoblaydilar. Bunda asosiy e’tibor qahramonlar kechinmalari, qiyinchiliklarni yengishi va muvaffaqiyatga erishishga qaratiladi. Maxmudova.D.A, Nishanova.Z.T [6,7] Terapevtik samara psixologning bola kechinmalarini qay darajada tushunib yetganligi va tanlangan ertakning bola muammolariga qay darajada mos kelishi bilan belgilanishini ilmiy tushuntirib beradilar. Umuman olganda, ko‘rib chiqilgan adabiyotlar ertak terapiyasining hissiy, metoforik, motivatsion va metakognitiv o‘lchovlari bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi. Metodologiya. Ushbu tadqiqotda talabalarning ta’lim muassasalarida psixologik xizmatning samaradorligini oshirishga ko‘mak beruvchi ertak terapiyaning o‘rganish bosqichlari va shu asosda bolalarda kechadigan hissiy-irodaviy jarayonlar hamda kognitiv jarayonlarning bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan miqdoriy korrelyatsion tadqiqot dizayni qo‘llanildi. Ushbu dizayn hech qanday o‘zgaruvchini manipulyatsiya qilmasdan psixologik konstruksiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikning kuchi va yo‘nalishini aniqlash imkonini bergani uchun tanlangan. Ta'lim muassasalarining bakalavr talabalaridan iborat respondentlarning ishtiroki ixtiyoriy va anonim bo‘lib, har bir respondent tadqiqotda ishtirok etishdan oldin ixtiyoriy rozilik berdi. Ma'lumotlar ikkita standartlashtirilgan psixologik vosita yordamida to‘plandi. Talabalarning ertak terapiyasini bilish va uni amaliyotda qo‘llash darajasi yuqori saviyada o‘tganligi ammo, boshlashdagi qiyinchiliklarga duch kelinganligi , tanlab olingan A.Rolning almashtirish texnikasi, Nusxa olish texnikasi kabi shkalalardan foydalanilgan holda o‘lchandi. Tadqiqot jarayonida, bola taklif etgan yechimga kelib, lekin, hech qanday natija bermasa, u nima qilganini, nima o‘xshamaganligi hamda bu aslida qnday bo‘lishi kerakligini o‘ylab ko‘rish taklif etiladi. Shundan so‘ng bolaga, harakati samara bermagan qahramon haqida so‘zlab berish mumkin. Ertak qahramonining irodasini e’tirof etib, uning yana harakat qilganligini va oxir oqibat u o‘z qiyin holatidan chiqib ketish yo‘lini topganini korrelyatsion jarayonda qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq edi va bu muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ma'lumotlarni to‘plash jarayoni institutsional o‘quv platformalari va talabalarning ijtimoiy media guruhlari orqali onlayn tarzda amalga oshirildi. Respondentlarga so‘rovnomani to‘ldirish uchun taxminan 10-12 daqiqa vaqt kerak bo‘ldi. Ma'lumotlarni to‘plashdan oldin axloqiy tasdiq olindi va ishtirokchilarga maxfiylik va istalgan vaqtda oqibatlarsiz chiqib ketish huquqi kafolatlandi. Shkalalarning ichki izchilligi Kronbax alfa koeffitsientlari yordamida baholandi. Keyin bolalar ertak yoki hikoya parchalarini ta’riflashi, uning mazmuni bo‘yicha savollar berishi, bular bolaning ichki dunyosiga, fikrlar ummoniga nazar tashlash imkonini aniqlash uchun Pirson korrelyatsiya tahlili qo‘llanildi. Nihoyat, talabalarning ertak terapiyasining samara berishida ertakning kuchini o‘rganish uchun ko‘p regressiya tahlili o‘tkazildi. Tadqiqotda ishtirok etgan respondentlar psixologik tadqiqot uchun axloqiy standartlarga rioya qildi, tadqiqot davomida shaffoflik, maxfiylik va ixtiyoriy ishtirokni ta'minladi. Muhokama va natijalar. Tahlil talabalarda pedagog-psixolog ishida keng foydalaniladigan konsultativ-terapevtik faoliyatning yana bir turi ertak terapiyasi hisoblanadi. Ertak sehri shu bilan belgilanadiki, u bir vaqtning o‘zida ham ongga (u holda ertak yorqin xarakterdagi qahramonlariga ega bo‘lgan muayyan syujet asosida ifodalanadi), ham shaxsning chuqur, yetarli darajada anglanilmagan qurilmalariga (qo‘rquv, kechinma, kompleks, extiros) qaratilgan bo‘ladi. Kattalar ko‘pincha qo‘rquv va moyilliklarini oshkor etishga qiynaladilar, ko‘p bolalar esa o‘z harakatlari, kechinmalari uchun aybdorlik va uyalish hissini sezadilar. Ertakda qat’i axloq qoidalari va aniq o‘gitlar berilmaydi. Bu esa kattalarning bolalar bilan o‘zaro munosabatidagi xatosi hisoblanadi. Ertakda kattalar va bolalar munosabati uchun umumiy bo‘lgan til tug‘iladi. Ertak bolalar uchun shunday himoya muhitini yaratib beradiki, u orqali bola o‘zi va olam haqidagi biror- bir yangilikni o‘z ichki dunyosining aralashuvidan qo‘rqmagan holda bilib olish imkoniga ega bo‘ladi. Ertakni eshitar ekan bola o‘zini qahramonlar bilan solishtiradi (u o‘ziga o‘xshash qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan qahramonlarni tanlab oladi). U o‘z qo‘rquv va kechinmalari orasida o‘zini yolg‘iz his etmaydi. Eng asosiysi, ertak qahramonlari qiyinchiliklarni yengayotganini ko‘rib, bolada muammolarni hal etish tajribasi va o‘z kuchiga ishonch paydo bo‘ladi. U doim “Irkit o‘rdakcha” qachondir albatta go‘zal oqqushga aylanishini biladi. Ertak bilan ishlashning 2 ta asosiy yo‘nalishi mavjud ekanligi ilmiy jihatdan tahlil qilindi. I.Turli adabiy manbalardagi tanish bo‘lgan xalq og‘zaki ijodidan olingan, sehri, afsonaviy ertaklardan foydalanish. Terapevtik ta’sir jarayoni ertakning bola bilan birga o‘qilishi va tahlil qilinishi bilan