Anotatsiya (UZ):
Mazkur maqolada bolaning psixik rivojlanishida oilaning tutgan o‘rni ilmiynazariy jihatdan yoritib beriladi. Oilaviy muhit, ota-ona munosabatlari va tarbiya uslublarining bolaning emotsional barqarorligi, shaxsiy shakllanishi va ijtimoiy moslashuviga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, sog‘lom va nosog‘lom oilaviy muhit sharoitida bolaning psixik rivojlanish xususiyatlari psixologik nazariyalar asosida asoslab beriladi va ilmiy xulosalar chiqariladi.
Kalit
so'z (UZ):
oila, bola psixik taraqqiyoti, oila muhiti, tarbiya, psixologik barqarorlik, ota-ona munosabatlari
Аннотация (RUS):
В дaннoй cтaтьe ocвeщaeтcя poль ceмьи в пcиxичeckoм paзвитии peбёнka c нayчнo-тeopeтичeckoй тoчkи зpeния. Aнaлизиpyeтcя влияниe ceмeйнoй cpeды, oтнoшeний poдитeлeй и cтилeй вocпитaния нa эмoциoнaльнyю ycтoйчивocть, личнocтнoe cтaнoвлeниe и coциaльнyю aдaптaцию peбёнka. Kpoмe тoгo, ocoбeннocти пcиxичeckoгo paзвития peбёнka в ycлoвияx здopoвoй и нeздopoвoй ceмeйнoй cpeды oбocнoвывaютcя нa ocнoвe пcиxoлoгичeckиx тeopий, и дeлaютcя нayчныe вывoды.
Ключевые
слова (RUS):
ceмья, пcиxичeckoe paзвитиe peбёнka, ceмeйнaя cpeдa, вocпитaниe, пcиxoлoгичeckaя ycтoйчивocть, poдитeльckиe oтнoшeния
Abstract (EN):
This article examines the role of the family in a child’s psychological development from a scientific and theoretical perspective. It analyzes the impact of the family environment, parental relationships, and parenting styles on a child’s emotional stability, personal growth, and social adaptation. Furthermore, the characteristics of a child’s psychological development in healthy and dysfunctional family environments are substantiated based on psychological theories, and scientific conclusions are drawn.
Keywords
(EN):
family, child psychological development, family environment, upbringing, psychological stability, parent-child relationships
Maqola Mazmuni
Bugungi kunda jamiyatimizda yosh avlodni jismonan hamda ruhan yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazish asosiy vazifamiz sifatida qaraladi. Yosh avlod kamol topishida oiladagi muhit,ota-ona munosabati va tarbiya bola psixik rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Oila tarbiyasi - oilada ota-ona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch - oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllab-quvvatlash kabilar misol bo‘ladi, Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi Milliy va ma’naviy qadriyatlar oilaviy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ota-onalar tomonidan bolaga singdirilgan axloqiy me’yorlar, kattalarga hurmat, mehnatsevarlik va vatanparvarlik tushunchalari bolaning ma’naviy qiyofasini
shakllantiradi. Bu qadriyatlar bolaning shaxsiy pozitsiyasi va hayotga bo‘lgan munosabatini belgilab beradi hamda uning psixik barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.[1]
Darhaqiqat, oilaning ijobiy psixologik muhiti,ota-onaning mehr-muhabbati, farzandga bo‘lgan iliq munosabati,samimiy muloqoti,ruhan qo‘llab-quvvatlash va himoya bola shaxsi tarkib topishining boshlang‘ich poydevori hisoblanadi.Bola o‘z shaxsini birinchi marta oilaviy muhitda sinab ko‘radi.Ota-onaning samimiyligi,uning ehtiyojlarini tushunishi va harakatlari bolaning ruhiy salomatligini ta’minlab,shaxs sifatida mustahkam rivojlanishiga yordam beradi.
