Logo Academic Spectrum

Til tanlash

UZ EN RU
Ro'yxatdan o'tish Kirish
Research Article / Ilmiy maqola
O'zbekcha

MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM STRATEGIYALARI: ISTIQBOLLI YO‘NALISHLAR, STRATEGIK REJALASHTIRISH VA AMALIY TADQIQOTLAR

2-Son (2026-yil, Fevral)
84 87
10 Ko'rishlar
Nashr etildi: Fev 20, 2026

Annotatsiya va maqola mazmuni

Anotatsiya (UZ):

Ushbu maqolada “Kelajak” markazlari va maktabdan tashqari ta’lim tizimida ta’lim strategiyalari tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash, strategik rejalashtirish jarayonlari va amaliy tadqiqotlar natijalariga qaratilgan. Maqolada maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy tendensiyalari, innovatsion yondashuvlar va pedagogik metodologiyalar ilmiy asosda tahlil qilinadi.
Kalit so'z (UZ): “Kelajak” markazlari, maktabdan tashqari ta’lim, ta’lim strategiyasi, istiqbolli yo‘nalishlar, strategik rejalashtirish, amaliy tadqiqotlar, innovatsion metodologiya

Аннотация (RUS):

В cтaтьe aнaлизиpyютcя oбpaзoвaтeльныe cтpaтeгии в цeнтpax «Keлaжak» и cиcтeмe внeшkoльнoгo oбpaзoвaния. Ocнoвнoe внимaниe yдeляeтcя выявлeнию пepcпekтивныx нaпpaвлeний, пpoцeccaм cтpaтeгичeckoгo плaниpoвaния и peзyльтaтaм пpиkлaдныx иccлeдoвaний. В cтaтьe aнaлизиpyютcя coвpeмeнныe тeндeнции внeшkoльнoгo oбpaзoвaния, иннoвaциoнныe пoдxoды и пeдaгoгичeckиe мeтoдиkи нa нayчнoй ocнoвe.
Ключевые слова (RUS): Цeнтpы «Бyдyщeгo», внeшkoльнoe oбpaзoвaниe, oбpaзoвaтeльнaя cтpaтeгия, пepcпekтивныe нaпpaвлeния, cтpaтeгичeckoe плaниpoвaниe, пpиkлaдныe иccлeдoвaния, иннoвaциoннaя мeтoдoлoгия

Abstract (EN):

This article analyzes educational strategies in the "Kelajak" centers and the out-ofschool education system. The main focus is on identifying promising areas, strategic planning processes, and the results of applied research. The article analyzes modern trends in out-of-school education, innovative approaches, and pedagogical methodologies on a scientific basis.
Keywords (EN): "Future" centers, out-of-school education, educational strategy, promising directions, strategic planning, applied research, innovative methodology