belgilanadi. Bunda asosiy e’tibor qahramonlar kechinmalari, qiyinchiliklarni yengishi va muvaffaqiyatga erishish qaratiladi. Bu holda terapevtik samara psixologning bola kechinmalarini qay darajada tushunib yetganligi va tanlangan ertakning bola muammolariga qay darajada mos kelishi bilan belgilanadi. II.Terapevt tamonidan har bir konkret vaziyat uchun ertak yoki terapevtik metaforaning yaratilishi. Bu yo‘nalish psixologdan ertak to‘qish jarayoniga to‘liq kirishishni talab etadi. Terapevtik maqsadlarda ertakning yaratilish va qo‘llanilish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) Bolani qiyanayotgan muammoni o‘ylab chiqing. Uning his – tuyg‘u va kechinmalari to‘lqiniga moslashing. Mazkur vaziyat bola nuqtai nazarida qanday qabul qilinishini tushunishga harakat qiling. 2) hikoyaning asosiy g‘oyasini shakllantiring Bola ongiga qanday fikrlarni yetkazib bermoqchisiz? Hikoya orqali qanday yechimlarni taklif etmoqchisiz? Bu yechimlar juda murakkab bo‘lmasligi lozim. Bu yechimlar yangi amaliy va ijtimoiy malakalarni egallashni nazarda tutish lozim, (do‘stlar va oila a’zolarini qo‘llash haqiqatni so‘zlash, vaqt hamma narsaga davo ekanligi haqida). 3). Hikoyani bolaning qo‘rquv, xavotir va nizolariga o‘xshash jihatlarga ega bo‘lgan qahramonni tanishtirishdan boshlang. Bu bolaga o‘zini hikoya qahramoniga qiyoslash imkonini beradi va uni o‘sha holatga jalb etib, hikoya ishtirokchisiga aylantiradi. Masalan hikoya shunday boshlanishi mumkin: “bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir joyda senga o‘xshagan qizcha (bola) yashar ekan…” 4). Hikoya qahramonining bolaga o‘xshash bo‘lgan kuchli va ijobiy sifatlarini eslatib o‘ting. Bolalar o‘z muammosiga bog‘lanib qolishsa, ular faqat yamon narsalarni o‘ylab, o‘zlarining kuchli tamonlari va sifatlarini unutib qo‘yadilar. 5). Shunday syujet chizig‘ini ishlab chiqish kerakki, u o‘z ichiga quyidagi asosiy elementlarni kiritishi lozim: - Bola muammosiga mutanosib metaforik nizo; - Metaforik inqiroz, uning natijasida bosh qahramon barcha to‘siqlarni yengib g‘olib bo‘lishi kerak. - Qo‘lga kiritlgan g‘alaba natijasida qahramon o‘zidagi yangi sifatlarini anglashi; - G‘alaba tantanasi, unda qahramon harakatiga yarasha taqdirlanadi. 6). Hikoyada sirli, kutilmagan va kulguli elementlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Nutqingizdagi kamchiliklardan uyalmang, hikoya davomida o‘z xato yoki kamchiligingizni yozib qolsangiz, shoshilmasdan uni taxminan quyidagicha to‘g‘irlab ketish maqsadga muvofiq. Bu ta'lim muassasalari uchun akademik qo‘llab-quvvatlash dasturlariga psixologik ko‘nikmalar bo‘yicha ertak terapiyasiga doir mashg‘ulotlarni kiritish zarurligini ta’kidlaydi. Umuman olganda, topilmalar talabalarning ta’lim muassasalarida ertak terapiyasidan foydalanish nechog‘lik muhimligi va buning uchun keng qamrovli choralarni ishlab chiqishga mustahkam asos yaratadi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, ushbu tadqiqot talabalarning, bola ertakni to‘qish yoki ijro etish vaqtida u faqatgina ertak voqealarini boshidan kechiribgina qolmay, balki his-tuyg‘ularni ham namoyon etadi. Talabalar bilan ishlashda ertak terapiyasidan foydalanishda ularga faqatgina ertaklargina emas, balki fantastik voqealar, senariylar, reklama roliklari, multifilmlar, komplekslarni o‘ylab topishni taklif etish mumkin. Bolani ertakni yaratish va ijro etishga yo‘naltirish.Ba’zida bola turli bahonalar bilan hikoya to‘qishdan bosh tortadi (men bilmayman, qilolmayman, yaxshi bajara olmayman, buni hech qachon qilmaganman). Bu holatda boladan taniqli ertakni so‘zlab berishni so‘rash mumkin (Masalan: Bo‘g‘irsoq, Qizil qalpoqcha, Zumrad va Qimmat va hokaza). So‘ng uning syujeti, voqea joyi, vaqti, qahramonlar xarakterini o‘zgartirib, boshqa shaxs nomidan so‘zlab berishni so‘rash kerak. Tavsiyalar Tadqiqot natijalariga asoslanib, o‘qituvchilar, psixologlar, ta'lim muassasalari uchun bir nechta amaliy tavsiyalar taklif qilinishi mumkin: -Birinchidan, ertak terapiyasida qo‘llanilayotgan til va lug‘at bola tili darajasiga moslashtirilishi, hikoya hajmi (davomiyligi) esa bola diqqatining turg‘unlik darajasiga mos bo‘lishi erishish lozim. -Ikkinchidan, bolaga ertak yoki hikoyaga to‘liq berilgan hamda uning uchun vaqt chegarasidan o‘tib, bolaga zerikarli bo‘lmasligi e’tibor berish lozim. Uning yuz ifodasiga qarab, tinglayotgan ertak yoki hikoyasiga bo‘lgan munosabatni aniqlash mumkin. SHu maqsadda, psixologik xizmatni hissiy tartibga solish, stressni boshqarish va motivatsiyani oshirishga qaratilgan aralashuvlarni birlashtirish lozim, bu psixologik xizmat samarasiga erishishda muhim rol o‘ynaydi. -Uchinchidan, tadqiqotchi ertak va hikoyalarni qo‘llagan vaqtda bolaning hissiy-irodaviy hamda kognitiv jarayonlarini rivojlanishiga yordam beruvchi ertak terapiyasining samaradorligiga erishishga yordam beradi. O‘qituvchilar talabalarni aniq muddatlar, bosqichma-bosqich vazifalar va shakllantiruvchi fikr-mulohazalarni kiritish orqali qo‘llab-quvvatlashlari mumkin, bu esa vazifalardan qochishni kamaytirishga va izchil ishtirokni rag‘batlantirishga yordam beradi.