Faqatgina ham jismonan, ham ma’nan sog‘lom ota‑onadan sog‘lom farzand dunyoga keladiya’ni ota‑onaning ruhiy va ma’naviy holati, ularning tayyorgarligi bola psixik va jismoniy rivojlanishida asosiy omil bo‘ladi. So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlar oiladagi ruhiy zo‘riqish, ota-onaning stress holati va emotsional sovuqligi bolaning psixik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini isbotlamoqda. Doimiy stressli muhitda ulg‘aygan bolalarda depressiv holatlar, tajovuzkorlik va ijtimoiy chekinish kuzatiladi. Aksincha, mehrga asoslangan oilaviy muhit bolaning psixologik immunitetini kuchaytiradi. Oila muhitining sifati bolaning o‘qishga bo‘lgan munosabatida ham muhim omil hisoblanadi. Ota-onaning bolaning bilim olishiga bo‘lgan qiziqishi, uni rag‘batlantirishi va qo‘llab-quvvatlashi bolaning o‘quv motivatsiyasini kuchaytiradi. Psixologik jihatdan qulay oilaviy muhitda tarbiyalangan bolalarda bilimga chanqoqlik va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalari yaxshiroq rivojlanadi.[2]
Agar bola nosogʻlom (disfunktsional) oilada tarbiya olsa - ya’ni ota‑ona bilan muloqot va his‑tuygʻu qoʻllab‑quvvatlash yetishmasa - bu bolaning ijtimoiy adaptatsiyasi, psixologik holati va shaxsiy rivojlanishida muammolarga olib keladi. “Sogʻlom muhit” sharti shaxsiy rivojlanishning muhim omili deb ko‘rsatilgan. Oilada emotsional barqarorlikning mavjudligi bolaning stressga chidamliligini oshiradi. Ruhiy jihatdan sokin va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda ulg‘aygan bolalar hayotdagi qiyinchiliklarga moslashuvchanroq bo‘lib, muammolarni hal qilishda ijobiy strategiyalardan foydalanadi. Doimiy kelishmovchilik va beqarorlik hukmron bo‘lgan oilalarda esa bola xavotirli bo‘lib ulg‘ayadi, bu uning psixik rivojlanish sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.[3]
Bola ruhiy va hissiy dunyosini qurar ekan,ota-onaning o‘zaro munosabati,kayfiyati va hissiyotlarini bola o‘z ichki dunyosiga uyg‘unlashtiradi.Shu sababli,har bir oila farzandning barkamol shaxs sifatida shakllanishida mas’ul ekanligini unutmasligi lozim
Bowlby’ning bog‘lanish nazariyasiga ko‘ra,bola uchun eng muhim omil bu-xavfsizlik va bu tuyg‘u ko‘p jihatdan ota-ona o‘rtasidagi sog‘lom munosabatga asoslangan. .[4]
O‘zbekistonlik olimlardan A.Jo‘rayev,G.Juraev va M.Qodirovalar tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki,doimiy janjallar,zo‘ravonlik holatlari va ota-ona o‘rtasidagi sovuq munosabatlar bolalarda xavotir,qo‘rquv,tushkunlik va ijtimoiy izolyatsiyaga olib kelishi mumkin. Oila bolaning tashqi salbiy ta’sirlardan himoyalovchi psixologik makon vazifasini bajaradi. Mehr-muhabbat va ishonchga asoslangan oilada bola o‘z muammolari bilan yolg‘iz qolmaydi, balki ularni ota-ona bilan birgalikda hal qilishni o‘rganadi. Bu holat bolaning ichki barqarorligini mustahkamlab, kelajakda mustaqil va mas’uliyatli shaxs sifatida shakllanishiga zamin yaratadi.[6]
Ota-ona nizoli vaziyatlarda,kelishmovchiliklarda vaziyatni sog‘lom va konstruktiv tarzda hal qilsa,bola muammoni tahlil qilish,hissiy boshqaruv va mas’uliyatni o‘rganadi. Bola o‘zini xavfsiz his qilgan oilada psixik jihatdan barqaror rivojlanadi.Barqarorlik-bolaning o‘zini ishonchli his qilishi va jamiyatda mustahkam turishi uchun zarur shartdir.
Har bir qaror va muloqot farzandning ichki dunyosini boyitadi,u hissiy va aqliy jihatdan o‘sadi,shaxs sifatida tarkib topadi.Bolaning o‘zini anglashi va ichki motivatsiyasi oiladagi ruhiy qo‘llab-quvvatlashga bog‘liq. Ota-ona, yaqinlar unga ishonishi,muvaffaqiyati va xatolarini sabr bilan
qabul qilishi natijasida o‘z kuchiga ishongan, psixik taraqqiy etgan,ma’nan va jismonan yetuk,o‘zini rivojlantirishga intiluvchi shaxsga aylanadi.Bola qalbiga oilaning iliq so‘zi,mehribon nigohi o‘ziga xos nur bag‘ishlaydi,shu nur orqali uning hayot yo‘li yorib boradi.
Oila-bu faqatgina qonuniy yoki qon orqali bog‘langan muhit emas,bu-bolaning ichki dunyosini tarbiyalovchi,unga hayotga bo‘lgan ishonch va quvvat beruvchi eng muhim maskandir.
Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oilaviy tarbiya uslublari bolaning psixik rivojlanish sur’ati va sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Avtoritar tarbiya uslubi hukmron bo‘lgan oilalarda bolalarda xavotir, o‘ziga ishonchsizlik va ichki ziddiyatlar ko‘proq uchraydi. Demokratik tarbiya uslubiga ega oilalarda esa bola mustaqil fikrlash, hissiy barqarorlik va ijtimoiy faollik sifatlarini muvaffaqiyatli shakllantiradi. Liberal tarbiya esa ba’zan bolaning mas’uliyatsizligi va ijtimoiy me’yorlarga moslashishda qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Bronfenbrennerning ekologik tizimlar nazariyasiga ko‘ra, oila bolaning eng yaqin va ta’sirchan rivojlanish muhiti - mikrotizim hisoblanadi. Aynan oilada bola ilk ijtimoiy tajribani, muloqot ko‘nikmalarini va emotsional javob reaksiyalarini egallaydi. Agar oiladagi muhit barqaror va qo‘llabquvvatlovchi bo‘lsa, bola keyingi ijtimoiy tizimlarga (maktab, tengdoshlar guruhi, jamiyat) muvaffaqiyatli moslashadi.[5]
Ota-onaning emotsional intellekti bolaning psixik rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. O‘z hissiyotlarini anglay oladigan, ularni boshqarish va ifodalashni biladigan ota-onalar bolaga sog‘lom emotsional namuna bo‘lib xizmat qiladi. Natijada bola o‘z his-tuyg‘ularini tanish, ularni to‘g‘ri ifodalash va boshqarish qobiliyatini erta yoshdan shakllantiradi. Emotsional savodxonlikka ega oilalarda ulg‘aygan bolalarda stressga chidamlilik va ijtimoiy moslashuv darajasi yuqori bo‘ladi.
Oila a’zolari o‘rtasidagi muloqot sifati bolaning nutqiy, kognitiv va ijtimoiy rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ochiq, samimiy va hurmatga asoslangan muloqot muhitida bola o‘z fikrini erkin ifodalashga o‘rganadi. Psixologlar ta’kidlashicha, oilada doimiy tanqid va keskin ohangda muloqot qilinishi bolaning ichki xavotirini kuchaytiradi, bu esa o‘z-o‘zini past baholashga olib kelishi mumkin. Aksincha, qo‘llab-quvvatlovchi muloqot bolaning psixik rivojlanishini jadallashtiradi.
Erta bolalik davri (0–6 yosh) psixik taraqqiyotning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Aynan shu davrda bola atrof-muhitni his qilish, idrok etish va unga moslashish jarayonlarini oilaviy muhit orqali amalga oshiradi. Piaget nazariyasiga ko‘ra, bolaning bilish jarayonlari aynan faol muloqot va tajriba asosida shakllanadi. Oila tomonidan yaratilgan qulay sharoit bolaning aqliy jarayonlari - xotira, tafakkur va tasavvurning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bolaning shaxs sifatida shakllanishida oilaviy qadriyatlar muhim tayanch vazifasini bajaradi. Oila tomonidan berilgan axloqiy me’yorlar, hayotiy qarashlar va munosabatlar tizimi bolaning o‘zini anglash jarayonida asos bo‘lib xizmat qiladi. Psixologik nuqtayi nazardan, bola o‘zini kim ekanligini, jamiyatda qanday o‘rin egallashini dastlab oilaviy rollar orqali tushunadi. Shu sababli, oilaviy qadriyatlarning izchil va sog‘lom bo‘lishi bolaning psixik barqarorligiga xizmat qiladi. To‘liq bo‘lmagan oilalarda ulg‘aygan bolalarda emotsional beqarorlik xavfi yuqoriroq ekanligi aniqlangan. Biroq bu holat bolaning psixik taraqqiyoti to‘xtaydi degani emas. Muhimi - bolaning hayotida barqaror, ishonchli va qo‘llab-quvvatlovchi shaxsning mavjudligidir. Agar ota-ona yoki vasiy bola bilan sifatli emotsional aloqani saqlab qolsa, bola ruhiy jihatdan sog‘lom rivojlanishi mumkin.
Xulosa qilib ayta olamanki, oilaning bolaning psixik taraqqiyotidagi ahamiyati faqat tarbiya bilan cheklanmaydi, balki bolaning hayotga bo‘lgan munosabatini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Oila bolaning ichki tayanch nuqtasini shakllantiradi. Ushbu tayanch mustahkam bo‘lsa, bola tashqi qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan, ruhiy jihatdan yetuk shaxs sifatida kamol topadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, oila nafaqat bolaning bugungi ruhiy holatini, balki uning kelajakdagi
hayotiy pozitsiyasini ham belgilaydi. Oilada ko‘rilgan munosabat bolaning butun hayoti davomida takrorlanish ehtimoli yuqori. Shu sababli, oilaviy tarbiya jarayonida ongli yondashuv, psixologik savodxonlik va mas’uliyat eng muhim omillardan biri bo‘lib qoladi.