Maqola Mazmuni

Kirish. So‘nggi yillarda global ta’lim tizimlari bolalarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan strategik yo‘nalishlarga e’tibor qaratmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-277 son Qaroriga muvofiq “Kelajak” markazlari tashkil etildi va maktabdan tashqari ta’lim tizimi ushbu jarayonda muhim o‘rin tutadi. Ushbu ta’lim tashkilotlari bolalarning intellektual, madaniy, sport va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhit yaratadi. Shu bois, ta’lim strategiyalari nafaqat o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, balki istiqbolli pedagogik yo‘nalishlarni aniqlash va amalga oshirishni ham o‘z ichiga oladi. [1,2]. Ko‘plab xorijiy mamlakatlarda ta’limning uch institutsional shakllari mavjud: Rasmiy ta’lim (formal education) ya’ni maktabning asosiy dasturiy ta’limi. Maktabdan tashqari ta’lim (non-formal education)-qo‘shimcha to‘garaklar, sport, san’at va fan bo‘yicha kurslar. Nomoddiy ta’lim (informal ta’lim) ya’ni oila, jamiyat va onlayn resurslar orqali olingan bilim va ko‘nikmalar. Ta’lim strategiyasi - ta’lim jarayonini maqsadli tashkil qilishga qaratilgan, uzoq muddatli reja, metodlar, resurslar va natijalardan iborat tizimli faoliyatdir. Strategiya ta’lim sifati, pedagogik jarayonning barqaror rivoji va natijadorligini ta’minlaydi. Maktabdan tashqari ta’lim tizimida strategiya yanada dinamik tusga ega bo‘lib, u ijodiy faoliyat, texnikaviy innovatsiyalar, yoshlarning qiziqishlari va zamonaviy mehnat bozori tendensiyalariga moslashgan bo‘lishi lozim. [3,4]. Maktabdan tashqari ta’lim tizimining asosiy maqsadi kelajak avlodni XXI asr ko‘nikmalariga hamohang tarzda tarbiyalash, ya’ni ularda kreativ fikrlash, innovatsion g‘oyalar yaratish, jamoada ishlash, kommunikativ savodxonlik, raqamli ko‘nikmalar hamda liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish. Adabiyotlar tahlili. Maktabdan tashqari taʼlim strategiyalari: Istiqbolli yoʻnalishlar, strategik rejalashtirish va amaliy tadqiqotlar mavzusidagi tadqiqotlarda koʻplab olimlar oʻz hissalarini qoʻshishgan. Quyida ushbu sohadagi eng koʻzga koʻringan ilmiy izlanishlar boʻyicha olimlar keltirilgan. Sir Ken Robinson taʼlim tizimining qayta koʻrib chiqilishi va innovatsiyalar yoʻnalishida taniqli tadqiqotchi hisoblanadi. Oʻzining asarlarida u anʼanaviy taʼlim tizimidan voz kechib, ijodkorlik, mustaqillik va ijodiy tafakkurni rivojlantirishni targʻib qiladi. Uning qarashlariga koʻra, maktabdan tashqari taʼlimda bolalarga yangi imkoniyatlar yaratish, masalan, sanʼat, musiqa yoki texnologiya sohasida tajriba orttirish muhim ahamiyatga ega. Sugata Mitra Hindistonlik pedagog boʻlib, oʻzining „Hole-in-the-Wall“ loyihasi bilan mashhur. Loyihaning maqsadi maktabdan tashqarida oʻz-oʻzini oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish edi. U tabiiy ravishda bolalar kompyuter texnologiyalari yordamida oʻzini oʻzi taʼlim olishi mumkinligini isbotladi. Mitraning tajribalari taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar yoʻqligi sababli bolalar oʻz-oʻzini oʻrganish qobiliyatiga eʼtibor qaratilishini koʻrsatdi. Linda Darling-Hammond Amerika Qoʻshma Shtatlari taʼlim tizimida islohotlar olib boruvchi yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Uning ishlari taʼlim strategiyalarini shakllantirishga katta taʼsir koʻrsatgan. U maktabdan tashqari taʼlim dasturlarida oʻquvchilarga turli fanlar boʻyicha chuqurroq maʼlumot berish, shaxsiy qiziqishlarni ragʻbatlantirish va ijtimoiy-madaniy koʻnikmalarni oshirish muhimligini taʼkidlaydi. Yong Zhao Xitoy-Amerika tadqiqotchisi boʻlib, global taʼlim siyosati borasida chuqur tadqiqotlar olib borgan. Uning fikricha, maktabdan tashqari taʼlim dasturlari taʼlim tizimining xilmaxilligini taʼminlash, zamonaviy dunyoqarashni shakllantirish va kelajak avlod vakillariga mos keladigan kompetensiyalarni rivojlantirish imkonini yaratadi. Zhao taʼlim tizimiga biznes, texnologiya va madaniyat kabi sohalardagi hamkorlik loyihalarini kiritish zarurligi haqida toʻxtalib oʻtadi. Robert Marzano taʼlim amaliyotchilari oʻrtasida taniqli boʻlgan pedagogik metodologiyani yaratgan olim sifatida tan olingan. Uning taʼlim samaradorligi boʻyicha takliflari maktabdan tashqari taʼlimni ham qamrab oladi. Marzano talabalarni chuqur oʻrganish usullarini oʻrgatish, oʻrganish