Adabiyotlar

01

1. Adizova T.M. Psixokorreksiya . − Toshkent. 2005. 2. Asqarova N.A., Nishanova Z.T., Yakubova G.A., Rasulova Z.A. Bolalarda diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromining maxsus psixokorreksiyasi. Monografiya. 2017.208 b.

02

3. Adamova.O‘, Nurullayeva.B,.” Psixologiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish”.,Uslubiy qo‘llanma. UrDU noshirlik bo‘limi. Urganch. 2010.76 b.

03

4. Barotov Sh.R. O‘quvchi shaxsini o‘rganish usullari. -Toshkent.: “ O‘qituvchi “, 1995. 5. Barotov Sh.R. “Psixologik xizmat”. Toshkent. 2018. Navro‘z nashriyoti. 487 bet. 6. MaxmudovaD.A. Psixokorreksiya asoslari. –T.: Fan va texnologiya nashriyoti. 2011.-128 b. 7. Nishanova Z.T. Psixologik xizmat. -T.: TDPU, 2006.. - 162 b.

BOSHQA TILLARDA

Mualliflar

O.O.K
O'G'ILJON ODAMOVA KENJAYEVNA

Urganch davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti

Iqtibos olish

ODAMOVA, O. (2026). TA’LIM MUASSASALARIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING SAMA-RADORLIGINI OSHIRISHDA ERTAK TERAPIYASINING O‘RNI. ACADEMIC SPECTRUM, 2-Son (2026-yil, Fevral), 91-94.