jarayonini kuzatish va oʻz-oʻzini nazorat qilish kabi samarali strategiyalar yordamida oʻquvchilarning malakasini oshirish yoʻlini koʻrsatib berdi. Ushbu olimlar taʼlim strategiyalari boʻyicha amalga oshirgan tadqiqotlar bugungi kunda maktabdan tashqari taʼlimning istalgan yoʻnalishini shakllantirish va takomillashtirish yoʻlida muhim manba boʻlib xizmat qilmoqda. Tahlil va natijalar. Bugungi kunda mamlakatimizda maktabdan tashqari ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar ushbu tizimni faqatgina hobby yoki qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tish emas, strategik ahamiyatga ega rivojlanish maydoniga aylantirish maqsadini ko‘zlaydi. Maktabdan tashqari ta’limning istiqbolli yo‘nalishlari bolani bugungi kunda eng talab yuqori STEAM va texnologik yo‘nalishlar: robototexnika, sun’iy intellect, mobil ilova yaratish, 3Dmodellashtirish, aerokosmik texnologiyalarga o‘rgatish ya’ni texnik tafakkurni rivojlantirish. [5,6]. Kreativ iqtisodiyot jadal rivojlanayotgan bir davrda raqamli dezayn, kino va animatsiya, media savodxonlik, musiqa, teatr va san’atning ahamiyati oshmoqda. Texnika va texnologiyalarning rivojlanishi tufayli yuzaga kelayotgan tahdidlarni hisobga olgan holda “Yashil maktab” laboratoriyalari, ekologik monitoring, agrotexnologiya asoslari bo‘yicha to‘garaklar kengaymoqda. Bugungi globallashuv va raqobat kuchaygan davrda bolalar va yoshlarning shaxsiy rivojlanishida liderlik hamda ijtimoiy ko‘nikmalar muhim kompetensiya sifatida qaralmoqda. Maktabdan tashqari ta’lim tizimi aynan shu ko‘nikmalarni shakllantirish uchun eng qulay muhit yaratadi. Chunki bu tizim erkin, moslashuvchan, ijodiy va faoliyatga asoslangan ta’lim shaklidir. Strategik rejalashtirish mexanizmlari haqida s ‘z yuritadigan bo‘lsak: SWOT tahlil asosida boshqaruv ya’ni tizimni modernizatsiya qilishda samarali vosita sifatida qo‘llaniladi. Bunda kuchli tomonlari, zaif tomonlari, imkoniyatlar va risklarni aniqlaydilar. Infrastrukturani rivojlantirish ya’ni zamonaviy markazlar qurish va ularda STEAM laboratoriyalari, IT studiyalar, maker-space zonalar va media markazlar tashkil etish. Monitoring va baholash tizimini rivojlantirish ya’ni o‘qituvchilar kompetensiyalari xaritasini tuzish, elektron portfolio yaratish, loyiha asosida baholash hamda diagnostika testlaridan foydalanish. Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish: bunda kadrlar malakasini oshirish uchun xalqaro stajirovkalarga yuborish, masofaviy o‘quv kurslarini tashkil etish hamda innovatsion metodlar b ‘yicha treninglarda qatnashishlari zarur. Ushbu maktab o‘quvchilari orasida olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, raqamli ko‘nikmalar, kreativ fikrlash hamda kommunikativ ko‘nikmalar sezilarli darajada ortib bormoqda. Jadval 1. O‘quvchilarning ko‘nikmalari yillar kesimida o‘zgarishi T/r Nomi 2022-yil 2023-yil 2024-yil 1 Raqamli ko‘nikmalar 40-45% 50-55% 65-70% 2 Kreativ fikrlash 30-35% 35-40% 40-55% 3 Kommunikativ ko‘nikmalar 30-35% 40-50% 50-60% Ushbu jadvalda ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilarning raqamli ko‘nikmalari 2022-2023 va 2024yillarda sezilarli darajada ortib, hatto 65-70%ga yetgan, bu esa bu esa oxirgi ikki yil ichida maktabdan tashqari ta’lim jarayonida raqamli savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan dasturlar samaradorligini tasdiqlaydi hamda o‘qituvchilarning AKT bo‘yicha malakasini oshirish va o‘quv jarayoniga raqamli platformalarni integratsiya qilish kabi omillar ijobiy natija berganidan dalolat beradi. Kreativ fikrlash ko‘rsatkichlari 2022-yilda 30–35%, 2023-yilda 35–40% va 2024-yilda 40–55% ni tashkil etgani kuzatiladi, bu esa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha qo‘llanilgan loyiha asosidagi o‘qitish, STEAM yondashuvi va muammoli ta’lim metodlarining ijobiy natija berayotganini anglatadi. Kommunikativ ko‘nikmalar 2022-yilda 30–35%, 2023-yilda 40–50% va 2024-yilda 50–60% ni tashkil etgani kuzatiladi, bu esa maktabdan tashqari ta’lim tizimida o‘quvchilarning muloqot madaniyati, jamoaviy ishlash va o‘z fikrini aniq yetkazish kompetensiyalari bosqichma-bosqich rivojlanib borayotganini ko‘rsatadi. Tajriba-sinov markazlarida STEAM to‘garaklarini joriy qilish 8 oy ichida loyihalash ko‘nikmalarini 27% ga oshirdi, mazkur o‘sish STEAM yondashuvi asosida tashkil etilgan integrativ mashg‘ulotlar, tajribaviy loyihalar va muammoli vazifalar o‘quvchilarning analitik hamda ijodiy salohiyatiga samarali ta’sir ko‘rsatganini tasdiqlaydi. [9,10]. Ota-onalar va jamoat tashkilotlari ko‘magidan foydalanish yo‘nalishi ham o‘rganildi. Tadqiqotlar doirasida 649 nafar respondentlar o‘rtasida onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada tuzilgan 8 ta savollarga asosan “Barkamol avlod” bolalar maktablarining jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro aloqalari masalalariga urg‘u berildi. Jadval 2. Maktab faoliyatini tashkil etishda tashkilotlar hissasi. Umumta’lim maktablari 47.8% Ota-onalar kengashi 8.2% Xalqaro tashkilotlar 1.4% Mahalla fuqarolar yig‘ini 8.2% Tuman kasaba uyushmasi 2.4% Yoshlar ittifoqi kengashi 4.4% Ichki ishlar bo‘limi 1.2% Yuqoridagi ko‘rsatgichlar maktablarga ota-onalar va jamoat tashkiloti tomonidan ko‘rsatilgan homiylik va metodik yordam darajasini aniqlagan. Bunga ko‘ra, birinchi o‘rinda umumta’lim maktablari 47,8% ni, ikkinchi o‘rinda ota-onalar tomonidan berilgan homiylik yordami esa 8,2 ni tashkil etgan. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “Barkamol avlod” bolalar maktablari bilan hamkorlikni tashkil etishda, ya’ni maktab yoshidagi bolalarni to‘garaklarga jalb etish bo‘yicha umumta’lim maktablari hamda mahalla fuqarolar yig‘inining hissasi katta ekanligi aniqlandi. 9% Ichki ishlar bo'limi 9.5% Yoshlar … 49,1% Umumta'lim maktablari 25.6% … Kв. 1 Kв. 2 Kв. 3 Kв. 4 1-rasm. “Barkamol avlod” bolalar maktabining jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik ishlari bo‘yicha ko‘rsatgichlar Bunda umumta’lim maktablarining ulushi “Barkamol avlod” bolalar maktablarining faoliyatini tashkil etishdagi roli yuqori bo‘lib, 49,1% ni, mahalla fuqorolar yig‘inining 25,6% ni, yoshlar ittifoqi bilan hamkorlik ishlari 9,5% ni, ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlik 9% ni tashkil etmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, umumta’lim maktablari rolining yuqoriligi bizning fikrimizcha, umumta’lim maktablarining o‘zida “Barkamol avlod” bolalar maktablarining tarmoqlarini ochilishi bo‘lishi mumkin, lekin mahalla fuqarolari yig‘inining roli boshqa tashkilotlarga nisbatan yuqoriligi quvonarli hol. Zeroki, maktab yoshidagi bolalarning maktabdan tashqari bo‘sh vaqtlarida o‘zlari yoqtirgan ish bilan shug‘ullanishi va shu asosda ularning biror bir kasb-hunarga yo‘naltirishi va sertifikatga ega bo‘lishi ham ota-onalar va har qanday jamoat tashkilotlarining asosiy maqsadlarini tashkil etadi. Lekin yoshlar ittifoqi yetakchilari uchun “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyatida ishtirok etish, ularning asosiy vazifalaridan biri bo‘lishi lozim. Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, maktabdan tashqari ta’lim tizimining strategik rivoji – raqamli transformatsiya, global kompetensiyalarni shakllantirish, xalqaro integratsiya va kreativ ta’lim vositalaridan keng foydalanishga asoslanadi. Taklif etilayotgan istiqbolli yo‘nalishlar, ilmiy asoslangan boshqaruv va amaliy tadqiqotlar natijalari ushbu tizimni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Strategik yondashuv asosida shakllangan maktabdan tashqari ta’lim markazlari yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, kreativ iqtisodiyotda ishtirokini kuchaytirish hamda zamonaviy kasblarga yo‘naltirishning eng samarali mexanizmiga aylanadi.

Adabiyotlar

01

1. UNESCO. Non-formal Education and Youth Development. Paris, 2022. 2. OECD. Future of Education and Skills 2030. Paris, 2021. 3. World Bank. Education for Innovation: Global Perspective. Washington, 2020. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. “Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi”, 2021.

02

5. Xodjayev A. Ta’lim strategiyalari va innovatsion yondashuvlar. Toshkent, 2020. 6. Kim, S. After-school Programs in South Korea. Seoul, 2021. 7. Finnish Ministry of Education. Hobby Path Model, Helsinki, 2020.

BOSHQA TILLARDA

Mualliflar

O.E.B
OYBARCHIN ESHMUMINOVA BOTIROVNA

A.Avloniy nomidagi PMMI tayanch doktoranti

Iqtibos olish

ESHMUMINOVA, O. (2026). MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM STRATEGIYALARI: ISTIQBOLLI YO‘NALISHLAR, STRATEGIK REJALASHTIRISH VA AMALIY TADQIQOTLAR. ACADEMIC SPECTRUM, 2-Son (2026-yil, Fevral), 84-87.